1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OZONNI BUZUVChI MODDALARNI VA TARKIBIDA ULAR MAVJUD BOʻLGAN MAHSULOTLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRIShNI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-sonli “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 13-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish milliy dasturini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni takomillashtirish va davlat tomonidan boshqarish chora-tadbirlarini tartibga solish maqsadida, shuningdek Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga (2002-yilgi versiya) asoslangan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan Ozonni buzuvchi moddalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Agar tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq;
2. 1985-yilgi Ozon qatlamini himoya qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi va 1987-yilgi Ozon qatlamini buzuvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli Tomonlari hisoblangan mamlakatlardan:
mazkur qarorga 1 va 5-ilovalarning A roʻyxati I guruhida koʻrsatilgan ozonni buzuvchi moddalardan foydalaniladigan sovutgich uskunalari va havo haroratini birxillashtiruvchi qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-yanvardagi 20-son qaroriga 6-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 14-martdagi 90-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 12-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga hamda qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 336-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 574-modda)