Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini joriy etish hamda Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish milliy dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan ozonni buzuvchi moddalar roʻyxati 1-ilovaga
* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan, tarkibida 1-ilovaning A roʻyxatida sanab oʻtilgan ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan mahsulotlar roʻyxati 2-ilovaga
* muvofiq;
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga
* muvofiq;
2000-2001-yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun kvotalar 4-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ozonni buzuvchi moddalardan foydalaniladigan 2-ilovada koʻrsatib oʻtilgan muzlatgich asbob-uskunalarini va havoni sovutish qurilmalarini Vena konvensiyasi va Monreal protokoli Tomonlari hisoblangan mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish 2000-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.