1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OZONNI BUZUVChI MODDALARNI VA TARKIBIDA ULAR MAVJUD BO‘LGAN MAHSULOTLARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRIShNI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-sonli “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-yil 13-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish milliy dasturini amalga oshirishga yo‘naltirilgan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni takomillashtirish va davlat tomonidan boshqarish chora-tadbirlarini tartibga solish maqsadida, shuningdek Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga (2002-yilgi versiya) asoslangan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan Ozonni buzuvchi moddalar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Agar tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan mahsulotlar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq;
2. 1985-yilgi Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va 1987-yilgi Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli Tomonlari hisoblangan mamlakatlardan:
mazkur qarorga 1 va 5-ilovalarning A ro‘yxati I guruhida ko‘rsatilgan ozonni buzuvchi moddalardan foydalaniladigan sovutgich uskunalari va havo haroratini birxillashtiruvchi qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 24-yanvardagi 20-son qaroriga 6-ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 14-martdagi 90-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 12-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga hamda qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV