1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining takliflari toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi taʼsis konferensiyasining shaxsni maʼnaviy rivojlantirishga, madaniy va jismoniy takomillashtirishga, Oʻzbekiston fuqarolarining sogʻlom va har tomonlama kamol topgan avlodini tarbiyalash uchun masʼuliyat va faxrlanish hissini tarbiyalashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni jamgʻarmaning faoliyat doirasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar hamda idoralar, tibbiyot hamshirasi guvohnomasi berishni nazarda tutgan holda, oliy va oʻrta pedagogika oʻquv yurtlarining oʻquv rejalari, dasturlari va uslubiy qoʻllanmalariga maxsus tibbiy tayyorgarlik kurslarini kiritsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi joriy oʻquv yilida yuqori sinflarning oʻquv dasturlariga oʻsmirlar va qizlar gigiyenasi hamda ularni jinsiy tarbiyalash kurslarini, ularga oʻz salomatliklarini oʻzlari nazorat qilishi qoidalari va koʻnikmalarini oʻrgatishni kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi talabnomalariga binoan ushbu maqsadlar uchun qoʻshimcha mablagʻlap ajratishni koʻzda tutsin.
3. Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat bojxona qoʻmitasi “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi boshqaruvi bilan birgalikda bir oy muddatda taʼsischilaridan biri jamgʻarma boʻlgan korxonalardan imtiyozli soliq olish va ularni bojxona bojlaridan ozod qilish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqsinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan Xalqaro xayriya fondini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 626-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 09/25/626/0898-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.05.00 Bolalar ovqati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
6. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv viloyatlarning markazlarida va Toshkent shahrida “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining tovarlar, shu jumladan, onalar va bolalar uchun maxsus oziq-ovqatlar sotiladigan ixtisoslashgan doʻkonlarini tashkil etish uchun binolar ajratsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 74-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. “Sogʻlom avlod uchun” jalgʻarmasi boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Cogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi markaziy apparati xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishda ularga yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi boshqaruvi raisiga, uning oʻrinbosarlariga, direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalarining raislari va rais oʻrinbosarlari uchun tegishli ravishda belgilangan moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari joriy etilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi markaziy apparatiga xizmat koʻrsatish uchun ikkita yengil avtotransportga limit ajratsin.
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi talabnomasiga binoan yengil avtotransport ajratsin.
11. Davlat teleradiokompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, respublika va viloyat gazetalari tahririyatlari televideniye hamda radio dasturlariga, matbuot nashrlariga jamgʻarmaning maqsadi, vazifalari va faoliyatini keng yoritish uchun “Sogʻlom avlod uchun” maxsus ruknini kiritsinlar.
12. Toshkent shahar hokimligining “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi boshqaruvini tarix muzeyining Toshkent shahar, Oxunboboyev koʻchasi, 15-uyda boʻshagan binosiga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.