1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARIGA MOLIYAVIY YORDAM KOʻRSATISh VA ULARNING XOʻJALIK YuRITISh ShAKLLARINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 21 YaNVARDAGI 21-SON VA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XOʻJALIGIDA IQTISODIY ISLOHoTLARNI YaNADA ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1993 YIL 7 YaNVARDAGI 13-SON QARORLARINING QANDAY BAJARILAYOTGANLIGI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, respublika qishloq xoʻjaligi organlari aytib oʻtilgan qarorlarni bajara borib davlat xoʻjaliklarini davlat tasarrufidan chiqarish va qishloqda ishlab chiqarishni tashkil etish usullarini takomillashtirish, mulkchilikning davlatga qarashli boʻlmagan turli shakllaridagi xoʻjaliklarning yangi turlarini tashkil etish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdilar.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 21-son qaroriga muvofiq oʻtgan yili 360 ta zarar koʻrib ishlovchi davlat xoʻjaliklari jamoa xoʻjaliklariga, kooperativlarga va davlatga qarashli boʻlmagan boshqa xoʻjaliklarga aylantirildi, ularning banklar va mahsulot yetkazib beruvchilarga toʻlanadigan 1 mlrd soʻmdan ortiq qarzidan kechib yuborildi.
Joriy yilda 505 ta davlat xoʻjaligi mulkchilikning davlatga qarashli boʻlmagan jamoa shakllariga aylantirildi, ularning asosida 180 ta jamoa xoʻjaligi, 268 ta kooperativ xoʻjalik, 57 ta ijara xoʻjaligi hamda korxonalarning boshqa turlari tashkil etildi.
Qishloq xoʻjaligida mulkchilik shakllarini qayta oʻzgartirish narx siyosatini takomillashtirish, davlat buyurtmasi ulushini kamaytirish bilan birga olib borildi. Hozirgi vaqtda paxta xomashyosi va dondan tashqari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining barcha turlariga erkin (shartnomaviy) xarid narxlari amal qilmoqda.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy qayta oʻzgartirishlar qishloq xoʻjaligida ahvolning barqarorlashuviga, yetishtirilgan mahsulotni taqsimlash va sotish masalalarida mehnat jamoalarining mustaqilliklari va erkinliklarini kengaytirishga koʻmaklashmoqda.
Ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni va ularning mahalliy organlari xoʻjaliklar iqtisodiyotini sogʻlomlashtirish, bozor munosabatlarini shakllantirish, mana shu asosda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish borasida zarur chora-tadbirlarni koʻrmadilar.
Iqtisodiy qayta oʻzgartirishlar past tashkiliy va professional saviyada, mehnat jamoalarining yangi sharoitlarda ishlashlari uchun tegishlicha tayyorgarlik koʻrilmasdan va har bir xoʻjalikning xususiyatlari hisobga olinmasdan olib borilmoqda. Bu ishda koʻpincha yuzaki yondashish, rasmiyatchilik va maʼmuriyatchilik ustunlik qilmoqda. Davlat xoʻjaliklarini xoʻjaliklarning davlatga qarashli boʻlmagan boshqa turlariga aylantirishda koʻpincha xoʻjalikning faqatgina nomi oʻzgarib ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, xoʻjalik ichki ishlab chiqarish munosabatlari avvalgi holicha qolmoqda.
Qishloqda qayta oʻzgartirishlarni amalga oshirish chogʻida bu ishga boqimandachilik kayfiyatida yondashish hollari davom etmoqda, tumanlar va xoʻjaliklarning rahbarlari hamon davlat mablagʻlari va resurslariga umid qilmoqdalar.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 21-son qaroriga muvofiq zarar koʻrib ishlovchi davlat xoʻjaliklari negizida tashkil etilgan 360 ta xoʻjalikdan 99 tasi 1992-yil yakunlari boʻyicha 3,9 mlrd soʻm miqdorida zarar koʻrdilar hamda qarzlarni toʻlash muddatlarini uzaytirish maqsadida mulkchilik shaklini oʻzgartirish toʻgʻrisida yana taklif kiritmoqdalar. Bunday xoʻjaliklarning soni ayniqsa Qoraqalpogʻiston Respublikasida (12), Qashqadaryo (15), Sirdaryo (10), Buxoro (7) va Xorazm (7) viloyatlarida koʻpdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga muvofiq davlat xoʻjaliklarini davlat tasarrufidan chiqarish qoniqarsiz olib borilmoqda. Bu yerlarda viloyat tashkilotlari bilan kelishilgan jadvallar belgilangan hajmda bajarilmayapti va deyarli toʻxtatib qoʻyilgan. Kogon, Buxoro, Qiziltepa, Komsomolobod va boshqa bir qancha tumanlarda ish yomon tashkil etilgan.
Andijon, Buxoro, Toshkent viloyatlarida kam mahsulli chorvachilik fermalarini chorvachilik jamoalarining jamoa mulkiga berish boʻyicha ishlar chinakamiga avj oldirib yuborilmagan, qarorda nazarda tutilgan fermalarning yarmidan kami jamoa mulki qilib berilgan.
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarning past darajadaligi, ushbu masala boʻyicha chuqur ishlab chiqilgan tavsiyalarning, uslubiy qoʻllanmalar va ilmiy ishlanmalarning yoʻqligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni iqtisodiy xizmatlari va ularning joylardagi organlari tomonidan bu muammoga eʼtibor nihoyatda kamligi bilan ham izohlanadi.
Bularning barchasi oʻtkazilayotgan islohotlarning samaradorligini pasaytirmokda, qishloq xoʻjaligida bozor munosabatlari rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda, ishlab chiqarishning oʻsishini toʻxtatib qoʻymoqda.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (oʻrtoq Qayumov), “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni (oʻrtoq Mirzayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va ushbu masalalar yuzasidan Hukumat qarorlarini bajarish boʻyicha ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri (oʻrtoq Qayumov), Sirdaryo (oʻrtoq Mahmudov), Toshkent (oʻrtoq Saydaliyev), Jizzax (oʻrtoq Toshkenboyev), Surxondaryo (oʻrtoq Noraliyev) viloyatlari hokimlari davlat xoʻjaliklarini xoʻjalikning boshqa turlariga aylantirish, yangi sharoitlarda qishloq xoʻjaligi korxonalarining samarali ishlashlari uchun iqtisodiy imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish ishini tashkil etish uchun shaxsan javobgap ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tashkilotchilik ishlarining past darajasi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining pasayib ketishiga yoʻl qoʻyganlik uchun Buxoro (oʻrtoq Shomurodov), Qiziltepa (oʻrtoq Pattulayev), Piskent (oʻrtoq Nosirov), Buka (oʻrtoq Elchiboyev) va Komsomolobod (oʻrtoq Qodirov) tumanlari hokimlari qatʼiy ogohlantirilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konsernidan sifat jihatidan yangi xoʻjalik ichki ishlab chiqarish munosabatlariga oʻtish uchun shart-sharoitlar yaratishga, boshlangʻich ishlab chiqarish boʻlinmalari va xoʻjaliklarga ishlab chiqarishni yuritish, mahsulotlarni taqsimlash va sotish, mehnatga haq toʻlash, xodimlar shtat sonini belgilash, mahsulotlarni sotish bozorlarini va sotish narxlarini tanlash masalalarida umuman keng mustaqillik berishga alohida eʼtibor berib qishloq xoʻjaligida iqtisodiy qayta oʻzgartirish ishlarini tubdan qayta qurish talab qilinsin.
Agrotexnika, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish masalalariga maʼmuriy aralashuv hollariga barham berilsin, islohotlar va ularni chuqurlashtirish yoʻliga toʻgʻanoq boʻlayotgan sabablar aniqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konsernining barcha davlat xoʻjaliklarini kooperativ xoʻjaliklarga va xoʻjaliklarning davlatga qarashli boʻlmagan boshqa shakllariga aylantirishni 1-ilovaga myvofiq 1993-yil dekabr oyigacha tugallash va chorvachilik fermalarini 2-ilovaga muvofiq shu yilning sentyabr oyigacha jamoalarning mulki qilib berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi ishlab chiqarish samaradorligining oʻsishini toʻxtatib turgan sabablarni aniqlash maqsadida yil yakunlari boʻyicha qishloqda iqtisodiy islohotlarning qanday borayotganligini chuqur oʻrganib chiqsinlar hamda mana shuning asosida xoʻjalik yuritishning yangi shakllariga va rivojlanayotgan bozor munosabatlariga tatbiqan tumanlar va viloyatlar darajasida qishloq xoʻjaligi boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
4. Mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilgan hamda joriy yilda ishning barqarorligini taʼminlayotgan xoʻjaliklarga moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” ka bu xoʻjaliklarning bankka va mahsulot yetkazib beruvchilarga qarzlari boʻyicha 3-ilovaga muvofiq 20 yil muddatga foizsiz kredit resurslari ajratish tarzida ularga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” va ularning joylardagi organlari kreditlardan toʻgʻri foydalanilayotganligi va toʻlovlar muddati uzaytirilishining rasmiylashtirilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni qishloq xoʻjaligini bozor munosabatlariga oʻtkazish masalalari boʻyicha Hukumat qarorlari va boshqa qonunlar majmuini joylarda chuqur oʻrganishni tashkil etsinlar, xoʻjaliklarning rahbarlari va mutaxassislari bozor iqtisodiyoti asoslarini, ushbu masalalar boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlarni qanchalik bilishlari attestatsiyadan oʻtkazilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hokimliklarining majlislarida, vazirliklar va idoralarning hayʼatlarida xoʻjaliklar, tumanlar, qishloq xoʻjaligi boshqaruvi viloyat organlari rahbarlarining qishloqdagi iqtisodiy qayta oʻzgartirishlarning ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlari muntazam eshitib borilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui (oʻrtoq Joʻrabekov) zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-avgust,
386-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 386-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga muvofiq davlat xoʻjaliklarini mulkchilikning boshqa shakliga oʻtkazish
JADVALI
1993-yilda hammasi boʻlib oʻtkazilishi kerak boʻlgan xoʻjaliklar
1993-yilning birinchi yarim yilida oʻtkazildi
1993-yilda oʻtkazilishi kerak
avgust
sentyabr
oktyabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
86
76
—
5
5
viloyatlar:
Andijon
40
14
6
10
10
Buxoro
38
19
9
5
5
Jizzax
81
60
7
7
7
Qashqadaryo
125
125
—
—
—
Navoiy
9
9
—
—
—
Namangan
33
24
5
4
—
Samarqand
45
22
10
6
7
Surxondaryo
67
29
14
15
9
Sirdaryo
57
38
9
5
5
Toshkent
45
37
4
4
—
Fargʻona
44
44
—
—
—
Xorazm
31
29
2
—
—
JAMI:
701
526
66
61
48
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 386-son qaroriga 2-ILOVA
1993-yilning iyul—sentyabr oylarida ferma jamoalari mulkiga berilishi kerak boʻlgan qoramolchilik
FERMALARI SONI
1993-yilda hammasi boʻlib berilishi kerak boʻlgan fermalar
1993-yil 1.07 gacha berildi
Berilishi kerak
iyul—avgust
sentyabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
98
26
36
36
viloyatlar:
Andijon
32
14
9
9
Buxoro
31
15
8
8
Jizzax
35
25
5
5
Qashqadaryo
120
120
—
—
Navoiy
27
7
10
10
Namangan
8
7
1
—
Samarqand
107
107
—
—
Surxondaryo
37
29
4
4
Sirdaryo
21
21
—
—
Toshkent
25
10
8
7
Fargʻona
21
18
2
1
Xorazm
47
27
10
10
JAMI:
609
426
93
90
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 386-son qaroriga 3-ILOVA
Qarzlarning toʻlov muddatlari 20 yilga uzaytiriladigan xoʻjaliklar
ROʻYXATI
1993-yilda mulkchilik shakli oʻzgartirilishi kerak
1993-yil 01.07 gacha mulkchilik shaklini oʻzgartirdilar
shu jumladan, qarzlarning toʻlov muddati uzaytirilishi kerak