1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XOʻJALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI YaNADA ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligida bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitlarida xoʻjaliklarning huquqlari va mustaqilliklarini yanada kengaytirish, iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilda zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli davlat xoʻjaliklarini xoʻjaliklarning jamoa va boshqa nodavlat shakllariga bosqichma-bosqich aylantirish chora-tadbirlarini 1-ilovaga muvofiq miqdorda va muddatlarda amalga oshirish zarur deb hisoblansin.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoati” konserni, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ushbu muhim ijtimoiy-iqtisodiy ishlarni tashkil etish va oʻtkazishda davlat xoʻjaliklarining asosiy vositalari va boshqa mol-mulkini mehnat jamoalarining mulkchiligiga tekin berish, xoʻjaliklarning hududlari va yer fondi hamda ularda shakllangan ishlab chiqarish ixtisoslashuvini saqlab qolish zarurligidan kelib chiqsinlar.
Islohotni oʻtkazish pirovard natijada xoʻjalik ichki iqtisodiy munosabatlarini tubdan oʻzgartirishni, jamoa va ijara mulkchiligi asosida sifat jihatidan yangi mustaqil ishlab chiqarish boʻlinmalari tashkil etilishini taʼminlashi kerak. Ularda ijara kooperativ, fermer, oila xoʻjaliklari va xoʻjaliklarning boshqa turlari shakllanishi uchun yerga uzoq va toʻgʻri egalik qilish va undan foydalanish, mahsulotlarni mustaqil taqsimlash huquqi bilan barcha sharoitlar yaratilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli davlat xoʻjaliklari xoʻjaliklarning boshqa shakllari va turlariga aylantirilgandan keyin ularga muddati oʻtib ketgan toʻlovlarni banklar va mahsulot yetkazib beruvchilarga toʻlash uchun 20 yil uzaytirilgan muddat berilsin.
2. Ishlab chiqarishning oʻziga xosligini va ayrim xoʻjaliklarning respublika uchun muhimligini hisobga olib Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha eng avvalo urugʻchilik, naslchilik va boshqa bazaviy yoʻnalishlardagi davlat xoʻjaliklari 2-ilovaga* muvofiq davlat tasarrufida saqlab qolinsin.
*2-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
3. Qishloqda tadbirkorlik va mulkchilikning yangi shakllarini rivojlantirishni amalda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish tuzilmalari jamoalarining ish faolligi va tashabbuskorligini oshirish uchun “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” huzurida tadbirkorlar, fermyerlar va xususiy shaxslarning “Tadbirkor” aksionerlik tijorat banki tashkil etilsin, dehqon (fermer) xoʻjaliklariga, shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalariga, qishloq xoʻjaligi ijarachilariga va kooperativlarga, kichik, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi xususiy korxonalar va firmalarga xizmat koʻrsatish xorijiy sarmoyani keng jalb etishning asosiy funksiyalari boʻlishi kerak.
“Tadbirkor” aksionerlik tijorat bankining ustav fondidagi ulushi sifatida respublika davlat budjetidan 1 mlrd. 500 mln soʻm ajratilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” bir oy muddat ichida “Tadbirkor” aksionerlik tijorat bankining Ustavini hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlardagi boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni va “Oʻzkooptayyorlovsavdo”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan quyidagi takliflari qabul qilinsin:
1993-yilda 1600 ming gektar maydonga chigit ekish, 1370 ming tonna hajmida paxta tolasi (4300 ming tonna paxta xomashyosi) yetishtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 3-ilovaga muvofiq.
Paxta yetishtirishni koʻpaytirishdan xoʻjaliklar jamoalarining manfaatdorligini oshirish va mahsulotni sotishda ularning mustaqilliklarini kengaytirish maqsadida paxta xomashyosi boʻyicha davlat buyurtmasi salmogʻini kamaytirish, uni hisoblangan tayyorlov hajmiga (topshiriqqa) nisbatan 80 foiz miqdorida belgilansin. Bunda davlat buyurtmasidan ortiqcha paxta xomashyosidan olingan paxta tolasi (belgilangan topshiriqning 20 foizi va topshiriqdan ortiqcha hajmning hammasi) xoʻjaliklar tomonidan erkin bozor narxlarida mustaqil ravishda sotiladi. Ushbu tolani sotish huquqi paxta xomashyosi tayyorlashning hajmi va sifati boʻyicha belgilangan topshiriqlarni bajarmagan xoʻjaliklargagina beriladi. Bu shart boshqa paxta mahsulotlari — lint, oʻlik paxta, chigitga ham taalluqlidir;
1993-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda xomashyoni tayyorlash va davlat resurslariga yetkazib berish hajmlari 4-ilovaga muvofiq;
Davlatga don va don ekinlari, goʻsht, sut, tuxum, charm xomashyosi, jun, qorakoʻl teri, kanop, tamaki, kishmish, mayiz, quruq mevalar yetkazib berish boʻyicha davlat buyurtmalari 80 foizgacha kamaytirilsin, pillaga davlat buyurtmasi 70 foiz, meva-sabzavot mahsulotlariga davlat buyurtmalari — 50 foiz darajasida saqlab qolinsin. Bu mahsulotlarning qolgan qismi xoʻjaliklar tomonidan erkin narxlar boʻyicha mustaqil ravishda sotiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xoʻjaliklarni yuqori klasslik urugʻlik fondini yaratganlik uchun ragʻbatlantirish tariqasida gʻoʻza seleksiyasi bilan shugʻullanuvchi eksperimental urugʻchilik va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun paxta xomashyosi xarid narxlariga 10 foiz miqdorida va urugʻchilik xoʻjaliklarining barcha boshqa toifalari uchun 5 foiz miqdorida ustamalarni ishlab chiqsin hamda 1993-yilning istiqbol koʻrsatkichlari bilan birga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddat ichida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining, xarajatlar koʻpayishini hisobga olgan holda, yetishtirish zarar keltiradigan va past rentabelli ayrim turlarining xarid narxlarini koʻrib chiqishga doir takliflarni tayyorlasinlar va kiritsinlar.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari davlat xoʻjaliklarini xoʻjaliklarning boshqa shakllariga aylantirishda davlat xoʻjaliklari oʻrmonlarini oʻrmon xoʻjaligi organlari ixtiyoriga oʻtkazsinlar, oʻrmon fondi yerlaridan uzoq muddatli foydalanish toʻgʻrisidagi aktlarni bekor qilsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat oʻrmon qoʻmitasi bilan birgalikda, qayta tashkil etilayotgan davlat xoʻjaliklari sonidan kelib chiqqan holda, oʻtkazilayotgan oʻrmon yer maydonlari miqdorini aniqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Oʻzkooptayyorlov-savdo”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning qishloq xoʻjaligini ushbu qarordan kelib chiqadigan talablarga muvofiq rivojlantirishning yigʻma koʻrsatkichlari boʻyicha zarur materiallarni 1993-yil 15-fevralgacha respublika komissiyasining koʻrib chiqishi uchun taqdim etsinlar;
jamoa, davlat xoʻjaliklari, boshqa turdagi xoʻjaliklar, mahalliy qishloq xoʻjaligi organlari rahbarlari va mutaxassislarining eʼtiborini qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish sxemalariga qatʼiy muvofiq ravishda joylashtirish zarurligiga, ozuqabop ekinlar maydonlarining qisqarishiga yoʻl qoʻymaslikka barcha yer resurslarini qatʼiy hisobga olishga qaratsinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
7. Gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirishni tartibga solish, bir joyda uning har xil navlarini oʻstirish amaliyotiga chek qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan kelishilgan gʻoʻza navlarini joylashtirish rejasini 1993-yilda 5-ilovaga muvofiq amalga oshirish tavsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” urugʻlik chigitni tegishli miqdorda tayyorlashni hamda gʻoʻzalarni navlar boʻyicha joylashtirish tartibiga qatʼiy rioya qilish ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]
8. Sugʻoriladigan yerlarning potensial imkoniyatlaridan yanada toʻlaroq foydalanish zarurligini inobatga olgan holda, meva-sabzavot ekinlarini ekish maydonlari kamayganligi munosabati bilan hamda don taqchilligini kamaytirish maqsadida “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligining 1993-yilda 6-ilovaga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha kuzgi don ekinlarini 450 ming gektar sugʻoriladigan almashlab ekish maydonlarida joylashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ekish muddatlari boshlangunga qadar loyiha hujjatlarini tayyorlash za kuzgi va bahorgi boshoqli don ekinlarini almashlab ekish maydonlarida joylashtirish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etsin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har bir xoʻjalik tomonidan don ekinlarini ekish boʻyicha topshiriqlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
9. Toshkent shahriga, viloyatlar markazlariga va boshqa shaharlarga qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqarilib ishlab chiqarishga ijtimoiy maqsadlardagi obyektlar qurilishi uchun ajratilgan sugʻoriladigan yerlardan foydalanishning ahvoli qoniqarsiz deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddat ichida 1990—1992-yillarda qishloq xoʻjaligi ehtiyojlaridan boshqa maqsadlar uchun ajratilgan sugʻoriladigan yerlarni roʻyxatdan oʻtkazsinlar, uning yakuni boʻyicha foydalanilmayotgan yer uchastkalarini olib qoʻyish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, shahar qurilishi uchun sugʻoriladigan yerlarni ajratish faqat favqulodda hollarda, har bir shahar yerlarning yer fondi komissiya tekshiruvidan puxta oʻtkazilgandan keyingina va shaharlar chegarasida joylashgan yer rezervlari batamom tugagan taqdirda amalga oshiriladi.
Bunda sugʻoriladigan yerlarni ajratish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra, Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari boʻyicha ajratilish vaqtida ushbu yerlardan olib kelingan mahsulotning 50—100 baravar miqdordagi qiymatini oldindan albatta toʻlagan holda amalga oshirilsin. Tushadigan mablagʻlar maqsadli foydalanish uchun suv xoʻjaligi organlariga yerlarning holatini yaxshilash va ularni oʻzlashtirishga beriladi.
Qurilish uchun ajratilgan yerlardan oqilona foydalanishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasiga va uning joylardagi organlariga yuklatilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari fermer va aholi shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarining yer fondi holatini oʻrganib chiqsinlar, ulardan qoniqarsiz foydalanilayotgan hollarda yer uchastkalari olib qoʻyilsin va ular ilgarigi yerdan foydalanuvchilarga berilsin.
Butun respublika boʻyicha qishloq xoʻjaligi yerlaridan, eng avvalo, sugʻoriladigan yerlardan foydalanish darajasining yetarli darajada yuqori emasligini, shuningdek bu ishda xoʻjasizlik uchun taʼsirchan iqtisodiy sanksiyalarning yoʻqligini hisobga olib, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasiga 1993-yil 1-aprelgacha qishloq xoʻjaligi yerlarining toifalari, sifati va joylashgan oʻrni boʻyicha tabaqalashtirilgan yer soligʻini joriy qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish topshirilsin.
Dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari jamoa va davlat xoʻjaliklarini, xoʻjaliklarining barcha boshqa turlarini qishloq xoʻjaligi yerlaridan oqilona va samarali foydalanganlik ularga mineral oʻgʻitlar, texnika, yonilgʻi-moylash materiallari va boshqa resurslarni qoʻshimcha ajratish yoʻli bilan yuqori hosil olganlik uchun ragʻbatlantirishni amalda keng qoʻllasinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari sugʻorish suvlaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar, xoʻjaliklar rahbarlari va mutaxassislarining sugʻorishni yangi texnikasi va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishlari boʻyicha masʼuliyatini oshirsinlar. Suvdan xoʻjasizlarcha foydalanish hollariga qatʼiy chek qoʻyilsin, zarurat boʻlganda jarima sanksiyalari joriy qilinsin, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish uchun suv sarfini qisqartirish amalda qoʻllansin.
Shu bilan bir vaqtda sugʻorish suvlaridan oqilona foydalanayotgan ishlab chiqarish boʻlinmalarining jamoalari, ularga qoʻshimcha limitlar ajratgan holda qoʻllab-quvvatlansin.
Sugʻorish suvlarining taqchilligini va ulardan foydalanishdagi koʻplab xoʻjasizlik hollarini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Meloratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 1994-yil 1-aprelgacha har xil toifadagi suvdan foydalanuvchilar uchun suv qiymatini baholash mezonlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar, iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllangan holda suvdan foydalanishni qatʼiy limitlashtirish tartibini joriy qilinsin.
Vazirlar Mahkamasi respublika Oliy Kengashi navbatdagi sessiyaga suvdan foydalanish Qonuni loyihasini kiritsin.
11. Qishloqda iqtisodiy islohotni faol va yuqori tashkiliy hamda professional darajada oʻtkazayotgan, sifat jihatdan yangi xoʻjalik tarkibiy boʻlinmalarini, shu jumladan, fermer xoʻjaliklari tuzishni va mahsulotlarni koʻpaytirishni taʼminlayotgan tuman va xoʻjaliklarning rahbarlarini ragʻbatlantirish amalda qoʻllansin.
Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga quyidagilar tavsiya etilsin:
qishloq xoʻjaligini, shu jumladan, fermer xoʻjaligini yuritish tajribasini oʻrganish uchun tumanlar va xoʻjaliklar rahbarlarini ilgʻor xorijiy mamlakatlarga maqsadli yuborish uchun maxsus pul jamgʻarmasini yaratish. Ushbu jamgʻarma hisobiga, shuningdek, rahbar xodimlarni sanatoriylarga va dam olish uylariga yuborish, ularni toʻrt-besh oylik maoshlari miqdorida mukofotlash;
islohotni oʻtkazishda alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlarni faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, ularga Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
12. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining dehqonchilik va chorvachilikda xarajatlarni kamaytiradigan va suvlarni tejaydigan yangi texnika, ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish, gʻoʻza, don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini yaratish, oʻsimliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish boʻyicha ishlar qoniqarsiz deb topilsin.
Akademiyadan, uning ilmiy muassasalaridan, jahon amaliyotini hisobga olgan holda, ilmiy jamoalarning butun kuch gʻayratini va mablagʻlarini almashlab ekishning puxta sxemalarini ishlab chiqarishga qaratish, ichki va tashqi bozorning konyunkturalarini oʻzgartirish, gʻoʻza, don va ozuqabop ekinlarning serhosil va qurgʻoqchilikka chidamli yangi navlarini yaratish, qishloq xoʻjaligida yangi texnika va ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash talab qilinsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati kompleksi (oʻrtoq Joʻrabekov)ga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-yanvar,
13-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga 1-ILOVA
1993-yilda kooperativ va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantiriladigan davlat qishloq xoʻjaligi korxonalarining
SONI
Jami xoʻjaliklar
shu jumladan:
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantiriladigan xoʻjaliklar
1993-yil 1-aprelgacha (zarar koʻrib ishlaydigan xoʻjaliklar)
1994-yil 1-yanvargacha
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilmaydigan xoʻjaliklar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
112
30
55
27
viloyatlar:
Andijon
53
7
33
13
Buxoro
55
12
26
17
Jizzax
114
35
46
33
Qashqadaryo
168
25
100
43
Navoiy
52
4
5
43
Namangan
52
6
27
19
Samarqand
81
5
40
36
Surxondaryo
86
21
46
19
Sirdaryo
69
19
38
12
Toshkent
75
12
33
30
Fargʻona
58
10
34
14
Xorazm
41
11
20
10
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami
1016
197
503
316
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga 3-ILOVA
1993-yilda chigit ekiladigan maydon, paxta xomashyosi va paxta tolasi
ETIShTIRISh
Maydon, ming gektar
Yalpi hosil, ming tonna
Paxta tolasi, ming tonna
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
143
314
101
viloyatlar:
Andijon
125
352
113
Buxoro
110
357
121,5
J�zzax
137
322
96
Qashqadaryo
195
459
144
Navoiy
44
125
41,2
Namangan
103
309
98
Samarqand
111
286
88,3
Surxondaryo
128
396
132
Sirdaryo
146
348
106
Toshkent
119
320
99
Fargʻona
136
404
131
Xorazm
103
308
99
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami
1600
4300
1370
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga 4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xomashyo tayyorlash hamda ularni davlat resurslariga yetkazib berish
HAJMLARI
Don, jami
Umumiy hajmdan turlar boʻyicha
hajmi, ming tonna
sh. j., davlat buyurtmasi 80%
sholi
makkajoʻxori
boshoqli ekinlar
hajmi ming tonna
sh. j., davlat buyurtmasi 80%
hajmi, ming tonna
sh. j., davlat buyurtmasi 80%
hajmi, ming tonna
sh. j., davlat buyurtmasi 80%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
225,0
180,00
215
172,00
X
X
10
8,00
viloyatlar:
Andijon
43,0
34,40
X
X
12,0
9,60
31
24,80
Buxoro
19,1
15,28
X
X
3,1
2,48
16
12,80
Jizzax
107,0
85,60
X
X
13,0
10,40
94
75,20
Qashqadaryo
212,0
169,60
X
X
3,0
2,40
209
167,20
Navoiy
11,1
8,88
X
X
1,1
0,88
10
8,00
Namangan
27,0
21,60
X
X
5,0
4,00
22
17,60
Samarqand
104,8
83,84
X
X
7,8
6,24
97
77,60
Surxondaryo
94,0
75,20
23
18,40
X
X
71
56,80
Sirdaryo
60,0
48,00
21
16,80
6,0
4,80
33
26,40
Toshkent
83,0
66,40
26
20,80
15,0
12,00
42
33,60
Fargʻona
41,0
32,80
X
X
10,0
8,00
31
24,80
Xorazm
73,0
58,40
65
52,00
X
X
8
6,40
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami
1100
880
350
280
76
60,80
674
539,2
Kanop, tamaki
Kartoshka
Sabzavot
Hoʻl mevalar
hajmi, ming tonna
sh.j., davlat buyurtmasi 80%
hajmi, ming tonna
sh.j., davlat buyurtmasi 50%
hajmi, ming tonna
sh.j., davlat buyurtmasi 50%
hajmi, ming onna
sh.j., davlat buyurtmasi 50%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
x
x
3
1,5
40
20,0
6,0
3,0
viloyatlar:
Andijon
x
x
12
6,0
210
105,0
34,0
17,0
Buxoro
x
x
5
2,5
70
35,0
13,0
6,5
Jizzax
x
x
13
6,5
60
30,0
16,0
8,0
Qashqadaryo
x
x
13
6,5
130
65,0
23,0
11,5
Navoiy
x
x
2
1,0
21
10,5
4,8
2,4
Namangan
x
x
35
17,5
135
67,5
42,0
21,0
Samarqand
29,5
23,6
38
19,0
271
135,5
55,2
27,6
Surxondaryo
x
x
8
4,0
130
65,0
16,0
8,0
Sirdaryo
x
x
4
2,0
60
30,0
8,0
4,0
Toshkent
80,0
64,0
80
40,0
465
232,5
53,0
26,5
Fargʻona
x
x
30
15,0
168
84,0
41,0
20,5
Xorazm
x
x
7
3,5
40
20,0
8,0
4,0
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami
250
125
1800
900
320
160
(kanop)
80
64
(tamaki)
29,5
23,6
Uzum
Umumiy hajmdan kishmish va mayiz (quritilgan hlda)
*umumiy ovqatlanish korxonalari limiti va nasldor tuxumlarni hisobga olmasdan.
Teri xomashyosi, ming dona
Qoramollarniki
qoʻy-echkilarniki
choʻchqaniki
hajmi
sh. j., davlat buyurtmasi 80 %
hajmi
sh. j., davlat buyurtmasi 80 %
hajmi
sh. j., davlat buyurtmasi 80 %
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
90,0
76,50
115,0
97,75
X
X
viloyatlar:
Andijon
77,0
65,45
120,0
102,00
X
X
Buxoro
86,2
73,27
138,0
117,30
X
X
Jizzax
44,0
37,40
125,0
106,25
X
X
Qashqadaryo
103,0
87,55
330,0
280,50
X
X
Navoiy
44,3
37,66
214,9
182,67
X
X
Namangan
55,0
46,75
75,0
63,75
X
X
Samarqand
161,5
137,27
207,1
176,03
X
X
Surxondaryo
74,0
62,90
182,0
154,70
X
X
Sirdaryo
30,0
25,50
30,0
25,50
X
X
Toshkent
125,0
106,25
250,0
212,50
X
X
Fargʻona
105,0
89,25
145,0
123,25
X
X
Xorazm
55,0
46,75
15,0
12,75
X
X
Hammasi
1050
892,5
1947
1654,95
X
X
Bundan tashqari Qishloq xoʻjaligi vazirligi goʻsht kombinatlari boʻyicha
350
297,50
853
725,05
400
320
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami
1400
1190
2800
2380
400
320
LexUZ sharhi
4-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-fevraldagi 91-son “Pilla tayyorlash hajmlarini oʻzgartirish va ularga erkin narxlar joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi bilan tasdiqlangan ilovaga muvofiq qisman oʻzgartirish kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga 5-ILOVA
1993-yilda ekish uchun rayonlashtirilgan va istiqbolli gʻoʻza navlarini
joylashtirish
Maydonlarning hammasi, ming gektar
Navlar
Ashgabat-25
Qarshi-8
Ijod
Termiz-16
Termiz-24
S-6524
S-6530
S-6037
175-f
108-f
S-4727
Qizilravot
An-Oʻzbekiston-3
Qirgʻiziston-3
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
143
2,3
5,7
105,0
viloyatlar:
Andijon
125
Buxoro
110
237
Jizzax
137
21,4
3,5
Qashqada ryo
195
3,8
24,9
1,9
60,0
Navoiy
44
7,0
3,5
1,4
Namangan
103
45,0
18,5
1,1
53,4
Samarqand
111
15,0
7,0
Surxondaryo
128
1,0
0,4
43,5
4,9
5,6
8,1
Sirdaryo
146
52,0
Toshkent
119
65,3
17,8
9,6
Fargʻona
136
25,9
35,6
Xorazm
103
2,6
10,0
48,0
9,4
JAMI:
1600
1,0
3,8
0,4
68,4
4,9
198,7
159,0
1,1
48,0
72,7
108,5
9,4
3,5
93,7
(ming ga)
Navlar
Toshkent
Chimboy-3010
Yulduz
An-Boyovut-2
S-9070
Buxoro-6
Andijon-9
An-510
Fargʻona-3
Namangan-1
An-415
Namangan-77
An-402
Oqqoʻrgʻon
Boshqa navlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
17,0
11,5
1,1
0,4
viloyatlar:
Andijon
4,5
5,0
25,7
2,3
8,4
25,1
1,0
Buxoro
2,6
105,2
2,2
Jizzax
0,9
93,0
18,2
Qashqadaryo
55,2
34,7
1,4
1,0
12,1
Navoiy
4,2
10,5
21,8
0,5
Namangan
4,0
3,4
4,7
7,3
10,0
4,1
Samarqand
9,0
2,0
Surxondaryo
18,8
21,5
2,0
18,3
3,4
0,5
Sirdaryo
16,9
68,4
1,9
6,3
0,5
Toshkent
1,6
0,4
10,0
6,0
2,8
3,3
1,6
0,6
Fargʻona
27,5
12,6
30,3
4,1
Xorazm
1,5
26,0
0,1
5,0
0,1
0,3
JAMI:
33,1
17,0
113,2
175,6
55,1
220,7
5,0
6,9
45,8
7,3
8,1
97,3
25,1
5,1
11,5
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga 6-ILOVA
1993-yilda sugʻoriladigan yerlardagi almashlab ekiladigan maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlari ekish maydoni