1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Qarori
“TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATIGA TALABLAR TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-mayda 905-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 31-avgustdagi 20/8-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan koʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek unga oʻzgartirish va koʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 905-7, 23.09.2021-y.) asosan 2021-yil 24-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizomga (Adliya vazirligida 2000-yil 2-martda 905-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kirishi bilan har bir tijorat banki bir oy muddat ichida oʻz kredit siyosatiga tegishli qoʻshimchalarni kiritsin va uni ijro etilishi taʼminlansin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-may,
10/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2005-yil 12-maydagi 10/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan № 429-1
“Tijorat banklarining kredit siyosatiga talablar toʻgʻrisida”gi Nizomga kiritilayotgan
qoʻshimchalar
2.6-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bundan tashqari, Kredit siyosati qarz oluvchilar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfeli tarkibi va bank kreditidan foydalangan holda ishlab chiqariladigan tovarlar, koʻrsatiladigan xizmatlar bozorining mavjudligini asoslashni kiritish boʻyicha talabni oʻz ichiga olishi kerak”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 160-modda)