1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
3.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL BENZINI ChAKANA NARXLARINI VA YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTI XIZMATLARINING TARIFLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-sentabrdagi 455-sonli “Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur qarorning aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyuldagi 385-sonli qaroriga muvofiq bekor qilingan.
Respublikaga keltirilayotgan yoqilgʻi resurslari narxlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda yoʻlovchi tashish transportining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1934-yilning 1-iyulidan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narxlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Respublika aholisining ayrim toifalariga ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq berilayotgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda mazkur qarorga ilovaga muvofiq yangi chakana narxlar va tariflar preyskurantlarini tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin.
4. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, uning joylardagi organlari avtomobil benzinini naqd pulga sotadigan avtomobil benzini quyish stansiyalaridagi avtomobil benzini qoldiqlarini 1994-yil 1-iyuldagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar hamda qayta baholashdan tushgan mablagʻlarni oʻzlarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narxlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari bekor qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-iyun,
330-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-iyundagi 330-son qaroriga ILOVA
Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari tariflarining hamda benzin chakana narxlarining
chegaralangan miqdorlari
Oʻlchov birligi
Bir birlik uchun soʻm va tiyinlardagi chakana narxi (tarif)
Avtomobil benzini (oʻrtacha)
l
1-50
Shahar transportida yoʻlovchilar tashish
avtobus, tramvay, trolleybus, metro
1-marta yurish
0-20
Shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashish