1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN YoQILGʻI, ELLEKTR ENERGIYASI ChAKANA NARXLARINI HAMDA YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTI XIZMATLARINI TARIFLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Ushbu qarorning aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan cheklangan narxlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflariga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-iyundagi 330-sonli qarori asosida bekor qilingan.
LexUZ sharhi
Ushbu qarorning elektr energiyasiga cheklangan tariflarni qoʻllashga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-sentabrdagi 453-sonli qarori asosida bekor qilingan.
LexUZ sharhi
Ushbu qarorning koʻmir hamda tabiiy va suyultirilgan gazning cheklangan chakana narxlari va tariflariga doir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-sentabrdagi 454-sonli qarori asosida bekor qilingan.
Respublikaga keltirilayotgan neft va boshqa yoqilgʻi resurslari narxlarining oshishi munosabati bilan, shuningdek, energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-iyunidan boshlab yoqilgʻi-energetika resurslarining chegaralangan chakana narxlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Aholining ayrim toifalariga respublika Hukumati ilgari qabul qilgan qarorlarga muvofiq berilgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda mazkur qarorga ilovaga muvofiq yangi chakana narxlar va tariflar preyskurantlarini tasdiqlasinlar hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsinlar.
4. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar koʻmir va avtomobil benzinining qoldiqlarini 1994-yil 1-iyundagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar, qayta baholashdan tushgan summani oʻzlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son, 1994-yil 29-apreldagi 226-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
30-may 1994-yil,
273-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-maydagi 273-son qaroriga ILOVA
Yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilarni tashuvchi transport xizmatiga belgilanadigan chakana narx va tariflarning
chegaralangan miqdorlari
Oʻlchov birligi
Chakana narxi (tarif) bir birlik uchun soʻm-kuponlarda
Tabiiy gaz
1000 m³
3500
Elektr energiyasi
kVt. soat
30
Elektr plitalar bilan jihozlangan uy-joylarda yashovchi aholiga beriladigan elektr energiyasi
kVt. soat
15
Avtomobil benzini (oʻrtacha)
litr
1000
Koʻmir (oʻrtacha)
tonna
25000
Shahar transportida yoʻlovchilar tashish:
avtobus, tramvay, trolluybus
bir marta yurish
100
metro
--“--
100
Shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashish: