toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2019
oʻzbekiston respublikasi Davlat panent idorasi direktorining
Buyrugʻi
Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 24-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1294]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 538-mh-sonli “Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3203, 13.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. “Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari” (bundan keyin — Qoidalar) tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning ijro etilishi yuzasidan nazorat qilish direktor oʻrinbosari V.V. Yermolayeva zimmasiga yuklatilsin.
Direktor A.A. AZIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-noyabr,
66-son

Davlat patent idorasi direktorining 2003-yil 11-noyabrdagi 66-son buyrugʻi bilan

“TASDIQLANGAN”

Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish
qoidalari
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish Qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb keltiriladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, patent vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish tartiblarini belgilaydi.
Qisqartmalar roʻyxati
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi;
Nizom — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizom;
Apellatsiya komissiyasi — Agentlikning Apellatsiya komissiyasi;
Malaka komissiyasi — Agentlikning Malaka komissiyasi;
nomzod — patent vakili sifatida faoliyat yuritish huquqiga daʼvogar shaxs;
reyestr — Oʻzbekiston Respublikasi patent vakillari Davlat reyestri.
1-§. Malaka va apellatsiya komissiyalarining faoliyatini tashkil etish
1. Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtishga daʼvogar nomzodlarning professional faoliyatni bajarishga tayyorlik darajasini aniqlash uchun ular arizada koʻrsatgan ixtisoslikni inobatga olgan holda malaka imtihoni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
2. Patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Agentlik tomonidan malaka va apellatsiya komissiyalari tuziladi, ularning faoliyati mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Malaka komissiyasi:
a) malaka imtihoni oʻtkazish tartiblarini belgilaydi;
b) imtihon topshiriqlarini tasdiqlaydi;
v) imtihon oluvchilarni tayinlaydi va imtihonni tashkil etadi;
g) nomzodning malaka imtihoniga qoʻyilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
d) nomzodning attestatsiyadan oʻtishiga ruxsat berilishi yoxud attestatsiyadan oʻtishi rad etilishi haqida qaror qabul qiladi.
4. Malaka komissiyasi Agentlik Bosh direktori buyrugʻi bilan Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat yurituvchi mustaqil olimlar va mutaxassislar ishtirokida shakllantiriladi.
5. Malaka komissiyasi ishini Agentlik Bosh direktori buyrugʻi bilan tayinlangan malaka komissiyasi raisi boshqaradi.
6. Malaka komissiyasi raisi boʻlmaganda, uning vazifalari vaqtinchalik malaka komissiyasi raisi oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi.
7. Malaka komissiyasi majlisida bayonnoma yuritiladi va malaka komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
8. Malaka komissiyasi qarorlari majlisda qatnashayotgan barcha aʼzolarning koʻpchiligi ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar nisbati teng boʻlganda raisning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
9. Malaka komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va malaka komissiyasi raisi hamda aʼzolari tomonidan imzolanadi.
10. Malaka komissiyasi qaroriga qoʻshilmagan komissiya aʼzosi oʻz nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir.
11. Malaka komissiyasi qarorlari yuzasidan apellatsiya komissiyasiga shikoyat kiritilishi mumkin.
12. Apellatsiya komissiyasi patent vakilligiga nomzodlarning malaka komissiyasi qarori yuzasidan shikoyatlarini, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakillarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizom talablarini buzadigan xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlarini koʻrib chiqadi.
13. Apellatsiya komissiyasi ham malakaviy komissiya shakllantirilgan tartibda shakllantiriladi.
14. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yigʻilishda qatnashayotgan barcha aʼzolarning koʻpchiligi ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar nisbati teng boʻlganda raisning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
15. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va apellatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
16. Apellatsiya komissiyasi qaroriga qoʻshilmagan komissiya aʼzosi oʻz nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir.
17. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yuzasidan shikoyatlar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
2-§. Hujjatlarni qabul qilish
18. Nomzod mazkur Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shakldagi oʻzini patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani malaka komissiyasiga topshiradi.
19. Ariza davlat tilida yoki rus tilida taqdim etiladi.
20. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
b) nomzodning intellektual mulk obyektini muhofaza qilish sohasida yoki intellektual mulk obyektlariga huquqlarni muhofaza qilish sohasida advokat sifatida yetarlicha ish stajiga ega ekanini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi yoki individual mehnat shartnomasining nusxasi yoxud ishga qabul qilingani va boʻshatilgani haqida buyruqlardan koʻchirmalar);
v) attestatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligi haqidagi hujjat;
g) nomzodning istagiga koʻra uning malakasini tavsiflovchi boshqa hujjatlar.
21. Nomzod Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmaganda yoxud Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimi boʻlganda, shuningdek, mazkur Qoidalar 20-bandining “a” — “v” kichik bandlarida belgilangan hujjatlar mavjud boʻlmaganda attestatsiyadan oʻtkazish rad etilishi mumkin. Boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab, oʻn kun mobaynida nomzodga attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilgani yoki attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgani haqida yozma ravishda bildirishnoma yoʻllanadi.
3-§. Attestatsiyadan oʻtkazish
23. Malaka imtihoni nomzodni attestatsiyadan oʻtkazishga ruxsat berilgani haqidagi bildirishnoma yoʻllangan sanadan eʼtiboran ikki oydan oshmagan muddatda oʻtkaziladi.
24. Nomzodga malaka imtihoni oʻtish joyi, sanasi va vaqti haqida imtihon oʻtadigan sanadan oʻn kalendar kunidan kam boʻlmagan muddat avval xabar beriladi.
25. Nomzodlar imtihon topshirishda pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.
26. Nomzod imtihon davomida intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan tasdiqlangan dasturga mos ravishda zarur nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega ekanini koʻrsatishi lozim. Imtihon topshiriqlari nomzod arizasida kelgusidagi faoliyati uchun koʻrsatilgan ixtisoslikni inobatga olgan holda tuziladi.
27. Malaka komissiyasi imtihon oluvchilar qoʻygan baholar asosida malaka imtihoni natijasining qoniqarli yoki qoniqarsizligi toʻgʻrisida hamda patent vakilligiga nomzodni attestatsiyadan oʻtkazish yoxud attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
28. Malaka komissiyasi qarori ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi attestatsiyadan oʻtkazishga oid hujjatlar yigʻma jildiga tikiladi, ikkinchisi — nomzodga topshiriladi.
29. Nomzod malaka komissiyasining attestatsiyadan oʻtkazishning, shu jumladan, imtihonga qoʻyishning rad etilgani haqidagi qarori yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab uch oy muddatda apellatsiya komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin.
Apellatsiya komissiyasi shikoyat boʻyicha u olingan sanadan boshlab bir oy muddatda qaror qabul qiladi.
4-§. Patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazish
30. Patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazish va uni reyestrga kiritish quyidagi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi:
a) attestatsiyadan oʻtgani toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin boʻlgan, mazkur Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan shakldagi patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtkazish haqida ariza;
b) attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi;
v) roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganligi va patent vakili guvohnomasi berilganligi uchun belgilangan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasi.
31. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadan boshlab, bir oy mobaynida patent vakili Agentlik tomonidan reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi, mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan shaklda patent vakiliga guvohnoma beriladi va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Agentlik attestatsiyadan oʻtmagan shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan, roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanmagan, shuningdek, Nizomning 3 — 5-bandlariga muvofiq patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar paydo boʻlgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
32. Reyestrdagi qayd quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
a) roʻyxat raqami, ushbu raqam guvohnomaga ham qoʻyiladi;
b) patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi;
v) patent vakilining doimiy turar joyi;
g) malaka komissiyasi qarori raqami va sanasi;
d) patent vakili tomonidan koʻrsatilgan faoliyat ixtisosligi;
e) patent vakilining yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
j) yozishma uchun manzil (Oʻzbekiston Respublikasi hududida), shuningdek, telefon va faks raqamlari hamda elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa);
z) patent vakili roʻyxatdan oʻtkazilgan sana;
i) guvohnoma berilgan yoki joʻnatilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar. Reyestrga boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
33. Patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtmagan yoxud reyestrdan oʻchirilgan shaxsning oʻz faoliyatida “patent vakili” maqomidan foydalanishi mumkin emas.
34. Guvohnoma patent vakiliga shaxsan topshiriladi yoki buyurtma pochta yoʻllanmasi tarzida joʻnatiladi.
5-§. Patent vakillari toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qilish
35. Patent vakilining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar u reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirdagina eʼlon qilinishi mumkin.
36. Agentlikning rasmiy axborotnomasida quyidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadi:
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) roʻyxat raqami;
v) ish joyi, lavozimi;
g) yozishma uchun manzil;
d) patent vakili tomonidan koʻrsatilgan faoliyat ixtisosligi;
e) yozishma tili;
j) patent vakilining yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
37. Agentlik rasmiy axborotnomada, shuningdek, patent vakillarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan, patent vakillari faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan chora-tadbirlar, patent vakili reyestrdan oʻchirilgani haqidagi va boshqa maʼlumotlarni eʼlon qiladi.
38. Reyestr maʼlumotlari bilan har qanday shaxs tanishishi mumkin.
Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish Qoidalariga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
Bosh direktoriga
‎_______________________________

ARIZA

‎‎“____” _____________ 20__ y.

Meni patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazishingizni soʻrayman.

Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:

1. Familiya, ism, ota ismi ________________________________________________________

‎‎2. Fuqaroligi ___________________________________________________________________

‎‎3. Tugʻilgan sana__________________________________________________________________

‎‎4. Doimiy turar joyi

‎‎5. Maʼlumoti (qaysi oliy taʼlim muassasasini qachon tamomlagan)_________________________
‎_______________________________________________________________________________

6. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yoki professional huquqiy vakillik borasidagi amaliyot tajribasi

Ish davri

Ishning mazmuni (korxona, tashkilot, muassasa va u joylashgan manzil koʻrsatiladi)

Ish tajribasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar

boshlanishi

yakuni

‎‎‎

‎‎‎

(zaruratga koʻra davomi alohida varaqda keltiriladi)

7. Chet tillarni bilishi ____________________________________________________________

8. Patent vakili sifatida kelgusi faoliyat ixtisosligi __________________________________
‎_______________________________________________________________________________

‎‎9. Hozirgi paytdagi ish joyi va lavozimi_____________________________________________
‎_______________________________________________________________________________

‎‎10. Yozishma uchun manzil (Oʻzbekiston Respublikasi hududida) _____________________________
‎_______________________________________________________________________________

Telefon raqami (shahar kodi koʻrsatiladi) _____________________________________________

‎‎faks ___________________________________________________________________________

‎‎E-mail __________________________________________________________________________

‎‎11. Pasport yoki uningoʻrnini bosuvchi hujjat haqida maʼlumotlar________________________
‎_______________________________________________________________________________

‎‎Arizaga ilova qilaman:

1. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nushasi ____v.

2. Mehnat daftarchasidan koʻchirma ___v.

3. Attestatsiyadan oʻtkazish uchun _______ coʻm miqdorida toʻlov toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.

4. Malakani tavsiflovchi boshqa hujjatlar ___v.


‎‎‎(imzo) ________________
‎‎

Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish Qoidalariga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktoriga
‎_______________________________

ARIZA

‎‎“____” _____________ 20__ y.

Meni patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazishingizni soʻrayman.

Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:

1. Familiya, ism, ota ismi __________________________________________________________

2. Fuqaroligi____________________________________________________________________

3. Doimiy turar joyi _____________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________

4. Yozishma uchun manzil (Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan pochta indeksi)_______________________________________________________________________________

telefon (shahar kodi koʻrsatiladi) ___________________________________________________

‎‎faks ___________________________________________________________________________

E-mail __________________________________________________________________________

5. Yozishma yuritilishi mumkin boʻlgan chet tillar: _______________________________________

6. Ayni vaqtdagi ish joyi va lavozimi _______________________________________________

Arizaga ilova qilaman:

1. Roʻyxatdan oʻtkazish, maʼlumotlarni eʼlon qilish, guvohnomani ber�sh uchun ____________ soʻm miqdorda toʻlov toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.

2. Attestatsiya haqidagi qaror nusxasi

(imzo) ________________

Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish Qoidalariga
3-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ‎


‎Gerb ‎


‎INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI‎


‎GUVOHNOMA‎

Ushbu bilan _________________________________________________________‎
_______________________________________________________________ning‎
malaka berish komissiyasining qaroriga asosan

‎ ‎
ixtisosligi boʻyicha‎

PATENT VAKILI‎

sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi tasdiqlanadi. ‎
Patent vakillari davlat reyestriga 20___ yil “___” _____________‎
________________ son bilan tegishli yozuv kiritilgan. ‎


‎Agentlik Bosh direktori ‎

Muhr
‎oʻrni‎

Malaka berish
‎komissiyasi raisi‎


‎Toshkent shahri‎

(Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 31-son buyrugʻi, (roʻyxatdan oʻtgan sanasi 30.09.2011-y 1294-1-son)