toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
Patent vakillari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-iyul,
298-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 1-iyuldagi
298-son qaroriga
2-ILOVA
Patent vakillari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Patent vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
patent vakilligiga nomzod (nomzod) — patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
patent vakili — ushbu Nizom talablariga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jismoniy shaxslar Vazirlikda attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtgandan keyin patent vakillari sifatida faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari patent vakillari sifatida attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
4. Quyidagilar patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2021-y., 07/21/4965/0074-son)
Oldingi tahrirga qarang.
intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun Vazirlik tomonidan belgilanadigan hajmda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari sohasida malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan bilimlarga ega boʻlish.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlik va unga qarashli tashkilotlar xodimlari patent vakillari sifatida attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Patent vakili oʻz kasb faoliyatini ham mustaqil ravishda yakka tadbirkor sifatida, ham yollanish boʻyicha ishlagan holda amalga oshirishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Patent vakillarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuqori malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash, ularning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilash, ular kasbiy tayyorgarligining zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
62. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini tayyorlash, ularning bazaviy oliy maʼlumotidan qatʼi nazar Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura yoʻnalishining “Intellektual mulk huquqi” ixtisosligi boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan amalga oshiriladi.
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Patent vakillari malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta, keyinchalik attestatsiyadan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Patent vakilligiga nomzodni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish
(II-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 887-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/887/3944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Nomzodni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish Vazirlik tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Patent vakilligiga nomzodning attestatsiyasi patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 887-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/887/3944-son)
Attestatsiya malaka imtihoni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka imtihoni jarayoni uzluksiz ovozli videotasvirga tushiriladi, shuningdek Vazirlikning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi. Malaka imtihoni oʻtkazish jarayoni qayd etilgan videotasvir Vazirlik tomonidan bir yil mobaynida saqlanadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Patent vakili attestatsiyasi patent vakillarining kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Patent vakillari attestatsiyasi har besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 887-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/887/3944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Nomzodlarni va patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Vazirlik tomonidan malaka va apellyatsiya komissiyalari tuziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiyalar tarkibiga Vazirlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka komissiyasi malaka imtihoni savollarini tasdiqlaydi, malaka imtihonini oʻtkazadi va nomzod yoki patent vakilining attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2021-y., 07/21/4965/0074-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya komissiyasi nomzodlar yoki patent vakillarining malaka komissiyasi qarori yuzasidan shikoyatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizom talablarini buzadigan xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlarini hamda Vazirlikning belgilangan muddatda attestatsiyadan oʻtmagan patent vakilini Patent vakillari davlat reyestridan (bundan keyin — reyestr) chiqarish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlar yoki patent vakillari oʻzlarining malakasiga taalluqli masalalarning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishida shaxsan ishtirok etish huquqiga egadirlar.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 887-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/887/3944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Malaka komissiya aʼzosi bir paytning oʻzida apellyatsiya komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Malaka komissiyasi ishini malaka komissiyasi raisi boshqaradi.
Malaka komissiyasi raisi boʻlmaganda uning vazifalari vaqtinchalik malaka komissiyasi raisi oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Malaka komissiyasi qarorlari malaka komissiyasining majlisida qabul qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Malaka komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va malaka komissiyasi raisi hamda boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Malaka komissiyasi qaroriga qoʻshilmagan komissiya aʼzosi oʻz nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Nomzod yoki patent vakili attestatsiyadan oʻtkazishning, shu jumladan malaka imtihoniga qoʻyishning rad etilgani yuzasidan u attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgani toʻgʻrisidagi qarorni olgan sanadan boshlab 3 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 887-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/887/3944-son)
Apellyatsiya komissiyasi shikoyat boʻyicha u olingan sanadan boshlab bir oy muddatda qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Apellyatsiya komissiyasi malaka komissiyasi shakllantiriladigan tartibda tuziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Apellyatsiya komissiyasi qarorlari yigʻilishda qatnashayotgan barcha aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar nisbati teng boʻlganda apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Apellyatsiya komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va apellyatsiya komissiyasi raisi hamda boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Apellyatsiya komissiyasi qaroriga qoʻshilmagan komissiya aʼzosi oʻz nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
18. Patent vakili oʻz faoliyatini intellektual mulkning alohida obyektlari yoki xizmatlarning alohida turlari bilan cheklashi mumkin. Agar patent vakilligiga nomzod bunday cheklash toʻgʻrisida malaka imtihoni topshirishgacha maʼlum qilsa, u holda imtihon ushbu cheklashni hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Patent vakilining faoliyatini cheklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga va patent vakiliga beriladigan guvohnomaga kiritiladi.
19. Patent vakilining oʻz faoliyati cheklanishini rad etishiga u ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
III. Shikoyatlarni koʻrib chiqish va patent vakillarini reyestrdan chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
20. Yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizomni buzuvchi xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlari Vazirlikning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Vazirlik patent vakilini ana shunday shikoyat tushganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
21. Oʻziga qoʻyilgan talablarni buzgan patent vakiliga nisbatan apellyatsiya komissiyasi qarori asosida quyidagi choralar koʻrilishi mumkin:
ogohlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Patent vakili oʻz malakasi va faoliyatiga taalluqli masalalar Vazirlikning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilayotganda shaxsan qatnashish huquqiga ega.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Patent vakili Vazirlik tomonidan reyestrdan:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
patent vakilining oʻz arizasi;
patent vakilining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyidan koʻchib ketishi yoxud ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sudning qarori;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
patent vakilining patent vakili faoliyati bilan shugʻullanishini taqiqlash yoki bunday faoliyat imkoniyatini istisno qiluvchi boshqa jazolar toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asosida chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Patent vakilini reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi axborot Vazirlik tomonidan rasmiy axborotnomada reyestrdan chiqarish sabablari koʻrsatilgan holda eʼlon qilinadi. Koʻrsatilgan axborot reyestrdan chiqarilgan kunda Vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Patent vakili reyestrdan uning arizasi asosida chiqarilgan taqdirda takroriy roʻyxatdan oʻtkazish, qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazmasdan, reyestrdan chiqarilish sanasidan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2021-y., 07/21/4965/0074-son)
IV. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
26. Patent vakili oʻziga murojaat qilgan har qanday shaxs manfaatlarini ifoda qilish vakolatiga ega. Patent vakilining ishlarni olib borishga vakolatlari unga nomidan ish olib boriladigan shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Agentlik oldida vakillik qilishga ishonchnoma patent vakiliga ishonch bildiruvchi tomonidan oddiy yozma shaklda beriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxslar va xorijiy yuridik shaxslar tomonidan ishonchnoma ishonchnoma tuzilayotgan mamlakatning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Patent vakili ishonch bildiruvchidan uning topshirigʻini bajarish munosabati bilan oladigan axborot, agar ishonch bildiruvchi tomonidan boshqacha holat maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa yoki uning xatti-harakatlaridan kelib chiqmasa, maxfiy deb eʼtirof etiladi.
Patent vakili, agar u manfaatlari ishni olib borish toʻgʻrisida iltimos qilgan shaxs manfaatlariga zid boʻlgan shaxslar nomidan mazkur ish boʻyicha vakillik qilgan boʻlsa yoki ularga maslahatlar bergan boʻlsa yoxud ishni koʻrib chiqishda boshqacha tarzda qatnashgan boʻlsa, shuningdek agar ishni koʻrib chiqishda patent vakiliga qarindosh boʻlgan mansabdor shaxs qatnashgan boʻlsa, topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Patent vakillari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikka muvofiq patent vakillari agentligini va boshqa tashkilotlarni, shuningdek jamoat birlashmalarini tashkil etishlari mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Nomzodlar va patent vakillarini attestatsiya hamda patent vakillarini qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazish uchun Vazirlik tomonidan tegishli xarajatlarni qoplash uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda toʻlov undiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 103-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2008-y., 19-son, 160-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son, 22.10.2019-y., 09/19/887/3944-son; 29.01.2021-y., 07/21/4965/0074-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)