1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
2.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga asosan:
milliy sifat infratuzilmasi ishtirokchilarining mustaqil faoliyatini yoʻlga qoʻyish sohani isloh qilishning tashkiliy asosi sifatida eʼtirof etilgani;
texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida amaldagi samarasiz nazorat tizimi bekor qilingani va uning oʻrniga mahsulotning bozor nazorati amaliyoti joriy etilishi belgilangani;
har qanday darajadagi standartlardan foydalanishga ixtiyoriy tus berilgani va xalqaro (mintaqaviy, xorijiy) standartlarni respublika hududida qabul qilishning xalqaro amaliyoti joriy etilgani hamda standartlarning rasmiy roʻyxati milliy standartlar darajasida shakllantirilishi;
Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda uning tarkibidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari faoliyati tugatilgani hamda Oʻzbekiston standartlar instituti Markazni qoʻshib olish orqali qayta tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston standartlar institutining ustavi 1-ilovaga muvofiq;
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston standartlar instituti Markazning barcha huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markaz tomonidan seriyali ishlab chiqarishga rasmiylashtirilgan va amalda boʻlgan barcha muvofiqlik sertifikatlari ustidan davriy baholash ularning amal qilishi tugaguniga qadar Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan oʻtkaziladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-sentabr,
472-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston standartlar institutining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Oʻzbekiston standartlar institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Institut standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, kadrlarni qayta tayyorlash sohasida davlat muassasasi hisoblanadi.
Institut Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq standartlashtirish boʻyicha milliy organ hisoblanadi.
3. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Agentlikning buyruqlari va qarorlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining alohida mulkiga, hududiy filiallariga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga, milliy va chet el valyutasidagi hisobvaraqlarga ega boʻladi.
5. Institutning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti davlat muassasasi;
qisqartirilgan nomi — Oʻzbekiston standartlar instituti DM;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — state institution Uzbek Institute of Standards of the Agency for Technical Regulation of Uzbekistan under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Uzbek Institute of Standards SI;
v) rus tilida:
toʻliq nomi — gosudarstvennoye uchrejdeniye Uzbekskiy institut standartov Uzbekskogo agentstva po texnicheskomu regulirovaniyu pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — GU Uzbekskiy institut standartov.
6. Institutning joylashgan joyi (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Choʻponota koʻchasi, 9-V uy.
2-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
manfaatdor taraflarning tashabbuslariga koʻra standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil etish, ularning faoliyatini birlashtirish, toʻxtatib turish va tugatish haqida qarorlar qabul qilish, muvofiqlashtirish hamda xalqaro amaliyot asosida ularni rivojlantirishga koʻmaklashish;
standartlashtirish faoliyatini tartibli tashkil etish va boshqarishni nazarda tutuvchi texnik qoʻmitalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash;
standartlashtirish boʻyicha hujjatlarni, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha shartnoma asosida tarqatish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro tizim bilan uygʻunlashtirish;
standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ifodalash;
ochiq bozor tamoyillarga muvofiq holda muvofiqlikni baholash (mahsulotlarni sertifikatlashtirish bundan mustasno), laboratoriya sinovlarini oʻtkazish hamda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida kadrlar malakasini oshirish;
xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari bilan bitimlar tuzish va ular bilan hamkorlik qilish;
savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazining faoliyatini amalga oshirish.
8. Institut oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) manfaatdor taraflarning tashabbuslariga koʻra standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil etish, ularning faoliyatini birlashtirish, toʻxtatib turish va tugatish haqida qarorlar qabul qilish, muvofiqlashtirish hamda xalqaro amaliyot asosida ularni rivojlantirishga koʻmaklashish sohasida:
standartlashtirishning yangi faoliyat yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi takliflarni, standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tashkil etish tashabbuslarini koʻrib chiqadi;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyat yoʻnalishlarini va sohalarini belgilaydi;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etadi, birlashtiradi, muvofiqlashtiradi va tugatishda ishtirok etadi;
loyiha boshqaruvi tamoyili asosida standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini rejalashtirish, yuritish, monitoring oʻtkazish tizimini yaratadi va doimiy takomillashtirib boradi;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil etish, ularning faoliyatini toʻxtatib turish, birlashtirish va tugatish haqida manfaatdor taraflarning murojaatlariga binoan qarorlar qabul qiladi;
standartlashtirish boʻyicha xalqaro texnik qoʻmitalar va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida hamda milliy standartlarni xalqaro darajada tarqatishda faol ishtirok etadi;
b) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash sohasida:
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, tasniflash hamda kodlash ishlarini amalga oshiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya, tasniflash va kodlash masalalari boʻyicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan oʻz oʻquv rejalarini tuzadi va tasdiqlaydi;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha dasturlarni, har bir dasturning mazmuni, maqsadi, qoidalaridan iborat dastur yoʻriqnomalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ochiq manbalarda joylashtiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida malakasini oshirilgan va qayta tayyorlashdan oʻtgan kadrlarning, tasniflash va kodlashning axborot-maʼlumot bazasini yaratadi va qoʻllab-quvvatlaydi;
oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektor bilan standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida innovatsiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun tegishli taʼlim yoʻnalishlarida yangi oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarini yaratishga koʻmaklashish orqali oʻquv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi;
bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik koʻmaklashadi, shuningdek, Institut bazasida standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish orqali bilan oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlariga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida mutaxassislar tayyorlovchi taʼlim tashkilotlari uchun ilmiy, oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida dasturlar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy asarlar toʻplamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik koʻrsatmalar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha qoʻllanmalar tayyorlaydi va nashr qiladi;
mutaxassislarning attestatsiya ishlarini tashkil etadi;
korxonalarda menejment tizimlari boʻyicha standartlar talablari asosida oʻquv kurs, seminar va konferensiyalar tashkil etadi;
v) standartlashtirish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish va tarqatish sohasida:
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar taklifiga asosan milliy standartlarni qabul qilish, bekor qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda realizatsiya qilish ishlarini tashkil qiladi;
standartlashtirish hujjatlarini ishlab chiqishda hamda ilmiy-metodik koʻrsatmalar berishda koʻmaklashadi;
mahsulotlar va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqishni oʻzlashtirishga koʻmaklashadigan, shu asosda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlaydigan, shuningdek, belgilangan tartibda muvofiqlik prizumsiyasini taʼminlaydigan ilgʻor standartlar standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar orqali ishlab chiqilishini tashkil etadi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
standartlarning yagona axborot bazasini yuritadi va dolzarblashtiradi, shuningdek, nazorat nusxalari saqlanishini taʼminlaydi;
standartlashtirish hujjatlarining yillik koʻrsatkichini (katalogini) tayyorlaydi;
standartlashtirish hujjatlarining yagona axborot-maʼlumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi, undan barcha manfaatdor tomonlarning shartnoma asosida foydalanish imkoniyatini beradi;
standartlashtirish hujjatlari boʻyicha axborot maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratadi;
standartlashtirish hujjatlarini ishlab chiquvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
manfaatdor tomonlarning buyurtmalariga koʻra standartlashtirish boʻyicha hujjatlarini shartnoma asosida tarjima qiladi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar va manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi milliy standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning har yilgi dasturini shakllantiradi;
xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq xalqaro va xorijiy davlatlar standartlarini tarqatadi;
standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qoʻllashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi texnik toʻsiqlar kelishuvining Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qoʻllashda zarur amaliyot kodeksi talablarining bajarilishini taʼminlaydi;
standartlashtirish tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni oʻzining rasmiy veb-sayti orqali erkin olish imkoniyatini yaratadi;
shtrixli kodlash ishlarini amalga oshiradi;
standartlarni ishlab chiqish vazifalarni eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida oʻz mablagʻlari hisobidan moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib jalb qiladi;
xalqaro tajribadan kelib chiqib, standartlarni qabul qilish, ishlab chiqish, kelishish, koʻrib chiqish (tekshirish), qayta koʻrib chiqish, ularga oʻzgartirish va tuzatish kiritish va ularni bekor qilish tartib-taomilni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
g) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy-texnik axborotlarni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro tizim bilan uygʻunlashtirish sohasida:
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida ilmiy materiallarni nashr etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilishda ishtirok etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalari boʻyicha yangi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, strategiyasi, istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida xalqaro amaliyotni doimiy ravishda oʻrganadi, uning natijalari boʻyicha ilgʻor amaliyotlarni joriy qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida erishilgan yutuqlarning ilmiy-texnik targʻibotini amalga oshiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida, shu jumladan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, oliy taʼlim tashkilotlari, vazirliklar va idoralarning tasarrufida boʻlgan boshqa ilmiy muassasalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni oʻqitish boʻyicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi;
xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;
xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;
xorijiy davlatlarda amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash ishlari natijalarini Oʻzbekiston hududida belgilangan tartibda eʼtirof etish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
d) standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ifodalash sohasida:
xalqaro va mintaqaviy standartlashtirish tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan aʼzo boʻladi, ularning ishida doimiy ishtirok etadi va milliy manfaatlarni himoya qiladi;
xalqaro standartlar loyihalarini tahlil qiladi, ular boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganadi va milliy standartlashtirish tizimiga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
milliy texnik qoʻmitalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ular orqali xalqaro texnik qoʻmitalar ishida ishtirokni taʼminlaydi;
e) muvofiqlikni baholash va laboratoriya sinovlarini oʻtkazish sohasida:
belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan holda sinovlarni, laboratoriyalar malakasini baholash boʻyicha malaka testlarini (provayderlik) oʻtkazish, xodimlarni sertifikatlashtirish, mustaqil inspeksiya, validatsiya va verifikatsiya xizmatlarini koʻrsatadi;
milliy va xalqaro standartlarni joriy etishda, shuningdek, muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiya qilish, laboratoriyalarni maqullash boʻyicha hujjatlarni tayyorlashda konsalting xizmatlarini koʻrsatadi;
belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan holda mahsulot va xizmatlarni “halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi, ushbu yoʻnalishda davriy baholash ishlarini oʻtkazadi, sertifikatlarni roʻyxatga oladi, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlar reyestrini yuritadi;
respublikada realizatsiya qilinadigan isteʼmol tovarlarining davlat tilidagi tamgʻalash maʼlumotlarini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatadi;
standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro talablarga uygʻunlashtirish maqsadida transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro identifikatsiya kodini (WMI-kodini) beradi va transport vositalarini turini (shassi) tasdiqlash hujjatini roʻyxatdan oʻtkazadi;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) boʻyicha tovar kodlarini aniqlaydi;
mahsulotlarni sinash sohasida ilmiy va uslubiy tadqiqotlar oʻtkazadi;
tadbirkorlarga muvofiqlikni baholash ishlarida amaliy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi;
j) xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari bilan bitimlar tuzish va ular bilan hamkorlik qilish sohasida:
standartlashtirish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning milliy organlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar tuzadi;
standartlarni oʻzaro muvofiqlashtirish va uygʻunlashtirish boʻyicha hamkorlik qiladi;
qoʻshma ilmiy-texnik loyihalar va tadqiqotlarni tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi;
mutaxassislar tajriba almashishi, malaka oshirish boʻyicha qoʻshma seminar hamda konferensiyalar oʻtkazadi;
texnik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantiradi;
z) savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazining faoliyatini amalga oshirish sohasida:
Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) aʼzo davlatlarni Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro standartlarga asoslanmagan yoki mavjud xalqaro standartlardan sezilarli darajada farq qiladigan, qonuniy maqsadlarga erishish uchun zarur va JSTga aʼzo boshqa davlatlar bilan tovarlar savdosiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yangi texnik reglamentlar yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillari ishlab chiqilayotgani yoxud mavjud texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga oʻzgartirishlar kiritilayotgani toʻgʻrisida oʻz vaqtida ularni ishlab chiqish bosqichida xabarnomalar berish orqali xabardor qiladi;
JSTga aʼzo davlatlarning ishlab chiqilayotgan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi xabarnomalarga sharhlarini va (yoki) eʼtirozlarini tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga ularni muhokama qilish, ishlab chiqilayotgan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari loyihalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish uchun yuboradi;
JSTga aʼzo davlatlarning savdodagi texnik toʻsiqlar sohasida rejalashtirilgan yoki qabul qilingan choralari toʻgʻrisidagi xabarnomalarni tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar va boshqa manfaatdor tomonlarga ularning soʻroviga koʻra taqdim etadi.
3-bob. Institutning huquq va majburiyatlari
9. Institut oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil etish, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalarini tashkil etishda ishtirok etish;
Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Institut xodimlarini soatbay haq toʻlash asosida oʻquv mashgʻulotlariga jalb etish;
oʻz vakolatlarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni, jumladan, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya tizimini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli vazifalarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yigʻilishlarida ishtirok etish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert kengashlari hamda komissiyalar ishida ishtirok etish;
oʻz vakolatlari doirasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha yoʻriqnomalar, chora-tadbirlar rejalari va boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
mahsulotlar, xizmatlar, xodimlarni sertifikatlashtirish, mahsulotni sinash usullari, oʻlchash va sinov vositalari hamda standart namunalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida noshirlik faoliyatini amalga oshirish, ilmiy-texnik axborotni tarqatish;
aholi va turli tashkilotlarga pulli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyatni amalga oshirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning ishchi kengashlarida va yigʻilishlarida ishtirok etish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq ushbu tashkilotlarga badallarni toʻlab berish;
eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish.
Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
10. Institut oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
11. Institut oʻz faoliyatida bevosita Agentlikka boʻysunadi va unga hisobot beradi.
12. Institut faoliyatiga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor umumiy rahbarlik qiladi.
13. Institut direktori:
Institut vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Institutda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Institut Ilmiy kengashining tavsiyalari asosida oʻquv dasturlari hamda ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlaydi;
Institut faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi;
direktor oʻrinbosarlari, Institutning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Institut xodimlari, shuningdek, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar beradi;
Institutning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlaydi, ularga oʻzgartirishlar kiritadi;
Institut xodimlarini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Institut nomidan xoʻjalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi.
Direktor qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
14. Institut direktori Agentlik direktori bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
15. Direktor oʻrinbosarlari:
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi;
Agentlik qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun direktorga kiritadi;
direktorga Institutning tarkibiy boʻlinmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflarni kiritadi, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, amaliy tajribasini, ishchanlik va axloqiy fazilatlarini yuqori darajada taʼminlaydi, ularning kasbiy malakalarini oshirishga koʻmaklashadi, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
Institutning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tahlil qiladi, hisobotlarini eshitadi, yakunlari boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
16. Direktor boʻlmagan davrda uning vakolatlarini direktorning birinchi oʻrinbosari amalga oshiradi.
17. Institut huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Institut tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Institut Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, aʼzolari soni va nizomi Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Institut Ilmiy kengashining ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
5-bob. Institut faoliyatini baholash mezonlari hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligining ishchi indikatorlari
18. Institut faoliyati samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.
19. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan Institut faoliyatini baholash mezonlariga hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligining ishchi indikatorlariga asoslanadi.
20. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Institut rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (taqdirlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
21. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
6-bob. Institut faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
22. Institut faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Institut tomonidan shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan, realizatsiya qilingan standartlardan tushadigan pul mablagʻlari;
boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalar.
24. Institut xodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi lavozim maoshi, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ustama haqlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlaridan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat. Institutning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi qonunchilik hamda ichki hujjatlarda belgilanadi.
25. Institut xodimlari uchun (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) uzoq yillik xizmati uchun qoʻshimcha ustama koeffitsiyenti miqdorlari quyidagicha belgilanadi:
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan ortiq — 1,5.
Bunda koʻp yillik xizmati uchun oylik ustama haqlari koeffitsiyentini hisoblashda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar (yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ishlagan davridan tashqari), barcha tashkilotlardagi mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
26. Institut xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashga doir tasdiqlangan razryadlar stavkasining 1,8 baravari miqdoridagi koeffitsiyentni qoʻllangan holda belgilanadi.
27. Institut xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari quyidagicha belgilanadi:
28. Institutning xodimlariga quyidagi ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanadi:
xodimlarning KPI (eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini) bajargani uchun koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, lavozim maoshining uch baravarigacha miqdorda oylik ustamalar;
ish uchastkasining murakkabligi va muhimligini hisobga olib, shuningdek, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida shaxsiy hissasini qoʻshgan, mehnatda yuqori natijalarga erishgan, alohida muhim vazifalarini sidqidildan va samarali bajarayotgan (har bir bajarilgan ish uchun) rahbar va xodimlarga lavozim maoshining ikki baravarigacha miqdorda shaxsiy ustamalar;
umumxalq bayramlari, chorak va yil yakunlari munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining sakkiz baravarigacha miqdorda mukofotlar;
Institutda faoliyat yuritayotgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalar) ilmiy darajasiga ega xodimlar lavozim maoshiga 30 foizgacha, shuningdek, fan doktori (DSc) (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan daraja) ilmiy darajasiga ega xodimlar lavozim maoshiga 60 foizgacha qoʻshimcha haq;
transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorida oylik toʻlovlar;
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorida toʻlovlar;
xodim vafot etganda — vafoti toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi taqdim etilganda bir yoʻla mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda moddiy yordam toʻlovlari;
xodimning yaqin qarindoshi (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda — vafoti toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi taqdim etilganda, bir marta mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda moddiy yordam toʻlovlari;
alohida zaruratga koʻra (yubiley sanalarida, xodimlar 50, 55 va 60 yoshga toʻlganda, baxtsiz hodisa, ogʻir kasalligi sababli davolanish, sogʻligʻini tiklash, oilaning kam taʼminlangani va moliyaviy holatining ogʻirligi) bir marta mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda moddiy yordam toʻlovlari;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marta mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yetti baravarigacha miqdorda moddiy yordam toʻlovlari.
Mazkur Ustavda xodimlar mehnatiga haq toʻlash uchun belgilangan barcha toʻlovlar (qoʻshimcha haq, ustama, mukofot, ijtimoiy himoya toʻlovlari va boshqalar) kafolatlangan toʻlov hisoblanmaydi hamda Institutning moliyaviy sharoitidan kelib chiqqan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
29. Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-son qaroriga 2-ILOVA
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari boʻyicha faoliyat yuritadigan, oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarni standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishi (keyingi oʻrinlarda — yoʻnalish) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) kasbiy qayta tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — qayta tayyorlash kurslarida taʼlim olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarni yoʻnalish boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari (keyingi oʻrinlarda — qayta tayyorlash kurslari) — korxona va tashkilotlarning standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishi boʻyicha maʼlumot hamda bilim talab etadigan kasb va lavozimlarida faoliyat yuritish uchun yetarli darajada bilim olish va koʻnikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy taʼlimdan keyingi oʻqitish shakli;
pedagog-maslahatchi — taʼlim jarayonida tegishli oʻquv kursi (moduli) boʻyicha tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yoʻnaltiruvchi, metodik yordam koʻrsatuvchi, oʻqishi va bilimini nazorat qiluvchi subyekt;
tinglovchi — qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan jismoniy shaxs;
oʻquv dasturi — qayta tayyorlash kurslarining taʼlim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, mutaxassisliklarning malaka talablari, oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat;
oʻquv rejasi — bloklar va oʻquv fanlari (kurslar)ning nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat;
qayta tayyorlash — standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida zarur bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish orqali yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
qayta tayyorlashning anʼanaviy shakli — oʻquv dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda, qayta tayyorlash kurslarida bevosita ishtirok etish orqali oʻzlashtirish;
qayta tayyorlashning masofaviy shakli — oʻquv dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videomaʼruzalar, mavzuga doir maʼruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) tarzda oʻzlashtirish.
3. Yoʻnalish boʻyicha qayta tayyorlash kurslari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
2-bob. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish tartibi
4. Institut tomonidan qayta tayyorlash kurslari har yili yilning boshida qayta tayyorlash kurslarini oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan reja-jadval asosida tashkil etiladi.
5. Reja-jadvalda koʻrsatilgan sanalar boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini oʻtkazish haqida korxona va tashkilotlarga murojaatlar yuboriladi.
6. Buyurtmachi qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun onlayn tarzda (Institutning rasmiy veb-sayti yoki Edu.tris.uz platformasi orqali) yoki bevosita Institutga ariza bilan yozma murojaat qiladi.
7. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun buyurtmachining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha anketasi;
buyurtmachi xorijiy davlatlarda taʼlim olgan boʻlsa, xorijiy davlatlarda taʼlim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatning tan olingani yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnoma nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma.
8. Arizalar ikki kun muddatda koʻrib chiqilib, buyurtmachi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
9. Quyidagilar arizaning rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etganlik yoki hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaslik;
taqdim etilgan hujjatlarda soxta maʼlumotlarning mavjudligi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan tinglovchi ikki ish kuni ichida xabardor qilinadi, unga qayta tayyorlash kursi boshlanishi sanasigacha imkoniyat beriladi.
10. Mutaxassislar Institut bilan buyurtmachilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida toʻlov evaziga qayta tayyorlanadi.
11. Institutda qayta tayyorlash kurslari tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda qayta tayyorlash shakllarida (anʼanaviy, masofaviy) tashkil etiladi.
Qayta tayyorlash kurslari anʼanaviy shaklda tashkil etilganda, tinglovchilarning asosiy ish joyidagi oʻrtacha ish haqi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda saqlab qolinadi.
Qayta tayyorlash kurslari masofaviy shaklda tashkil etilganda, oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq taʼlimning nazariy qismi Institut bazasida (tegishli taʼlim platformalarida), amaliy qismi tinglovchining asosiy ish joyida (taʼlim jarayoni bilan birga) tashkil etilishini nazarda tutgan holda ishlab chiqiladi.
Institutda tashkil etiladigan qayta tayyorlash kurslarida auditoriya oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi, qoida tariqasida, haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Oʻqitish davomiyligi, qoida tariqasida, kamida 576 soat (16 hafta)ni tashkil etadi.
12. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari quyidagi hollarda tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:
oʻz xohishiga binoan;
oʻquv intizomi va Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
uzrli (yaqin qarindoshining vafoti, tinglovchining mehnatga layoqatsizlik davri, farzandining betobligi, tinglovchining nikoh marosimi, sudlarda ishtirok etgan davri) sabablarsiz qayta tayyorlash kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻttiz akademik soatdan ortiq qoldirganda;
shartnoma majburiyatlarini bajarmagani (bajarilmaganligi) uchun;
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
vafot etganda.
13. Tinglovchi qayta tayyorlash kursi tinglovchilari safidan chiqarilganda, Institut bu haqida buyurtmachiga xabar beradi.
14. Tinglovchi oʻz xohishi bilan taʼlim olishni rad etganda, toʻlangan toʻlov miqdori Institut tomonidan quyidagi tartibda qaytarib beriladi:
qayta tayyorlash kurslari boshlanmagan holda buyurtmachi tomonidan toʻlangan toʻlovning toʻliq miqdorida;
boshlangan holda buyurtmachi tomonidan toʻlangan toʻlovning qayta tayyorlash kurslari qolgan muddatiga nisbatan mos miqdorda.
Ushbu Nizomning 12-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilaridagi hollarda tinglovchi tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, toʻlangan toʻlov miqdori qaytarilmaydi.
15. Ayrim sabablarga koʻra (mehnat taʼtili, xizmat safari, tinglovchining mehnatga layoqatsizlik davri, farzandining betobligi) qayta tayyorlash kurslarida qatnasha olmagan tinglovchilar tashkilot rahbarining murojaatiga asosan keyingi qayta tayyorlash kurslariga avvalgi toʻlangan toʻlovlar evaziga kiritiladi.
3-bob. Qayta tayyorlash kurslarining oʻquv jarayonini tashkil etish mexanizmlari
16. Tinglovchilar oʻquv jarayonlariga guruhlarga kiritilgan holda jalb etiladi.
17. Oʻquv jarayoni belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat taʼlim talablari va buyurtmachi bilan kelishilgan holda, Institut ilmiy kengashida maʼqullangan hamda Institut direktori tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
18. Tinglovchi qayta tayyorlash kurslariga buyurtmachining murojaatiga asosan Institut direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
19. Institutda oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 25 kishidan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.
20. Barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, oʻquv mashgʻulotlari oʻrtasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
21. Oʻquv jarayonida oʻquv mashgʻulotlarining asosiy turlari, jumladan, maʼruza, seminar va amaliy (laboratoriya) mashgʻulotlardan foydalanadi.
22. Oʻquv mashgʻulotlarining qoʻshimcha turlari sayyor mashgʻulotlar va dars mashgʻulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy usullari (keys-stadi, ilmiy taqdimotlar, jamoada ishlash va boshqalar) qoʻllanilishi mumkin.
23. Masofaviy shakldagi qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni maxsus taʼlim platformalarida onlayn (real vaqt rejimida) va offlayn (tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimda tashkil qilinadi.
24. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarning bilimi, qoida tariqasida, joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat turlari boʻyicha baholanadi.
25. Masofaviy shaklda tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari yakuniy nazorat, qoida tariqasida, tinglovchining bevosita ishtirokida Institut auditoriyalarida oʻtkaziladi.
Masofaviy shaklda taʼlim olayotgan tinglovchilarga yakuniy nazorat imtihonini topshirish (imtihon sinovlaridan oʻtish) davri uchun oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
26. Tinglovchilar bilimini baholash shakllari hamda ularni oʻtkazish tartibiga doir talablar Institut tomonidan tasdiqlanadi. Bunda tinglovchilarning fanlar (kurslar)ni oʻzlashtirish darajasi elektron tizim orqali nazorat qilinadi.
27. Muayyan nazorat turlaridan (sinovlardan, imtihonlardan) oʻtolmagan tinglovchilarga faqat bir marta toʻlovsiz qayta topshirish imkoniyati beriladi.
4-bob. Masofaviy taʼlimni tashkil etish
28. Masofaviy taʼlimning davomiyligi tegishli qayta tayyorlash kurslari uchun ajratilgan akademik soatlarda belgilanadi.
29. Onlayn shakldagi masofadan oʻqitish usuli maxsus jihozlangan oʻquv xonalarida real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Tinglovchilarning masofaviy oʻqishda ishtiroki buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.
30. Masofaviy oʻqish boshlanishidan uch kun oldin Institut tomonidan tinglovchilarni OneID yagona identifikatsiya tizimi orqali Institut rasmiy veb-saytidan maxsus boʻlimiga kirishlari taʼminlanadi.
31. Tinglovchilar OneID yagona identifikatsiya tizimi orqali Institut rasmiy veb-saytidagi maxsus boʻlimga kiradilar va unda oʻzining shaxsiy kabinetiga ega boʻladilar.
32. Tinglovchilar oʻzlarining login va paroli hamda shaxsiy kabinetini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berishi taqiqlanadi.
33. Masofaviy taʼlim davomida tinglovchilar qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va oʻtkazish rejasi, oʻqish davomiyligiga amal qilishi, shuningdek, onlayn va offlayn rejimdagi taʼlim jarayonida shaxsan oʻzi ishtirok etishi talab etiladi.
34. Masofaviy oʻqish jarayonida tinglovchilar faoliyati, taʼlim jarayonini muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish Institut direktorining buyrugʻi bilan biriktiriladigan pedagog-maslahatchi tomonidan amalga oshiriladi.
35. Tinglovchilar bilan doimiy aloqani yoʻlga qoʻyish, tinglovchilarga zarur metodik yordam berish, yakka tartibdagi mashgʻulotni oʻtkazish yuzasidan nazoratni amalga oshirish va tinglovchilar bilimlarini baholash pedagog-maslahatchining vazifalariga kiradi. Pedagog-maslahatchi yakka tartibdagi topshiriqning tinglovchi tomonidan bajarilishi xolisona baholanishi uchun javob beradi.
Pedagog-maslahatchi bilan aloqa elektron pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Pedagog-maslahatchi bilan aloqa sessiyalar (bevosita yuzma-yuz muloqot) tarzida ham amalga oshirilishi mumkin.
5-bob. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish
36. Institut buyrugʻi bilan qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi.
37. Tinglovchilarning attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazishga doir talablar Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
38. Davlat attestatsiya komissiyasining qarori Institut direktori tomonidan tinglovchilarga belgilangan namunadagi diplomlarni berish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
39. Davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga faqat bir marta, keyingi qayta tayyorlash kurslari yakunlari boʻyicha davlat attestatsiyasini takroran topshirish imkoniyati beriladi.
40. Davlat attestatsiya komissiyasi aʼzolari mehnatiga qonunchilikda belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
41. Qayta tayyorlash kurslarining oʻquv rejasiga kiritilgan oʻquv fanlarini (kurslarni) oʻzlashtirmagan tinglovchilar davlat attestatsiyasiga qoʻyilmaydi.
42. Qayta tayyorlash kursini tamomlagan, attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga ushbu Nizomga 3-ilovada belgilangan namunadagi (QR-kod bilan tasdiqlangan) qayta tayyorlash haqidagi diplom beriladi.
Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy taʼlim sifatida qaralmaydi. Qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda belgilangan talablarga koʻra faoliyat koʻrsatish huquqini beradi.
6-bob. Tinglovchilarning huquq va majburiyatlari
43. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
oʻquv jarayonini yanada yaxshilash, qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha Institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
qayta tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar va maslahatlar olish;
Institutning axborot-resurs markazi, oʻquv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;
Institut xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
44. Tinglovchilar:
belgilangan tartibda oʻquv rejasi va dasturlari asosida oʻqishi;
oʻquv mashgʻulotlariga oʻz vaqtida shaxsan oʻzlari ishtirok etishi va onlayn oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishi;
oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan nazorat turlarini va yakuniy nazorat imtihonini topshirishi;
oʻz nazariy bilimlarini, kasbiy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;
oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;
Institutga tegishli boʻlgan mol-mulkni asrab-avaylashi, Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etishi lozim.
7-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
45. Tinglovchilar attestatsiya natijalaridan norozi boʻlsa, yakuniy nazorat imtihoni oʻtgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida Institutga onlayn (Institutning rasmiy veb-sayti yoki Yedu.tris.uz orqali) yoki yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
46. Apellyatsiya komissiyasi har bir apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga koʻra, shakllantiriladi. Bunda Institut direktorining buyrugʻi bilan uch nafardan kam boʻlmagan tarkibda sohaning yetuk mutaxassislari va oliy taʼlim tashkilotining tajribali xodimlari, professor-oʻqituvchilaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga davlat attestatsiyasida ishtirok etgan imtihon komissiyasi aʼzolarining kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Imtihonni qabul qilgan imtihon komissiyasi aʼzosi apellyatsiya jarayonida qatnashib, oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
Apellyatsiya shikoyatlari imtihon natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan uch kun muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Tinglovchi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Apellyatsiya shikoyatining koʻrib chiqilish vaqti va joyi haqida tinglovchiga kamida bir kun oldin onlayn (Institutning rasmiy veb-sayti yoki Yedu.tris.uz orqali) yoki yozma shaklda xabar beriladi.
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tinglovchiga onlayn (Institutning rasmiy veb-sayti yoki Edu.tris.uz orqali) yoki yozma shaklda maʼlum qiladi.
47. Koʻrib chiqilgan apellyatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
yakuniy nazorat imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
apellyatsiyani qanoatlantirish.
48. Apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmagan taqdirda, yakuniy nazorat imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
49. Apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, Institut tomonidan mazkur Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan namunadagi diplom beriladi.
50. Institut ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani apellyatsiya bergan buyurtmachiga onlayn (Institutning rasmiy veb-sayti yoki Yedu.tris.uz orqali) yoki yozma shaklda yuboradi.
51. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
52. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
8-bob. Qayta tayyorlash kurslarini bitirganlik haqidagi diplom dublikatlarini qayta rasmiylashtirish va taqdim etish
53. Diplom yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan hollarda diplomning dublikati (keyingi oʻrinlarda — dublikat) beriladi. Bunda Institut direktori nomiga diplomning yoʻqolish, yaroqsiz holga kelish holati toʻliq bayon etilgan ariza qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan jismoniy shaxs tomonidan Institutning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda yuboradi.
54. Dublikat murojaat qilingan sanadan boshlab oʻn besh kun muddat mobaynida beriladi.
55. Dublikatda hujjatlarning avvalgi qayd etilgan raqami, seriyasi, berilgan sanasi koʻrsatiladi, yangi blankaning yuqoridagi oʻng burchagiga “Dublikat” soʻzi yoziladi.
56. Yaroqsiz holatga kelgan yoki buzilgan diplom Institutga qaytarilishi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
57. Diplomning qayta rasmiylashtirilishi yoki dublikatining taqdim etilishi uchun qayta tayyorlashdan oʻtish talab qilinmaydi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
58. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
59. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarni metrologiya va standartlashtirish yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oʻzbekiston standartlar instituti
(Institut)
1. Reja-jadval ishlab chiqadi.
2. Qayta tayyorlash kursini oʻtkazish haqida korxona va tashkilotlarga murojaat yuboradi.
Yil boshida
2-bosqich
Buyurtmachi
Ariza bilan murojaat qiladi.
Reja-jadvalga muvofiq
3-bosqich
Institut
1. Ariza va zarur hujjatlarni qabul qiladi.
2. Shartnoma rasmiylashtiradi.
3. Oʻquv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi.
Ikki ish kunida
4-bosqich
Institut
1. Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qiladi.
Uch ish kuni mobaynida
2. Oʻquv jarayonini tashkil etadi.
Reja jadvalga muvofiq
Attestatsiya komissiyasi
3. Attestatsiyani oʻtkazadi.
Oʻquv jarayonining yakuni boʻyicha
5-bosqich
Institut
Diplom beradi.
Komissiya qarori asosida
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarni metrologiya va standartlashtirish yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun buyurtmachi
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarni metrologiya va standartlashtirish yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom
SHAKLI
Mazkur diplom egasi
______________________________
(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
20___-yil “___” ______dan 20”___” ______-yilgacha
_______________________________________da
OʻZBEKISTON STANDARTLAR INSTITUTI
(tashkilot nomi)
Qayta tayyorlash haqida
_________ soatga moʻljallangan _________________________________________
(kasbiy qayta tayyorlash kursining nomi)
DIPLOM
_______________ yoʻnalishi boyicha kasbiy qayta tayyorlash kursining oquv dasturini toliq oʻzlashtirdi.
_____________________________ sohasida ______________________ yoʻnalishida kasbiy faoliyat yuritish huquqi berildi.
QT № 000000
Qayd raqami: ________________
Berilgan sana: 20___-yil “___” _________
Berilgan joy: ______________
Rahbar __________________________________
QR-kod
_____________ (imzo) ___________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning
TAVSIFI
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarni metrologiya va standartlashtirish yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash haqidagi davlat namunasidagi diplom A5 formatdagi oq qogʻozda, ofset usulida, besh xil rangdan: matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
Varaqning chap yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI GERBI
OʻZBEKISTON STANDARTLAR INSTITUTI
Qayta tayyorlash haqida
DIPLOM
QT № 000000
Qayd raqami: ____________
Berilgan joy: ____________
Berilgan sana: 20__ yil “___” _________
QR-kod joyi
Diplomning oʻng qismida davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar koʻrsatiladi:
tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
oʻqish davri;
tashkilot nomi;
qayta tayyorlash kursining umumiy soati va nomi;
Attestatsiya komissiyasi qarorining sanasi va raqami;
tashkilot rahbarining elektron imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
Diplom:
tartib raqami ikkita lotin harfidan “QT” va olti raqamli sondan iborat boʻlishi;
barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och — pushti rang fonda aks ettirilishi;
takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻlishi;
yuqori sifatli ofset qogʻozda chop etilishi;
QR-kod diplomning chap qismi oʻng tomoniga joylashtiriladi.
Mazkur diplom bosma qogʻoz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi toʻgʻrisidagi nizomda:
“1. Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi (keyingi oʻrinlarda — Byuro) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda Institutning hududiy filiallarida bittadan vakilga ega”;
b) 3-banddagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” soʻzlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
“10. Byuro boshligʻi Nizom bilan yuklangan vazifalarning zarur darajada va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan rus tilida tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentda:
a) 34-banddagi “Natsionalnim organom po sertifikatsii” soʻzlari “Uzbekskim institutom standartov Uzbekskogo agentstva po texnicheskomu regulirovaniyu” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“44. Pri predstavlenii zayavitelem protokolov ispitaniy na konkretnuyu model, tip, marku, kommercheskoye naimenovaniye avtotransportnogo sredstva, podtverjdayushiye sootvetstviye trebovaniyam, ukazannim v punktax 1, 21, 23-24, 32, 38, 47, 49, 52, 53, 55 — 61 prilojeniya № 3 k Texnicheskomu reglamentu, ne provodyatsya.
Pri etom, srok davnosti protokolov ispitaniy ne doljen previshat sroka, ukazannogo v punkte 26 nastoyashego Texnicheskogo reglamenta”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi 220-son qarorida:
beshinchi xatboshidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va” soʻzlari “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” soʻzlari “Standartlashtirish boʻyicha milliy organga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro, mintaqaviy standartlarni, xorijiy mamlakatlarning standartlarini, shuningdek, ularga kiritilgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga kiritish va ularning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda, Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan tasdiqlanadigan tartib-taomillarga muvofiq qabul qilinadi”;
“5. Respublikada xalqaro standartlar ISO/IEC Guide 21 talablariga muvofiq qabul qilinadi.
6. Respublikada xalqaro standartlar quyidagi muvofiqlik darajalari boʻyicha qabul qilinadi:
xalqaro standartlar bilan aynan oʻxshash (IDT);
xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan (MOD);
xalqaro standartlarga nisbatan ekvivalent boʻlmagan (NEQ).
Bunda xalqaro standartlarni qabul qilishning muvofiqlik darajalari ISO/IEC Guide 21 talablarida belgilangan mezonlarga muvofiq tegishli standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning xulosasi asosida belgilanadi”;
“10. Xalqaro standartlar tegishli standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan aniqlik kiritilgan muvofiqlik darajasidan kelib chiqib milliy standart sifatida qabul qilinadi”;
3-bob nomlanishidagi “yoki davlatlararo” soʻzlari chiqarib tashlansin;
18-banddagi “hududiy yoki davlatlararo standartlarda respublikada qabul qilinmagan boshqa xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo” soʻzlari “mintaqaviy standartlarda respublikada qabul qilinmagan boshqa xalqaro yoki mintaqaviy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “yoki davlatlararo” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Amaldagi milliy standart oʻrniga standart qabul qilingan taqdirda oʻtish davri nazarda tutiladi. Bunda amalga kiritilmagan standart talablari oʻtish davri mobaynida qoʻllanilishi mumkin”;
31-banddagi “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning Davlat fondi tarkibiga” soʻzlari “yagona axborot bazasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy)” soʻzlari “xalqaro, mintaqaviy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“muhokama qilinadigan standart loyihasida keltirilgan talablarning texnik qoʻmita faoliyat yoʻnalishi doirasida toʻgʻriligi, ishonchligi va asoslantirilganini taʼminlash;
xalqaro standartlarni qabul qilishning muvofiqlik darajalarini aniqlash boʻyicha xulosalar berish”;
56-bandning uchinchi xatboshisidagi “xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy)” soʻzlari “xalqaro, mintaqaviy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
58-bandda “xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy)” soʻzlari “xalqaro, mintaqaviy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatida:
a) 46-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
46.
Avtotransport vositalari uchun xavfsiz shisha, oziq-ovqat mahsulotlari va dorilarni qadoqlash uchun shisha idish, yemakxona va oshxona idishlari, laboratoriya, gigiyenik va farmatsevtik vazifalar uchun shisha idish
7008 00,
7009 91 000 0,
7009 92 000 0,
7010, 7013,
7016 10 — 7016 90 700 9,
7017, 7019
”;
b) quyidagi mazmundagi 911-bandi bilan toʻldirilsin:
“
911.
Oynalar (shisha)
7003 12 — 7003 30 000 0,
7004 20 — 7004 90,
7005 10 — 7005 30 000 0,
7006 00 100 0,
7006 00 900 0,
7007
”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda zargarlik sohasida ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga chegirmalar berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 4-martdagi 109-son qarorida:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 22-dekabrdagi PQ-452-son hamda “Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-303-son qarorlarida:
a) 2029-yil 1-fevralga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda zargarlik sohasida 75 dan 125 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 125 dan 200 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 200 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 300 ta va undan ortiq ish oʻrinlarini yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma berish joriy etilgani;
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini va ular tomonidan yaratilgan zargarlik sohasidagi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga kiritib borilishi va yangilab borilishi;
v) chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda shakllantirilishi:
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yaratilgan ish oʻrinlari soni;
yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan xodimlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilganligi, ularga kamida olti oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining toʻrt baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarining mavjudligi;
tadbirkorlik subyekti zargarlik markazida kamida bir oy davomida faoliyat yuritayotgan boʻlishi;
g) Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
g) qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
har oyning 10-sanasiga qadar tadbirkorlik subyektlarining arizalarini va ular yuzasidan tegishli tashkilotlarning xulosalari asosida tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirib, kelishish uchun Komplayens nazorat xizmatiga kiritadi;
har oyning 15-sanasiga qadar Komplayens nazorat xizmati bilan kelishilgan tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga kiritiladi”;
d) Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
“Tadbirlar” ustunining “2-bosqich” boʻlimidagi “Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiyaga maʼqullash uchun” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosariga kelishish uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunining “3-bosqich” boʻlimidagi “Komissiya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining “3-bosqich” boʻlimidagi “maʼqullaydi” soʻzi “kelishadi” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining “4-bosqich” boʻlimidagi “Komissiya tomonidan maʼqullangan” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining “5-bosqich” boʻlimidagi “Komissiya tomonidan maʼqullangan” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-martdagi 177-son qarorida:
“5. Yagona axborot bazasi standartlarning elektron variantlarini oʻz ichiga oluvchi quyidagi platformalardan tashkil topadi:
milliy standartlar bazasi — xalqaro standartlarni adaptatsiya (moslashtirish) qilish orqali qabul qilingan milliy standartlar va milliy texnik qoʻmitalar tomonidan ishlab chiqilgan hamda standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan tasdiqlangan milliy standartlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
standartlar katalogi — xalqaro, mintaqaviy, xorijiy mamlakatlarning standartlari, shuningdek, boshqa toifadagi standartlar, standartlashtirishga oid hujjatlar hamda ular haqidagi maʼlumotlar majmuasi”;
9-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Standartlarning rasmiy roʻyxati milliy standartlar bazasida mavjud standartlar asosida shakllantiriladi hamda yuritiladi”;
15-banddagi “, xorijiy mamlakatlarning standartlarini” soʻzlari “standartlarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
“18. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi nazorat davomida aynan Standartlar institutining rasmiy veb-saytidan olingan standartlardan foydalanishni nazorat qiladi”;
2-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“taʼlim tashkilotlari — texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs”;
“5. Mutaxassislarning malakasini oshirish dasturlari taʼlim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
6-band “Standartlar instituti” soʻzlaridan keyin “yoki taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-banddagi “Oʻzbekiston standartlar institutida” soʻzlari “Oʻzbekiston standartlar instituti yoki taʼlim tashkilotlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshisi “Standartlar instituti direktoriga” soʻzlaridan keyin “yoki taʼlim tashkiloti rahbariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“12. Ishga qabul qilingan mutaxassis bir yildan soʻng Standartlar instituti yoki taʼlim tashkilotlarida malakasini oshirganidan soʻng Standartlar institutida attestatsiyadan oʻtkazilishi shart.
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalar bilan bogʻliq sohalarda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugashiga ikki oydan kam boʻlmagan muddatda Standartlar instituti yoki taʼlim tashkilotlarida qaytadan malakasi oshirilib, Standartlar institutida qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi”;
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi nazorat davomida mutaxassislar attestatsiyadan oʻtganligi talabining bajarilishini ham oʻrganadi”;
“Standartlar instituti direktorining oʻrinbosari (Malaka oshirish faoliyatiga aloqador boʻlmagan) lavozimi boʻyicha attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga kelishuvga koʻra Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Standartlar institutining komplayens nazorati xizmati xodimlari, mutaxassislari, malakali professor-oʻqituvchilar, baholovchilar, ekspertlar, malakasi baholanayotgan tashkilotning soha mutaxassislari kiritiladi, bunda ayni bir mutaxassisning malakasi oshirilishida ishtirok etgan komissiya aʼzosi ushbu xodimning attestatsiyasiga kiritilmaydi”;
“Tashkilotlar attestatsiya savollari tarkibiga oʻz takliflarini berishlari mumkin. Savollar Standartlar instituti tomonidan tasdiqlanadi va manfaatdor tomonlar tanishishi uchun oʻzining rasmiy veb saytida joylashtiriladi”;
“28. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarning 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha guvohnomalari besh kun muddatda “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi bazasidagi yagona reyestrga kiritiladi.
Talabgor attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini oʻzining shaxsiy kabinetidan olishi mumkin”;
29-bandning birinchi xatboshisidagi “bir oy oʻtgach,” soʻzlari “boshlab” soʻzi bilan almashtirilsin;
“37. Standartlar instituti texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash bilan bogʻliq sohalar mutaxassislarining malakasi oshirilganligi va attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi axborot kiritilgan reyestrni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritadi.
Reyestr elektron shaklda “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali yuritiladi”;
“43. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan mutaxassisning guvohnomasida uning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, tashkilotning yoki oʻzining arizasiga asosan attestatsiya komissiyasi tomonidan “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi bazasidagi yagona reyestrdagi guvohnomaga oʻzgartirish kiritiladi”;
“47. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin, sanitariya va ular bilan bogʻliq sohalar mutaxassislari attestatsiyadan oʻtkaziladi Standartlar instituti tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi. Soha boʻyicha funksiyalari mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarda attestatsiyadan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
2-ilovada “Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri” hamda “Oʻzbekiston standartlar institutida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
ikkinchi xatboshi “texnik reglamentlarda” soʻzlaridan keyin “va standartlarda (ixtiyoriy)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “majburiy” soʻzidan keyin “va ixtiyoriy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 93-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“3A sxema — aynan bir xil tovarlarga bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda muvofiqlik sertifikati bir kalendar yildan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etishda qoʻllaniladi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamgʻalanishini taʼminlaydi”;
9. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “va Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasida kamida 25 foizi” soʻzlari “, Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasida, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasida kamida 25 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha davlat tibbiyot muassasalarida 75 foiz” soʻzlari “sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha davlat tibbiyot muassasalarida, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasida” soʻzlar bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 43-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 18-maydagi 104-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ruxsatnomalar olish tartibotlarini takomillashtirish va soddalashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 10-iyundagi 158-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori 5-bandning ikkinchi xatboshisi va qarorga 7-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoni)” 2012-yil 31-iyuldagi 232-qaroriga ilovaning 6-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 66-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son Qonuni)” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining ““Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari oʻquv xonalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-maydagi 265-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-iyundagi 345-son qarori.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qarori)” 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Veterinariya dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 40-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi 220-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisi va qarorga 1-ilova hamda 3-ilovaning 11 — 15-bandlari.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 52-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 5-ilovaning 7-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarori)” 2019-yil 18-sentabrdagi 787-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-fevraldagi 95-son qarori.
20. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2020-yil 20-maydagi 302-son qarori.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son va “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son farmonlari)”2021-yil 16-noyabrdagi 683-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni)” 2021-yil 19-noyabrdagi 694-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qaroriga 3-ilovaning 7, 16, 18-bandlari hamda 22-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 119 va 788-bandlari.
25. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning texnik reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 28-dekabrdagi 726-son qarori.
26. Vazirlar Mahkamasining “Davlat veterinariya nazorati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2023-yil 10-apreldagi 148-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
27. Vazirlar Mahkamasining “Zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan yangi oʻquv rejalari, dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga kiritish munosabati bilan Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentiga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2023-yil 20-maydagi 209-son qarori.
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 21-avgustdagi 407-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
29. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2024-yil 25-martdagi 153-son qaroriga 3-ilovaning 6-bandi.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-iyuldagi 370-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi “e” kichik bandi.
31. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi.
32. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 21-oktabrdagi 662-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 24-noyabrdagi 740-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)