1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Litsenziyalash va sertifikatlashtirish tartibotini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-may,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-maydagi 104-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda):
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega boʻlmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati koʻrsatilmasdan, koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun — 3 yilga beriladi. Koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi”;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 214-modda; 2008-y., 14-15-son, 102-modda, 19-son, 161-modda)