1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.04 Iqtisodning boshqa tarmoqlarida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, ekologik xavfsizlik va atrof- muhitni muhofaza qilish boʻyicha yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn sakkiz oy oʻtgach amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda ekologik xavfsizlik talablari bilan belgilangan standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar roʻyxatini tuzsin va “Oʻzstandart” agentligiga taqdim etsin.
3. “Oʻzstandart” agentligi ushbu Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab ekologik xavfsizlik talablariga tegishli standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarini va tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish va ular oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
5. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
95-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 95-son qaroriga
ILOVA
Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisida umumiy texnik reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda Texnik reglament deb ataladi) mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlikni taʼminlashda majburiy talablarni belgilaydi.
2. Xoʻjalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektlarda mahsulotlarni (chiqindilarni) ishlab chiqarish, saqlash, tashish hamda utilizatsiya qilishda qoʻllanilayotgan yoki qoʻllaniladigan jarayonlar ushbu Texnik reglamentning tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
3. Xoʻjalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektlarning ekologik xavfsizligi:
mazur Texnik reglament, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan xoʻjalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektning ushbu faoliyatni amalga oshirish haqida qaror qabul qilinguniga qadar atrof tabiiy muhitga taʼsirini baholash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsirning kamayishini, xodimlar xavfsizligini va avariya holatlari paydo boʻlishining oldini olishni taʼminlaydigan konstruktiv tavsiflarga ega boʻlgan mashina va uskunalardan foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni qoʻllash;
atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish imkonini beruvchi ajrab chiqayotgan gazlarni va hosil boʻladigan oqava suvlarni tozalashning samarali usul va texnologiyalarini, hosil boʻladigan chiqindilarni utilizatsiya qilish texnologiyalarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
4. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atama va tushunchalardan foydalaniladi:
ekologik sertifikatlashtirish (keyingi oʻrinlardaekosertifikatlashtirish deb ataladi) — sertifikatlanayotgan obyektning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilangan ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini tasdiqlash borasida uchinchi tomonning harakati;
eng yaxshi qulay texnologiya — mahsulot (tovarlar) ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qoʻllashning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlishi sharti bilan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishish mezonlarini samarali uygʻunlashtirish asosida belgilanadigan texnologiya;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi normativlar — rioya etilganda tabiiy ekologik taʼminlanib, biologik xilma-xillik saqlab qolinadigan atrof-muhit sifatining belgilangan normativlari va unga ruxsat etilgan taʼsir koʻrsatish normativlari;
ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiya — inson organizmida reflektor taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlmagan havo, suv va tuproqdagi ifloslantiruvchi moddaning konsentratsiyasi;
ruxsat etilgan cheklangan tashlama — tashlanmalarda atmosfera havosi uchun belgilangan ruxsat etilgan cheklangan kvotalardan oshmaydigan yer usti konsentratsiyani shakllantiradigan vaqt birligidagi ifloslantiruvchi moddalar massasi;
ruxsat etilgan cheklangan oqava — oqava suvlarda nazorat punktidagi suv sifati normalarini taʼminlash maqsadida ushbu punktda belgilangan rejimda tashlashga maksimal ruxsat etilgan vaqt birligidagi moddalar massasi;
atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va oqavalarini, chiqindilarning hosil boʻlishi va joylashtirilishini normalashtirish — oʻzgarishlarga eng sezgir boʻlgan organizmlar (indikatorlar) turining taʼsirlanishi boʻyicha aniqlanadigan, ifloslantiruvchi moddalar va chiqindilarning tabiiy xususiyatlarini oʻzgartirishga ruxsat etiladigan chegaralarni belgilash;
xoʻjalik va boshqa faoliyat obyekti — mahsulot ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash, xizmat koʻrsatish, mahsulotni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish boʻyicha bir yoki undan ortiq faoliyat amalga oshiriladigan statsionar yoki koʻchma obyekt;
ekologik xavfsizlik talablari — atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida belgilanadigan va bajarilishi majburiy boʻlgan talablar;
ekologik xavfsizlik — tabiiy muhit va insonning hayotiy muhim manfaatlarining xoʻjalik va boshqa faoliyat, tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarining ehtimoliy salbiy taʼsiridan himoyalanganlik holati;
ekologik ekspertiza — rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash hamda ekologik ekspertiza obyektini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar bosqichlarda amalga oshirish mumkinligini belgilash;
ekologik nazorat — atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
chiqindilarning shakllanish normativlari — mahsulot birligini ishlab chiqarishda yoki boshlangʻich xomashyo birligida hosil boʻladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;
xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yongʻin chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik va boshqalar) xususiyatlardan bittasiga ega boʻlgan va aholi hayoti hamda sogʻligiga, atrof-muhitga oʻzi mustaqil tarzda hamda boshqa moddalarga qoʻshilgan holda bevosita yoki yashirin xavf tugʻdiradigan miqdorda va shaklda mavjud boʻlgan moddalar;
ekologik xavfsizlik sohasida texnik jihatdan tartibga solish — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimining bir qismi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
2-bob. Ekologik xavfsizlikni taʼminlash talablari
5. Texnik reglament mahsulotlarni (chiqindilarni) ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizligini taʼminlash uchun:
atmosfera havosi muhofazasini;
suv obyektlarining muhofazasini;
hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarining muhofazasini;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindi bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilishini taʼminlaydigan majburiy talablarni belgilaydi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlik talablari
1-§. Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlikning umumiy talablari
6. Atrof tabiiy muhit holatining barqarorligi va yaxshilanishi mavjud xoʻjalik va boshqa faoliyat obyektlarining atrof tabiiy muhitga koʻrsatayotgan salbiy taʼsirining ruxsat etilgan bosqichma-bosqich kamayib boradigan darajalariga erishish eng yaxshi qulay texnologiyalarni qoʻllanishi bilan taʼminlanadi.
7. Xoʻjalik va boshqa faoliyatning mavjud statsionar obyektlari uchun atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan tashlamalarining, yer usti suv havzalari va joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan oqavalari, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining ekologik normativlari belgilanadi.
8. Normativlar quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha belgilanadi:
tashlanmalarning atmosfera havosi uchun belgilangan ruxsat etilgan cheklangan kvotalardan oshmaydigan (ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiyalar ulushlarida) yer usti konsentratsiyalarini shakllantiruvchi vaqt birligidagi (sekundiga gramm) ifloslantiruvchi moddalar massasi;
oqava suvlarda nazorat punktidagi suv sifati normalarini taʼminlash maqsadida ushbu punktda belgilangan rejimda tashlashga maksimal ruxsat etilgan vaqt birligidagi moddalar massasi;
saqlashning muayyan muddati koʻrsatilgan holda, jihozlangan oʻz ishlab chiqarish maydonlarida va/yoki ishlab chiqarish chiqindilarini joylashtirish obyektlarida hosil boʻlgan hamda joylashtirilgan ishlab chiqarish chiqindilarining har bir xavflilik toifasi boʻyicha miqdori.
9. Yuqorida keltirilgan koʻrsatkichlar boʻyicha normativlar mahsulotning muayyan turi uchun maxsus texnik reglamentlarda belgilanadi.
10. Xoʻjalik yurituvchi va boshqa subyektlar belgilangan normativlarni kamaytirishning har yili erishiladigan koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda, mazkur Texnik reglamentning 8-bandida belgilangan bitta yoki bir qancha koʻrsatkichlar boʻyicha tabiatni muhofaza qilish boʻyicha rejali tadbirlar va ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari va oqavalarining, ishlab chiqarish hamda isteʼmol chiqindilarining hosil boʻlishi va kamayishi boʻyicha belgilangan normativlarni kamaytirish rejasini ishlab chiqadi.
Atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishning belgilangan darajalarini pasaytirishda qoʻllaniladigan uslub va vositalar xoʻjalik yoki boshqa faoliyat subyekti tomonidan ushbu Texnik reglamentda belgilangan ekologik xavfsizlik talablari hisobga olingan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
Xoʻjalik yurituvchi va boshqa subyektlar ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan tashlamalar, oqavalar, chiqindilar hosil boʻlishining solishtirma koʻrsatkichlarining hisob-kitobini har yili amalga oshiradi.
11. Ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqavalari, chiqindilarni hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan normalarini pasaytirish borasida qayd etilgan majburiyatlarni hisobga olgan holda yoki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari oshgan hollarda, ekologik normativlar qayta koʻrib chiqiladi va ruxsat etilgan normalarga muvofiqlashtiriladi.
12. Ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqavalari, chiqindilarning hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan normativlari hamda salbiy taʼsirni pasaytirish boʻyicha qayd etilgan koʻrsatkichlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
13. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadlarida mazkur Texnik reglament kuchga kirgandan boshlab ruxsat beruvchi hujjatlarda (litsenziyalar, ruxsatnomalar va/yoki boshqa shakllar) koʻzda tutilgan muddatlarda ushbu hujjatlarga muvofiq tabiiy (suv, yer, oʻrmon, mineral-xomashyo, biologik) resurslarini olish hajmlari va shartlari belgilanadi.
14. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar obyekt rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq ishlab chiqarish ekologik nazoratni amalga oshiradi.
15. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar atrof-muhitga tushadigan ogʻirlikni normativ darajagacha pasaytirishni taʼminlaydigan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarni amalga oshiradi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida xavfli moddalar ishlatilsa, xoʻjalik yurituvchi va boshqa faoliyat obyekti uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqiladi.
Ushbu rejada noqulay ob-havo sharoiti yoki boshqa tabiiy hamda texnogen favqulodda holatlar sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy ekologik oqibatlar va ularning oldini olish yuzasidan maʼlumotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki tegishli davlat organlari tomonidan aholiga yetkazilishi koʻzda tutiladi.
16. Neft, kimyo va boshqa xavfli moddalar hamda mahsulotlarni atrof-muhit ifloslanishining oldini olish vositalari va mahsulotlar sirqib oqib ketishini aniqlaydigan nazorat-oʻlchov uskunalari bilan jihozlanmasdan tashish va saqlash inshootlari hamda qurilmalarini ishga tushirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi. Xavfli mahsulot va chiqindilarni saqlash, tashish inshootlari va qurilmalari favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy ekologik oqibatlarni bartaraf etish vositalari toʻplami (kimyoviy reagentlar, oʻt oʻchirish vositalari va boshqalar) bilan taʼminlanishi lozim.
Barcha turdagi mahsulot (chiqindi)ni tashish jarayonlari ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar boʻyicha amalga oshiriladi.
17. Atrof tabiiy muhitga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatadigan rejalashtirilgan xoʻjalik yoki boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish bosqichida ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olish uchun obyekt joylashgan joyga nisbatan atrof-muhitga taʼsir baholanadi va davlat ekologik ekspertizasi oʻtkaziladi.
Atrof-muhitga taʼsirni baholash hamda davlat ekologik ekspertizasi xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat yoʻnalishi oʻzgartirilganda yoki faoliyatning yangi turlari joriy qilinganda, shuningdek, uning joylashgan joyi oʻzgarganda amalga oshiriladi.
Tabiatni shovqin, tebranish, elektrmagnit maydonlari va boshqa zararli fizik taʼsirlardan muhofaza qilish, tabiatni nazorat etilmaydigan va zararli biologik taʼsirlardan muhofaza qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi qabul qilingan sanitar qoidalar va normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
2-§. Atmosfera havosini muhofaza qilishni taʼminlovchi ekologik xavfsizlik talablari
18. Atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida:
atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni tozalash qurilmalari hamda ularni nazorat qilish vositalari (shu jumladan tahliliy) bilan jihozlamasdan xoʻjalik va boshqa faoliyatning statsionar obyektlarini loyihalashtirish;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining tarkibi va hajmi hamda shovqin darajasi boʻyicha maxsus texnik reglament talablariga javob bermaydigan avtotransport vositalaridan foydalanish;
xoʻjalik yurituvchi va boshqa subyektlar, aholi punktlari hududlarida ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini koʻmish, zararsizlantirish va yoqish;
tarkibida ozonni yemiruvchi moddalar boʻlgan uskunalarning atmosfera ozon qatlamiga salbiy taʼsirining oldini olish choralarini koʻrmasdan, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash taqiqlanadi.
19. Statsionar va koʻchma manbalar tashlamalaridagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi maxsus texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiq normalashtiriladi.
20. Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va ozonni yemiruvchi moddalar tashlamalari chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan korxona, muassasa va tashkilotlar:
atmosferaga tashlamalarni tozalaydigan inshoot, jihoz va uskunalardan, shuningdek, ularni nazorat qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etish;
xoʻjalik va boshqa obyektlar atrofida sanitariya-himoya zonalarini tashkil qilish;
ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish choralarini koʻrish;
ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan tashlamalari normativlariga rioya etilishini nazorat qilish, ularning hisobini yuritish va davlat statistika hisobotini belgilangan tartibda taqdim etish;
energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash, energiyaning ekologik toza manbalaridan foydalanish;
kutilayotgan noqulay ob-havo sharoitlari munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar tashlamalarini kamaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
kuchli taʼsir koʻrsatuvchi zaharli moddalar va uchuvchan birikmalarni saqlash, ulardan foydalanish hamda ularning qadoqlash idishlarini zararsizlantirish shartlariga rioya qilish;
atmosferaga koʻplab va avariyaviy tashlamalar chiqarilishining, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavfli vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishini kamaytirish choralarini koʻrish;
chiqindilar utilizatsiya qilinishini taʼminlash hamda ularni toʻplash va qayta ishlashda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish choralarini koʻrish;
tarkibida ozonni yemiruvchi moddalar boʻlgan byumlardan foydalanish va ularni taʼmirlash, ularning hisobini yuritish hamda ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirishini taʼminlashga majburdir.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
3-§. Suv obyektlari muhofazasini taʼminlovchi ekologik xavfsizlik talablari
21. Suv obyektlarini muhofaza qilish maqsadida:
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda sanitariya-muhofaza zonalari hududlarida xavfli obyektlarni joylashtirish;
xoʻjalik-ichimlik, kommunal-maishiy va baliqchilik xoʻjaligiga moʻljallangan maqsadlarda foydalaniladigan suv obyektlariga, joy relyefiga, shuningdek, yer osti suvli gorizontlariga hamda sugʻorish maydonlariga tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqava suvlarni tashlash;
shahar va posyolka kanalizatsiya tizimlariga mahalliy tozalash inshootlarida oldindan tozalamasdan kanalizatsiya tizimiga qabul qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish oqava suvlarini tashlash;
kanalizatsiya tizimlariga tarkibida hali aniqlash usullari belgilanmagan moddalar boʻlgan ishlab chiqarish oqava suvlarini tashlash;
oqava suv tozalashning talab etiladigan uskuna va inshootlari va ularni nazorat qilish vositalari bilan jihozlanmagan xoʻjalik va boshqa faoliyatning statsionar obyektlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish;
suv obyektlarining yuzasidagi oʻzi yurar va oʻzi yurmaydigan kemalar, shuningdek, boshqa obyektlardan ularda hosil boʻladigan oqava suv va chiqindilarni toʻplash moslamalarisiz foydalanish;
suv obyektlariga ishlab chiqarish, maishiy va boshqa chiqindilarni tashlash, shu jumladan suv obyektlari va ularning sohillarini chiqindilar bilan ifloslantirish;
ruxsat etilmagan joylarda oqava suvlarning choʻkindilarini saqlash yoki joylashtirish;
oqava suvlarning suv obyektlariga va joy relyefiga koʻplab chiqarilishi;
ichimlik, xoʻjalik-maishiy va davolash maqsadlarida foydalaniladigan yoki foydalanish uchun istiqbolli boʻlgan yer osti suvlarini toʻyintirish va olish sohasida kimyoviy, bakteriologik yoki radiatsiyaviy ifloslanish manbai boʻlgan chiqindilarni koʻmish, axlatxona, qabriston, chorva mollari qabristonlari va boshqa obyektlarni joylashtirish;
ichimlik suvi sifatiga ega boʻlgan yer osti suvlaridan boshqa ehtiyojlar uchun asossiz foydalanish;
burgʻulash jarayonida hosil boʻladigan oqava suv va shlamlarni tashlash uchun loydan qurilgan turli himoyalanmagan omborlar, toʻplagich hovuzlar, shuningdek, karstli voronkalar va boshqa chuqurliklardan foydalanish;
foydali qazilmalarni qazib olish, suv sathini pasaytirish ishlari, meliorativ yerlarda drenaj tizimlarini qurish va ulardan foydalanish paytida yer osti suvlarini ifloslantirish;
dalalarning drenaj suvlarini va aholi punktlari hududlarida jala yomgʻir oqava suvlarini jarlik va soyliklarga chiqarib tashlash;
markazlashtirilmagan suv taʼminotida ishlatiladigan yer osti suvlari toʻplanadigan joylarda zaharli kimyoviy vosita va oʻgʻitlarni qoʻllash va saqlash;
qishloq xoʻjaligi yerlarini ushbu yerlar va yer osti suvlari holatiga taʼsir koʻrsatadigan yoki salbiy taʼsir koʻsatishi mumkin boʻlgan oqava suvlar bilan sugʻorish.
22. Faoliyati natijasida oqava suvlar hosil boʻladigan xoʻjalik yurituvchi va boshqa subyektlar:
ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlari va joy relyefiga tashlash normativlariga rioya etilishini, shuningdek, ularni kamaytirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv miqdori hamda sifati, shahar suv taʼminoti tizimi yoki boshqa korxonaning suv taʼminoti tizimidan olinadigan suv hajmi hisobini, shuningdek, oqava suvlar tashlamalari (yer usti suv obyekti, joy relyefi, kanalizatsiya tizimi, alohida qazilgan oʻralar, parlanish maydonlari, filtrlash maydonlari, sugʻoriladigan dehqonchilik dalalariga va boshqalarga) hisobini yuritadi;
oqava suvlarni tozalashga moʻljallangan uskunalar va inshootlardan foydalanish qoida va rejimlariga rioya qiladi;
xom ashyo, ishlab chiqarish mahsulotlari, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish chiqindilari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni saqlash idishlarining suv oʻtkazmasligini taʼminlaydi;
tuproq yuzasidagi ifloslangan suvlarning yer osti suv gorizontlariga sizib oʻtishining oldi olinishini taʼminlaydi;
neft va neft mahsulotlarini toʻplash tizimlarining germetikligini taʼminlaydi;
foydalanib boʻlgan karyerlarning rekultivatsiya qilishni taʼminlaydi.
23. Shahar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimlariga abonentlarning mahalliy tozalash inshootlarida dastlab tozalamasdan:
abonentlarning tarkibida quvurlar, quduqlar, panjalarga tiqilib qoladigan yoki quvurlar, quduqlar devorlarida, panjaralarda oʻtirib qoladigan (metall zaki, toʻpon, ohak, qum, gips, metall qirindilari, hayvon qoldiqlari hamda kelib chiqishi organik boʻlgan chiqindilar) moddalar, qurilish va maishiy chiqindilar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik chiqindilari boʻlgan ishlab chiqarish oqavalarining;
kommunal-ekologik normalarda belgilanmagan shartli toza oqava suvlarni, tarkibida boʻyoqlar boʻlgan oqava suvlarni, sanoat korxonalar maydonlarida (yomgʻir, qor va muz erigan, sugʻorish-yuvish suvlari) hosil boʻladigan yuza oqava suvlarni, ishlab chiqarish maydonlari va hududlarning (kanalizatsiya tizimiga umumiy yoki alohida tashlanadigan) sizot suvlar sathi pasaytishi tufayli hosil boʻladigan drenaj suvlarning;
kanalizatsiya-tozalash inshootlarining quvurlari va texnologik kommunikatsiyalariga yemiruvchan taʼsir koʻrsatadigan moddalar, ishlab chiqarish oqava suvlarini biologik tozalashga toʻsqinlik qiluvchi konsentratsiyadagi zararli moddala, xavfli bakteriologik ifloslantiruvchi moddalar, erimaydigan ishlab chiqarish neft mahsulotlari, biologik jihatdan qiyin oksidlanadigan organik, yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi moddalar, shuningdek, mineral moddalarning;
suv obyektiga kelib tushadigan, sarfi va tarkibi ifloslantiruvchi moddalar hajmi va miqdorining ruxsat etilgan belgilangan normalaridan oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish oqava suvlari, harorati 40°C dan yuqori, suv muhitining koʻrsatkichi rN 6,5 dan past yoki 9 dan yuqori boʻlgan, kisloroddagi kimyoviy ehtiyoj darajasi (KKE) kisloroddagi biologik ehtiyojga (KBE5) nisbatan 2,5-martadan ortiq boʻlsa yoki KBEtoʻliq 1,5-marta – 500 mg/l.dan oshmaydigan, muallaq va qalqib chiquvchi moddalar 500 mg/l dan ortiq konsentratsiyalardan oshuvchi, kanalizatsiya tarmoqlariga tashlamalarning ruxsat etilgan cheklangan limitlari belgilanmagan moddalari boʻlgan ishlab chiqarish oqava suvlarining;
kanalizatsiya tarmoqlari va tozalash inshootlarida zaharli gazlar (oltingugurt vodorodi, oltingugurt uglerodi, sianidvodorodli kislota, oson uchuvchan aromatik uglevodorodlar bugʻlari va boshqalar) hamda boshqa portlash va yongʻin xavfi boʻlgan, zaharli aralashmalar, konsentratsiyalangan qoʻr va kub eritmalarni hosil qilishga qodir boʻlgan kislota, qaynoq aralashma, toksik va gazsimon moddalarni, xususan, erituvchilar (benzin, dietilli efir, dixlormetan, benzol va boshqalar) boʻyoqlar, shuningdek, tarkibida radioaktiv moddalar boʻlgan oqava suvlarning tashlanishi taqiqlanadi.
24. Tarkibida radioaktiv moddalar boʻlgan ishlab chiqarish oqava suvlarini qabul qilish uchun maxsus kanalizatsiya tizimi mavjud boʻlmaganda, ular shahar yoki boshqa aholi punktining kommunal kanalizatsiya tizimiga radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanishning boshqa manbalari bilan ishlashning radioaktiv xavfsizlik normalari va sanitariya qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.
25. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimlarida oʻzaro taʼsiri emulsiyalar, zaharli yoki portlash xavfi boʻlgan gazlar, shuningdek, katta miqdordagi erimaydigan moddalarni (misol uchun, tarkibida kalsiy yoki magniy tuzlari va ishqorli eritmalar; soda va nordon suv; natriy sulfidi va tarkibida ishqor, xlor va fenollar haddan tashqari koʻp boʻlgan ishlab chiqarish oqava suvlari) hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish oqava suvlarining qoʻshilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 Oʻrmonlarni va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yongʻin, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.15.00 Hayvonot obyektlarini va ular yashash muhitini muhofaza qilish]
4-§. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilishni taʼminlovchi ekologik xavfsizlik talablari
26. Xoʻjalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishda oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, shuningdek, ularning yashash va oʻsish joylarini saqlab qolish maqsadlarida:
oʻsimliklarni yoqish, yovvoyi hayvonlar uchun xavfli boʻlgan materiallar, xomashyo, kimyoviy moddalar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, mineral oʻgʻitlar va boshqa preparatlarni saqlash hamda qoʻllash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish talablarini hisobga olmagan holda, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish, tashish va koʻmish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va suvli akvatoriyasida ularning maqsadli vazifalariga zid boʻlgan har qanday faoliyat;
hayvonlarning ommaviy koʻchish (migratsiya) yoʻllarida maxsus oʻtish joylari boʻlmagan toʻsiq va inshootlar oʻrnatish;
xoʻjalik va boshqa faoliyat obyektlarini qurishda soʻqmoqlar, hayvonlarning koʻpayish davrida daraxt-buta oʻsimliklarini tozalash;
suv va suv boʻyida yashaydigan hayvon va qushlarning koʻpayish, qishlash, va ommaviy toʻplanish joylarida ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiyalaridan ortiqcha boʻlgan oqava suv va chiqindilarni tashlash;
atrof-muhit muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli organning ruxsatisiz hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarini olish;
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon va oʻsimlik dunyosi obyektlarini olish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarda olish bundan mustasno;
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yovvoyi hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan koʻchirish, iqlimlashtirish va chatishtirish taqiqlanadi.
27. Xoʻjalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish va qurishda hayvonot dunyosi obyektlarini himoya qilish choralari, shu jumladan ularning ommaviy koʻchish, koʻpayish va tullash, yosh hayvonlarni boqish, baliqlarni uvildiriq sochish, yosh baliqlarni boqish, oʻstirish va saqlash davrlarida ishlarni cheklash taʼminlanishi lozim.
28. Xoʻjalik yurituvchi va boshqa subyektlar hayvonot dunyosi obyektlarining ishlab chiqarish maydonlaridagi xavfli modda va xomashyolar taʼsiridan nobud boʻlishining oldini olish uchun:
materiallar, xomashyo va chiqindilarni atrofi toʻsiq bilan oʻralgan, maydonlari betonlangan va marzalangan yopiq kanalizatsiya tizimi mavjud boʻlgan joylarda saqlashi;
xoʻjalik va ishlab chiqarish oqava suvlarini ishlab chiqarish maydonchasining oʻzida ishlov berish yoki keyinchalik utilizatsiya qilish uchun maxsus poligonlarga tashish uchun idishlarga joylashtirish;
idish va rezervuarlarni ularga hayvonlar tushib ketishining oldini olish maqsadida himoya tizimi bilan jihozlashi lozim.
29. Transport magistrallaridan foydalanuvchi transport vositalari egalari va tashkilotlar hayvonot dunyosi obyektlariga zarar yetkazilishining oldini olish choralarini koʻrishga majburdir. Transport magistrallarida maxsus ogohlantiruvchi belgilar yoki transport harakati tezligini cheklovchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
30. Transport magistrallari kichik daryo va soylar (yer usti suv havzalari) bilan kesishganda, baliq va yer ustida yashaydigan hayvonlarning erkin koʻchib yurishi taʼminlanishi lozim.
31. Elektr uzatish liniyalari elektromagnit maydonining taʼsiridan hayvonot dunyosi obyektlari oʻlishining oldini olish uchun ushbu liniyalar boʻylab sanitariya-himoya polosalari belgilanadi.
32. Elektr uzatish liniyalaridagi transformator podstansiyalari, ularning tarmoqlari va ishlaydigan mexanizmlari hayvonlarning podstansiya hududiga kirishini va ularni ushbu tarmoq va mexanizmlarga tushib qolishining oldini oluvchi qurilmalar (toʻsiqlar, oʻrab turuvchi qoplama va boshqalar) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Qushlar ommaviy koʻchish joylarida ularning aloqa liniyalari bilan toʻqnashuvi tufayli oʻlishining oldini olish uchun havodagi aloqa sim tizimini yer osti kabel yoki radioreley bilan almashtirish tavsiya etiladi.
33. Suv havzalari va ochiq suv oqimlaridan suv olishda suv va suv boʻyida yashaydigan hayvonlarning nobud boʻlishining oldini oluvchi chora-tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
34. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, shu jumladan yoʻq boʻlib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi flora va faunaning turlari bilan xalqaro savdo (SITES) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklar, hayvonlar va boshqa organizmlar turlari yashash joylari saqlab qolinishi lozim.
36. Tabiatdan foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlarining ovlanadigan turlarini ovlash va dorivor oʻsimliklarni yigʻish qurol va usullarini qoʻllashning ruxsat etilgan qoidalari, muddatlari va roʻyxatiga rioya etishlari kerak.
37. Tabiatdan foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlarini ovlash va tutqunlikda saqlash shartlari va qoidalariga rioya qilishlari lozim.
38. Oʻrmondan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda tabiatdan foydalanuvchilarga:
tuproqlar eroziyasining rivojlanishiga hamda oʻrmonlar holatiga va ularning qayta tiklanishi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga normadan ortiq boshqa salbiy taʼsirlarga olib keladigan usullar bilan ishlarni amalga oshirish;
oʻrmonlarning himoya xususiyatlari, yongʻinga qarshi, ekologik va sanitar holati, shuningdek, ularni qayta tiklash sharoitlari yomonlashuviga sabab boʻladigan ishlarni amalga oshirish;
ekotizimlar va oʻrmonlarni qayta tiklash holatiga zararli taʼsirning oldini olish qurilmalari bilan taʼminlanmagan yangi va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirish;
yogʻochni yoʻqotish, ishga yaroqli yogʻoch-taxtani oʻtinga chiqarish va undan maqsadsiz foydalanish;
bino, inshoot va kommunikatsiyalarni qurishda ishlab chiqarish-texnik zarurat talab etmasa, daraxt va butalarni kesish;
milliy tabiat bogʻlari, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari oʻrmonlarida, ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar, oʻrmon parklar, shahar oʻrmonlari, yashil hududlarning oʻrmonzor parklari qismlarida, aholi punktlari va sanoat markazlari atroflarida, davlat oʻrmon polosalarida, eroziyaga qarshi oʻrmonlarda, daryo, koʻl va boshqa suv obyektlarining qirgʻoq boʻylaridagi oʻrmonlarning man etilgan polosalarida ikkilamchi ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmon materiallarini tayyorlash, mol boqish, yogʻoch boʻlmaydigan oʻrmon mahsulotlarini sanoat usulida tayyorlash;
tayyorlash va olib chiqish muddatlari tugagandan soʻng kesish joylarida chala kesilgan va tayyorlangan yogʻochlar qoldiqlarini qoldirish taqiqlanadi.
Oʻrmon qonunchilik hujjatlari buzilgan hollarda, shuningdek, oʻrmonlar va boshqa tabiiy obyektlarni muhofaza qilish, himoya qilish va qayta tiklash maqsadlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrmondan foydalanish huquqi cheklanishi, vaqtincha toʻxtatilishi yoki taqiqlanishi mumkin.
(38-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
39. Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar:
oʻrmonlar, muhofazasi, himoyasi, ulardan oqilona foydalanish va ularning qayta tiklanishini taʼminlash;
oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish;
ishlarni oʻrmonlar holati va ularni qayta tiklash holatiga, tuproqlar, hayvonot dunyosi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydigan usullar bilan amalga oshirish;
oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovni oʻz vaqtida belgilangan tartibda amalga oshirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini taʼminlashga;
oʻrmondan boshqa foydalanuvchilarning haq-huquqlarini buzmaslikka majburdir.
Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi va boshqa majburiyatlarni ham olishlari mumkin.
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar:
oʻzlariga berilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa oʻrmon yerlaridan oqilona foydalanish;
ishlarni oʻrmonlarning holati va koʻpayishiga, tuproq, yovvoyi tabiatning holatiga, shuningdek suv va boshqa tabiiy obyektlarga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan usullarda amalga oshirish;
ishlarni oʻrmonlar holati va ularni qayta tiklash holatiga, tuproqlar, hayvonot dunyosi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy taʼsiriga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan amalga oshirish;
oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovni oʻz vaqtida belgilangan tartibda amalga oshirishga;
oʻrmondan boshqa foydalanuvchilarning haq-huquqlarini buzmaslikka majburdir.
Oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi va boshqa majburiyatlarni ham olishlari mumkin.
(39-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.20.00 Yerni toksik va radioaktiv moddalardan muhofaza qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.12.00 Yer osti boyliklarini muhofaza qilish]
5-§. Yer resurslarimuhofazasinitaʼminlovchi ekologik xavfsizlik talablari
40. Tuproq qoplamining buzilishi bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilayotganda keyinchalik yerni biologik rekultivatsiyalash yoki unumdorligi past yerlarda foydalanish uchun tuproqning unumdor qatlami olinishi, saqlanishi lozim.
41. Vaqtincha kirish yoʻllari qurilishi mahalliy tabiiy sharoitlar hisobga olingan holda, mavjud yoʻl tarmogʻidan imkon qadar foydalangan holda amalga oshiriladi.
42. Transport va maxsus texnika, oʻsimlik va tuproq qoplami buzilishini keltirib chiqarmaydigan xavfsiz harakatni taʼminlaydigan, faqat maxsus qurilgan yoʻllardan harakatlanadi.
43. Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilganda, tabiatdan foydalanuvchilarga:
aholi punktlarida atmosfera havosini chang, zararli gazlar, badboʻy anqiydigan moddalar bilan ifloslantiruvchi manba hisoblangan jinslar uyumlari va chiqindi saqlagichlarni joylashtirish;
yer osti boyliklaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish;
yer usti va yer osti boyliklari yaxlitligini buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingunga qadar bajarish;
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingunga qadar yer yuzasi va uning qaʼri butunligini buzish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda oʻzboshimchalik bilan qurilishlar qilish hamda ushbu yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
agar yer osti boyliklarining holati odamlar hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdirsa, ulardan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
togʻ-kon ajratmasidan tashqarida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydali qazilma konlarini qazish va yer qaʼridan foydalanish;
alohida ilmiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob geologik ochiq togʻ jinslari, mineralogik hosilalar, palenontologiya obyektlari va boshqa yer qaʼri uchastkalarining yaxlitligini buzadigan har qayday faoliyat;
yer qaʼri belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olinmagan holda, uni geologik jihatdan oʻrganish ishlarini amalga oshirish man etiladi.
Yer qaʼrining alohida uchastkalaridan foydalanish aholi punktlari, shaharlar atrofidagi yashil zonalar, sanoat, transport, aloqa obyektlari, yer osti suvlarini olish joylari va ularning muhofaza zonalari, shuningdek, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning belgilangan chegaralarida cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
44. Yer qaʼri va foydali qazilmalardan:
yer osti boyliklari va foydali qazilmalarni va tegishli tabiiy resurslarni qazib olishda ulardan kompleks va tejamkorlik bilan foydalanishni, shuningdek, atrof-muhit va yer qaʼri ifloslanishining oldi olinishini taʼminlash;
foydali qazilmalarni qazib olish chogʻida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan faqat tabiiy yangilanish chegarasidagina foydalanish;
yer qaʼri va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish borasida belgilangan qoidalarga rioya qilish;
foydali qazilma konlarini oʻzlashtirish loyihalariga, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihalariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomaning yoki yer qaʼri uchastkalarining foydalanishga berilishi koʻzda tutilgan mahsulot taqsimoti haqidagi kelishuvning mavjudligi;
(44-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
atrof-muhitga minimal taʼsirni taʼminlaydigan foydali qazilmalar yuzini ochishda hamda sigʻimli jinslar uyumlari, foydali qazilmalarni qayta ishlashdan qoladigan chiqindilar toʻplanadigan joylar, konlardan chiqqan yaroqsiz jinslar uyumlarini joylashtirish sharti bilan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
45. Yer qaʼridan foydalanuvchilar:
yer qaʼridan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish;
ishlarni yer qaʼridan foydalanish loyihasiga muvofiq amalga oshirish;
yer qaʼrini toʻliq geologik oʻrganish, undan oqilona, kompleks foydalanish va muhofaza qilish;
konlarning boy uchastkalarini tanlab qazilishiga, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda normadan ortiq yoʻqotishlarga yoʻl qoʻymaslik;
foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakatini, ularning yoʻqotilishi va nobudgarchiligi hisobga olinishi, shuningdek, oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini, qayta tasdiqlanishi va hisobdan chiqarilishi;
bir vaqtning oʻzida qazib olinadigan, ammo vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni saqlash va hisobga olish;
suv olish joylari uchastkalarida va ularga tutash hududlardagi yer osti suvlarining rejimi boʻyicha kuzatuvlar amalga oshirilishi;
yer osti suvlari muhofazasini nazorat qiluvchi organlarni yer osti suvlari holatining oʻzgarishi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilish;
yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning xavfsiz amalga oshirilishi, avariyalarni bartaraf etish rejalarining ishlab chiqilishi;
atrof tabiiy muhitni, bino va inshootlarni yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning zararli taʼsiridan muhofaza qilish;
yer qaʼridan foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjat yuritilishi va uning saqlanishi;
yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati, ularning tarkibidagi komponentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Davlat geologiya jamgʻarmasiga taqdim etilishi;
yer qaʼridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarining keyinchalik ulardan foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashga majburdir.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
6-§. Chiqindilar bilanbogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablari
46. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilish maqsadida:
ushbu Texnik reglament va maxsus texnik reglamentlar bilan belgilangan talablarga muvofiq chiqindilarni zararsizlantirish va xavfsiz joylashtirilishning texnik vositalari bilan jihozlanmagan xoʻjalik va boshqa faoliyat obyektlarini ishga tushirish;
atrof-muhit uchun xavflilik toifasi belgilanmagan chiqindilarni ishlab chiqarish va ular bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
saqlash va koʻmib tashlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni, shu jumladan chetdan radioaktiv chiqindilarning har qanday turlarini olib kirish;
Oʻzbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud boʻlgan chiqindilarni koʻmib tashlash;
chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, aholining hayoti va sogʻligiga, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish xavfiyuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va zararsizlantirish;
atrof-muhitda qattiq va suyuq chiqindilarni ruxsatsiz joylashtirish;
sanoat va maishiy chiqindilarni maxsus texnik moslamalarsiz zararsizlantirish;
koʻmilgan chiqindilarni oʻzboshimchalik bilan chiqarib olish;
maishiy chiqindilarni (hujjatda nazarda tutilmagan) tashish uchun moʻljallanmagan transport vositalarida, shuningdek, maishiy chiqindilarni tashish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslar kuzatuvida tashish, yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari va boshqalar) bundan mustasno.
47. Yer qaʼrida chiqindilarni fuqarolarning hayoti va sogʻligi, atrof-muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini taʼminlash talablariga rioya etgan holda, faqat maxsus tadqiqotlar natijalariga koʻra ayrim hollardagina koʻmib tashlashga ruxsat etiladi.
48. Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda koʻmib tashlash va saqlash davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
49. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni taʼminlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi va boshqa subyektlar chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish obyektlarining Davlat kadastri yagona tizimiga kiritilishini majburiy tartibda taʼminlaydi.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
50. Oʻzbekiston Respublikasi hududida hosil boʻladigan chiqindilar pasportlanishi lozim.
Chiqindi pasporti chiqindining har bir turi uchun yuridik shaxslar tomonidan tuziladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bogʻliq tarzda chiqindining oʻziga xos xususiyatlari oʻzgargan hollarda, chiqindi pasportiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritiladi.
Chiqindilarni pasportlash tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(50-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
51. Chiqindilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga aholining hayoti va sogʻligi hamda atrof tabiiy muhit xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ularni faqat qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishni tartibga solish qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
52. Xavfli chiqindilar ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ekologik sertifikati hamda ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda, maxsus jihozlangan transport vositalarida tashiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonun, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2010-yil 1-dekabrlagi 85-1-TK-sonli “Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish qoidalari”.
53. Oldi-sotdi, eksport-import operatsiyasi obyekti boʻlgan chiqindilar, shuningdek, tashilishi kerak boʻlgan xavfli chiqindilar chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga muvofiqlik boʻyicha ekologik sertifikatlashdan oʻtkazilishi kerak va uning natijalariga koʻra chiqindilarning mulkdorlariga ekologik sertifikat beriladi.
Chiqindilarni ekologik sertifikatlash tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
54. Xoʻjalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq chiqindilarni saqlash uchun jihozlangan maydonchalar nazarda tutilishi lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
55. Xavfli chiqindilar ularni toʻplash, saqlash, utilizatsiya qilish, koʻmish va/yoki yoʻq qilish joylariga:
xavfli chiqindilar pasporti mavjud boʻlganda;
maxsus jihozlangan va maxsus belgilar bilan taʼminlangan transport vositalari mavjud boʻlganda;
xavfli chiqindilarni tashish va topshirish uchun tashiladigan xavfli chiqindilar miqdori, tashish maqsadlari va manzili koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlganda tashiladi.
56. Xavfli chiqindilar ushbu Texnik reglament talablari hisobga olingan holda, texnologik jarayonlar yordamida zararsizlantiriladi.
57. Chiqindilarni joylashtirish obyektlarida chiqindilarni saqlashda (koʻmishda) keyinchalik ishlov berish, yuklash, tashish, tushirish, utilizatsiya qilish va yoʻq qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida ularning alohida saqlash talablari taʼminlanishi lozim.
58. Yuridik shaxslar:
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindilarning hisobini yuritishi, ular toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi;
(58-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sogʻligi, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlashi;
chiqindilarning hosil boʻlish normativlari va ularni joylashtirish limitlari loyihalarini ishlab chiqishi;
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga, yoʻllarning chetiga, qatnov qismiga qurilish va maishiy chiqindilar tashlanishi hamda toʻplanishining oldini olishi;
chiqindilar toʻplanishini taʼminlashi, oʻziga tegishli boʻlgan binolarga yaqin yoki tutash hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun konteynerlar (qutilar) oʻrnatishi;
resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan chiqindilarning tegishli darajada saqlanishini taʼminlashi hamda ularning yoʻq qilinishi va buzilishiga yoʻl qoʻymasligi;
oʻzining mulki boʻlgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishiga doir texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish choralarini koʻrishi;
chiqindilarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻymasligi, ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
chiqindilarning belgilanmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va zararsizlantirilishiga, shuningdek, bunday joylarga yoki obyektlarga joylashtirilishi hamda tashlanishiga yoʻl qoʻymasligi;
chiqindilarni maxsus texnik moslamalarni qoʻllamagan holda yoqib yubormasligi;
sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzmasligi;
chiqindilar joylashtirilgan oʻz obyektlarining sanitariya va ekologik holatini nazorat qilish;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish vaqtida holati buzilgan yer uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini oʻtkazishi;
chiqindilarni mumkin qadar koʻproq utilizatsiya qilish, ularni chiqindilarni toʻplash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda zararsizlantirilishini taʼminlashi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga ruxsat olinmagan tarzda atrof-muhitga chiqindilar chiqarilganligi holatlari toʻgʻrisida va koʻrilgan choralar haqida belgilangan tartibda axborot taqdim etishi;
chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlari toʻlashi;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sogʻligi va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Yuridik shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(58-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
59. Chiqindilarni maʼlum bir vaqt davomida nazoratda saqlash maqsadida, binolar, inshootlar yoki hududdan ajratilgan ruxsat etilgan uchastkaga (chiqindilarni joylashtirish obektlarida) joylashtiriladi, bu chiqindilar partiyasiga tegishli hujjatlarda aks ettiriladi.
4-bob. Mahsulotlar va chiqindilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash
60. Mahsulotlar va ishlab chiqarish hamda isteʼmol chiqindilarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash ushbu Texnik reglamentning tartibga solinadigan obyektlarining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini aniqlash uchun belgilanadi.
61. Ushbu Texnik reglamentni qoʻllash uchun mahsulotlar, xizmatlar, mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish jarayonlarining muvofiqligini baholashning quyidagi shakllariga yoʻl qoʻyiladi:
davlat ekologik ekspertizasi;
ekologik sertifikatlashtirish (ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar uchun).
Ekologik xavfsizlik talablari buzilishi natijasida aholidan asosli murojaatlar boʻlgan taqdirda, Texnik reglament talablariga rioya etilishi yuzasidan jamoat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishi mumkin.
62. Ushbu Texnik reglamentning tartibga solinadigan obyektlarining muvofiqligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq baholanadi.
63. Texnik reglament talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, shuningdek, davlatning vakolatli boshqa organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
64. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish texnologik jarayonlarining ekologik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha belgilanadigan talablar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilguniga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan holda qoʻllaniladi.
65. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tegishli vazirliklar va idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan birgalikda iqtisodiyotning turli sohalari uchun atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha eng yaxshi qulay texnologiyalarning yangilanadigan reyestri (maʼlumotnomasini) ishlab chiqilishi va yuritilishini tashkil qiladi.
Reyestrdagi maʼlumotlar manfaatdor tomonlarning koʻrib chiqishi uchun ochiq boʻladi.
66. Iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun eng yaxshi qulay texnologiyalar reyestrini (maʼlumotnomasini) yaratishda bunday texnologiyalardan foydalanish boʻyicha xorijiy tajriba, qonunchilikda belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi va boshqa subyektlar materiallaridan foydalanish mumkin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/95/0185-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)