1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Koʻchmas mulkni sotish]
Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-oktabr 474-sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.02.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolarining huquq va erkinliklari]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-oktabr 474-sonli qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida Nizomga hamda davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining baʼzi qarorlarini 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Kapital qurilish, transport va aloqa hamda Yuridik boʻlimlariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 4-aprel,
180-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga 1-ILOVA
Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.04.00 Davlat uy-joy fondi / 08.01.04.02 Idoraviy uy-joy fondi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.04.00 Davlat uy-joy fondi / 08.01.04.03 Maqsadli foydalanishga moʻljallangan kommunal uy-joy fondi;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
1. Xususiylashtirilgan uy-joylarga pulli, imtiyozli yoki bepul asosda mulk qilib berilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kiradi.
2. Xususiylashtirilgan kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) mulkdori jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda ushbu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.
Xususiylashtirilgan uy-joyning mulkdori mazkur uy-joyni oʻz xohishiga koʻra har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoki koʻchmas mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirishga vakil qilingan organga berish va vasiyat qilib qoldirish, shuningdek, uni koʻchmas mulk savdosi boʻyicha kimoshdi savdosiga qoʻyish huquqiga egadir.
Kvartirani (kvartiraning bir qismini), uyni (uyning bir qismini) jismoniy yoki yuridik shaxslarga berishda mulkdor boshqalarga berish shartnomasini tasdiqlatish uchun notarial idoraga, kimoshdi savdosi orqali sotishda esa – koʻchmas mulk savdosini amalga oshirishga vakil qilingan organga murojaat qiladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
3. Boshqalarga berilayotgan xususiylashtirilgan uy-joyning qiymati tomonlarning kelishuviga koʻra, biroq boshqalarga berish paytida uy-joyning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan baholangan qiymatidan past boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Meros tartibida oʻtadigan uy-joyning qiymati merosxoʻrlik tayinlangan kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan belgilangan baholash maʼlumotlari hisobga olingan holda belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 689-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
4. Xususiylashtirilgan kvartirani (kvartiraning bir qismini), uyni (uyning bir qismini) sotib olish, almashtirish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va doimiy yashovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnomasi boʻlgan fuqarolar ega boʻladilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son “Oʻbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar]
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan mulkdordan sotib olingan uy-joydan faqat uy-joy sifatida foydalanilishi mumkin.
6. Xususiylashtirilgan uy-joyni boshqa shaxsga oʻtkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekitson Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-bobi (“Oldi-sotdi”) va 31-bobi (“Hadya”).
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
8. Oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlashda va xususiylashtirilgan uy-joyga merosxoʻrlik huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berishda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.01 Umumiy masalalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.03.00 Hadya]
9. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitishuvlari amalga oshirilgandan soʻng, shuningdek, mulkchilik huquqi merosxoʻrlik tartibida oʻtgandan soʻng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qatʼi nazar, kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) xususiylashtirilgan uy-joy maqomini yoʻqotadi.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
10. Notarial tartibda rasmiylashtirilgan, texnik oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomasi, shuningdek, qonun bilan belgilangan tartibda berilgan merosxoʻrlik huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma ilgari xususiylashtirilgan sotib olingan uy-joyga egalik qilish huquqini beruvchi huquqni belgilovchi hujjat boʻlib hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
asosida uning xususiy mulki ekanligi toʻgʻrisida berildi.
Bu yerda quyidagilar yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan:
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tugʻilgan yili
Qarindoshlik darajasi
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan vaqti
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Ishlab chiqarish-uy-joy inspeksiyasi boshligʻi
Ishlab chiqarish-uy-joy inspeksiyasi bosh muhandisi
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uy-joy fondini xususiylashtirishning asoslarini, tartibini va shartlarini belgilaydi.
Mudofaa vazirligining uy-joy fondi kvartiralarini xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va tegishli normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Mudofaa vazirligining uy-joy fondida yashayotgan ishchilar, xizmatchilar va boshqa shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
3. Yopiq harbiy shaharchalardagi kvartiralar va uylar, yotoqxonalardagi kvartiralar, yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari (xonalari) hisoblangan, ikki yoki undan koʻp ijarachilar yashaydigan kvartiralar (egallab turgan kvartiralarni xususiylashtirish boʻyicha ularning roziligi boʻlmagan taqdirda), boshqa davlatlarning Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan band etib turilgan boʻsh kvartiralar hamda band etib qoʻyilgan kvartiralar xususiylashtirilmaydi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
4. Kvartiralarni xususiylashtirishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish shahar va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tegishli organlar tomonidan uy-joy fondi egasi bilan tuzilgan shartnoma shartlari boʻyicha yoki Mudofaa vazirligining kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.01 Umumiy masalalar]
5. Kvartiralarni xususiylashtirgan harbiy xizmatchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotib olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq sotish, almashtirish va hadya etish bilan bogʻliq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
6. Harbiy xizmatchilar yangi xizmat joyiga joʻnab ketishayotganda oʻz xohishiga koʻra xususiylashtirgan uy-joyi boʻyicha Mudofaa vazirligining kvartiralardan foydalanish organlari bilan yoki ularning tavsiyasiga binoan navbatdagi harbiy xizmatchi bilan qoldiq balans qiymati boʻyicha sotib olish-sotish shartnomasini rasmiylashtirishlari mumkin, bunda ular uy-joyni topshirganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi maʼlumotnoma oladilar.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 13-avgustdagi 378-son qarori;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorining 10-bandi.