toggle_night_mode
Oʻzbekiston RespUblikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1993-yil 2-iyundagi 105 (610)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
uch oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari ushbu Qonunga zid keladigan oʻz meʼyoriy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishini hamda bu hujjatlarning bekor qilishini taʼminlasin;
ushbu Qonun 4-moddasining 2-bandidagi, 11-moddasidagi, 17-moddasining 1-xatboshisidagi, 23-moddasidagi qoidalar bajarilishini taʼminlovchi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
1994-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
847-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 231-modda)