

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;07.04.2011
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-838148" id="onLBC-838148">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9329"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-838148" id="onLS-838148">[<b>TSZ:</b><div id="LS3698"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-838159" id="-838159">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-838164" id="-838164">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-838165" id="-838165">BOLALIKDAN NOGIRONLARGA, QARIYALARGA VA MEHNATGA LAYoQATSIZ FUQAROLARGA NAFAQALAR TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-838166" id="-838166"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1771017" id="-1771017">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-1765049?ONDATE=07.04.2011 00#-1765448">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838172" id="-838172">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-112314">Qonunini</a> amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838173" id="-838173">1. Quyidagilar tasdiqlansin:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-838174" id="onLBC-838174">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6510"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.03 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarga nafaqalar. Bolalikdan 1 va 2 guruh nogironlariga nafaqa]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838174" id="-838174">Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-838148#-838214">Nizom </a>1-ilovaga muvofiq;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-838175" id="onLBC-838175">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6511"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.04 Ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarga nafaqa]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838175" id="-838175">Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-838148#-838385">Nizom </a>2-ilovaga muvofiq.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-838786" id="edi-838786"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838179">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838786" id="-838786">2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi 3 hafta muddatda yuqorida aytib oʻtilgan nafaqalarni tayinlash va toʻlash jarayonini tartibga soluvchi idora ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqsinlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-838798" id="-838798">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli <a href="/mact/-292357?ONDATE=01.03.2001 00#-292492">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838185" id="-838185">3. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan nizomlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-112314">Qonuni</a> amalga kiritilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838193" id="-838193">4. Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan mehnat stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga (ularning oila aʼzolariga — boquvchisini yoʻqotgan hollarda) “SSSRda fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” SSSR Qonunining 119-moddasiga muvofiq tayinlangan ijtimoiy pensiyalar oʻrniga 1994-yil 1-iyuldan boshlab mazkur qarorning <a href="/mact/-838148#-838214">1</a> va <a href="/mact/-838148#-838385">2-ilovalariga </a>muvofiq nafaqa tayinlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838194" id="-838194">Koʻrsatib oʻtilgan toifalardagi fuqarolarga nafaqalarni toʻlash ijtimoiy pensiyalarni tayinlashda belgilangan butun muddat davomida va 1994-yilning 1-iyuligacha toʻlab kelingandan kam boʻlmagan miqdorlarda amalga oshirilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-838799" id="edi-838799"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838202">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838799" id="-838799">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-838800" id="-838800">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli <a href="/mact/-292357#-292497">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-838206" id="-838206">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-838208" id="-838208">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-838209" id="-838209">1994-yil 24-iyun, </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-838211" id="-838211">319-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-838214" id="-838214"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-838220" id="-838220">Vazirlar Mahkamasining <br />1994-yil 24-iyundagi 319-son <a href="/mact/-838148#-838159">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-838223" id="-838223">Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-838229" id="-838229">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-838230" id="-838230"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838235" id="-838235">1. Har oylik nafaqalarni olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan ish stajiga ega boʻlmagan 16 yoshdan katta boʻlgan shaxslar, shuningdek, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-838905" id="edi-838905"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838240">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-838905" id="-838905">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli<a href="/mact/-505371#-505391"> qarori </a>bilan 1995-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1617863" id="-1617863"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1617864" id="-1617864">3. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bolalikdan I yoki II guruh nogironi tomonidan yashash joyidagi tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1617866" id="-1617866">Mehnatga layoqatsiz deb topilgan I va II guruh bolalikdan nogironga, shuningdek, nogiron bolaga nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza ota-onalardan biri, vasiy tomonidan yashash joyi boʻyicha beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1617869" id="-1617869">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606548">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838251" id="-838251">4. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga I va II guruh bolalikdan nogiron yoxud nogiron bolaning yoshi va turar joyi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, ariza bergan ota-onalar, vasiylarning yashash joyi toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838255" id="-838255">Vasiy ariza bilan murojaat qilgan hollarda vasiylik organining vasiy qilib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorining bir nusxasi ilova qilinadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608024" id="edi-1608024"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838256">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608024" id="-1608024">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi I va II guruh bolalikdan nogironning arizasiga ular tomonidan tibbiy mehnat-ekspert komissiyasidan olingan tekshirish dalolatnomasidan koʻchirmani ilova qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608025" id="-1608025">(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606548">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838258" id="-838258">Nogiron bolaga nafaqa tayinlash chogʻida sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa taqdim etiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608029" id="edi-1608029"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-1608028">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608029" id="-1608029">5. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizani qabul qilib olgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi haqida tilxat beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608031" id="-1608031">(5-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606548">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838259" id="-838259"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838260" id="-838260">Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi (mazkur Nizomning<a href="/mact/-838148#-838251"> 4-bandi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838261" id="-838261">Agar nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza pochta orqali yuborilsa hamda barcha zarur hujjatlar taqdim etilsa, ariza joʻnatilgan joyning pochta shtempelida koʻrsatilgan sana nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838262" id="-838262">Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda qanday hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etish kerakligi ariza beruvchiga maʼlum qilinadi. Agar bu hujjatlar qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida bildirish olingan kundan boshlab 3 oydan kechikmay taqdim etilsa, nafaqa tayinlash toʻgʻrisida ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838263" id="-838263">6. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1608061" id="-1608061"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608062" id="-1608062">7. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qiluvchi nafaqa tayinlash haqidagi qaror ustidan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608063" id="-1608063">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606550">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838265" id="-838265">8. Nafaqa nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838268" id="-838268">I va II guruh bolalikdan nogironlarga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolalarga nafaqa tibbiy xulosada belgilangan muddatga tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838270" id="-838270">9. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yigʻma jildida saqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608032" id="edi-1608032"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838273">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608032" id="-1608032">10. Nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironning, yoxud nafaqa tayinlangan nogiron bolalarning ota-onalari yashaydigan joy boʻyicha tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi. Vasiylarga nafaqa ularning yashash joylari boʻyicha toʻlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608033" id="-1608033">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606548">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1619570" id="-1619570"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1619572" id="-1619572">11. Nafaqalarni toʻlash har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa toʻlanadigan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1619573" id="-1619573">Ishonchnoma boʻyicha nafaqa davlat pensiyalarini ishonchnoma boʻyicha toʻlash uchun belgilangan tartibda toʻlanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1619574" id="-1619574">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606548">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1027446" id="-1027446">12. I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nogiron bola tomonidan nogironlikni qayta tekshirishdan oʻtkazish muddati kechiktirib yuborilganda nafaqa nogironlarga davlat pensiyalari tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi (“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-112314#-128209">55-moddasi</a>). </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1608048" id="-1608048"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608049" id="-1608049">Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shaharga koʻchganda nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan nafaqa oluvchining shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi olingandan keyin mana shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa toʻlash ilgarigi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608050" id="-1608050">(12-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606548">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1027451" id="-1027451">Nafaqa toʻlash toʻxtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib kelgan boshqa holatlar (I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nogiron bola internat uyga toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganda yoki undan qaytarib yuborilganda va shu kabilar) paydo boʻlganda nafaqa toʻlash shu holat paydo boʻlgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab toʻxtatiladi yoki tiklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838301" id="-838301">13. Tayinlangan, biroq oluvchi tomonidan oʻz vaqtida talab etib olinmagan nafaqa summasi nafaqa olish uchun murojaat qilingandan oldingi oʻtgan vaqt uchun koʻpi bilan uch yilga toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838303" id="-838303">Nafaqa tayinlagan yoki nafaqa toʻlayotgan organning aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan nafaqa summasi oʻtgan vaqt uchun biror-bir muddat bilan cheklashsiz toʻlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan holda nafaqaning 12 oyga tegishli boʻlgan summasi bir yoʻla toʻlanadi, qolgan qismlari esa har oyda nafaqaning joriy qismiga qoʻshimcha tarzda oylik nafaqadan oshmaydigan teng ulushlarda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838305" id="-838305">14. Tayinlangan nafaqa I va II guruh bolalikdan nogironga, u olayotgan ish haqi, stipendiya, aliment yoki daromadlarning boshqa turlaridan qatʼi nazar, toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838308" id="-838308">Nogiron bolaga tayinlangan nafaqa, u tomonidan (uning uchun) boshqa nafaqalar olinishidan qatʼi nazar, toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838312" id="-838312">15. Tayinlangan nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nafaqa tayinlangan nogiron bola toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan vaqt uchun toʻlanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838318" id="-838318">Leprozoriylarda boʻlgan I va II guruh bolalikdan nogironlarga, shuningdek, nogiron bolaga nafaqa leprozoriylarda boʻlgan butun vaqt uchun toʻlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1439183" id="-1439183"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1439184" id="-1439184">16. Bolalikdan nogironlarga nafaqalarni toʻlash, yetkazib berish va yuborish xarajatlari respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1439192" id="-1439192">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-fevraldagi 36-sonli <a href="/mact/-1438330?ONDATE=09.02.2009 00#-1438387">qarori</a> tahririda — SZ RU, 2009-y., 7-son, 69-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838333" id="-838333">17. Har oylik nafaqalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838337" id="-838337">oilaning nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan son tarkibi oʻzgargan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838341" id="-838341">ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838343" id="-838343">tuman koeffitsiyenti belgilangan (bekor qilingan) yoki uning miqdori oʻzgargan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838346" id="-838346">aholi daromadlari indeksatsiya qilingan hollarda qayta hisoblab chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838349" id="-838349">18. Tayinlangan nafaqa miqdorini qayta hisoblab chiqish mazkur Nizomning <a href="/mact/-838148#-838333">17-bandida </a>eslatib oʻtilgan holatlar (ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan holatlardan tashqari) paydo boʻlgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-838385" id="-838385"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-838386" id="-838386">Vazirlar Mahkamasining <br />1994-yil 24-iyundagi 319-son <a href="/mact/-838148#-838159">qaroriga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-838388" id="-838388">Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-838390" id="-838390">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-838392" id="-838392"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838394" id="-838394">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838478" id="-838478">1. Mazkur Nizomga muvofiq nafaqalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-112314">Qonun</a> boʻyicha pensiya olish huquqiga ega boʻlmagan hamda “Nikoh va oila toʻgʻrisida”gi kodeksga koʻra ularni boqishga majbur boʻlgan qarindoshlari boʻlmagan fuqarolarga tayinlanadi hamda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838491" id="-838491">2. Mazkur Nizom boʻyicha davlat ijtimoiy taʼminot nafaqalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838494" id="-838494">yosh boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838496" id="-838496">nogironlik boʻyicha (bolalikdan nogironlardan tashqari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838498" id="-838498">boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838500" id="-838500">3. Ijtimoiy taʼminot nafaqasi (nafaqalari)ni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar shu huquq paydo boʻlgandan soʻng biror muddat bilan cheklashsiz istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-839342" id="edi-839342"><a href="/mact/-838148?ONDATE=01.03.2001 00#-839147">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-839342" id="-839342">4. Mazkur Nizomning<a href="/mact/-838148#-838491"> 2-bandida </a>koʻrsatib oʻtilgan nafaqalarni toʻlash, yetkazib berish va yuborish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-839354" id="-839354">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvar 35-sonli<a href="/mact/-492883?ONDATE=27.01.2005 00#-493677"> qarori </a>tahririda—OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 32-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608263" id="edi-1608263"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838503">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608263" id="-1608263">5. Mazkur Nizom boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash shahar va tuman Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608265" id="-1608265">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838504" id="-838504">II. Yosh boʻyicha nafaqalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-839180" id="-839180"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1617913" id="-1617913"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1617915" id="-1617915">6. Yosh boʻyicha nafaqa ish stajiga va “Oila kodeksi”ga koʻra ularni boqishga majbur boʻlgan qarindoshlari boʻlmagan shaxslarga tayinlanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1617918" id="-1617918">(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli<a href="/mact/-292357?ONDATE=01.03.2001 00#-292502"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838506" id="-838506"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838509" id="-838509">erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838510" id="-838510">ayollarga — 60 yoshga yetganlarida.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1617931" id="-1617931"></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1617933" id="-1617933">Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tekshiruviga koʻra nafaqa soʻrab murojaat etgan shaxs qarindoshlarining moddiy nochorligi aniqlangan hollarda nafaqa oʻzlarining keksa qarindoshlariga moddiy yordam koʻrsata olmaydigan qarindoshlar bor boʻlgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1617934" id="-1617934">(6-bandga izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-838916" id="edi-838916"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838515">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-838916" id="-838916">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli <a href="/mact/-505371#-505391">qarori</a> bilan 1995-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotdi)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838518" id="-838518">III. Nogironlik boʻyicha nafaqalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838519" id="-838519">8. Nogironlik boʻyicha nafaqa nogironlik sodir boʻlgan hollarda, yaʼni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yoʻqotilganda, faqat birinchi va ikkinchi guruh nogironlarga tayinlanadi va toʻlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608276" id="edi-1608276"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838521">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608276" id="-1608276">9. Fuqarolarning mehnat qobiliyatlarini yoʻqotganlik darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirishni faqat tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) oʻzlari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan Nizom asosida shahar va tuman Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari yoʻllanmasi boʻyicha amalga oshiradilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608277" id="-1608277">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-838919" id="edi-838919"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838524">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-838919" id="-838919">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli<a href="/mact/-505371?ONDATE=23.02.1995 00#-505391"> qarori</a> bilan 1995-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotdi)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838528" id="-838528">11. Ishlab turgan yoki yashashning boshqa manbalariga ega boʻlgan I va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838531" id="-838531">IV. Boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqa</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838533" id="-838533">12. Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxs vafot etgan taqdirda uning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari mazkur Nizomga koʻra nafaqa olish huquqiga egadirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838535" id="-838535">Oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolari qatoriga “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-112314#-127115">19-moddasida </a>aytib oʻtilgan shaxslar kiritiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838543" id="-838543">13. Vafot etganning oila aʼzolariga nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838544" id="-838544">a) oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz aʼzosiga— vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega boʻlgan nafaqaning 100 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838547" id="-838547">b) oilaning mehnatga layoqatsiz ikki aʼzosiga — nafaqaning 75 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838549" id="-838549">v) oilaning mehnatga layoqatsiz bir aʼzosiga — nafaqaning 50 foizi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838551" id="-838551">V. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608279" id="edi-1608279"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838553">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608279" id="-1608279">14. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza ariza beruvchi yashaydigan joydagi tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608280" id="-1608280">(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838556" id="-838556">15. Nogironlik yoki yosh boʻyicha nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838557" id="-838557">a) yosh boʻyicha nafaqa tayinlashda — ariza beruvchining yoshini tasdiqlovchi hujjat (pasportdan koʻchirma yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838559" id="-838559">b) yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma, unda barcha oila aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yillari, qarindoshlik darajasi, nafaqa soʻrab murojaat etgan shaxs oilasi har bir aʼzosining turmush kechirish manbalari koʻrsatilgan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838560" id="-838560">v) ariza beruvchi oilasining umumiy daromadi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838564" id="-838564">g) nogironlik boʻyicha nafaqa tayinlashda — TMEKning nogironlikni tasdiqlovchi xulosasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838565" id="-838565">d) boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqa tayinlashda — boquvchisining vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va bolalarning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838568" id="-838568">VI. Nafaqalarni tayinlash</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1617890" id="-1617890"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1617891" id="-1617891">16. Yosh, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan tayinlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1617897" id="-1617897">Nafaqalar barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat etilgan kundan boshlab tayinlanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1617894" id="-1617894">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838580" id="-838580">17. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608294" id="edi-1608294"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838582">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608294" id="-1608294">18. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tegishli qaror chiqarilgandan soʻng 10 kundan kechikmay rad etilganlik toʻgʻrisidagi bildirishni ariza beruvchining qoʻliga beradi yoki pochta orqali yuboradi hamda bir vaqtning oʻzida barcha hujjatlarni qaytaradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608295" id="-1608295">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608296" id="edi-1608296"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838585">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608296" id="-1608296">19. Tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qarori ustidan ariza beruvchi yuqori tashkilotga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608298" id="-1608298">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838588" id="-838588">VII. Nafaqalarni toʻlash</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608299" id="edi-1608299"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838592">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608299" id="-1608299">20. Nafaqalar nafaqa oluvchining yashash joyi boʻyicha tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan toʻlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608300" id="-1608300">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1608301" id="edi-1608301"><a href="/mact/-838148?ONDATE=24.06.1994 00#-838596">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608301" id="-1608301">21. Nafaqalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan har oyda belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa toʻlanayotgan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirilmay toʻlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608302" id="-1608302">(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838599" id="-838599">22. Hisoblab chiqilgan, biroq oluvchi tomonidan oʻz vaqtida talab etilmagan nafaqa summasi oʻtgan vaqt uchun, ammo nafaqa soʻrab murojaat etilgandan oldingi uch yillikdan koʻp emas, toʻlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1617900" id="-1617900"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1617901" id="-1617901">23. Toʻlanayotgan nafaqalar miqdorini oʻzgartirishga sabab boʻluvchi holatlar paydo boʻlgan taqdirda, nafaqa oluvchi bu haqda 10 kun muddatda unga nafaqa tayinlagan tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga murojaat qilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1617902" id="-1617902">I va II guruh nogironlarga va yosh boʻyicha yoki boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar tayinlangan nafaqa oluvchilarga, agar ular ish haqi yoki boshqa daromad olayotganliklari aniqlangan taqdirda, nafaqa toʻlash toʻxtatiladi</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1617903" id="-1617903">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838608" id="-838608">24. Nafaqa oluvchi toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilgan taqdirda (nogironlar uyi, bolalar uyi va shu kabilarga joylashtirilganda) nafaqa toʻlash toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838610" id="-838610">25. Nafaqa oluvchi ozodlikdan mahrum etilgan taqdirda tayinlangan nafaqani toʻlash toʻxtatib qoʻyiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838611" id="-838611">VIII. Nafaqalarni qayta hisoblab chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838638" id="-838638">26. Har oylik nafaqalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838640" id="-838640">oilaning nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan son tarkibi oʻzgargan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838642" id="-838642">ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838644" id="-838644">nogironlik guruhi oʻzgargan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838645" id="-838645">tuman koeffitsiyenti belgilangan (bekor qilingan) yoki uning miqdori oʻzgargan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838649" id="-838649">aholi daromadlari indeksatsiya qilingan hollarda qayta hisoblab chiqiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-838654" id="-838654">IX. Tayinlangan nafaqani qayta hisoblab chiqish muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-838658" id="-838658">27. Nafaqa miqdorini oshirish huquqi paydo boʻlganda, ish haqining eng kam miqdori oʻzgarishidan tashqari, tayinlangan nafaqani qayta hisoblab chiqish bu holatlar paydo boʻlgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1619545" id="-1619545"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1619546" id="-1619546">28. Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organi tomonidan hujjatlar yigʻma jildi olingandan keyin mana shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Nafaqalarni toʻlash oldingi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab tiklanadi. Nafaqa oluvchini hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek, ularning hujjatlar yigʻma jildlarini yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1619547" id="-1619547">Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga koʻchib ketganda nafaqa toʻlash toʻxtatiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1619549" id="-1619549">(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606551">qarori</a> tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
