

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;06.08.2004
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-835609" id="onLBC-835609">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8940"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC21083"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-835609" id="onLS-835609">[<b>TSZ:</b><div id="LS3739"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-835632" id="-835632">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-835634" id="-835634">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-835636" id="-835636">“OʻZDONMAHSULOT” DAVLAT-AKSIONERLIK KORPORATSIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-836343" id="-836343">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi 376-sonli “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-345376?ONDATE=06.08.2004 00#-346759">qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835640" id="-835640"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835646" id="-835646">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzdonmahsulot” davlat konsernini “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1994-yil 22-apreldagi PF—840-son <a href="/mact/-196299">Farmonini </a>ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835650" id="-835650">1. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasining <a href="/mact/-835609#-835819">1-ilovaga</a> muvofiq tarkibiga rozilik berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835653" id="-835653">Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835656" id="-835656">don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning hududiy aksionerlik uyushmalari, don mahsulotlari tarmoqlari korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan tashkil etiladi. Korporatsiya tarkibiga, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa korxonalar va tashkilotlar ham oʻzlarining iqtisodiy manfaatlarining umumiyligi asosida ixtiyoriy ravishda kirishlari mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835658" id="-835658">oʻz faoliyatini qatnashchilarning pay va kirish badallari, ular tomonidan berilgan vakolatlar hamda funksiyalar asosida tashkil etadi; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-836083" id="edi-836083"><a href="/mact/-835609?ONDATE=20.06.1994 00#-835662">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-836083" id="-836083">donni xarid qilish-saqlash-qayta ishlash-mahsulot ishlab chiqarish fondlarini taqsimlash-resurslarni joydan-joyga koʻchirish-pirovard mahsulotni tegishli oluvchilarga sotish tutash jarayoni bajarilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-836111" id="-836111">(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining .1994-yil 2-noyabrdagi 532-sonli <a href="/mact/-776357?ONDATE=02.11.1994 00#-776950">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835665" id="-835665">ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835669" id="-835669">“Oʻzdonmahsulot” davlat konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835671" id="-835671">Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835676" id="-835676">2. Korporatsiya boshqaruvi ijroiya apparatining tuzilmasiga <a href="/mact/-835609#-835894">2,</a> 2a<a href="/mact/-835609#-835701">*</a>-ilovalarga muvofiq va uning xodimlarining cheklangan soni 179 nafar boʻlishiga (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) rozilik berilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-835701" id="-835701">* 2a-ilova <a href="/mact/758659#-912892">rus tilidagi </a>matnda berilgan</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835680" id="-835680">“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga raisning 4 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835683" id="-835683">Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835685" id="-835685">Korporatsiya Raisi maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha respublika vaziriga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, raisning oʻrinbosarlari — vazirning oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835688" id="-835688">Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, korporatsiya Boshqaruvining ijroiya apparatini saqlash uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning foydalaridan kelishilgan normativlar boʻyicha ajratmalar hamda oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835689" id="-835689">3. Belgilab qoʻyilsinki, hududiy aksionerlik uyushmalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835692" id="-835692">mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarni iqtisodiy manfaatlarning umumiyligi prinsiplari asosida ixtiyoriy ravishda birlashtiradilar, oʻzlariga berilgan funksiyalarni bajarish yuzasidan oʻz muassislari oldida javob beradilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835705" id="-835705">viloyat barcha mintaqalarini don mahsulotlari bilan bir tekis taʼminlash uchun don mahsulotlarining tizim ichida joydan-joyga oʻtkazilishini va tayyor mahsulotning isteʼmolchilarga sotilishini taʼminlaydilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835709" id="-835709">yuridik shaxs huquqi bilan “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining qatnashchilari hisoblangan holda oʻz faoliyatlarini uyushma Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835713" id="-835713">uyushmalarning raislari muassislar yigʻilishi tomonidan saylanadilar va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835716" id="-835716">Belgilab qoʻyilsinki, bosh korxona uyushma Boshqaruvi ijroiya apparati funksiyasini amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835719" id="-835719">“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda hududiy aksionerlik uyushmasining Namunaviy ustavini ishlab chiqsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835730" id="-835730">4. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835731" id="-835731">“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi bilan birgalikda 1994—1996-yillar davomida davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni 3-ilovaga<a href="/mact/-835609#-994457">*</a> muvofiq amalga oshirsin;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-994457" id="-994457">* 3-ilova berilmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-836127" id="edi-836127"><a href="/mact/-835609?ONDATE=20.06.1994 00#-835733">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-836127" id="-836127">(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835736" id="-835736">kichik novvoyxonalar va korxonalarni xususiy mulk qilib sotishda don mahsulotlari tarmogʻi xodimlariga sotib olish uchun ustunlik huquqini bersin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835738" id="-835738">korporatsiyaga korporatsiya tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalarning egasi funksiyasini bersin;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-836136" id="edi-836136"><a href="/mact/-835609?ONDATE=20.06.1994 00#-835742">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-836136" id="-836136">(4-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835745" id="-835745">5. “Oʻzbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi aksionerlik jamiyatlari bilan birgalikda non va non-bulka mahsulotlari bilan savdo qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan chakana tarmoqni belgilangan tartibda 4-ilovaga muvofiq “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga bersin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835747" id="-835747">Non, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va aholiga sotish boʻyicha funksiyalar “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvda saqlab qolinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835756" id="-835756">6. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida non va non-bulka mahsulotlarini uzluksiz tashishni taʼminlash uchun korporatsiyaning avtotransport korxonalari negizida ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalar tashkil etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835758" id="-835758">7. Don yetkazib beruvchilarga kredit-hisob-kito6 xizmati koʻrsatishni tartibga solish va jadallashtirish hamda don mahsulotlari tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari ishlab turishi va yanada rivojlanishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-836150" id="edi-836150"><a href="/mact/-835609?ONDATE=20.06.1994 00#-835761">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-836150" id="-836150">“Gʻalla-bank” respublika aksionerlik-tijorat banki tashkil etilsin. Don xarid qilishni, uni saqlashni va qayta ishlashni, un, omixta em, non, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga kredit-hisob-kitob xizmati koʻrsatish, don topshiruvchilarga kelgusi hosil uchun avans berish, don tayyorlash mavsumi davrida kredit berish va don mahsulotlari korxonalari bilan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa tarmoqlar korxonalari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni taʼminlash bu bankning asosiy funksiyalari boʻlishi kerak;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-836172" id="-836172">(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli<a href="/mact/-283613?ONDATE=05.01.2001 00#-283736"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son , 2-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-836179" id="edi-836179"><a href="/mact/-835609?ONDATE=20.06.1994 00#-835763">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-836179" id="-836179">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Markaziy bankiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, “Dehqonchiliksanoatbank” respublika aksionerlik-tijorat bankiga va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga “Gʻalla-Bank” respublika aksionerlik-tijorat bankining muassislari boʻlish tavsiya qilinsin;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-836183" id="-836183">(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli<a href="/mact/-283613?ONDATE=05.01.2001 00#-283736"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son , 2-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835764" id="-835764">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda, respublika Hukumatiga “Gʻalla-Bank”ni tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlgan takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835769" id="-835769">8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1994-yildan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835771" id="-835771">respublikaning un bilan oʻzini oʻzi taʼminlashi maqsadida va don ekinlari ekin maydonlarining kengayishini hisobga olib “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan aniq maqsadli dasturiga muvofiq tegirmon va non pishirish korxonalari hamda don saqlash omborlari qurilishi uchun maqsadli uzoq muddatli kreditlar ajratish, kreditlarni toʻlash muddatini va ular uchun foizlar undirishni quvvatlarni oʻzlashtirishning normativ muddatlari tugashiga koʻra belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835779" id="-835779">donni eksport boʻyicha ham, MDH mamlakatlaridan ham, kliring boʻyicha hisob-kitoblarni ham qoʻshib, xarid qilish uchun belgilangan kvotalarga koʻra eksport qilinadigan paxta tolasiga haq toʻlash uchun bir yil muddatgacha maqsadli kredit resurslari ajratishni har yili nazarda tutish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835775" id="-835775">har yili “Gʻalla-Bank” bilan birgalikda respublika ichida don xarid qilish uchun hamda don topshiruvchilarga kelgusi hosil hisobiga kontrakt boʻyicha belgilangan qiymatning kamida 40 foizi miqdorida avans berish, shuningdek, doimiy saqlanadigan don va don mahsulotlari zaxiralarini kredit bilan taʼminlash uchun kredit resurslari ajratish masalalarini koʻrib chiqish tavsiya qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835783" id="-835783">9. Moliya vazirligi “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining oʻz oborot mablagʻlarini 200 mlrd soʻm-kuponga toʻldirish uchun 157 mlrd soʻm-kupon budjet ssudasini qarzni 1995-yil dekabr oyida toʻlash sharti bilan, shuningdek, qolgan 43 mlrd soʻm-kuponni shu yil 1-iyundagi holatiga koʻra donni qayta baholashdan olingan mablagʻlar hisobiga rasmiylashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835787" id="-835787">Moliya vazirligi bulka non narxlaridagi farqni tartibga solish uchun 1994-yilga tegishli budjet mablagʻlarini shu yil 1-iyundan boshlab “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga bersin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835790" id="-835790">10. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir oy muddatda don mahsulotlarini import boʻyicha mustaqil xarid qilishni, shuningdek, ushbu jarayon bilan bogʻliq boshqa masalalarni amalga oshirish uchun “Oʻzagroimpeks” respublika Tashqi savdo birlashmasini “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tizimiga berish toʻgʻrisida Hukumat qarorini tayyorlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835792" id="-835792">11. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi 1995-yildan boshlab respublika ichida ham, uning tashqarisida ham donni oldindan berilgan buyurtmalar (fyuchers bitishuvlar) boʻyicha xarid qilishni qoʻllasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835793" id="-835793">Shu maqsadlarda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank bir oy muddatda uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqsinlar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835794" id="-835794">12. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi ikki hafta muddatda Ustavni ishlab chiqsin va respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835798" id="-835798">13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzdonmahsulot” davlat konserni masalalari” haqida 1992-yil 21-fevraldagi 75-son <a href="/mact/-394104">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835799" id="-835799">14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M. Mutalov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-835800" id="-835800">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-835803" id="-835803">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-835807" id="-835807">1994-yil 20-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-835808" id="-835808">311-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835819" id="-835819"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-835821" id="-835821">Vazirlar Mahkamasining<br />1994-yil 20-iyundagi 311-son <a href="/mact/-835609#-835632">qaroriga<br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-835825" id="-835825">“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-835828" id="-835828">ROʻYXATI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835829" id="-835829"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835832" id="-835832">1. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Qoraqalpogʻiston aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835834" id="-835834">2. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Andijon aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835835" id="-835835">3. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Buxoro aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835837" id="-835837">4. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Jizzax aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835838" id="-835838">5. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Qashqadaryo aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835840" id="-835840">6. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Namangan aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835843" id="-835843">7. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Navoiy aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835844" id="-835844">8. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Samarqand aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835846" id="-835846">9. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Sirdaryo aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835849" id="-835849">10. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Surxondaryo aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835850" id="-835850">11. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Toshkent aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835852" id="-835852">12. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Fargʻona aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835853" id="-835853">13. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Xorazm aksionerlik uyushmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835854" id="-835854">14. Toshkent novvoyxonalar, va makaron sanoati ishlab chiqarish birlashmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835855" id="-835855">15. Toshkent bulka-qandolatchilik kombinati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835857" id="-835857">16. Loyiha-sanoat-qurilish birlashmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835858" id="-835858">17. Ishlab chiqarish-texnik butlash birlashmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835859" id="-835859">18. Respublika axborot-hisoblash va joriy qilish markazi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835861" id="-835861">19. Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-836213" id="edi-836213"><a href="/mact/-835609?ONDATE=20.06.1994 00#-835862">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-836213" id="-836213">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-noyabrdagi 377-sonli <a href="/mact/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498469">qarori</a> bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835863" id="-835863">21 Respublika don mahsulotlari boʻyicha nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835866" id="-835866">22. Respublika omixta em sanoati nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835872" id="-835872">23. Toshkent texnologiya texnikumi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835877" id="-835877">24. Rahbarlar, mutaxassislar va ishchi kadrlar malakasini oshirish kurslari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835881" id="-835881">25. Kichik korxona — “Qalqon” yuridik firmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835884" id="-835884">26. Toshkent tajriba-mexanika zavodi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835887" id="-835887">27. Toshkent “Oʻzsanoatdonloyiha” instituti.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835894" id="-835894"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-835898" id="-835898">Vazirlar Mahkamasining <br />1994-yil 20-iyundagi 311-son <a href="/mact/-835609#-835632">qaroriga<br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-835901" id="-835901">“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi ijroiya apparati </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-835905" id="-835905">TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-835908" id="-835908"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835911" id="-835911">1. Rahbariyat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835913" id="-835913">2. Iqtisodiyot, mulkni isloh qilish va qiymatli qogʻozlar bosh boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835919" id="-835919">3. Moliya va narx boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835921" id="-835921">4. Buxgalteriya hisobi boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835922" id="-835922">5. Mukammal qurilish boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835923" id="-835923">6. Don resurslari, kontraktlar va markazlashtirilgan hisob-kitoblar bosh boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835925" id="-835925">7. Marketing bosh boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835928" id="-835928">8. Mahsulot tayyorlashni tashkil etish va elevator-ombor xoʻjaligi boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835930" id="-835930">9. Don mahsulotlari yoʻnalishlarini tartibga solish dispetcherlik xizmati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835932" id="-835932">10. Tegirmon-yorma sanoati boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835935" id="-835935">11. Omixta em sanoati boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835938" id="-835938">12. Yangi texnologiyalar, rekonstruksiyalash va texnika bilan qayta jihozlash boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835945" id="-835945">13. Nazorat-taftish boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835947" id="-835947">14. Novvoyxona, makaron va qandolatchilik sanoati boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835951" id="-835951">15. Don inspeksiyasi bosh boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-835954" id="-835954">16. Standartlashtirish va sifat boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-836000" id="-836000">17. Yuk tashishni tashkil etish boshqarmasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-836002" id="-836002">18. Ishlar boshqarmasi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-836024" id="-836024"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-836026" id="-836026">Vazirlar Mahkamasining <br />1994-yil 20-iyundagi 311-son <a href="/mact/-835609#-835632">qaroriga</a><br />4-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-836029" id="-836029">“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasining “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga beriladigan non va non-bulka mahsulotlari bilan savdo qilishga ixtisoslashtirilgan doʻkonlari </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-836030" id="-836030">TARMOGʻI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-836032" id="-836032"></div></div><div class="BY_DEFAULT" id="theNotCssID"><div name="-836034" id="-836034" class="tabBox"><table id="theTableID" style="TABLE-LAYOUT: fixed; PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 100%; PADDING-TOP: 0px; BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="1" cols="2" rules="none" border="1" frame="void">
<colgroup>
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-000000 1px solid; BORDER-TOP: #-000000 1px solid; BORDER-LEFT: #-000000 1px solid; BORDER-BOTTOM: #-000000 1px solid">‎</td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-000000 1px solid; BORDER-TOP: #-000000 1px solid; VERTICAL-ALIGN: top; BORDER-LEFT: #-000000 1px solid; BORDER-BOTTOM: #-000000 1px solid; TEXT-ALIGN: center">
<p align="center">Doʻkonlar soni‎</p></td></tr>
<tr>
<td>Qoraqalpoq Sauda davlat uyushmasi‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">2‎</td></tr>
<tr>
<td>“Andijonsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">3‎</td></tr>
<tr>
<td>“Buxorosavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">2‎</td></tr>
<tr>
<td>“Jizzaxsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">—‎</td></tr>
<tr>
<td>“Qashqadaryosavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">2‎</td></tr>
<tr>
<td>“Namangansavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">1‎</td></tr>
<tr>
<td>“Navoiysavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">1‎</td></tr>
<tr>
<td>“Samarqandsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">4‎</td></tr>
<tr>
<td>“Surxonsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">1‎</td></tr>
<tr>
<td>“Sirdarysavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">2‎</td></tr>
<tr>
<td>“Toshkent viloyat savdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">21‎</td></tr>
<tr>
<td>“Fargʻonasavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">8‎</td></tr>
<tr>
<td>“Xorazmsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">1‎</td></tr>
<tr>
<td>“Toshkentsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎</td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">107‎</td></tr>
<tr>
<td>
<p align="center">Jami‎</p></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: top; TEXT-ALIGN: center">155‎</td></tr></tbody></table></div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
