1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.05.00 Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekistonning yirik xalqaro konsert-tomosha tadbirlari oʻtkaziladigan maydon sifatidagi jozibadorligini oshirish, madaniy mahsulotlar va xizmatlar eksportini kengaytirish, madaniy loyihalarni tashkil etish tizimini takomillashtirish, shuningdek, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining nufuzini yanada yuksaltirish maqsadida qaror qilaman:
I. Madaniy tadbirlarni tashkil etish tizimini takomillashtirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
1. Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) huzurida amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlangan holda “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy operator) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
(a) “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasining asosiy vazifalari va huquqlari 1-ilovaga muvofiq;
(b) “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
3. Belgilansinki, Milliy operatorga xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
(a) jamoat tartibini taʼminlash, tez tibbiy yordam va yoʻl-patrul xizmatlaridan bepul foydalanish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
(b) Milliy operator tomonidan oʻtkaziladigan madaniy tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan uskunalar, sahna va texnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, axborot-reklama materiallari, LED-ekranlar, dronlar hamda boshqa moddiy qiymatliklarni 2030-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etish. Bunda:
(i) mazkur kichik bandda nazarda tutilgan imtiyozlar, istisno tariqasida, Milliy operator tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida taqdim etiladi;
(ii) imtiyoz qoʻllanilgan mazkur tovarlar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki oʻtkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda bojxona boji belgilangan tartibda toʻliq hajmda import qiluvchidan undirib olinadi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
(a) Milliy operatorning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 18 nafarni tashkil etadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
(b) Milliy operator “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
5. Jamgʻarma raisiga, zarur hollarda, Milliy operatorning amaldagi shtat birliklarini saqlagan holda va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida uning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2027-yildan boshlab Milliy operator faoliyatini moliyalashtirishda oʻtkazilgan xalqaro tadbirlar davomida olingan qoʻshimcha daromadlarni inobatga olgan holda zarur mablagʻlar Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutib borilishini taʼminlasin. Bunda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
(a) yil davomida mega-tadbirlarni tashkil etishdan tushgan, shu jumladan, quyidagi tushumlar Milliy operatorning budjetdan tashqari hisob raqamida jamlanadi:
(i) biletlar sotuvidan tushgan tushumlar;
(ii) ijodkorlar bilan kelishgan holda xalqaro platformalar hamda ommaviy axborot vositalarida xalqaro tadbirlarni keng yoritish huquqini sotish hisobidan kelib tushgan tushumlar;
(iii) xorijiy va mahalliy turistlarga VIP biletni sotishdan tashqari qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishdan kelib tushgan tushumlar;
(iv) ijodkorlarning maxsus shaxsiy brendidagi mahsulotlar (kiyim, poster va boshqalar) sotuvidan tushadigan tushumlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
(b) Milliy operatorga davlat tadbirlari uchun zarur mablagʻlar Jamgʻarma hisob-kitoblariga asosan toʻliqligicha Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
8. Belgilansinki, Milliy operator tomonidan oʻtkaziladigan mega-konsertlar doirasida bepul chiptalar soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti bilan kelishiladi hamda maksimal oʻrindiqlar sonining 10 foizidan oshmasligi lozim.
9. Milliy operator tomonidan tashkil etiladigan mega-tadbirlarni texnik jihatdan taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.02 Havo hududidan foydalanish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
(a) Milliy operatorga mega-tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun dronlar, LED-ekranlarni olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.02 Havo hududidan foydalanish]
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi Milliy operatorning murojaati asosida dronlardan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomalarni 10 ish kunidan oshmagan muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.02 Havo hududidan foydalanish]
(v) Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati mega-tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan hududlarda dronlardan foydalanishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda kelishib berishni taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 4-moddasi.
II. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
10. Madaniyat vazirligi, Jamgʻarma va Samarqand viloyati hokimligining:
(a) “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) kelgusi yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba oʻtkazish;
(b) Jamgʻarmani Festivalning buyurtmachisi etib belgilash;
(v) Milliy operatorni Festivalga tashkiliy-texnik jihatdan tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha ijrochi operator etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
11. Quyidagilar:
(a) “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
(b) “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari 4-ilovaga muvofiq;
(v) “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Belgilansinki:
(a) Jamgʻarma Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.04 Reeksport;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.06 Vaqtincha olib kirish (chiqish)]
(b) Festivalni oʻtkazish doirasida Milliy operator va Jamgʻarma buyurtmalariga muvofiq vaqtincha olib kiriladigan yuklar, asbob-uskunalar va targʻibot-tashviqot materiallari belgilangan tartibda “vaqtincha olib kirish” hamda Festival yakuniga koʻra qaytarib olib chiqilganda, “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
13. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida quyidagi tartibda qoplanadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
(a) 40 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
(b) 30 foizi — Madaniyat vazirligiga 2027-yildan boshlab tegishli yilda Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsad uchun nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari hisobidan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
(v) 30 foizi — Samarqand viloyati mahalliy budjeti, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Milliy operatorning Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan zarur mablagʻlarning 2027-yilda Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.05.00 Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik]
15. Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarma va Milliy operator buyurtmalariga binoan tadbirlarni xorijda targʻib qilish, chet ellik ishtirokchilarni taklif qilishda koʻmaklashsin hamda shuningdek, ular uchun kirish vizalari, zarur hollarda, “Toshkent” va “Samarqand” xalqaro aeroportlarida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
16. Jamgʻarma Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda Festivalning ahamiyati tushuntirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritib borilishini tashkil etsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4214-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
19. Jamgʻarma:
(a) bir oy muddatda Milliy operatorning tuzilmasini, shtat jadvalini va ustavini tasdiqlasin;
(b) ikki oy muddatda:
(i)mega-tadbirlarni oʻtkazish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
(ii)qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi G.O. Umerova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-iyul,
PQ-270-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga 1-ILOVA
“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasining asosiy vazifalari va huquqlari
1. Asosiy vazifalar:
(a) xalqaro va respublika miqyosidagi festivallar, konsertlar, koʻrik-tanlovlar va Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining boshqa tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish;
(b) mamlakat ichida va xorijda, shu jumladan, Turizm qoʻmitasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning turistik salohiyatiga oid xalqaro va respublika koʻrgazmalarini (tasviriy va amaliy sanʼat, xalq hunarmandchiligi va kasb-hunar) tashkil etish;
(v) oʻzbek milliy sanʼatini mamlakatda va xorijda keng targʻib qilish, uning noyob namunalarini saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazish;
(g) xalqaro musiqa festivallari tashkilotlari bilan oʻzaro ijodiy hamkorlik qilish;
(d) ijodkorlar bilan kelishgan holda xalqaro platformalar hamda ommaviy axborot vositalarida xalqaro tadbirlarni keng yoritish;
(j) xalqaro tadbirlarga homiylar va metsenatlarni keng jalb qilish hamda hamkorlik oʻrnatish;
(z) Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy va mahalliy turistlar uchun yuqori darajadagi xizmatlar sonini oshirish orqali tadbirlarda ishtirok etuvchilar qamrovini oshirish;
(i) xalqaro ijodkorlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar doirasida ularning maxsus shaxsiy brending mahsulotlarini (kiyim, poster va boshqalar) realizatsiya qilishga koʻmaklashish.
2. Huquqlar:
(a) davlat koʻmagida oʻtkaziladigan, dunyoga mashhur artistlar ishtirokidagi xalqaro darajadagi konsert-tomosha tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda — mega-tadbirlar) tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha davlat buyurtmachisi va ayni vaqtda ularning tashkilotchisi (ijrochisi) sifatida ishtirok etish;
(b) mega-tadbirlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida hisobvaraqlar, shu jumladan, valyuta hisobvaraqlari ochish;
(v) mega-tadbirlar xarajatlar smetasini shakllantirishda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan oʻz foydasi foizini (tadbir umumiy smeta qiymatining 15 foizigacha) mustaqil belgilash;
(g) davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish, homiylik, grant va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish;
(d) loyiha guruhlarini, texnik topshiriqlarni shakllantirish hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga mega-tadbirlar taqvimi va ularni amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha takliflar kiritish.
Izoh: Milliy operator tomonidan madaniyat va sanʼat boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar xalqaro darajadagi tadbir sifatida toifalanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga 2-ILOVA
“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari
1. Davlat budjetidan, shu jumladan, har yili Davlat budjetidan Milliy operatorga tashkil etiladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar.
2. Qaytarish sharti bilan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar.
3. Madaniy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishdan tushadigan tushumlar.
4. Ijara va xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlar.
5. Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari.
6. Xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar grantlari.
7. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga 3-ILOVA
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi
2.
G.O. Umerova
—
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari
3.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
4.
B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
5.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
6.
E.G. Karimova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
7.
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
8.
A.A. Tashpulatov
—
ichki ishlar vaziri
9.
I.R. Maxkamov
—
transport vaziri
10.
B.X. Tashmatov
—
Milliy gvardiya qoʻmondoni
11.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
12.
Sh.A. Ayupov
—
Fanlar akademiyasi prezidenti
13.
B.G. Abdikarimov
—
Madaniy meros agentligi direktori
14.
A.Oʻ. Aqqulov
—
Turizm qoʻmitasi raisi
15.
D.A. Vaxabov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
16.
B.Q. Yusupaliyev
—
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi
17.
Z.Gʻ. Narzullayev
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi
18.
Sh.Sh. Xudaykulov
—
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi
19.
J.O. Umarxodjayev
—
“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi
20.
J.O. Axmedov
—
madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari — Kinematografiya agentligi direktori
21.
S.S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
22.
A.V. Nuridinov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi
23.
R.A. Abdullayev
—
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi
24.
A.A. Djurabayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
25.
A.K. Koʻchimov
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
26.
A.M. Boboyev
—
Samarqand viloyati hokimi
27.
Sh.B. Umurzakov
—
Toshkent shahri hokimi
28.
A.A. Mannopov
—
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga 4-ILOVA
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari
1. Xarajatlar smetasini tasdiqlash va uning doirasida tezkor tashkiliy qarorlar qabul qilish.
2. Festival konsepsiyasini, dasturning asosiy parametrlarini, brendlash va rasmiy ramzlardan foydalanish tartibini shakllantirish.
3. Milliy operator, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish.
4. Festivalga tayyorgarlikning alohida yoʻnalishlari boʻyicha ishchi guruhlar va ekspert kengashlarini tuzish.
5. Festivalni oʻtkazish muddatlarini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga 5-ILOVA
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbalari
Masʼul ijrochilar
1.
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasini Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tasarrufiga oʻtkazish va “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy operator) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
1. Milliy operator ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
2. Milliy operator faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash.
3. Direksiyaning amaldagi shtatlari, moddiy-texnika bazasi, moliyalashtirish manbalari, huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik masalalarini hal etish.
4. Milliy operator faoliyatini hamda unga mos ravishda shtatlar soni, moliyalashtirish manbalarini kengaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
5. Xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borish.
2026-yil avgust
-
Jamgʻarma,
Madaniyat vazirligi
2.
Samarqand shahridagi Registon maydonida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali (keyingi oʻrinlarda — Festival) oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.
1. Tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni qamrab oluvchi shtabni tashkil etish, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda xarajatlari smetasini tayyorlash.
Festival oʻtkaziladigan yili mart-aprel
Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar
Jamgʻarma,
Milliy operator, tegishli vazirlik va idoralar
2. Festivalni oʻtkazish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi reja ishlab chiqish:
Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasi;
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturi;
xorijiy va mahalliy musiqashunoslar, taniqli sanʼat arboblari, yetakchi mutaxassislar va faxriy mehmonlar roʻyxati;
Festivalning rasmiy qismi dasturi, shu jumladan, ochilish/yopilish marosimlari va badiiy-sahnalashtirish qismini tayyorlash va oʻtkazish.
Festival oʻtkaziladigan yili mart-aprel
3. Festivalni oʻtkazish boʻyicha yangilangan nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2026-yil avgust
4. Xalqaro hakamlar hayʼatining tarkibini shakllantirish.
Festival oʻtkaziladigan yili may
5. Festivalning yangi logotipini yaratish.
6. Mukofot dizaynini ishlab chiqish va mukofotlar tayyorlash.
2026-yil avgust
3.
Festivalni tashkiliy jihatdan taʼminlash.
1. Festival doirasida ishtirokchilarni mehmonxonalarda kutib olish va joylashtirish, ovqatlanish, transport xizmati, hamrohlik, madaniy dastur va dam olishni tashkil etish.
Festival oʻtkaziladigan yili iyun — avgust
Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar,
tashabbuskorlar mablagʻlari,
mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari
Samarqand viloyati hokimligi,
Jamgʻarma,
Turizm qoʻmitasi,
Transport vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Madaniy meros agentligi
2. Festival oʻtkaziladigan asosiy maydonni tashkil etish va tayyorlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, Samarqand shahrini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, pavilyonlarni oʻrnatish, tegishli hududlarni jihozlash, koʻngilochar tadbirlar, umumiy ovqatlanish joylari va avtobus bekatlari uchun joylarni aniqlash va jihozlash, hududni dekorativ bezash va zarur ishlovlarni yakunlashni taʼminlash.
Festival oʻtkaziladigan yili iyun — avgust
3. Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsulliklari orqali festivalga mehmonlarni taklif etish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
taklif etilgan mehmonlar roʻyxatini tuzish;
mehmonlarning kelishi va ketishini qamrab oluvchi jadvalni tayyorlash;
festivalda vakillari ishtirok etishi kutilayotgan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ularga tegishli taklifnomalar yuborish.
Festival oʻtkaziladigan yili aprel — avgust
Jamgʻarma,
Milliy operator,
Tashqi ishlar vazirligi
4. Festival doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan shakllantiriladigan hamda Jamgʻarma bilan kelishiladigan tadbirlar roʻyxatiga muvofiq madaniy tadbirlarni tashkil etish.
5. Festivalni YUNESKO shafeligida oʻtkazish boʻyicha tegishli arizani YUNESKOga taqdim etish.
Festival oʻtkaziladigan yili aprel
Jamgʻarma,
Tashqi ishlar vazirligi
4.
Festivalni axborot materiallari bilan taʼminlash va uning doirasida Oʻzbekiston madaniy merosini targʻib qilish.
1. Festivalning xorijiy ishtirokchilari va mehmonlarini Oʻzbekistonning tarixiy va madaniy hayoti bilan, shu jumladan, Oʻzbekistonning tarixiy yodgorliklari va diqqatga sazovor joylari boʻylab ekskursiya marshrutini ishlab chiqish orqali tanishtirish.
2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan obyektlarni belgilangan tartibda mehmonlarni qabul qilishga tayyorlash, shu jumladan, obodonlashtirish, taʼmirlash va tegishli holatga keltirish.
3. Oʻzbekiston sanʼati tarixi va bugungi kundagi ahamiyati toʻgʻrisida maxsus hujjatli film yaratilishini va uning milliy telekanallarda uch tilda namoyish etilishini taʼminlash.
4. Tasdiqlangan media-rejaga muvofiq Festivalning reklama-axborot targʻibotini amalga oshirish, shu jumladan, turistik tashkilotlar, internet-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot tarqatish, shuningdek, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Festival toʻgʻrisida axborot va reklama materiallarini tayyorlash va tarqatish, sayyohlar va hunarmandlarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari va konsulliklariga reklama foto va videomateriallari taqdim etish.
Festival oʻtkaziladigan yili mart — avgust
Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar
Jamgʻarma,
Turizm qoʻmitasi,
Samarqand viloyati hokimligi,
Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,
Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,
“Dunyo” axborot agentligi
5.
Mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.
1. Xorijdan tashrif buyuradigan festival ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda kutib olish, kuzatish boʻyicha maxsus shtablar tashkil qilish.
Festival oʻtkaziladigan yili iyul-avgust
Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar
Samarqand viloyati hokimligi,
Transport vazirligi,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
“Uzbekistan Airports” AJ,
“Uzbekistan Airways” AJ,
Toshkent shahar hokimligi,
Turizm qoʻmitasi,
Jamgʻarma
2. Mehmonlarni kutib olish joylarida festival toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni oʻrnatish.
Festival oʻtkaziladigan yili iyul-avgust
3. Festival kunlari Toshkent shahridan Samarqand shahriga harakatlanuvchi festival ishtirokchilari uchun yoʻlovchi poyezdlariga belgilangan tartibda joylar ajratilishi va zarur hollarda qoʻshimcha poyezdlar qoʻyilishini taʼminlash.
Festival oʻtkaziladigan yili iyul-avgust
4. Festivalga moʻljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish.
Festival oʻtkaziladigan yili iyul-avgust
6.
Xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.
Festival oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.
Festival oʻtkaziladigan davrda
Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar
Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
7.
Festival saytini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish.
1. Tadbirni yuqori saviyada yoritish maqsadida festival saytini takomillashtirish va unda axborotlarni uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) muntazam eʼlon qilib borish.
2026-yil avgust
Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Jamgʻarma
2. Bunda festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlar sanʼatkor va ijodkorlarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari va roʻyxatdan oʻtishlariga imkoniyat yaratish.
3. Sayt kontenti va tuzilmasini kelishish.
Festival oʻtkaziladigan yili may
8.
Festivalni moliyalashtirish.
1. Festivalning xarajatlar smetasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritish.
Festival oʻtkaziladigan yili mart-aprel
Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar
Jamgʻarma,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Milliy operator
2. Festival tadbirlari boshlanguniga qadar tasdiqlangan xarajatlar smetasi boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazishni taʼminlash.
Festival oʻtkaziladigan yili may
3. Ayrim tadbirlarni moliyalashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda keng jalb qilish.
Festival oʻtkaziladigan yil davomida
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 07/26/270/0765-son)