Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Davlat yer kadastri toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatning ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida” 1977-yil 10-iyundagi 501-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977-yil 24-iyundagi 416-son qarori (OʻzSSR QT, 1977-y., 6-son, 24-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-yanvardagi 44-son
qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-yil, 1-son, 4-modda) ning:
a)
2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“shaharlar va shaharchalarda davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
b) 9-bandining
ikkinchi xatboshidagi “tizimini” soʻzi oʻrniga “tizimining davlat yer kadastrini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi
nizom (1-ilova) ning:
1-bandining
ikkinchi xatboshidagi “Kosmik tabiatshunoslik” soʻzlari “Geoinformatika va kadastr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandining
ikkinchi xatboshi “shaharlar va shaharchalarda davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish” soʻzlari bilan boshlansin;
4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“shaharlar va shaharchalarda davlat yer kadastrini yuritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasini aerokosmik syemka materiallari, turli masshtablardagi reja-kartografiya asoslari, topografiya ishlari va davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bilan belgilangan tartibda taʼminlash”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda viloyatlar, tumanlar va aholi yashash joylarining maʼmuriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil etish va ularni olib borish”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 17-iyuldagi 255-son
qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 21-modda) ning:
a)
2-bandi quyidagi mazmunda bayon qilinsin: “2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrining yagona tizimiga kiritish uchun “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan va tegishli davlat va tarmoq kadastrlarini yuritish toʻgʻrisida nizomlardagi turlar, hajmlar va muddatlarda zarur maʼlumotlarni “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga taqdim etsinlar”.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisida
nizomning:
8-bandining
ikkinchi xatboshidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandi “tizimiga” soʻzidan keyin “Oʻzgeodezkadastr tomonidan va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Nizomga
1 va
2-ilovalardagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Yer resurslari davlat qoʻmitasi va “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi” soʻzlari, “Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.