Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Davlat yer kadastri toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatning ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida” 1977-yil 10-iyundagi 501-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977-yil 24-iyundagi 416-son qarori (OʻzSSR QT, 1977-y., 6-son, 24-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 17-iyuldagi 255-son
qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 21-modda) ning:
a)
2-bandi quyidagi mazmunda bayon qilinsin: “2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrining yagona tizimiga kiritish uchun “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan va tegishli davlat va tarmoq kadastrlarini yuritish toʻgʻrisida nizomlardagi turlar, hajmlar va muddatlarda zarur maʼlumotlarni “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga taqdim etsinlar”.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisida
nizomning:
8-bandining
ikkinchi xatboshidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandi “tizimiga” soʻzidan keyin “Oʻzgeodezkadastr tomonidan va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Nizomga
1 va
2-ilovalardagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Yer resurslari davlat qoʻmitasi va “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi” soʻzlari, “Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.