1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.04 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.08.00 Yer ostidan foydalanganlik uchun toʻlovlar (shuningdek, 07.10.05.00ga qarang);
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIning
qarori
ER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-fevralda 1098-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilga Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 567-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 14-yanvarda 6, 2002-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1098-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 3-4-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
8-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisiJ. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
2004-08-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 6-yanvardagi 8, 2004-08-sonli qaroriga ILOVA
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq yuridik shaxslar tomonidan soliq solish obyekti va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqib hisoblanadi. Soliq boʻyicha xisob-kitoblar oʻsib boruvchi yakun boʻyicha 2-ilovadagi shaklga muvofiq, hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha — yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida davlat soliq organlariga taqdim etiladi”
3. 11-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) rangli tosh xomashyosi, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiya materiallari namunalarini toʻplaganlik uchun — har chorakda hisob-kitoblarni takdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 62-modda)