Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarorining
12-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-oktabrdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli ichimliklar va pivo bilan chakana savdo qilish qoidalarining 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 36-modda; 1998-y., 2-son, 5-modda)
sakkizinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mayda chakana savdo tashkilotlarida (savdo zaliga ega boʻlmagan doʻkonlar, kioskalar, palatkalarda), dehqon bozorlarida va ulgurji bozorlarda (alkogolli mahsulotlar uchun)”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qaroriga
2-ilova — “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari”da keltirilgan 2204—2206, 2208 tovar kodlari boʻyicha alkogolli mahsulotlarning barcha turlariga (pivodan tashqari) aksiz soligʻi stavkasidagi “75” raqami “90” raqami bilan almashtirilsin.