toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING AYLANISHI USTIDAN DAVLAT MONOPOLIYASINI KUCHAYTIRISH HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARINI SOTISHDAN BUDJETGA TUSHUMNI KOʻPAYTIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Sifatsiz va qalbaki mahsulotlar kirib kelishidan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, ularni olib kelish, ishlab chiqarish va sotishdan budjetga daromadlar kafolatli tushishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
alkogol va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar aksiz markalarini aksiz soligʻini toʻliq miqdorda toʻlagandan keyin sotib oladilar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari bilan import qiluvchilarga boj toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlar ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga alkogolli va tamaki mahsulotlari olib kelinishiga joriy etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-maydagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 20-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda alkogolli va tamaki mahsulotlari uchun himoyalash darajasi kuchaytirilgan aksiz markalarining yangi namunalari tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
1998-yil 1-iyuldan boshlab olib kelinayotgan va ishlab chiqarilayotgan alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin hamda 1998-yil 1-sentabrdan boshlab ilgari amalda boʻlgan aksiz markalari bilan markalangan alkogolli va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlansin.
Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiya (Hamidov B. S.) alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibini oʻn kun muddatda tasdiqlasin.
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda aksiz markalarini yelimlash uchun yuqori va past haroratga hamda turli darajadagi namlikka chidamli maxsus yelimni bir oy muddatda ishlab chiqsin va ishlab chiqarishga joriy etsin.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 6-iyuldagi PF-2051-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 7-son, 131-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi spirt va aksiz markalari bilan markalanadigan mahsulotlarning respublika hududiga noqonuniy olib kelinishining oldini olish yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsin. Bojxona postlarini mustahkamlash yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
4. “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida qalbakilashtirishdan himoyalangan muvofiqlik belgilari (etiketka va tiqinlarda)ni joriy etsin va alkogolli mahsulotlarni koʻrsatib oʻtilgan muvofiqlik belgilari bilan markalash tartibini bir oy muddatda tasdiqlasin.
1998-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan muvofiqlik belgilari mavjud boʻlmagan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi taqiqlansin.
5. “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishini, idishlarga quyilishini, saqlanishini va ulgurji sotilishini hisobga olish va nazorat qilish yuzasidan Nizom ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Hisobga olinmagan alkogolli mahsulotlar va spirt ishlab chiqarilishining oldini olish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiya liniyalarini bu mahsulotlarni hisobga olish priborlari bilan jihozlashni tashkil etish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni, hisobga olinmagan mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish yoʻllarini aniqlash uchun zarur hollarda ularni ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetkazib beruvchi korxonalarda ham muqobil tekshirishlarni nazarda tutgan holda, shuningdek foydalanilgan xom ashyo miqdori va sifati ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va sifatiga muvofiqligini yalpi tekshirishdan oʻtkazsinlar.
Tekshirish natijalari toʻgʻrisida 1998-yil 1-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
8. Belgilab qoʻyilsinki, alkogolli mahsulotlar faqat yuridik shaxslar tomonidan turgʻun savdo tarmogʻi orqali sotiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
1998-yil 1-iyundan boshlab alkogolli mahsulotlarning mayda chakana savdo tarmoqlari (savdo zaliga ega boʻlmagan doʻkonlar, kioskalar va palatkalar)da sotilishini toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
9. Belgilab qoʻyilsinki:
spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari — xom ashyo resurslarini sarflash va ularni saqlash, ishlab chiqarishni hisobga olish hamda uni nazorat qilish tartibi buzilganligi, belgilangan standartlarga muvofiq kelmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarilganligi, ularni aksiz markalari bilan markalash qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun;
yuridik shaxslarning rahbarlari hamda tegishli mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan aksiz soligʻi solinadigan markalanmagan mahsulotlar ortib joʻnatilganligi uchun, shuningdek, ularning noqonuniy tayyorlanganligi, olib kelinganligi, saqlanganligi, transportda tashilganligi va sotilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1861-moddasi.
Savdo tarmoqlarida aksiz markasi boʻlmagan alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilganligi uchun mahalliy davlat soliq xizmati organi rahbarlari va mansabdor shaxslariga egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha boʻlgan javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
11. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlarni olib kelish, transportda tashish, ishlab chiqarish va sotish tartibiga rioya qilishga oid olib borilayotgan tadbirlarni va qonun buzuvchilarga nisbatan koʻrilayotgan javobgarlik chora-tadbirlarini keng yoritsinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Hukumatning tegishli qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-may,
221-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)