toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oilaviy maslahat xizmatlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini takomillashtirish, huquqiy va psixologik xizmatlar koʻrsatish, ota-onalikka tayyorlash taʼlim dasturlari orqali masʼuliyatli ota-onalik koʻnikmalarini shakllantirish va oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari huzuridagi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari negizida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tizimida yuridik shaxs boʻlmagan Oila va xotin-qizlar maskanlarini (keyingi oʻrinlarda — maskanlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Maskanlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
nikohlanuvchi yoshlar, oilasida muammosi boʻlgan, nikoh qurganiga 5 yil toʻlmagan hamda oilaviy ajrim bilan bogʻliq nizoli oilalarni alohida dasturlar asosida oʻqitish;
psixologik, huquqiy, mediativ, tibbiy, mentorlik yoʻnalishlarida oilaviy maslahat xizmatlarini koʻrsatish;
yoshlar uchun giyohvandlik, erta tugʻruq va erta nikohning oqibatlari, yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan oʻquvlar tashkil etish;
nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, oilaviy-huquqiy munosabatlar hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, shu jumladan, oiladagi nizolarni zoʻravonliksiz hal etish madaniyatini shakllantirish masalalari boʻyicha “maishiy zoʻravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kurslarini tashkil etish;
profilaktika hisobida turgan ayollarga stress, qoʻrquv va ishonchsizlikni yengish hamda ijtimoiy moslashuv dasturlarini tashkil etish;
oilasida muammosi boʻlgan, nikoh qurganiga 5 yil toʻlmagan oilalar uchun oilaviy muammolarni bartaraf etish koʻnikmasini shakllantirish, bola psixologiyasi, ota-onalikni rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini amalga oshirish;
oilaviy ajrim bilan bogʻliq, sud va FHDY organlariga ariza bergan nizoli oilalar bilan alohida ishlash, muloqotni tiklashga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkazish, oilaviy ajrimlarning oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
migratsiyadan qaytgan, ogʻir ahvoldagi ayollarning ruhiy va hissiy salomatligini tiklash, ularning jamiyatga integratsiya qilinishi yuzasidan kuzatuv va qoʻllab-quvvatlash dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar uchun zoʻravonlik holatlarining salbiy oqibatlari va qonuniy javobgarligini tushuntirish, hissiyotlarni boshqarishni oʻrgatish;
sogʻlom ovqatlanish, nutritsiologiya, diyetologiya boʻyicha maslahatlar berish, sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
lider tadbirkorlarni jalb qilgan holda, zamonaviy tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha xotin-qizlarga maslahatlar berish;
“Xavfsiz migratsiya”ni taʼminlashda ayollarga koʻmaklashish, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan daromadli kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, konsalting xizmatlarini tashkil etish.
3. Belgilansinki, maskanlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
mahalladagi xotin-qizlar faollari maskanlar faoliyatini targʻib qiladi, oilalar va xotin-qizlarni maskanlarga yoʻnaltiradi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari maskanlar faoliyatini tashkil etish, uning ish rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va ish rejaning bajarilishini taʼminlash, malakali mutaxassislar va jamoatchilik vakillarini jalb etish choralarini koʻradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari maskanlarga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyat samaradorligini taʼminlaydi, davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida loyihalarni jalb etadi.
4. Quyidagilar:
Oila va xotin-qizlar maskanlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Oila va xotin-qizlar maskanlari faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda maskanlarda aholiga oilaviy maslahat xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etsin. Bunda:
maskanlarda aholiga huquqiy va psixologik xizmatlar koʻrsatish uchun zarur mutaxassislar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etiladi va tegishli xarajatlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26- bobi.
jalb etilgan mutaxassislarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan soatbay haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
maskanlar faoliyatini samarali tashkil qilishga koʻmaklashsin hamda ularga tegishli mutaxassislarning jalb etilishini nazoratga olsin;
maskanlarni joylashtirish uchun mos binolar ajratilishini taʼminlasin;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maskanlarni kompyuter texnikasi, kanselyariya va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash, binolarni saqlash (kommunal xizmatlar, joriy taʼmirlash va boshqalar) bilan bogʻliq xarajatlarni mahalliy budjet, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
7. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda “Nuroniylar” jamgʻarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
maskanlarga belgilangan vazifalarni sifatli va tizimli amalga oshirish maqsadida malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
maskanlarni qoʻllanmalar va tarqatma materiallar, videorolik va sohaga oid boshqa targʻibot materiallari bilan taʼminlasin;
vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda sohaga doir dasturlar va metodologiyalarning ishlab chiqilishini tashkillashtirsin.
8. Maskanlar faoliyatini tizimli tashkil etish va unda koʻrsatilayotgan xizmatlar hamda oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar sifatini oshirish maqsadida:
a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maskanlarda psixolog maslahati va psixologik bilimlar berilishini tashkil etishga yordamlashadi;
b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maskanlarda oʻquvlarni tashkil etishda malakali mutaxassislar, professor-oʻqituvchilarni jalb qiladi hamda talaba-yoshlar oʻrtasida maskanlar faoliyatini targʻib qilish choralarini koʻradi;
v) Adliya vazirligi:
maskanlarda huquqshunos maslahati va huquqiy bilimlar berilishini tashkil etish boʻyicha choralar koʻradi;
FHDY organlariga nikohga ariza bergan nikohlanuvchi shaxslarning ushbu maskanlarda tashkil etilayotgan oilaviy hayotga tayyorlash kurslaridagi ishtirokini taʼminlaydi;
faoliyati oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, oilaviy muammolarni bartaraf etish va nizoli oilalar bilan ishlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, psixologik yordamlar koʻrsatishga qaratilgan eng namunali nodavlat notijorat tashkilotlarini hamkorlik uchun maskanlar faoliyati bilan tanishtirish choralarini koʻradi;
maskanlar faoliyatini huquqiy qoʻllanmalar va tarqatma materiallar bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
g) Ichki ishlar vazirligi:
nizoli oilalar bilan ishlash uchun psixologlarni jalb qiladi;
maskanlarda oilaviy-maishiy nizolar bilan bogʻliq muammoli oilalar bilan maqsadli ishlarni tashkil etishga amaliy yordam berilishini taʼminlaydi;
himoya orderi olgan va profilaktik hisobdagi xotin-qizlar bilan reabilitatsiya ishlari, tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan va sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar bilan korreksion dasturni oʻtkazish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb qiladi;
d) Sogʻliqni saqlash vazirligi:
reproduktiv salomatlik, sogʻlom turmush tarzi va shu kabi mavzular boʻyicha metodologik va tarqatma materiallar, videoroliklarni yetkazadi, reja-grafik asosida reproduktiv salomatlik asoslari, erta nikoh va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etadi;
maskanlarda tibbiy maslahat va tibbiy bilimlar berilishini tashkil etish boʻyicha choralar koʻradi, oʻquvlarda tor soha mutaxassislari ishtirokini taʼminlaydi;
maskanlarda “Salomatlik xonalari” hamda “Ona va bola xonalari”ni tashkil etishga koʻmaklashadi;
e) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish boʻyicha maskanlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
j) Yoshlar ishlari agentligi:
maskanlar faoliyatini oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, nikoh yoshiga yetgan yoshlar orasida targʻib qiladi, yoshlarni volontyorlik, mentorlik va ijtimoiy loyihalar orqali jalb qilish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi;
oila mavzusiga bagʻishlangan taʼsirchan videofilm, videoroliklar, infografik lavhalar mediatekasini tashkil etadi, taʼsirchan videoroliklarni ommaviy axborot vositalari va saytlarda namoyish etadi, tarqatma materiallar bilan taʼminlaydi;
z) “Nuroniy” jamgʻarmasiga:
oila institutini mustahkamlash, avlodlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash, milliy qadriyatlar va urf-odatlarni asrashga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini maskanlar bilan hamkorlikda amalga oshirish;
yosh oilalarga maʼnaviy-maʼrifiy maslahatlar berish, oilaviy nizolarni bartaraf etishga koʻmaklashish;
“Avlodlar muloqoti”, “Oila maktabi” kabi tadbirlarni, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar oʻtkazishni tashkil etishda koʻmaklashish tavsiya etiladi.
9. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oila va xotin-qizlar maskanlari faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
257-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qaroriga
1-ILOVA
Oila va xotin-qizlar maskanlarida amalga oshiriladigan
CHORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼullar

1.

Nikohlanuvchi shaxslar uchun oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, oilaviy-huquqiy munosabatlar hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha oilaviy hayotga tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi (keyingi oʻrinlarda — boshqarma boshligʻi) tomonidan tasdiqlash.

Har yili yanvar oyida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Adliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

(kelishuvga asosan)

2. Oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy turmush psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, oila iqtisodi va budjeti, ota-onalik ijobiy koʻnikmalari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar boʻyicha oʻquvlarni tashkil qilish.

Har haftada,

reja-grafik asosida

3. Oʻquvlarda malakali mutaxassislarning ishtirokini taʼminlash.

Reja-grafik asosida

4. Oʻquvlarga nikohlanuvchi shaxslarni, yosh oilalarni hamda oilaning boshqa aʼzolarini jalb qilish.

Reja-grafik asosida

5. Oʻquvlarda ishtirok etgan nikohlanuvchi shaxslarga sertifikat berish va bu haqida maʼlumotni FHDY organlarining tegishli platformasiga kiritish.

Oʻquvlar yakunlari boʻyicha

2.

Oila aʼzolarini oilaviy munosabatlarga tayyorlash boʻyicha konsultativ xizmatlarni hamda oilalar va xotin-qizlarga psixologik, huquqiy xizmatlarni koʻrsatish, milliy va oilaviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish.

1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida oʻquv-targʻibot dasturini ishlab chiqish va boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash.

Har yili yanvar oyida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Adliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

2. Oʻquvlarni reja-grafik asosida tashkil etish.

3. Oʻquvlarda malakali mutaxassislar va jamoatchilik vakillarining ishtirokini taʼminlash.

Har haftada,

reja-grafik asosida

4. Oilalar va xotin-qizlarga individual psixologik va huquqiy xizmatlarni koʻrsatish.

Doimiy

5. Milliy va oilaviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish boʻyicha mediakontentlar tayyorlash, axborot-maʼrifiy dasturlarini amalga oshirish.

Doimiy

3.

Ota-onalikni rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini tashkil etish, “Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasini amalga oshirish.

1. Ota-onalikni rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maskanlarga yetkazish va boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash.

Har yili yanvar oyida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

(kelishuvga asosan)

2. Mazkur taʼlim dasturlari hamda “Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasini ijrochilarga yetkazish boʻyicha onlayn va offlayn seminarlar tashkil etish.

2026-yil iyun

3. Oʻquvlarni reja-grafik asosida tashkil etish.

4. Oʻquvlarga mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ota-onalarni jalb qilish.

Har hafta,

reja-grafik asosida

5. Malakali mutaxassislarning ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

6. Axborot va media orqali ota-onalik ijobiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini tashkil etish.

Doimiy

4.

Xotin-qizlarni talab yuqori boʻlgan daromadli kasb-hunarga belgilangan tartibda oʻqitish, mentorlik orqali oʻquv-seminarlar tashkil etish, lider tadbirkorlarni jalb qilgan holda zamonaviy tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha maslahatlar berish.

“Xavfsiz migratsiya”ni taʼminlash boʻyicha ayollarga koʻmaklashishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan oʻquvlar namunaviy reja-jadvalini hamda dasturini ishlab chiqish va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qilish.

Har yili yanvar oyida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Savdo-sanoat palatasi,

Migratsiya agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan dastur va namunaviy reja-jadvallarni hududiy boshqarmalariga yetkazish.

Har haftada,

reja-grafik asosida

3. Zamonaviy usullar asosida mentorlik orqali oʻquv-seminarlar tashkil etish uchun malakali mutaxassislar biriktirish.

4. Oʻquvlarni reja-grafik asosida tashkil etish.

Doimiy

5. Lider tadbirkorlarni aniqlash va ularni tajriba almashish uchun oʻquvlarga jalb qilish.

Doimiy

6. Ishtirokchilarga mehnat bozoridagi yangiliklar, trendlar va imkoniyatlar haqida maʼlumot berib borish.

Reja-grafik asosida

7. “Xavfsiz migratsiya”ni taʼminlashda til boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etishda koʻmaklashish.

Reja-grafik asosida

5.

Reproduktiv salomatlik, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, tibbiy konsultatsiyalar berish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan reproduktiv salomatlik, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qilish.

2026-yil may-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan dastur va namunaviy reja-jadvallarni hududiy boshqarmalarga yetkazish.

Reja-grafik asosida

3. Reproduktiv salomatlik va sogʻlom turmush tarziga oid metodologik va tarqatma materiallar hamda videoroliklar tayyorlash.

4. “Salomatlik”, “Ona va bola” xonalarini tashkil etish.

Reja-grafik asosida

5. Reproduktiv salomatlik asoslari, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tushuntirish ishlari va tibbiy konsultatsiyalarni olib borish.

6. Sogʻlom ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalari, bolalarni toʻgʻri parvarish qilish boʻyicha maslahatlar berish.

2026-yil avgust

Har haftada,

reja-grafik asosida

7. Sport bilan shugʻullanish imkoniyati mavjud maskanlarda sport-sogʻlomlashtirish xizmatlarini amalga oshirish.

Doimiy

8. Oʻquvlarni reja-grafik asosida tashkil etish.

9. Malakali mutaxassislarning ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

6.

Nizoli oilalar bilan individual ishlash, mediativ xizmatlarni tashkil etish.

1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida dastur va rejani ishlab chiqish hamda boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash.

Har yili yanvar oyida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

(kelishuvga asosan)

2. Nizoli oilalar bilan psixologlar, huquqshunoslar, nuroniylar, ibratli oilalar va boshqa jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda alohida suhbatlar oʻtkazish.

Har haftada,

reja-grafik asosida

3. Oilalarni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish boʻyicha videoroliklar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tayyorlash hamda ishtirokchilarga namoyish etish va tarqatish.

Har chorakda

4. Targʻibot ishlarining natijasini monitoring qilib borish.

Reja-grafik asosida

7.

Ijtimoiy-maʼnaviy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar bilan alohida ishlash, yot gʻoyalar taʼsirini oldini olish boʻyicha suhbatlar oʻtkazish.

1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida oʻtkaziladigan suhbatlar rejasi va tezislarni ishlab chiqish hamda boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash.

2026-yil may-iyun

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

(kelishuvga asosan),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Ijtimoiy-maʼnaviy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar bilan psixologlar, nuroniylar, din vakillari, ibratli oilalar va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirokida alohida suhbatlar oʻtkazish.

Har haftada,

reja-grafik asosida

3. Videoroliklar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tayyorlash va ishtirokchilarga taqdim etish.

Har chorakda

4. Targʻibot ishlarining natijasini monitoring qilib borish.

Reja-grafik asosida

8.

Himoya orderi olgan, “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi hisobida turgan xotin-qizlarni ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, oila-turmush doirasida tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan, bunga moyil boʻlgan shaxslar bilan tuzatish dasturlarini olib borishda hamkorlik qilish.

1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida reja va dasturlarni ishlab chiqish hamda boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash.

2026-yil may-iyun

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

(kelishuvga asosan),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Psixologlar, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, nuroniylar, ibratli oilalar va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirokida tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan, bunga moyil boʻlgan shaxslar bilan alohida suhbatlar oʻtkazish.

Har haftada,

reja-grafik asosida

3. Tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda himoya orderi olgan, “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi hisobida turgan xotin-qizlarning ijtimoiylashuviga koʻmaklashish.

Har chorakda

4. Xotin-qizlarga, bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hamda oilaviy-maishiy zoʻravonlikning salbiy oqibatlari va qonuniy jazo choralari toʻgʻrisida videoroliklar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tayyorlash hamda ishtirokchilarga namoyish etish va tarqatish.

Reja-grafik asosida

5. Targʻibot ishlarining natijasini monitoring qilib borish.

Doimiy

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qaroriga
2-ILOVA
Oila va xotin-qizlar maskanlari faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) hisoblash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oila va xotin-qizlar maskanlari (keyingi oʻrinlarda — maskanlar) faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) hisoblash tartibini belgilaydi.
2. KPI tizimi maskanlar faoliyatini natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruv asosida tashkil etish, xizmatlar qamrovi va sifati, taʼlim dasturlari va oilaviy maslahat xizmatlari samaradorligi hamda ijtimoiy taʼsirini baholash maqsadida joriy etiladi.
3. Mazkur Nizom talablari barcha tuman (shahar) maskanlari uchun majburiy hisoblanadi.
4. KPI koʻrsatkichlari quyidagi tamoyillar asosida hisoblanadi:
xolislik va shaffoflik;
oʻlchanuvchanlik va aniqlik;
taqqoslash imkoniyati;
maʼlumotlarning haqqoniyligi;
natijaga yoʻnaltirilganlik.
5. KPI hisob-kitoblari har oy yakunida amalga oshiriladi, har chorak va yil yakunida tahlil qilinadi.
2-bob. Maʼlumotlarni qabul qilish manbalari
6. KPI hisoblashda quyidagi rasmiy maʼlumotlar manba sifatida qabul qilinadi:
FHDY organlari maʼlumotlari;
sud organlari maʼlumotlari;
ichki ishlar organlari va “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi maʼlumotlari;
sogʻliqni saqlash organlari maʼlumotlari;
bandlik organlari maʼlumotlari;
maskanning elektron hisobot bazasi.
7. Maʼlumotlarning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida kiritilishi uchun tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
KPI tizimi 4 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha 18 ta koʻrsatkichni oʻz ichiga oladi.
3-bob. Qamrov koʻrsatkichlari va ularni hisoblash
8. Nikohlanuvchi yoshlarning maskan kurslarida ishtirok etishi:
9. Nikoh qurganiga besh yilgacha boʻlgan yosh oilalarning oʻquv dasturlari bilan qamrab olinishi:
10. Nizoli oilalar bilan individual ishlash ulushi:
11. Himoya orderi olgan xotin-qizlarning reabilitatsiya dasturlariga jalb etilganligi:
12. Migratsiyadan qaytgan ayollarning psixologik va ijtimoiy moslashuv dasturlari bilan qamrab olinishi:
4-bob. Sifat koʻrsatkichlari va ularni hisoblash
13. Foydalanuvchilarning xizmatlardan qoniqish indeksi:
14. Jalb etilgan mutaxassislarning malaka darajasi:
15. Metodik va tarqatma materiallar bilan taʼminlanganlik darajasi:
16. Individual ish natijasida ijobiy oʻzgarish qayd etilgan holatlar ulushi:
5-bob. Natija (samaradorlik) koʻrsatkichlari va ularni hisoblash
17. Hududda ajrimlar sonining yillik kamayishi:
18. Takroriy murojaatlar sonining qisqarishi:
19. Erta nikoh holatlari dinamikasi:
20. Oilaviy zoʻravonlik holatlari dinamikasi:
21. Maskan orqali kasb-hunarga oʻqitilib, ishga joylashgan xotin-qizlar ulushi:
6-bob. Baholash va reyting tartibi
22. Har bir KPI koʻrsatkichi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
90 — 100 foiz — 5 ball;
75 — 89 foiz — 4 ball;
60 — 74 foiz — 3 ball;
40 — 59 foiz — 2 ball;
40 foizdan past — 1 ball.
23. Barcha koʻrsatkichlar boʻyicha oʻrtacha ball aniqlanadi va maskanning yillik reytingi shakllantiriladi.
24. KPI natijalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan respublika darajasida yagona elektron reyting shakllantiriladi.
25. Reyting natijalari asosida:
namunali deb topilgan maskanlar ragʻbatlantiriladi;
samaradorligi past maskanlar boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Bunda maskanlarni namunali deb topish va ragʻbatlantirish Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Notoʻgʻri maʼlumot taqdim etish, sunʼiy koʻrsatkich shakllantirish holatlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
27. Mazkur Nizom maskanlar faoliyatini natijaga yoʻnaltirilgan, samarali va ijtimoiy taʼsirchan boshqaruv mexanizmi asosida tashkil etishga xizmat qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 974-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 68-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyati hamda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 10-dekabrdagi 833-son qaroriga ilovaning 23-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 09/26/257/0515-son)