1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
2.Moliya / Investitsiyalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA qOʻMITASINING
Qarori
“NOMOLIYAVIY AKTIVLARGA KIRITILGAN INVESTITSIYaLAR TOʻGʻRISIDA HISOBOT” BOʻYIChA 2-INVEST(YILLIK) VA 2-INVEST (ChORAKLIK) DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TOʻLDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 24-fevralda 1316-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2007-yil 25-avgustdagi 2-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 23-yanvardagi 1-son “Nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot” boʻyicha 2-invest (yillik) va 2-invest (choraklik) Davlat statistika hisoboti shakllarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1316-1, 12.09.2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 409-sonli “Qurilish doirasidagi hisobotlarni yanada takomillashtirish boʻyicha tadbirlar” toʻgʻrisidagi qarori asosida Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot” boʻyicha 2-invest (yillik) va 2-invest (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.