1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Atrof-muhitga taʼsirni baholashning yangi mexanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, iqlim oʻzgarishi salbiy oqibatlarini keltirib chiqaruvchi sanoat korxonalarining atrof-muhitga va inson salomatligiga salbiy taʼsirining oldini olish va kamaytirishning xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq quyidagilar belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishining majburiyligi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilishi taqiqlangani;
ekolog-ekspert faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
attestatsiyadan oʻtkazilgan xodim ekolog-ekspert boʻlishi mumkinligi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash loyihani ishlab chiquvchilar tomonidan oʻtkazilishi;
loyihani ishlab chiquvchi shtatida tegishli malaka sertifikati mavjud boʻlgan kamida ikki nafar xodimga ega boʻlishi kerakligi;
davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablar bajarilishi shartligi.
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat turlari va obyektlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
Atrof-muhitga taʼsirni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
Moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilarning faoliyatini tashkil etish va reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzani tayyorlash va uning sifatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
ekologik ekspertiza obyektlari atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha uch toifaga ajratiladi hamda majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikati beriladi;
ekolog-ekspertlar belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkaziladi;
strategik rejalashtirish hujjatlari strategik ekologik baholanadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish hamda ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish jarayonlari Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) uch oy muddatda:
ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda, veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishning elektron hujjat almashinuvi tizimi yanada takomillashtirilishini;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish hamda ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar kengashi tarkibi va uning nizomi tasdiqlanishini;
loyihani ishlab chiquvchilar reytingi mezonlarini tasdiqlash va ularning reytingini yuritishni;
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlarining rejasini tasdiqlasin va uning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
6. Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga taʼsirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-may,
234-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat turlari va obyektlar
ROʻYXATI
T/r
Faoliyat turlariva obyektlari
Ekspertizani oʻtkazish muddati
(ish kuni)
Toʻlov miqdori
(BXM)
I. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I toifasiga mansub (yuqori darajada xavfli) faoliyat turlari va obyektlari
1. Transport, elektrotexnika va yoʻl xoʻjaligi
1.
“A” va “M” toifadagi avtomobil yoʻllari va koʻpriklar, tonnellar, metro, temir yoʻllar (umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar bundan mustasno) va yuk terminallari, logistika markazlari, shu jumladan, daryo portlari va pristanlar.
25
25
2.
Aeroportlar.
25
25
3.
Mashinasozlik sanoati (aviasozlik, vagonsozlik, avtomobilsozlik, traktorsozlik, motor hamda mototransport ishlab chiqarish va boshqalar).
25
25
4.
Elektrotexnika va radiotexnika sanoati korxonalari.
25
25
2. Energetika sanoati
5.
Atom stansiyalari, yadroviy reaktorli qurilmalar, shu jumladan, modulli atom reaktorlari, atom sanoati chiqindilari va boshqa radioaktiv chiqindilarga ishlov berish yoki utilizatsiya qilish qurilmalari.
25
25
6.
300 MVt yoki undan ortiq quvvatga ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa energetik yondirish qurilmalari.
25
25
7.
100 MVt va undan ortiq quvvatga ega boʻlgan fotoelektr va shamol elektr stansiyalari.
25
25
8.
30 MVt dan ortiq quvvatga ega boʻlgan gidroelektrostansiyalar.
25
25
9.
110 kV va undan yuqori kuchlanishga ega boʻlgan (havo va kabel) elektr uzatish liniyalari, shu jumladan, transformator stansiyalari (podstansiyalar).
25
25
10.
Bioreaktor umumiy sigʻimi 500 m3dan yuqori boʻlgan biogaz qurilmalari.
25
25
11.
Transformator ishlab chiqarishga moʻljallangan korxonalar.
25
25
12.
Vodorod ishlab chiqarish.
25
25
13.
100 MVt va undan yuqori quvvatga ega boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimlari.
25
25
14.
Kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish (eritish va quyish).
25
25
3. Neft va gaz sanoati
15.
Neft va neft mahsulotlarini saqlash hajmi boʻyicha I toifadagi bazalar.
25
25
16.
Yoqilgʻi resurslarini (neft, gaz, koʻmir, kondensat va boshqalar) geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish, quduqlarni jihozlash ishlari.
25
25
17.
0,6 MPa dan yuqori bosimli gaz quvurlari.
25
25
18.
Magistral neft quvurlari.
25
25
19.
Neft va gazni qayta ishlash korxonalari (tayyor moylardan moylash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bundan mustasno).
25
25
20.
Yerosti gaz omborlari.
25
25
21.
Koʻmirni boyitish hamda qayta ishlash korxonalari.
25
25
4. Metallurgiya, togʻ-kon va geologiya sanoati
22.
Kon boyitish fabrikalari.
25
25
23.
Ruda, kimyoviy xomashyoni va qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish, qazib olishda hosil boʻladigan karyerlarni va ularga tutash hududlarni rekultivatsiya qilish ishlari.
25
25
24.
Qora va rangli metallurgiya zavodlari.
25
25
25.
Yer ostida ishqor bilan yuvish poligonlari, shuningdek, zich holatda ishqor bilan yuvish texnologiyasidan foydalanadigan korxonalar.
25
25
26.
Akkumulyatorlar va ularning elementlari, shuningdek, galvanik batareyalar ishlab chiqarish korxonalari.
25
25
27.
Ishlab chiqarish quvvati soatiga 20 tonnadan ortiq qora metallar prokati (quymasiz).
25
25
28.
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan qimmatbaho metallar affinaj faoliyati.
25
25
5. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari
29.
Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.
25
25
30.
Suv omborlari va toʻgʻonlar.
25
25
31.
Daryo va soy oʻzanlarini toʻplanib qolgan noruda materiallardan tozalash ishlari.
25
25
32.
500 gektardan ortiq maydondagi yerlarni oʻzlashtirish, rekonstruksiya qilish va meliorativ holatini yaxshilash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlari.
25
25
6. Kommunal xizmat koʻrsatish sohasi
33.
Sutkalik ish hajmi 280 ming m3 ortiq boʻlgan oqova suv tozalash inshootlari.
25
25
34.
Gazsimon yoki suyuq xlordan foydalanuvchi xloratorlar.
25
25
7. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish
35.
Maishiy chiqindi poligonlari (200 ming kishidan ortiq aholisi mavjud shaharlar va aholi punktlari uchun).
25
25
36.
Chiqindilarni yoqish zavodlari va krematoriyalar, shu jumladan, B, V, G sinfga mansub tibbiyot chiqindilari, nobud boʻlgan hayvonlar va qushlarni yoqish moslamalari.
25
25
37.
Zaharli chiqindilarni shuningdek, shlam va shlaklarni toʻplash, koʻmish yoki utilizatsiya qilish poligonlari, ularda rekultivatsiya qilish ishlari.
25
25
38.
Xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
25
25
8. Qurilish sanoati
39.
Asbest va tarkibida asbest boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari.
25
25
40.
Tarkibida zaharli aralashmalar boʻlgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar hamda I va II xavflilik sinfiga mansub birikmalar ishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan, listlangan oyna, shishali momiq va shisha mato ishlab chiqarish korxonalari.
25
25
41.
Sement ishlab chiqarish korxonalari.
25
25
9. Kimyo sanoati
42.
Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish va saqlash korxonalari.
25
25
43.
Xalqaro bitimlar bilan tartibga solinadigan, tarkibida zaharli moddalar boʻlgan asbob-uskunalar yoki qurilmalarni ishlab chiqarish korxonalari.
25
25
44.
Radioaktiv moddalar (izotoplar) ishlab chiqarish, ularni ishlatish va saqlash (tibbiyot tizimi bundan mustasno) korxonalari.
25
25
45.
Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar omborxonalari.
25
25
46.
Kimyoviy majmualar, zavodlar va sexlar.
25
25
47.
Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish.
25
25
48.
Sellyuloza ishlab chiqarish.
25
25
49.
Biotexnologiyalardan foydalanuvchi biokimyoviy zavod va korxonalar.
25
25
50.
Elektrokimyoviy va kimyoviy qoplama usullaridan foydalanadigan korxonalar.
25
25
10. Farmatsevtika sanoati
51.
Dori moddalari (substansiya) va reagentlarni ishlab chiqaruvchi farmatsevtika zavodlari va fabrikalari (tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari bundan mustasno).
25
25
11. Oziq-ovqat sanoati
52.
Elevator, tegirmon (quvvati sutkasiga 150 tonna) va aralash ozuqa sexidan (quvvati sutkasiga 5 tonna) iborat un kombinatlari.
25
25
53.
Ekstraksiya, birlamchi xomashyodan sovun tayyorlash (xom yogʻ kislotalari, kislotalarini distillash, sovun tayyorlash), yogʻlarni gidrogenlash yoki transesterifikatsiya qilish, glitserin ishlab chiqarish sexlaridan iborat yogʻ-moy kombinatlari va korxonalari (yogʻ-moy kombinatlari).
25
25
54.
Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va tamakini qayta ishlash korxonalari.
25
25
55.
Shakar ishlab chiqarish korxonalari.
25
25
12. Chorvachilik tarmoqlari
56.
2000 boshdan ortiq qoramolchilik, yilqichilik va 6000 boshdan ortiq qoʻychilik va echkichilik fermalari.
25
25
57.
1200 boshdan ortiq choʻchqachilik komplekslari.
25
25
58.
Yiliga 400 mingdan ortiq tovuq va 3 milliondan ortiq broyler yetishtiriladigan parrandachilik fabrikalari.
25
25
13. Yengil sanoat
59.
Birlamchi xomashyodan qogʻoz va karton ishlab chiqarish korxonalari.
25
25
60.
Teri-koʻnchilik korxonalari.
25
25
II. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning II toifasiga mansub (oʻrtacha darajada xavfli) faoliyat turlari va obyektlari
1. Transport, elektrotexnika va yoʻl xoʻjaligi
61.
“D” toifali avtomobil yoʻllari, tonnellar va koʻpriklar.
25
15
62.
Temir yoʻl korxonalari, vagon va lokomotiv depolari, temir yoʻl stansiyalari va vokzallari.
25
15
63.
Optik tola ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
64.
Motorsiz transport vositalarini ishlab chiqarish, shu jumladan, velosiped, samokat va boshqalar (quymasiz).
25
15
65.
Kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish (eritishsiz va quymasiz).
25
15
66.
Aerodromlar.
25
15
2. Energetika sanoati
67.
35 kV dan 110 kV kuchlanishga ega boʻlgan (havo va kabel) elektr uzatish liniyalari, 35 kV dan 110 kV kuchlanishga ega boʻlgan va transformator stansiyalari (podstansiyalar).
25
15
68.
100 MVt dan 300 MVt gacha ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa energetik yondirish qurilmalari.
25
15
69.
10 MVt dan 100 MVt quvvatgacha ega boʻlgan fotoelektr va shamol elektr stansiyalari.
25
15
70.
Bioreaktor umumiy sigʻimi 100 m3 dan 500 m3gacha boʻlgan biogaz qurilmalari.
25
15
71.
Koʻmir kuli omborlari.
25
15
72.
10 MVt dan 100 MVt gacha ega boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimlari.
25
15
73.
Biologik yoqilgʻi ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
3. Neft va gaz sanoati
74.
Neft va neft mahsulotlarini saqlash hajmi boʻyicha II toifadagi bazalar.
25
15
75.
Yoqilgʻi resurslarini, geofizik va geologik tadqiqotlarni seysmik va elektr qidiruv.
25
15
76.
0,3 MPa dan 0,63 MPa gacha oʻrta bosimli gaz quvurlari.
25
15
77.
Tayyor moylardan moylash materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar.
25
15
4. Metallurgiya, togʻ-kon va geologiya sanoati
78.
Noruda foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish va ularni qazib olish ishlari.
25
15
79.
Quvvati sutkasiga 1 tonnagacha qora va rangli metall, ularning qotishmalarini induksion va gaz pechlarida eritish (qoʻrgʻoshin, kadmiy va boshqa toksik metallari bundan mustasno).
25
15
80.
Ishlab chiqarish quvvati soatiga 20 tonnadan kam qora metallar prokati (quymasiz).
25
15
81.
Geofizik va geologik tadqiqotlarni seysmik va elektr razvedka qilish ishlari.
25
15
5. Qishloq va suv hoʻjaligi tarmoqlari
82.
Suv oʻtkazish quvvati daqiqada 50 kub metrdan ortiq boʻlgan magistral kanallar, loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati daqiqada 20 kub metrdan ortiq boʻlgan kollektorlar.
25
15
83.
Viloyatlararo ahamiyatga ega boʻlgan yerosti suvlarni olish inshootlari.
25
15
84.
Dambalar.
25
15
85.
Daryo qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari (keng tarqalgan foydali qazilmalar olinmagan holda).
25
15
86.
200 gektardan 500 gektargacha boʻlgan maydondagi sugʻoriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ holatini yaxshilash, 200 gektardan 500 gektargacha yangi yerlarni oʻzlashtirish.
25
15
87.
Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega boʻlgan ichimlik va oqova suvlarni uzatish tarmoqlari.
25
15
6. Kommunal xizmat koʻrsatish sohasi
88.
Quvvati sutkasiga 50 ming m3 dan 280 ming m3 gacha boʻlgan oqova suv tozalash inshootlari.
25
15
7. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish
89.
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash maydonchalari (aholisi 100 mingdan 200 mingcha boʻlgan aholi punktlari).
25
15
90.
Nobud boʻlgan hayvonlar, chorva mollari, parrandalar va baliqlarni koʻmish joylari.
25
15
91.
Xavflilik darajasi III sinfga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
25
15
92.
Qurilish chiqindilari poligonlari.
25
15
8. Qurilish sanoati
93.
Asfalt-beton zavodlari, ruberoid ishlab chiqarish.
25
15
94.
Qurilish sanoati korxonalari, asbest va sement ishlab chiqarish bundan mustasno.
25
15
95.
Sement va boshqa mayda zarrali qurilish materiallarini mexanizatsiyalashgan tarzda qadoqlash korxonalari.
25
15
96.
Yogʻoch-qipiq va yogʻoch-tolali plita ishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan, ularni lok bilan kimyoviy toʻyintirish.
25
15
97.
Boʻyoqlar,lok va lok-boʻyoq ishlab chiqarish korxonalari, suv emulsiyasi asosidagi buyoq bundan mustasno.
25
15
98.
Mebel ishlab chiqarish zavodi va fabrikalari.
25
15
99.
Keramik plitalar, shu jumladan, sanitariya-texnik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
100.
Yoqish usuli bilan qurilish materiallarini ishlab chiqarish, sement ishlab chiqarish bundan mustasno.
25
15
9.Kimyo sanoati
101.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar qabristonlari, shu jumladan, mineral oʻgʻitlar omborxonalari hamda ularni rekultivatsiya qilish ishlari.
25
15
102.
Yiliga 300 tonnadan ortiq gazmol va qogʻozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korxonalari shuningdek, xavflilik darajasi III — V sinfga mansub zaharli kimyoviy moddalar va birikmalar ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
103.
Aralashtirish va eritish jarayonlaridan foydalanadigan kompleks mineral oʻgʻitlar va boshqa qorishmalarni ishlab chiqaruvchi korxonalari.
25
15
104.
Pardoz va atir-upa mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
105.
Birlamchi xomashyodan qattiq va suyuq sovun ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
106.
Ishlab chiqarish hajmi yiliga 300 tonnadan ortiq sintetik va kompozit materiallardan polimer mahsulotlar, shu jumladan, qurilish mahsulotlari (gulqogʻoz, linoleum va laminat qoplama va shu kabilar) ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
107.
Rezina xomashyosi, mahsulotlari va buyumlarini ishlab chiqarish, shu jumladan, rezinotexnika va lateks buyumlarini ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
108.
Tayyor komponentlardan yuvish va tozalash mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
109.
Biologik, radioaktiv va yonuvchi-portlovchi moddalar bilan ishlovchi markaziy laboratoriyalar (laboratoriya faoliyatida foydalaniladigan jihoz va uskunalar bundan mustasno).
25
15
10. Farmatsevtika sanoati
110.
Dori vositalari, tibbiy jihozlar (reagentlarni ishlab chiqarish bundan mustasno) va kosmetika preparatlarini ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
111.
Farmokologik, kosmetik vositalar ishlab chiqarish.
25
15
11. Yengil sanoat
112.
Sutkasiga 20 tonnagacha qogʻoz va karton ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
113.
Boʻyash va oqartirish sexlari boʻlgan ip yigiruv va toʻqimachilik fabrikalari.
25
15
114.
Sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
115.
Paxtani xomashyosini qayta ishlash korxonalari.
25
15
116.
Pillani qayta ishlash korxonalari.
25
15
117.
Charmni boʻyash va loklash, shu jumladan, oshlangan teriga pardoz berish korxonalari.
25
15
118.
Junni birlamchi qayta ishlash korxonalari va sexlari.
25
15
119.
Lub sanoati korxonalari.
25
15
12. Oziq-ovqat sanoati
120.
Oziq-ovqat mahsulotlari va biologik qoʻshimchalar ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
121.
Ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 20 tonnadan koʻp non zavodlari, shu jumladan, konditer va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
122.
Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va qadoqlash korxonalari.
25
15
123.
Yogʻ ekstraksiya zavodlari.
25
15
124.
Tegirmonlar (quvvati sutkasiga 150 tonnadan kam don yanchadigan), guruch maydalagichlar, don mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari.
25
15
125.
Oziq-ovqat sanoatida foydalaniladigan modda va qorishmalar uchun ekstraksiya ishlatadigan korxonalar.
25
15
13. Chorvachilik tarmoqlari
126.
Soʻyish va mahsulotlarni qayta ishlashni oʻz ichiga olgan 100 ming boshdan ortiq tovuqchilik, oʻrdakchilik, 50 ming boshdan ortiq kurkachilik, gʻozchilik fabrikalari.
Sutkasiga 50 boshdan ortiq qoramol, 200 boshdan ortiq qoʻy, echki hamda sutkasida 5 ming boshdan ortiq parrandalarni soʻyish va mahsulotni qayta ishlash korxonalari.
25
15
III. Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning III toifasiga mansub (past darajada xavfli) faoliyat turlari va obyektlari
1. Transport, elektrotexnika va yoʻl xoʻjaligi
129.
“V” toifadagi avtomobil yoʻllari, tonnellar va koʻpriklar.
15
7,5
130.
Avtotransport korxonalari, tramvay, trolleybus parklari va depolari.
15
7,5
131.
Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar.
15
7,5
132.
Elektr asbob-uskunalarini yigʻish va taʼmirlash, metallga ishlov berish korxonalari, shu jumladan, sexlari.
15
7,5
133.
Optik tolali va boshqa kabellarni yotqizish, avtonom quvvat manbalari (dizel generatorlari) bilan mobil aloqa antennalarini oʻrnatish.
15
6,5
134.
Dvigatel va mashinalarni taʼmirlash (avtoservis punktlari), shuningdek, ularni boʻyash, va avtomobillarni yuvish shoxobchalari.
15
7,5
135.
Avtomobil sporti majmualari, avtopoyga trassalari va yoʻlaklari.
15
7,5
2. Energetika sanoati
136.
Bioreaktor sigʻimi 100 m3gacha boʻlgan biogaz qurilmalari (shaxsiy ehtiyojlar uchun biogaz ishlab chiqarish bundan mustasno).
15
7,5
137.
35 kVt gacha kuchlanishga ega boʻlgan (havo va kabel) elektr uzatish liniyalari, shu jumladan, transformator stansiyalari (podstansiyalar).
15
7,5
138.
Quvvati 100 MVtgacha boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa energetik yondirish qurilmalari.
15
7,5
139.
10 MVt quvvatgacha boʻlgan fotoelektr va shamol elektr stansiyalari (binolarning tom va fasad qismida oʻrnatishga moʻljallangan fotoelektr stansiyalari bundan mustasno).
15
6,5
140.
Quvvati 30 MVt va undan kam boʻlgan gidroelektrstansiyalar.
15
6,5
141.
Isitish tizimiga (tabiiy gaz, koʻmir va boshqa yonilgʻi turlarida ishlovchi) ega issiqxonalar, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar va dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno.
15
6,5
142.
Tayyor komponentlardan transformator yigʻish.
15
7,5
143.
10 MVt gacha quvvatga ega boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimlari
15
7,5
144.
Yogʻoch koʻmir, faollashtirilgan koʻmir va koʻmir briketlarini ishlab chiqarish korxonalari va ularni saqlash omborlari
15
7,5
145.
Geotermal elektr stansiyalar.
15
3,9
3. Neft va gaz sanoati
146.
Avtomobillarga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari.
15
7,5
147.
0,3 MPa gacha boʻlgan past bosimli gaz quvurlari
15
7,5
148.
Shaharlar va boshqa aholi punktlari hududiga yotqizilgan neft quvurlari
15
7,5
149.
Neft va neft mahsulotlarini saqlash hajmi boʻyicha III toifadagi bazalar.
15
7,5
150.
Inert gazlar, karbonat angidrid gazi va boshqa gazlar ishlab chiqarish korxonalari ( shu jumladan, sexlari).
15
7,5
151.
Rezinotexnika buyumlarini ishlab chiqarish korxonalari (vulkanizatsiyasiz).
15
6,5
152.
Korxona va tashkilotlarning neft mahsulotlari omborlari.
15
7,5
4. Poligrafiya
153.
Bosmaxonalar, poligrafiya korxonalari va bosma-matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish.
15
6,5
5. Metallurgiya, togʻ-kon va geologiya sanoati
154.
Noruda foydali qazilmalarni qayta ishlash korxonalari (foydali qazilma konlari bundan mustasno)
15
7,5
6. Qishloq va suv hoʻjaligi tarmoqlari
155.
Suv oʻtkazish quvvati 50 m3/daqiqadan kam boʻlgan magistral kanallar, sugʻorish kanallari, har daqiqada loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati 20 kub metrdan kam boʻlgan kollektor-drenaj tarmoqlari.
15
7,5
156.
200 gektargacha boʻlgan maydondagi sugʻoriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ holatini yaxshilash, 200 gektargacha yangi yerlarni oʻzlashtirish.
15
7,5
157.
50 tonnadan ortiq sigʻimli sovitgich qurilmalari va 50 tonnadan kam sigʻimli sovitgich qurilmalarga ega omborxonalar, ozon qatlamini buzuvchi hamda issiqxona gazlarini hosil qiluvchi moddalarni toʻldirish ustaxonalari.
15
7,5
158.
Sel suvini toʻplash omborlari.
15
7,5
159.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.
15
7,5
7. Kommunal xizmat koʻrsatish sohasi
160.
Quvvati sutkasiga 50 ming m3 dan kam boʻlgan oqova suv tozalash inshootlari.
15
7,5
161.
Tuman va shahar ahamiyatga ega boʻlgan ichimlik va oqova suvlarni uzatish tarmoqlari.
15
7,5
162.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri ahamiyatiga ega boʻlgan yer osti suvlarini olish inshootlari.
15
7,5
8. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish
163.
Maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari.
15
7,5
164.
Aholisi 100 mingdan kam boʻlgan aholi punktlari uchun maishiy chiqindilar poligonlari.
15
7,5
165.
Xavflilik darajasi IV va V sinfga mansub chiqindilarni saralash va qayta ishlash korxonalari (qogʻoz va karton ishlab chiqarish bundan mustasno).
15
7,5
9. Qurilish sanoati
166.
Xom gʻisht, shlakoblok, yoʻlak plitkalari, penoblok va gazobloklar ishlab chiqarish korxonalari.
15
7,5
167.
Qurilishda foydalaniladigan pardozlash materiallarini ishlab chiqarish, shuningdek, ohak, gips, shpaklevka va boʻr ishlab chiqarish korxonalari (keramik plita va sanitariya texnik vositalar ishlab chiqarish bundan mustasno)..
15
7,5
168.
Shisha, keramika va kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik korxonalar.
15
7,5
169.
Toshni qayta ishlash korxonalari va sexlari.
15
7,5
170.
Sement va boshqa mayda zarrali materiallarini qoʻlda qadoqlash sexlari.
15
6,5
171.
Yogʻochsozlik, mebel ishlab chiqarish, yigʻish va taʼmirlash korxonalari, shu jumladan, sexlari.
15
7,5
172.
Suv emulsiyasi asosidagi boʻyoq mahsulotlarini ishlab chiqarish.
15
7,5
173.
Shishadan tarkibida zaharli moddalar boʻlmagan buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari shu jumladan, sexlari.
15
7,5
174.
Chinni buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan, sexlari.
15
7,5
10. Kimyo sanoati
175.
Yiliga 300 tonnagacha gazmol va qogʻozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korxonalari.
15
7,5
176.
Tuman ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan, mineral oʻgʻitlar omborlari va zaharli chiqindixonalarni rekultivatsiya qilish ishlari.
15
7,5
177.
Xloratorlar (gazsimon yoki suyuq xlordan foydalanmagan holda).
15
7,5
178.
Qattiq, kukun va suyuq holdagi kir yuvish vositalarini qadoqlash.
15
6,5
179.
Fizik, kimyoviy va mikrobiologik tahlil markaziy laboratoriyalari.
15
7,5
180.
Salfetka, hojatxona qogʻozi, tagliklar va gigiyenik vositalarni ishlab chiqarish korxonalari.
15
7,5
181.
Ishlab chiqarish hajmi yiliga 300 tonnadan kam boʻlgan sintetik va kompozit materiallardan polimer mahsulotlar, shu jumladan, qurilish mahsulotlari (gulqogʻoz, linoleum va laminat qoplama va shu kabilar) ishlab chiqarish korxonalari.
15
7,5
182.
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish.
15
7,5
183.
Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini saqlash va realizatsiya qilish.
15
7,5
184.
Kalsiy karbidi ishlab chiqarish sexlari.
15
6,5
11. Farmatsevtika sanoati
185.
Tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari, shu jumladan sexlari.
15
7,5
186.
Dorivor oʻsimliklarni yigʻish, yetishtirish va birlamchi qayta ishlash (quritish, qadoqlash).
15
7,5
12. Yengil sanoat
187.
Gilam ishlab chiqarish korxonlari.
15
7,5
188.
Oqartirishsiz paxta titish sexlari.
15
6,5
189.
Poyabzal ishlab chiqarish korxonalari. charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqarish korxonalari.
15
7,5
190.
Boʻyash va oqartirish sexlari boʻlmagan yigiruv, toʻquv hamda tikuvchilik fabrikalari. charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqarish korxonalari.
15
7,5
191.
Pillani qabul qilish va saqlash punktlari.
15
6,5
192.
Teriga ishlov berish korxonalari (oshlash va boʻyash bundan mustasno).
15
7,5
13. Oziq-ovqat sanoati
193.
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va qadoqlash korxonalari.
15
7,5
194.
Quvvati 1 tonnadan 5 tonnagacha boʻlgan un ishlab chiqarish va kepakni qayta ishlash korxonalari va sexlari.
15
7,5
195.
Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, shu jumladan sexlari.
15
7,5
196.
Omuxta yem ishlab chiqarish korxonalari.
15
7,5
197.
Ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 20 tonna gacha boʻlgan non, qandolat va makaron ishlab chiqarish sexlari.
15
7,5
198.
Oʻsimlik yogʻlarini pressllash usuli bilan bogʻliq ishlab chiqarish korxonalari.
15
7,5
199.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va konservalash korxonalari, shu jumladan, sexlari.
15
7,5
200.
Oziq-ovqat mahsulotlarini (choy, tuz, shakar va boshqalarni) qadoqlash korxonalari.
15
7,5
14. Chorvachilik tarmoqlari
201.
100 boshgacha boʻlgan qoramolchilik, yilqichilik xoʻjaliklari, 200 boshgacha qoʻychilik va echkichilik fermalari, 50 boshgacha choʻchqachilik, 1000 boshgacha quyonchilik fermalari.
15
7,5
202.
Moʻynachilik xoʻjaliklari va pitomniklari (norka, ondatra, shinshilla va boshqalar).
15
7,5
203.
50 mingdan 100 ming boshgacha tovuq va oʻrdak, 25 mingdan 50 ming boshgacha kurka va gʻoz yetishtirish parrandachilik fermalari (soʻyish va qayta ishlashni oʻz ichiga olmagan fermalar).
15
7,5
204.
Baliqchilik xoʻjaliklari, shuningdek, baliqni qayta ishlash korxonalari.
15
6,5
205.
Ovchilik, oʻrmon va oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, ov qilinadigan va (yoki) baliq ovlanadigan joylar.
15
7,5
206.
Yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish hamda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joyga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va duragaylash faoliyati.
15
6,5
207.
Qarovsiz hayvonlarni saqlash va parvarishlashga moʻljallangan pitomniklar (priyut).
15
7,5
208.
Hayvonlar joylashgan veterinariya klinikalari, vivariylar, pitomniklar, kinologiya markazlari.
15
7,5
209.
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish.
15
7,5
15. Infratuzilma obyektlari
210.
Madaniyat inshootlari, konsert, kino va tomosha zallari, kutubxonalar, teatrlar, sirklar, oʻyin attraksion va oʻyin avtomatlari zallari.
15
7,5
211.
Koʻkalamzorlar hududlari va obyektlari (shahar oʻrmonlari, oʻrmon-bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, bogʻlar, sayilgohlar), hayvonot bogʻlari, sunʼiy koʻllar, plyajlar, akvaparklar.
15
6,5
212.
Jismoniy tarbiya, sport majmualari, shu jumladan, inshootlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, qayiq, velo va changʻi stansiyalari.
15
6,5
213.
Tibbiyot va sogʻliqni saqlash muassasalari, sanatoriylar, dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlari, oromgohlar, dorixonalar, turistik komplekslar, dor yoʻli.
15
6,5
214.
Taʼlim muassasalari (umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari).
15
6,5
215.
Umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va tashkilotlari, bank-moliya muassasalari, qurilish-kommunal tashkilotlari, aloqa hamda transport korxonalari, noturar joy bino va inshootlar.
15
3,9
216.
Muqobil goʻsht (oʻsimlik, madaniy) ishlab chiqarish.
15
7,5
217.
Savdo markazlari, bozorlar (oziq-ovqat, nooziq-ovqat, sanoat), savdo maydoni 200 m2 dan ziyod boʻlgan doʻkonlar va qandolatchilik (pishirish) doʻkonlari.
15
6,5
218.
Huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus obyektlari.
15
3,9
219.
Kimyoviy tozalash va kir yuvish korxonalari, shu jumladan, sexlari.
15
6,5
16. Boshqa obyektlar
220.
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan, texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yoʻriqnomalarning loyihalari.
25
Tegishli toifadagi obyektni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun toʻlanadigan toʻlovning 30 foizi
221.
Chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar, shuningdek, texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish boʻyicha hujjatlar loyihalari.
25
20
Izoh:
1. Ushbu roʻyxatda nazarda tutilmagan faoliyat turlari ham davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi, bunda mazkur faoliyat turining qaysi toifaga mansubligi ekspertlar kengashi tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida yoki joyiga chiqib oʻrganish natijasida aniqlanadi.
2. Agar davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan materiallar kompleks hisoblansa va atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan hamda bitta sanoat maydonida joylashgan turli toifadagi bir qancha obyektlardan iborat boʻlsa, ularning atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi yuqori toifa boʻyicha belgilanadi.
3. Agar davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan taqdim etilgan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari hamda ekologik normativlar loyihalari kompleks hisoblansa va atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan hamda bitta sanoat maydonida joylashgan turli toifadagi bir qancha obyektlardan iborat boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazganlik uchun toʻlov ularning atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishining yuqori toifasi uchun belgilangan miqdorda undiriladi.
4. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining, oqova suvlar bilan birga ifloslantiruvchi moddalar oqizilishining ekologik normativlari, shuningdek, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining normativlari taʼsir koʻrsatishning har bir turi boʻyicha alohida davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.
5. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi obyektlar hududiy jihatdan bir-biridan uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan taqdirda, davlat ekologik ekspertizasi materiallari har bir sanoat maydonchasi uchun alohida ishlab chiqiladi va davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
atrof-muhitga taʼsir — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhit va ekologik xavfsizlik uchun, shu jumladan, inson sogʻligʻi, atrof-muhit komponentlari uchun har qanday oqibatlari hamda ushbu omillarning oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, ushbu omillardagi oʻzgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga va madaniy meros obyektlariga taʼsiri;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsirini baholash natijalari boʻyicha tayyorlanadigan va ekologik ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami;

atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi (keyingi oʻrinlarda — loyihani ishlab chiquvchi) — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek, amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
buyurtmachi (tashabbuskor) — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek, amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ekologik ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
vaziyatlar xaritasi — davlat ekologik ekspertizasi obyektining geografik koordinatalari, unga tutash boʻlgan rekreatsiya zonalari, aholi punktlari, irrigatsiya va melioratsiya obyektlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlari, elektr uzatish liniyalari, suv va gaz quvurlari, transport va boshqa kommunikatsiyalar holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan sxema-xarita;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasi — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilashga hamda ekologik ekspertiza obyektini roʻyobga chiqarish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan ekspertiza turi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat — atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda ekologik ekspertiza obyekti hisoblanadigan har qanday faoliyat;
ekologik normativlar — atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish va chiqindilarni joylashtirish normativlarini belgilash uchun ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan hujjatlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
ekolog-ekspert — oliy maʼlumotga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda kamida uzluksiz uch yil ish stajiga ega boʻlgan hamda belgilangan tartibda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilgan “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi xodimi.
3. Davlat ekologik ekspertizasi quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhit holatiga hamda inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yoki salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsirining oldini olish hamda uni kamaytirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarning yetarligini hamda asosligini aniqlash.
4. Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari quyidagilar hisoblanadi:
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va (yoki) ajratish materiallari;
loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan, texnik reglamentlar va shartlar, standartlar, qoidalar hamda yoʻriqnomalarning loyihalari;
chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish boʻyicha hujjatlar;
atrof-muhitning holatiga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obyektlar;
maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan obyektlar.
5. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan ekologik ekspertiza obyektlari davlat ekologik ekspertizasidan majburiy tartibda oʻtkaziladi.
6. Davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachining (tashabbuskorning) mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
7. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari (keyingi oʻrinlarda — Markazning hududiy filiallari) Ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari hisoblanadi hamda ular tomonidan davlat ekologik ekspertizasi oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
8. Davlat ekologik ekspertizasi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
9. Markaz quyidagilarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
I va II toifaga mansub faoliyat turlarining barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va (yoki) ajratish materiallari, loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof-muhitning holatiga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan obyektlar;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan, texnik reglamentlar va shartlar, standartlar, qoidalar hamda yoʻriqnomalarning loyihalari;
chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish boʻyicha hujjatlar;
I toifaga mansub faoliyat turlari boʻyicha ekologik normativlari loyihalari.
10. Markazning hududiy filiallari quyidagilarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
III toifaga mansub faoliyat turlarining barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va (yoki) ajratish materiallari, loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof-muhitning holatiga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan obyektlar;
II va III toifaga mansub faoliyat turlari boʻyicha ekologik normativlari loyihalari.
2-bob. Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
11. Buyurtmachi (tashabbuskor) atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
12. Buyurtmachi (tashabbuskor) arizani YIDXP orqali elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
13. Ariza buyurtmachining (tashabbuskorning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
14. Maxsus huquqiy rejimga ega obyektlarning hujjatlari davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari hamda ekologik normativlar loyihalari qogʻoz shaklida toʻgʻridan-toʻgʻri Markazga va uning hududiy filiallarga taqdim etiladi.
15. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun qogʻoz shaklida taqdim etiladigan maxsus huquqiy rejimga ega obyektlarning atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari hamda ekologik normativlari loyihalariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasi “Xizmat doirasida foydalanish uchun” yoki “Maxfiy” grifi bilan rasmiylashtiriladi.
16. Buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
a) I, II, III toifalarga mansub faoliyat turlari obyektlari loyihalashtirilayotganda (loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof-muhitga taʼsirini baholash, maxsus rejimli obyektlar) — atrof-muhitga taʼsirni baholash boʻyicha:
obyektni moliyalashtirishga qadar moʻljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan faoliyat va boshqa faoliyatni amalga oshirish bosqichida bajariladigan atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisidagi ariza loyihasi;
atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonot loyihasini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish natijalari boʻyicha qoʻshimcha qidiruv ishlari, tadqiqotlar, maxsus laboratoriya tahlillari, modelli tajribalarni amalga oshirish va dalillar bilan asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish zarurligi aniqlangan taqdirda, amalga oshiriladigan atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonot;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
obyekt foydalanishga qabul qilinguniga qadar bajariladigan va loyihalashtirilayotgan obyektlarning atrof-muhitga taʼsirini baholashning yakunlovchi bosqichi hisoblangan ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi bayonot taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonot davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanguniga qadar taqdim etiladi, bunda atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonotni ishlab chiqish zarurati atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonot loyihasini koʻrib chiqish natijalari asosida Markaz tomonidan aniqlanadi;
b) amalda faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun (atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar) ekologik normativlar loyihalari taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Agar amalda faoliyat koʻrsatayotgan obyekt rekonstruksiya, modernizatsiya qilingan, qayta tashkil etilgan, kengaytirilgan yoki joylashuvi oʻzgartirilgan taqdirda, atrof-muhitga taʼsir baholanadi va atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisidagi ariza loyihasi ishlab chiqiladi;
v) boshqa obyektlar boʻyicha:
chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish boʻyicha hujjatlar;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan, texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yoʻriqnomalarning loyihalari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
17. Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari kelib tushganda vaziyatlar xaritasi avtomatik tarzda shakllantirilib, koʻrib chiqish uchun Ekologiya qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari inspektorlarining (keyingi oʻrinlarda — inspektor) shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
18. Inspektor joyiga chiqqan holda obyektning geografik koordinatalari, unga tutash boʻlgan rekreatsiya zonalari, aholi punktlari, irrigatsiya va melioratsiya obyektlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlari, elektr uzatish liniyalari, suv va gaz quvurlari, transport va boshqa kommunikatsiyalar, hududdagi koʻp yillik daraxtlar soni va ularning holati hamda obyektning boshqa oʻziga xos taraflari vaziyatlar xaritasiga mos kelishini oʻrganib chiqadi va tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
19. Ekologik normativlar loyihalari hamda davlat ekologik ekspertizasining boshqa obyektlari uchun vaziyatlar xarita talab etilmaydi, arizalar toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrib chiqish uchun yoʻnaltiriladi.
20. Vaziyatlar xaritasi quyidagi muddatlarda inspektor tomonidan oʻrganib chiqiladi:
I toifaga mansub obyektlar boʻyicha — 7 ish kuni;
II toifaga mansub obyektlar boʻyicha — 5 ish kuni;
III toifaga mansub obyektlar boʻyicha — 3 ish kuni.
Inspektor tomonidan belgilangan muddatlarda vaziyatlar xaritasi oʻrganib chiqilmagan hollarda vaziyatlar xaritasi ijobiy tasdiqlangan hisoblanadi.
Bunda inspektor davlat xizmatini koʻrsatish tartibini buzganlik uchun javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
21. Buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar obyektning real vaqtdagi holatiga toʻliq mos kelgan taqdirda, vaziyatlar xaritasi inspektor tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
22. Markaz yetti ish kuni ichida davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi hamda ekologik ekspertiza obyektini jamoatchilik eshituvidan oʻtkazish zaruratini aniqlaydi.
23. Quyidagilar arizani rad etish uchun asos hisoblanadi:
ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
ushbu Nizomning 16-bandida keltirilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
obyektning vaziyatlar xaritasi real vaqtdagi holatiga mos kelmaganda;
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari jamoatchilik eshituvidan oʻtkazilishi zarurati aniqlanganda.
Ushbu bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga oʻn kun ichida kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda ariza rad etiladi. Bunda qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda ariza qayta taqdim etiladi.
Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, Markaz arizani rad etishga haqli. Bunda xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi
24. Hujjatlar belgilangan tartibda taqdim etilgandan keyin buyurtmachiga (tashabbuskorga) oferta yuboriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
25. Buyurtmachi (tashabbuskor) ofertani qabul qilgandan keyin avtomatik ravishda davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlov boʻyicha invoys shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlov buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan elektron toʻlov tizimlari orqali oldindan toʻlanadi.
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun buyurtmachi (tashabbuskor) ofertani qabul qilgan sanadan boshlab oʻttiz kun mobaynida toʻlov toʻlanmagan taqdirda, ariza avtomatik ravishda rad etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
26. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati yigirma besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati toʻlov toʻliq toʻlangandan keyingi ish kunidan eʼtiboran hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab, uni oʻtkazish muddati Ekologiya qoʻmitasi raisi qaroriga muvofiq koʻpi bilan uch oy muddatga uzaytirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
27. Davlat ekologik ekspertizasi ekolog-ekspert tomonidan oʻtkaziladi.
28. Ekolog-ekspert tomonidan davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishda quyidagilar amalga oshiriladi:
taqdim etilgan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish;
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning ekologik oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchligi va toʻliqligini tahlil qilish;
biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga taʼsirini baholashning asosliligini tekshirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish oqibatlari bilan bogʻliq ekologik xavflilik darajasini baholashning toʻgʻriligini tekshirish;
ekologik xavfsizlik talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarning yetarligini va asosligini aniqlash;
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarida davlat ekologik ekspertizasi obyekti faoliyati natijasida hosil boʻladigan issiqxona gazlarining miqdorini hamda uglerod neytralligini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar inobatga olinganligini tekshirish;
ekologik normativlar loyihalarining asosligini tekshirish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
Ekolog-ekspert atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativ loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishda ekologik audit va jamoat ekologik ekspertizasi xulosalaridan foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
29. Ekolog-ekspert tomonidan davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi yakunlarni oʻz ichiga olgan xulosa tayyorlanadi.
30. Davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosa quyidagi hollarda beriladi:
agar buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan taqdim etilgan hujjatlar atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga zid boʻlsa;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
agar davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish vaqtida buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va (yoki) buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud ekanligi aniqlangan boʻlsa;
agar oʻtkazilgan jamoatchilik eshituvlari natijalariga koʻra tayyorlangan yakuniy hujjatlarda davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarishga nisbatan jamoatchilik eshituvlari ishtirokchilari tomonidan asoslantirilgan eʼtirozlar bildirilgan boʻlsa.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosani ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
31. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasini ekolog-ekspert imzolaydi, Ekologiya qoʻmitasi raisi yoki u tomonidan belgilangan vakolatli shaxs ERI bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
32. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi buyurtmachiga (tashabbuskorga) hamda inspektorga YIDXP orqali avtomatik tarzda elektron shaklda yuboriladi.
4-bob. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilish muddati va bajarilishini monitoring qilish
33. Davlat ekologik ekspertizasi obyektining ekologik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi davlat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuchga ega boʻladi:
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari boʻyicha — xulosa berilgan kundan eʼtiboran uch yil mobaynida;
ekologik normativlar loyihalari boʻyicha — xulosa berilgan kundan eʼtiboran besh yil mobaynida.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
34. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalashtirish hamda roʻyobga chiqarish vaqtida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
35. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasida koʻrsatilgan talablarni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularning bajarilishini monitoring qilish belgilangan tartibda buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Buyurtmachi (tashabbuskor) davlat ekologik ekspertizasi xulosasida koʻrsatilgan talablarning bajarilishi toʻgʻrisida har chorak yakunlariga koʻra chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay Ekologiya qoʻmitasiga axborot taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Buyurtmachi (tashabbuskor) davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etmagan taqdirda, Ekologiya qoʻmitasi buyurtmachiga (tashabbuskorga) yozma koʻrsatma beradi.
5-bob. Davlat ekologik ekspertizasining subyektlari hamda ularning huquq va majburiyatlari
36. Quyidagilar davlat ekologik ekspertizasining subyektlari hisoblanadi:
buyurtmachi (tashabbuskor);
loyihani ishlab chiquvchi;
ekolog-ekspert.
37. Buyurtmachi (tashabbuskor) quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organidan maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasining obyektini roʻyobga chiqarish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan materiallarni maromiga yetkazish va takroriy davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etish;
oʻzining akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyasida yoki boshqa akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish va chiqindilarni joylashtirish manbalaridan namunalar olish hamda laboratoriya tahlillarini oʻtkazish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalari toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasining oʻtkazish jarayoni haqidagi maʼlumotlarni olish;
ekolog-ekspertga ekologik ekspertiza obyektlari xususida takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish;
ekolog-ekspert xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish;
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish jarayoni haqida maʼlumot olish.
Buyurtmachi (tashabbuskor) qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Buyurtmachi (tashabbuskor) quyidagi majburiyatlarga ega:
atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishi hamda ularni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun taqdim etishi;
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlovni toʻlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash uchun zarur boʻlganda bioxilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishining oldini olish, laboratoriya tahlillarini oʻtkazish hamda gidrogeologik, gidrologik, geotexnik kabi tadqiqotlarning moliyalashtirilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
zaruratga koʻra davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilguniga qadar moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarida davlat ekologik ekspertizasi obyekti faoliyati natijasida hosil boʻladigan issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni inobatga olish;
davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarni bajarish.
Buyurtmachi (tashabbuskor) zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
38. Loyihani ishlab chiquvchi quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish jarayonida buyurtmachining (tashabbuskorning) manfaatlarini ifodalash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishda Markazdan maslahatlar hamda zarur uslubiy yordam olish;
davlat ekologik ekspertizasi natijalari boʻyicha taklif va mulohazalar kiritish.
ekolog-ekspertga ekologik ekspertiza obyektlari xususida takliflar va mulohazalar taqdim etish huquqiga ega.
Loyihani ishlab chiquvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Loyihani ishlab chiquvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqish;
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi mutaxassislar malakasini oshirishni taʼminlash;
ekolog-ekspert tomonidan davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish jarayonida berilgan izoh va eʼtirozlarga javob berish, zarurat boʻlganda atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari hamda ekologik normativlar loyihalarini qayta koʻrib chiqish;
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash.
39. Ekolog-ekspert quyidagi huquqlarga ega:
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallarni buyurtmachidan (tashabbuskordan) hamda loyihani ishlab chiquvchidan olish;
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan, qonunchilik talablariga javob bermaydigan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini rad etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
zaruratga koʻra davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarining ishonchliligini joyiga chiqqan holda tekshirish;
oʻz faoliyatini mustaqil va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish.
Ekolog-ekspert quyidagi majburiyatlarga ega:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishda qonunchilik talablariga rioya etish;
davlat ekologik ekspertizasining oʻz muddatida, xolisona va sifatli oʻtkazilishini, shuningdek, uning natijalari boʻyicha belgilangan tartibda xulosa berilishini taʼminlash;
davlat ekologik ekspertizasining muayyan obyektiga nisbatan shaxsiy manfaatdorligi boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
hujjatlarni tekshirishda avvalgi davlat ekologik ekspertizasi xulosasida koʻrsatilmagan rad etishning qoʻshimcha sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarining but saqlanishini, shuningdek, davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning oshkor qilinmasligini taʼminlash.
Ekolog-ekspert zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
6-bob. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish
40. Buyurtmachi (tashabbuskor) qayta tashkil etilgan, uning nomi oʻzgartirilgan yoki vakolatlari yoxud huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtgan hollarda, buyurtmachi (tashabbuskor) yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida Markazga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, davlat ekologik ekspertizasining xulosasini qayta rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishi mumkin.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini qayta rasmiylashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
41. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishi sud organlari tomonidan quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
buyurtmachi (tashabbuskor) davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
buyurtmachining (tashabbuskorning) faoliyati toʻxtatib turilganda;
sud qarori asosida buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarga rioya etilmaganda;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi amal qilishining toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi sud qarori buyurtmachiga (tashabbuskorga) va Ekologiya qoʻmitasiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yuboriladi.
42. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilish muddati tugaganda;
buyurtmachi (tashabbuskor) tugatilganda, shuningdek, buyurtmachi (tashabbuskor) qayta tashkil etilganda, bundan huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyiladigan hollar mustasno.
7-bob. Davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar kengashi va ekspert komissiyasi
43. Davlat ekologik ekspertizasi subyektlari oʻrtasida yuzaga keluvchi bahsli masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qaror qabul qilish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi huzurida tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar kengashi tashkil qilinadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologik ekspertizasi subyektlari davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar kengashi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar kengashi tarkibi hamda uning nizomi Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
44. Xavfi yuqori obyektlar boʻyicha atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish maqsadida Markaz tomonidan ekolog-ekspertlar, shu jumladan, tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislar va olimlaridan iborat ekspert komissiyasi tuziladi.
Ekspert komissiyasining ish natijalari Markaz tomonidan tasdiqlanadigan ekspert komissiyasining jamlovchi xulosasi shaklida bayon etiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
45. Markaz va uning hududiy filiallari hamda loyihani ishlab chiquvchi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
46. Ekolog-ekspert oʻz majburiyatlarini buyurtmachining (tashabbuskorning) huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazgan tarzda bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek, ekologik ekspertiza toʻgʻrisidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
47. Markaz va uning hududiy filiallari davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarining but saqlanishini, shuningdek, davlat sirlarini, harbiy, xizmat va tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
48. Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari hujjatlarining buyurtmachisi (tashabbuskori) tomonidan ularni oʻtkazish uchun taqdim etilgan elektron koʻchirma nusxasi davlat ekologik ekspertizasining elektron tizimida saqlanadi.
49. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Buyurtmachi (tashabbuskor)
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali arizani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi va Ekologiya qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari inspektorlariga hamda Davlat ekologik ekspertizasi markaziga yuboradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Ekologiya qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari inspektorlari
1. Obyektning real vaqtdagi holatini vaziyatlar xaritasi bilan solishtiradi.
2. Obyektning vaziyatlar xaritasi real vaqtdagi holatiga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlaydi va tasdiqlaydi.
I toifadagi obyektlar 7 ish kunida;
II toifadagi obyektlar 5 ish kunida;
III toifadagi obyektlar 3 ish kunida
Davlat ekologik ekspertizasi markazi
1. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi hamda ekologik ekspertiza obyektini jamoatchilik eshituvidan oʻtkazish zaruratini aniqlaydi.
2. Hujjatlar toʻgʻri va toʻliq boʻlmaganda hamda obyektning vaziyatlar xaritasi real vaqtdagi holatiga mos kelmaganda, ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
3. Ekologik ekspertiza obyekti boʻyicha jamoatchilik eshituvini oʻtkazish zarurati aniqlanganda arizani rad etadi.
4. Hujjatlar belgilangan tartibda taqdim etilganda buyurtmachiga (tashabbuskorga) oferta yuboradi.
Ariza kelib tushgandan 7 ish kunida
3-bosqich
Buyurtmachi (tashabbuskor)
Ofertani qabul qiladi va davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlovni elektron toʻlov tizimlari orqali oldindan toʻlaydi.
Ofertani qabul qilgan sanadan boshlab 30 kun ichida
4-bosqich
Davlat ekologik ekspertizasi markazi
Belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi va natijalari boʻyicha ekologik ekspertiza obyektini roʻyobga chiqarish mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi yakunlarni oʻz ichiga olgan xulosa beradi.
Toʻlov toʻliq toʻlangandan keyin 25 ish kuni ichida
5-bosqich
YIDXP
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini buyurtmachiga (tashabbuskorga) hamda inspektorga yuboradi.
Aniq vaqt rejimida
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasiga
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisida
ARIZA
______-son
202___ yil “____” _________
Faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilashga hamda ekologik ekspertiza obyektini roʻyobga chiqarish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishingizni soʻrayman.
I. Buyurtmachi toʻgʻrisida maʼlumot:
Subyekt (yuridik yoki jismoniy shaxs):
Buyurtmachining STIR:
Buyurtmachining joylashgan hududi:
Buyurtmachi joylashgan tuman (shahar):
Buyurtmachi joylashgan mahalla fuqarolar yigʻini:
Buyurtmachining nomi (F.I.O.):
Buyurtmachining tashkiliy-huquqiy shakli:
Buyurtmachining iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi boʻyicha kodi (IFUT):
Buyurtmachining elektron pochtasi:
Buyurtmachi rahbari (F.I.O.):
Buyurtmachi rahbarining telefon raqami:
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki MFO raqami:
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi:
Buyurtmachining tijorat bankdagi hisobvaragʻi (asosiy):
II. Davlat ekologik ekspertizasi obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning toifasi:
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining faoliyat turi:
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining faoliyat osti turlari:
Davlat ekologik ekspertizasi obyekti:
Davlat ekologik ekspertizasi obyekti nomi:
Davlat ekologik ekspertizasi obyekti joylashgan hudud:
Davlat ekologik ekspertizasi obyekti joylashgan tuman (shahar):
Davlat ekologik ekspertizasi obyekti joylashgan mahalla fuqarolar yigʻini:
III. Texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar:
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining asosiy, yordamchi bino va inshoatlari:
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining umumiy yer maydoni (m2):
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining koʻkalamzorlashtirilgan maydoni (m2):
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining qurilish osti maydoni (m2):
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining qoplama toʻshalgan maydoni (m2):
Davlat ekologik ekspertizasi obyekti binolarining umumiy ichki maydoni (m2):
IV. Loyihani ishlab chiquvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
Loyihani ishlab chiquvchining STIR:
Loyihani ishlab chiquvchining nomi:
Loyihani ishlab chiquvchining tashkiliy-huquqiy shakli:
Loyihani ishlab chiquvchining rahbari:
Loyihani ishlab chiquvchining telefon raqami:
V. Obyektning joylashuv rejasi:
Shimoliy kenglik
Sharqiy uzunlik
VI. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatkichlari:
a) atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori:
Ifloslantiruvchi modda
Xavflilik sinfi
g/sek
t/yil
Tashlamaning foizdagi ulushi (foizda)
b) suvdan foydalanish:
Suv olish obyekti
Kanal yoki daryo nomi
m³/kun
m³/yil
v) oqova suvlarning sarfi:
Oqova qabul qilish manbasi
Ifloslantiruvchi modda nomi
mg/litr
gr/soat
g) xavfli chiqindilar miqdori:
Chiqindi nomi
Xavflilik sinfi
Hosil boʻlish miqdori (t/yil)
Chiqindilarni joylashtirish boʻyicha hisoblangan limitlar
miqdori (t)
limit maydoni (m²)
d) qattiq maishiy chiqindi miqdori:
Chiqindi nomi
Xavflilik sinfi
Hosil boʻlish miqdori (t/yil)
Ilova: Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari yoki ekologik normativ loyihalari elektron shakli.
Elektron raqamli imzo:
QR-kod
Izoh. Zaruratga koʻra davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ariza namunasigaEkologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 3-ILOVA
Atrof-muhitga taʼsirni baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq atrof-muhitga taʼsirni baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri xususiyatlarini va darajasini, uning ehtimoliy ekologik oqibatlarini aniqlashga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tartib-taomil;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsirini baholash natijalari boʻyicha tayyorlanadigan va ekologik ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami;
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasi — atrof-muhitga taʼsirni baholash jarayonining birinchi bosqichi hisoblanadi va moʻljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xoʻjalik faoliyati va boshqa xil faoliyatni amalga oshirishdan oldin ishlab chiqiladigan materiallar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot — atrof-muhitga taʼsirni baholash jarayonining ikkinchi bosqichi hisoblanadi, bunda atrof-muhitga taʼsirni baholash jarayonining birinchi bosqichi davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi natijalariga koʻra qoʻshimcha tadqiqotlar, maxsus tahlillar oʻtkazish, atrof-muhitga va fuqarolar sogʻligʻiga qoʻshimcha ravishda salbiy taʼsirning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash zarurligi aniqlanganda ishlab chiqiladigan materiallar;
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi (keyingi oʻrinlarda — loyihani ishlab chiquvchi) — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek, amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi yuridik shaxs;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
buyurtmachi — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni atrof-muhitga taʼsirni baholash istagini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
jamoatchilik eshituvi — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taalluqli masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan jamoatchilik yigʻilishi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi bayonot — atrof-muhitga taʼsirni baholash jarayonining yakuniy bosqichi boʻlib, tugallangan obyekt (rekonstruksiya qilish, modernizatsiya, kengaytirish) foydalanishga topshirilgunga qadar atrof-muhitga taʼsir etuvchi ekologik normativlarni belgilash boʻyicha materiallar;
ekolog-ekspert — oliy maʼlumotga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda kamida uzluksiz uch yil ish stajiga ega boʻlgan, belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi xodimi;
eng yaxshi qulay texnologiya — mahsulot (tovarlar) ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qoʻllashning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlishi sharti bilan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishish mezonlarini samarali uygʻunlashtirish asosida belgilanadigan texnologiya.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
3. Atrof-muhitga taʼsir loyihani ishlab chiquvchi yoki buyurtmachining belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan xodimlari tomonidan baholanadi.
4. Atrof-muhitga taʼsir buyurtmachining mablagʻlari hisobidan baholanadi.
5. Atrof-muhitga taʼsir loyihani ishlab chiquvchi va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan, atrof-muhitga taʼsirni baholash oʻtkazish muddatlari va boshqa shartlari nazarda tutuvchi shartnoma asosida baholanadi.
6. Atrof-muhitga taʼsir quyidagi maqsadlarda baholanadi:
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhit holatiga hamda inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yoki salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsirining oldini olish hamda uni kamaytirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarning yetarligini hamda asosligini aniqlash.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
7. Ekologik ekspertiza obyekti toʻliq va yaxlit tarzda atrof-muhitga taʼsirni baholashdan oʻtkaziladi. Bunda obyektni qismlarga boʻlgan holda atrof-muhitga taʼsirni baholashga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Atrof-muhitga taʼsirni baholashda moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish toifasi Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat turlari va obyektlari roʻyxatiga muvofiq aniqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilmagan obyektlar boʻyicha atrof-muhitga taʼsirni baholash zarurati buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida dastlabki baholash natijalariga (keyingi oʻrinlarda — dastlabki baholash) koʻra aniqlanadi.
9. Dastlabki baholash natijasida loyihani ishlab chiquvchi tomonidan atrof-muhitga taʼsirni baholashning qamrov doirasi belgilanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
10. Buyurtmachi atrof-muhitga taʼsirni baholashda jamoatchilik ishtirokini taʼminlashni, zarur tadqiqotlar va monitoring ishlarini moliyalashtirishni, shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari hamda ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishni taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
11. Faoliyat koʻrsatayotgan obyektlarda yangi qurilish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish yoki texnik qayta jihozlash loyihalari boʻyicha atrof-muhitga taʼsir baholashdan oʻtkazilganda, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va hududdagi umumiy ekologik yuklamadan kelib chiqqan holda jamlangan (kumulyativ) taʼsir hisobga olinishi lozim.
2-bob. Dastlabki baholash tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
12. Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat turlari va obyektlari roʻyxatiga kiritilmagan obyektlar boʻyicha atrof-muhitga taʼsirni baholash zarurati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan buyurtmachi tashabbusi bilan taqdim etilgan elektron maʼlumotlarni dastlabki baholash natijasida aniqlanadi.
13. Dastlabki baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan faoliyatning boshqa obyektlar bilan birgalikdagi jamlangan (kumulyativ) taʼsiri hamda atrof-muhit komponentlariga tushadigan umumiy ekologik yuklama;
ehtimoliy taʼsir doirasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashgani, ulargacha boʻlgan masofa va belgilangan muhofaza rejimining xususiyatlari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
ehtimoliy taʼsir doirasida ekologik jihatdan zaif tabiiy ekotizimlarning, shu jumladan, suv obyektlari, suv-botqoq hududlari, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik hamda hayvonot dunyosi obyektlari yashash va oʻsish joylarining joylashuvi hamda ulargacha boʻlgan masofa;
ehtimoliy ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari hamda chiqindilarning hosil boʻlishi doirasida aholi punktlarining joylashuvi va eng yaqin turar joy binolarigacha boʻlgan masofalar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan faoliyatning fuqarolar sogʻligʻi va hayotiga hamda atrof-muhitga taʼsiri.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
14. Dastlabki baholash natijalariga koʻra Markaz moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan faoliyatning atrof-muhitga taʼsirini baholash zarurati toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qiladi.
Atrof-muhitga taʼsirni baholash zarurati aniqlangan taqdirda, xulosada tegishli loyiha obyektining atrof-muhitga taʼsir toifasi belgilab qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
Loyihani ishlab chiquvchi Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat turlari va obyektlari roʻyxatiga kiritilmagan obyektlar boʻyicha atrof-muhitga taʼsir xulosada belgilangan obyektning atrof-muhitga taʼsir toifasi boʻyicha baholashi shart.
15. Atrof-muhitga taʼsirni baholashning qamrov doirasini belgilashda moʻljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan obyektning tavsifi va mazmunidan kelib chiqib, atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallariga kiritiladigan maʼlumotlarning hajmi, toʻliqliligi va batafsilligi darajasi Markaz tomonidan aniqlanadi.
16. Atrof-muhitga taʼsirni baholashning qamrov doirasi quyidagi maqsadlarda belgilanadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallariga kiritilishi mumkin boʻlgan, asoslantirilgan va amalda qoʻllanadigan muqobil yechimlarni belgilash, shu jumladan, atrof-muhitga va (yoki) inson sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatuvchi ehtimoliy ifloslantiruvchi manbalarni belgilab berish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
inson sogʻligʻini va qulay atrof-muhitni taʼminlash uchun strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi maqsadlarni, shu jumladan, xalqaro va milliy darajada belgilash;
moʻljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan obyektning atrof-muhitga ehtimoliy taʼsirini hamda ekologik va ijtimoiy oqibatlarini aniqlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarining ekologik talablarga muvofiqligini belgilash.
17. Qamrov doirasini belgilashda moʻljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan obyektning muqobil variantlari hisobga olinishi kerak.
Muqobil variantlar tegishli tashkiliy, ilmiy, texnik rivojlanish bilan, shuningdek, hududiy mansublik nuqtai nazaridan amalga oshirish imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
4-bob. Atrof-muhitga taʼsirni baholash tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
18. Atrof-muhitga taʼsirni baholash natijalari boʻyicha quyidagi atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari ishlab chiqiladi:
birinchi bosqichda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
ikkinchi bosqichda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot;
yakunlovchi bosqichda ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi bayonot.
19. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirishga qadar atrof-muhitning holati, shu jumladan, faoliyat rejalashtirilayotgan hududda aholining joylashgani, atmosfera havosi, yerusti, yerosti va oqova suvlarning holati va ifloslanganlik darajasi, doimiy yoki vaqtincha foydalanishga ajratilgan yerlarning xususiyatlari hamda ularning ifloslanishi, landshaftlarning buzilishi, iqlim, geologik, gidrologik, gidrogeologik va boshqa tabiiy sharoitlarning, oʻsimlik, hayvonot dunyosi, rekreatsiya zonalari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa atrof-muhit xususiyatlarining tavsifi;
obyektning joylashishi hamda tanlangan va muqobil joylarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi sxemalariga muvofiqligini asoslantiruvchi maʼlumotlar;
obyektning geografik koordinatalari va unga tutash rekreatsiya zonalari, aholi punktlari, irrigatsiya va melioratsiya obyektlari, qishloq xoʻjaligi yerlari, elektr uzatish liniyalari, transport infratuzilmasi, suv, gaz va boshqa kommunikatsiyalar aks ettirilgan vaziyatlar xaritasi;
ishlab chiqariladigan mahsulot turi, loyihaviy (yillik) quvvati va loyihani amalga oshirish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
ishlab chiqarish texnologiyasining atrof-muhitga taʼsir nuqtai nazaridan tavsifi, muqobil texnologiyalar tahlili, eng yaxshi qulay texnologiyalarni koʻrib chiqish hamda salbiy taʼsirning oldini olish, qisqartirish yoki bartaraf etish chora-tadbirlari;
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan resurslar turlarining tavsifi, jumladan, suv va yer resurslari, tuproq, foydali qazilmalar, xomashyo va energiya, ularning taxminiy miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari hamda atrof-muhitga taʼsiri;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi, suv obyektlariga tashlamalar, suv isteʼmoli va suv chiqarish hajmlari, oqova suvlarning sifat koʻrsatkichlari, chiqindilar hosil boʻlishi hamda boshqa ahamiyatli taʼsirlarning turlari, hajmlari va sifat koʻrsatkichlari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
jamoatchilik eshituvlari natijalari, jumladan, jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif va eʼtirozlar;
oʻtkazilgan tadqiqotlar hajmi va foydalanilgan axborot manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yer resurslari, iqlim, atmosfera havosi holati, geomorfologik, geologik, gidrologik, gidrogeologik sharoitlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, aholi salomatligi, tuproq, arxeologik, tarixiy va madaniy xususiyatlar);
obyektni roʻyobga chiqarish natijasida atrof-muhit holatidagi oʻzgarishlar va ekologik oqibatlari;
belgilangan davr uchun issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va uglerod izini kamaytirish boʻyicha hisob-kitoblar va chora-tadbirlar rejasi;
mahsulot xavfsizligini taʼminlash dasturlari, uning qoʻllanish sohasi, belgilangan cheklovlar, isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan mahsulotni zararsizlantirish yoki utilizatsiya qilish usullari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitni boshqarish rejasi, unda atrof-muhitga asosiy taʼsirlar va ularni kamaytirish choralari, zamonaviy va samarali tozalash va muhofaza texnologiyalari qoʻllanishi hisob-kitob va modellashtirish natijalariga oid maʼlumotlar;
masʼul shaxslar va tashkilotlarni koʻrsatgan holda ekologik monitoring rejasi, nazorat koʻrsatkichlari, kuzatish davriyligi boʻyicha maʼlumotlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ehtimoliy avariya holatlari tahlili va ularning oldini olish hamda oqibatlarini kamaytirish ssenariylari;
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatli organlardan olinishi lozim boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlar roʻyxati.
20. Atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonotda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
tanlangan hudud boʻyicha muhandislik-geologik izlanishlar, modellashtirish va boshqa zarur tadqiqotlar natijalariga asosan ekologik muammolarni baholashga oid maʼlumotlar;
loyihani amalga oshirish natijasida atrof-muhit holatidagi oʻzgarishlar va ekologik oqibatlar haqida maʼlumotlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
atrof-muhitga taʼsirni baholashning oldingi bosqichida tasdiqlangan ishlab chiqarish texnologiyasining toʻliq tavsifi va uning atrof-muhitga ehtimoliy taʼsirining tahlil natijalari;
maydonning ekologik holatini saqlash maqsadida qoʻllanilayotgan texnologiyaning atrof-muhit boshqa komponentlariga taʼsirini ekologik tahlil qilish, shuningdek, qamrov doirasida aniqlangan boshqa ahamiyatli taʼsirlarni baholash boʻyicha maʼlumotlar;
jamoatchilik eshituvlarining ijobiy xulosasi, shu jumladan, eshituv davomida bildirilgan taklif va eʼtirozlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish salbiy oqibatlarining oldini oluvchi tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining asoslangan tadqiqotlari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ehtimoliy avariya holatlari tahlili va ularning oldini olish hamda oqibatlarini kamaytirish ssenariylari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
Atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonotni ishlab chiqish zarurati atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasi koʻrib chiqish natijalariga koʻra ekolog-ekspert tomonidan belgilanadi.
21. Ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi bayonotda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan obyektni koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonot loyihasini ekolog-ekspert tomonidan koʻrib chiqish natijalari, shuningdek, jamoatchilik eshituvlarida bildirilgan takliflar asosida kiritilgan loyiha yechimlariga tuzatishlar va qabul qilingan boshqa chora-tadbirlar;
obyektning ifloslantirish manbalari joylashuvi sxemasi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
ekspertiza obyekti faoliyatini tartibga soluvchi ekologik normativlar;
obyektni ekspluatatsiya qilish jarayonida ekologik kuzatuv va tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirishga doir talablar;
xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi asosiy xulosalar;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
obyektni ekspluatatsiya qilish davri mobaynida ekologik monitoringni tashkil etish va oʻtkazish jadvali;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
xoʻjalik faoliyatini atrof-muhitni ifloslantiruvchi obyekt sifatida nazorat qilish boʻyicha talablar.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
22. Atrof-muhitga taʼsirni baholash bosqichlarida buyurtmachi oʻz mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda jamoatchilik eshituvlarini tashkil etadi.
Buyurtmachi jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishda maʼlumotlarning toʻgʻriligi, ochiqligini va materiallardan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlashi shart.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
23. Jamoatchilik eshituvi natijalari boʻyicha kelib tushgan taklif va eʼtirozlarni oʻz ichiga olgan bayonnoma rasmiylashtiriladi hamda atrof-muhitga taʼsirni baholashning tegishli bosqich hujjatlari tarkibiga kiritiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
24. Loyihani ishlab chiquvchi atrof-muhitga taʼsirni baholash natijalari asosida taqdim etilgan atrof-muhitga taʼsirni baholash boʻyicha materiallarning va ekologik normativlar loyihalarining toʻgʻriligi, ishonchligi hamda asosligi uchun buyurtmachi bilan solidar javobgar boʻladi.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 4-ILOVA
Moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini (keyingi oʻrinlarda — jamoatchilik eshituvlari) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
buyurtmachi (tashabbuskor) — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek, amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ekologik ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
jamoatchilik eshituvi — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taalluqli masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan jamoatchilik yigʻilishi;
manfaatdor tomonlar — moʻljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati natijasida qulay atrof-muhitga boʻlgan huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir koʻrsatilishi mumkin boʻlgan yoki koʻrsatilayotgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat — atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda ekologik ekspertiza obyekti hisoblanadigan har qanday faoliyat.
3. Jamoatchilik eshituvlari buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari koʻmagida oʻtkaziladi.
4. Jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar buyurtmachi (tashabbuskor) mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
5. Jamoatchilik eshituvlari atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilguniga qadar oʻtkaziladi.
6. Jamoatchilik eshituvi ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
7. Jamoatchilik eshituvlarida manfaatdor tomonlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi mumkin.
8. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) va uning hududiy organlari vakillari jamoatchilik eshituvlarida kuzatuvchi sifatida qatnashadi.
9. Buyurtmachi (tashabbuskor) jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish uchun tashkilotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etishi mumkin.
2-bob. Jamoatchilik eshituvini oʻtkazishni tashkil etish
10. Jamoatchilik eshituvini oʻtkazish zarurligi quyidagi mezonlarga asosan aniqlanadi:
xoʻjalik faoliyatining atrof-muhitga ehtimoliy taʼsirlari xavfi yuqori boʻlsa;
xoʻjalik faoliyati aholi salomatligi hamda yashash sharoitiga taʼsir koʻrsatsa;
xoʻjalik faoliyati aholi yashash hududlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, suv muhofaza mintaqasi, sanitar himoya zonalari, tabiat, tarixiy va madaniy yodgorliklar hududiga yaqin joylashsa.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
11. Jamoatchilik eshituvi amalda faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar boʻyicha atrof-muhitga va aholi sogʻligʻiga uzluksiz salbiy taʼsir koʻrsatayotgani yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning haqli shikoyatlariga sabab boʻlgan holatlarda oʻtkazilishi mumkin.
Agar amalda faoliyat koʻrsatayotgan obyektlarda texnologik jarayon kengaytirilmagan yoki toʻliq rekonstruksiya qilinmagan va texnik jihatdan qayta jihozlanmagan hamda ekologik normativlarga ega boʻlsa, ushbu Nizom talablari tatbiq etilmaydi, ushbu bandning birinchi xatboshisida keltirilgan holat bundan mustasno.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
12. Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida obyektning joylashuvini, ehtimol tutilgan sezilarli salbiy taʼsir zonalarini va atrof-muhitning ifloslanish darajasini inobatga olgan holda jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
13. Markaz jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin quyidagilarni amalga oshiradi:
moʻljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat hududini, shuningdek, ehtimoliy taʼsir koʻrsatilishi mumkin boʻlgan hududni belgilaydi;
muhokama qilinadigan masala oʻz huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin boʻlgan shaxslar doirasini aniqlaydi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va buyurtmachiga (tashabbuskorga) atrof-muhitga taʼsirni baholashga doir tegishli axborotni jamoat eshituvlari tashkil etilishi haqidagi xabarnoma bilan birga yuboradi.
14. Buyurtmachi (tashabbuskor) jamoatchilik eshituvini oʻtkazish boʻyicha Markazdan xabarnoma olgan kundan boshlab besh ish kuni ichida:
jamoatchilik eshituvlari oʻtkaziladigan joy va vaqtni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishadi;
Ekologiya qoʻmitasining hududiy organiga hamda Markazga jamoatchilik eshituvlari oʻtkaziladigan sana va vaqt toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
15. Jamoatchilik eshituvlari oʻtkaziladigan joy va vaqt haqida buyurtmachi (tashabbuskor) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish choralarini koʻradi.
Eʼlon jamoatchilik eshituvi oʻtkazilishidan oʻn kun oldin davlat tilida yoki koʻpchilik aholi gaplashadigan boshqa tilda beriladi.
Buyurtmachi (tashabbuskor) jamoatchilikni xabardor qilishning boshqa qoʻshimcha usullaridan foydalanishi mumkin.
16. Eʼlonda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
jamoatchilik eshituvini oʻtkazish joyi va vaqti;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
ishlab chiqarishning asosiy koʻrsatkichlarini, shuningdek, atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarining ekologik jihatlarini koʻrsatgan holda moʻljallanayotgan, rejalashtirilayotgan va amalda faoliyat yuritayotgan xoʻjalik faoliyatining nomi;
manfaatdor tomonlar loyiha materiallarining qogʻoz shakli bilan tanishishlari mumkin boʻlgan joy manzili;
materiallarning elektron shakli joylashtirilgan Internet jahon axborot tarmogʻi manzili, agar u mavjud boʻlmasa, materiallarning elektron shaklini rasmiy soʻrab olish mumkin boʻlgan elektron pochta manzili;
mulohazalar va takliflar qabul qilinadigan elektron pochta manzili.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
17. Jamoatchilik eshituvini oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon qilingan sanadan boshlab buyurtmachi (tashabbuskor) manfaatdor tomonlarning atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari bilan tanishib chiqishini taʼminlaydi, mulohazalar va takliflarni qogʻoz va elektron shaklda qabul qiladi va roʻyxatga oladi.
18. Buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan jamoatchilik eshituvi toʻgʻrisidagi taklif va eʼtirozlar eʼlon berilgan kundan boshlab eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar qabul qilinadi.
19. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari jamoatchilik eshituvlari doirasida quyidagilarni taʼminlaydi:
tegishli hudud aholisini jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
eshituvlarni oʻtkazish uchun zarur hollarda binolar (xonalar) ajratadi;
manfaatdor tomonlarning atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari bilan tanishishi uchun sharoit yaratadi;
jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilayotgan vaqtda jamoat tartibini saqlashni taʼminlaydi.
3-bob. Jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish tartibi
20. Jamoatchilik eshituvlarida buyurtmachi (tashabbuskor) jamoatchilik eshituvi ishtirokchilarini roʻyxatga oladi.
21. Jamoatchilik eshituvlarini buyurtmachining (tashabbuskorning) masʼul vakili ochib beradi.
Jamoatchilik eshituvi ishtirokchilari koʻpchilik ovoz bilan kun tartibini tasdiqlaydilar va uni olib borish uchun raisni va kotibini saylaydilar.
22. Jamoatchilik eshituvida buyurtmachi (tashabbuskor) vakili tomonidan texnik xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar taqdimot qilinadi.
23. Taqdimotda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
xoʻjalik faoliyatning qisqacha tavsifi;
texnologik yechimlar va obyektni joylashtirishning muqobil variantlari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
atrof-muhitning joriy holati, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning qisqacha tavsifi;
loyihani amalga oshirish natijasida atrof-muhitga salbiy taʼsir etadigan manbalar va turlarining qisqacha taʼrifi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhit holatining, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning mumkin boʻlgan oʻzgarishlari prognozi va baholashga oid maʼlumotlar;
loyiha va loyihadan tashqari avariya holatlarini prognozlash hamda baholash natijalari;
salbiy taʼsirning oldini olish, uni kamaytirish va (yoki) oʻrnini toʻldirish boʻyicha chora-tadbirlar;
mumkin boʻlgan sezilarli salbiy transchegaraviy taʼsirlarni baholash (transchegaraviy taʼsir etish holatlarida) natijalari.
24. Jamoatchilik eshituvida barcha ishtirokchilar oʻz fikrini bildirish va buyurtmachi (tashabbuskor) vakiliga savollar berish huquqi ega.
Buyurtmachining (tashabbuskorning) vakili jamoatchilik eshituvi ishtirokchilarining savollariga javob berishi lozim.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
25. Jamoatchilik eshituvida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi mumkin hamda ular tomonidan audio yozuvlar va video suratga olish amalga oshirilgan taqdirda, bu haqida eshituv ishtirokchilari xabardor qilinadi.
26. Jamoatchilik eshituvi bayonnomasi buyurtmachi (tashabbuskor) vakili tomonidan yuritiladi.
Jamoatchilik eshituvi natijalari boʻyicha uning raisi va kotibi imzosi bilan tasdiqlanadigan jamoatchilik eshituvi bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Bayonnomada jamoatchilik eshituvlari natijalari, bildirilgan fikr va eʼtirozlar, manfaatdor tomonlarning takliflari, shuningdek, eshituvlar oʻtkazilgunga qadar kelib tushgan taklif va javoblar koʻrsatiladi.
27. Tasdiqlangan jamoatchilik eshituvi bayonnomasi nusxasi buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan ikki ish kuni ichida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda Markazga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
28. Jamoatchilik eshituvi bayonnomasi Ekologiya qoʻmitasi va jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilgan hududdagi ijro etuvchi hokimiyat organining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
29. Jamoatchilik eshituvi ishtirokchilari bayonnoma bilan tanishib chiqish hamda oʻz taklif va eʼtirozlarini Markazga yuborish huquqiga ega.
30. Jamoatchilik eshituvini oʻtkazish tartibi buzilganda, jamoatchilik eshituvi oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Buyurtmachi (tashabbuskor) qayta oʻtkaziladigan jamoat eshituvlarini ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkazadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
32. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Jamoatchilik eshituvini oʻtkazish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Davlat ekologik ekspertizasi markazi
Obyektning joylashuvini, ehtimol tutilgan sezilarli salbiy taʼsir zonalarini va atrof-muhitning ifloslanish darajasini inobatga olgan holda, jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va buyurtmachiga (tashabbuskorga) xabarnoma yuboradi.
Ariza kelib tushgan kundan uch ish kuni ichida
2-bosqich
Buyurtmachi (tashabbuskor)
1. Jamoatchilik eshituvlari oʻtkaziladigan joy va vaqtni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishadi.
2. Ekologiya qoʻmitasining hududiy organiga hamda Davlat ekologik ekspertizasi markaziga jamoatchilik eshituvlari oʻtkaziladigan sana va vaqt toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Xabarnoma olgan kundan boshlab besh ish kuni ichida
3. Jamoatchilik eshituvlari oʻtkaziladigan joy va vaqti haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish choralarini koʻradi.
Jamoatchilik eshituvi oʻtkazilishidan oʻn kun oldin
4. Jamoatchilik eshituvi natijalari boʻyicha uning raisi va kotibi imzosi bilan tasdiqlanadigan jamoatchilik eshituvi bayonnomasini rasmiylashtiradi.
Tasdiqlangan jamoatchilik eshituvi bayonnomasi nusxasini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda Davlat ekologik ekspertizasi markaziga taqdim etadi.
Jamoatchilik eshituvi oʻtkazilganidan soʻng ikki ish kuni ichida
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 5-ILOVA
Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
obyekt — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyati ekologik jihatdan asoslantirish talab etiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
tashabbuskor — jamoat ekologik ekspertizasini tashkil etuvchi va (yoki) oʻtkazuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
ekspert komissiyasi — jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun tashabbuskor tomonidan tashkil etilgan sohaga oid mustaqil mutaxassislardan va jamoatchilik vakillaridan iborat guruh.
3. Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik jihatdan asoslantirish talab etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan oʻtkazilishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
4. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishidan qatʼi nazar oʻtkazilishi mumkin.
5. Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tashabbuskorning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
6. Jamoat ekologik ekspertizasi ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
2-bob. Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
7. Tashabbuskor jamoat ekologik ekspertizasini tashkil etish yuzasidan obyekt joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimliklariga ariza bilan murojaat qiladi.
8. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
jamoat ekologik ekspertizasi tashabbuskorining nomi yoki F.I.O., yuridik manzili yoki yashash joyi;
tashabbuskorning ustavida jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish nazarda tutilgani (yuridik shaxslar uchun);
ekspert komissiyasi tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati.
9. Tuman (shahar) hokimliklari jamoat ekologik ekspertizasini tashkil etish toʻgʻrisidagi arizani berilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida oʻrganib chiqadi.
10. Arizani roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
obyektga nisbatan soʻnggi uch yilda jamoat ekologik ekspertizasi oʻtkazilgan boʻlsa;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
jamoat ekologik ekspertizasi obyektida davlat yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan obyektlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
tashabbuskor ustavida jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha faoliyat nazarda tutilmagan boʻlsa.
11. Jamoatchilik ekologik ekspertizasini tashkil etish toʻgʻrisidagi arizani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, tuman (shahar) hokimliklari bu haqida tashabbuskorga rad etish sabablarini asoslantirilgan holda yozma shaklda maʼlum qiladi.
12. Tuman (shahar) hokimliklari ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlmaganda arizani roʻyxatdan oʻtkazadi.
13. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan arizaning roʻyxatga olinishi jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazilishiga asos boʻladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
14. Tashabbuskor ariza roʻyxatdan oʻtgandan soʻng ikki ish kuni ichida jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish asoslarini koʻrsatgan holda obyektni xabardor qiladi.
15. Tashabbuskor jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ariza roʻyxatdan oʻtgandan soʻng oʻn ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
kamida yetti nafar mutaxassislardan iborat ekspert komissiyasini tarkibini tuzish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
obyektni jamoat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha dastur ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
16. Ekspert komissiyasi tarkibiga oliy maʼlumotga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda kamida uzluksiz uch yil ish stajiga hamda belgilangan tartibda malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassislar kiritiladi.
17. Quyidagi shaxslar ekspert komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin emas:
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) xodimi;
jamoat ekologik ekspertizasi oʻtkazilayotgan obyekt xodimi;
loyihani ishlab chiquvchining xodimi;
jamoat ekologik ekspertizasi oʻtkazilayotgan obyekt bilan mehnat yoki boshqa shartnoma munosabatlarida boʻlgan shaxs.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
18. Jamoat ekologik ekspertizasi eksperti jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazishda davlat ekologik ekspertizasining xulosalari boʻyicha alohida fikr bildirishga haqli.
19. Jamoat ekologik ekspertizasi eksperti:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya qilishi;
jamoat ekologik ekspertizasi obyekti toʻgʻrisidagi xulosalarning xolisligi va asosliligini, shuningdek, ushbu obyekt boʻyicha manfaatdor jamoatchilik mulohazalari va takliflarining asosliligini koʻrib chiqishi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
jamoat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan materiallar va maʼlumotlar saqlanishini va intellektual mulk huquqlari buzilishining oldini olishi shart.
20. Jamoat ekologik ekspertizasi ekspert komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq oʻtkaziladi.
21. Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati yigirma besh ish kunidan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
22. Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati obyektni jamoat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha dastur tasdiqlangandan keyingi ish kunidan eʼtiboran hisoblanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
23. Tashabbuskor obyektni jamoat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadigan ekspert komissiyasi tarkibi, dasturi va muddatlari bilan tanishtiradi.
24. Ekspert komissiyasi tomonidan obyektning ekologik talablarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi.
25. Tashabbuskor zaruratga koʻra akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish va chiqindilarni joylashtirish manbalaridan namunalar olish hamda laboratoriya tahlillarini oʻtkazishi mumkin.
3-bob. Tashabbuskor va obyektning huquq va majburiyatlari
26. Tashabbuskor quyidagi huquqlarga ega:
obyektdan jamoatchilik eshituvi bayonnomasi va davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish (mavjud boʻlganda);
jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazishda Ekologiya qoʻmitasidan zarur boʻlgan maʼlumot, hujjatlar hamda uslubiy koʻmak olish;
zarur hollarda laboratoriya tahlillarini oʻtkazish.
Tashabbuskor quyidagi majburiyatlarga ega:
jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun ekspert komissiyasini tuzish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
jamoat ekologik ekspertizasini ushbu Nizom talablariga muvofiq oʻtkazish;
jamoat ekologik ekspertizasi jarayoni va natijalari haqida aholini xabardor qilish hamda jamoat ekologik ekspertizasining xulosasini tayyorlashda jamoat fikrini hisobga olish;
jamoat ekologik ekspertizasining xulosalari bilan jamoatchilik tanishishi uchun imkoniyat yaratish.
27. Obyekt quyidagi huquqlarga ega:
jamoat ekologik ekspertizasi jarayonida ishtirok etish;
jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi yuzasidan oʻz tushuntirishlari va mulohazalarini taqdim etish;
jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish jarayoni haqida maʼlumotlarni olish.
28. Obyekt quyidagi majburiyatlarga ega:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari, jamoatchilik eshituvlari bayoni va ekologik normativlar loyihalarini jamoat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun taqdim etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
obyektning oʻzida jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlar, shu jumladan, ekspert komissiyasiga atrof-muhit muhofazasiga taalluqli boʻlgan maʼlumot, yozuvlar va hujjatlardan foydalanish va obyekt hududiga kirish imkoniyatini yaratish.
4-bob. Jamoat ekologik ekspertizasi xulosasi
29. Jamoat ekologik ekspertizasi yakunlari boʻyicha ekspert komissiyasi tomonidan jamoat ekologik ekspertizasi xulosasi tayyorlanadi.
30. Jamoat ekologik ekspertizasi xulosasida quyidagilar boʻlishi lozim:
tashabbuskorning nomi va yuridik manzili;
obyektning nomi va joylashgan joyi;
jamoat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati, shuningdek, uni oʻtkazish jarayonida foydalanilgan hujjatlar roʻyxati;
ekspert komissiyasi tarkibi;
jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish asosi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
jamoat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalar, shuningdek, obyekt tomonidan amalga oshirilayotgan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va takliflar.
Bunda ekspert komissiyasining jamoat ekologik ekspertizasi xulosasi bir yoki bir nechta ekspertlar tomonidan kelishilmagan taqdirda, ularning fikrlari alohida hujjatda aks ettirilib imzosi bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
31. Jamoat ekologik ekspertizasi xulosasi tasdiqlangandan keyin bir ish kuni ichida tashabbuskor tomonidan tuman (shahar) hokimliklari va Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasiga taqdim etiladi.
32. Jamoat ekologik ekspertizasi xulosasi tavsiyaviy tusga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
33. Jamoat ekologik ekspertizasi xulosasi nusxalari tashabbuskor va obyektda kamida besh yil saqlanadi.
34. Jamoat ekologik ekspertizasi xulosasi tashabbuskorning veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
35. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
36. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tashabbuskor
Jamoat ekologik ekspertizasini tashkil etish yuzasidan obyekt joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimliklariga ariza bilan murojaat qiladi.
Tashabbuskorning xohishiga koʻra
2-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
1. Jamoat ekologik ekspertizasini tashkil etish toʻgʻrisidagi arizani oʻrganib chiqadi.
2. Arizani rad etish uchun asoslar mavjud boʻlganda arizani rad etadi.
3. Arizani rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmaganda arizani roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ariza berilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida
3-bosqich
Tashabbuskor
1. Obyektni jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish asoslarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Ariza roʻyxatdan oʻtgandan soʻng ikki ish kuni ichida
2. Ekspert komissiyasi tarkibini tuzadi hamda obyektni jamoat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha dastur ishlab chiqadi hamda ekspert komissiyasi tomonidan tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Ariza roʻyxatdan oʻtgandan soʻng oʻn ish kuni ichida
4-bosqich
Ekspert komissiyasi
1. Obyektning ekologik talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
2. Jamoat ekologik ekspertizasi yakunlari boʻyicha jamoat ekologik ekspertizasi xulosasini tayyorlaydi.
Ariza roʻyxatdan oʻtgandan soʻng yigirma besh ish kuni ichida
5-bosqich
Tashabbuskor
Jamoat ekologik ekspertizasi xulosasini tuman (shahar) hokimligi va Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasiga taqdim etadi.
Xulosa tasdiqlangandan keyin bir ish kuni ichida
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 6-ILOVA
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilarning faoliyatini tashkil etish va reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilarning faoliyatini tashkil etish va reytingini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri xususiyatlarini va darajasini, uning ehtimoliy ekologik oqibatlarini aniqlashga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tartib-taomil;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsirini baholash natijalari boʻyicha tayyorlanadigan va ekologik ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami;
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi (keyingi oʻrinlarda — loyihani ishlab chiquvchi) — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek, amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi yuridik shaxs;
loyihani ishlab chiquvchilar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) tomonidan yuritiladigan loyihani ishlab chiquvchilar roʻyxati;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
ekologik normativlar — atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish va chiqindilarni joylashtirish normativlarini belgilash uchun ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan hujjatlar.
3. Loyihani ishlab chiquvchilar oʻz faoliyatini tashkil etishi uchun shtatida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kamida uch yil ishlagan, tegishli malaka sertifikati mavjud boʻlgan kamida ikki nafar xodimga ega boʻlishi kerak.
4. Loyihani ishlab chiquvchilar hisobini yuritish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tomonidan ularning reyestri yuritiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
5. Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarining va ekologik normativlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlash maqsadida Ekologiya qoʻmitasi loyihalarni ishlab chiquvchilarning reytingini yuritadi.
6. Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilarning faoliyatini tashkil etish va reytingini yuritish ishlari ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Loyihani ishlab chiquvchilarning faoliyatini tashkil etish tartibi
7. Loyihani ishlab chiquvchi faoliyatini boshlashidan oldin reyestrga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Ekologiya qoʻmitasiga mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
8. Loyihani ishlab chiquvchining arizasi Ekologiya qoʻmitasiga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
9. Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bepul koʻrib chiqiladi.
10. Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi ariza quyidagi hollarda rad etiladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
xodim ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlmaganda;
loyihani ishlab chiquvchi shtatida tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida ikki nafar xodim boʻlmaganda;
arizada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda.
Loyihani ishlab chiquvchining reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi arizasini rad etishga ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra yoʻl qoʻyilmaydi.
Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi ariza rad etilganda, bu haqida asoslari koʻrsatilgan holda loyihani ishlab chiquvchi xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
11. Loyihani ishlab chiquvchi reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi arizani rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng ushbu Nizomda belgilangan tartibda Ekologiya qoʻmitasiga qayta murojaat qilishga haqli.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
12. Ekologiya qoʻmitasi loyihani ishlab chiquvchini reyestrga kiritadi va bu haqida loyihani ishlab chiquvchini (reyestr raqamini koʻrsatgan holda) xabardor qiladi.
3-bob. Reyestrni yuritish tartibi
13. Reyestr elektron maʼlumotlar bazasi shaklida Ekologiya qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
14. Reyestrda loyihani ishlab chiquvchi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
tashkilot nomi va STIRi;
loyihani ishlab chiquvchi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
joylashgan manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili va rasmiy veb-sayti (agar mavjud boʻlsa);
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
atrof-muhitga taʼsirni baholash sohasidagi faoliyat doirasi toʻgʻrisida maʼlumot;
loyihani ishlab chiquvchi xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi va unga berilgan malaka sertifikatining sanasi, raqami va amal qilish muddati;
loyihani ishlab chiquvchining reyestrga kiritilgan sanasi;
loyihani ishlab chiquvchining reyestrdan chiqarilish asoslari va sanasi (agar mavjud boʻlsa).
15. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, loyihani ishlab chiquvchi ushbu oʻzgarishlar haqida Ekologiya qoʻmitasiga oʻzgarishlarni tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.
Bunda Ekologiya qoʻmitasi besh ish kuni ichida reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
16. Loyihani ishlab chiquvchi quyidagi hollarda reyestrdan chiqarilishi mumkin:
shtatida tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida ikki nafar xodim boʻlmaganda;
malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganda;
reyestrdan ixtiyoriy chiqarish toʻgʻrisida yozma murojaat qilganda;
faoliyati tugatilganda.
17. Reyestrni yuritish davomida toʻplangan maʼlumotlar Ekologiya qoʻmitasida besh yil mobaynida saqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
18. Loyihani ishlab chiquvchining reyestrga kiritilmasligi u tomonidan taqdim etilgan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasiga qabul qilmaslik uchun asos boʻladi.
4-bob. Loyihani ishlab chiquvchilarning reytingini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
19. Loyihani ishlab chiquvchining atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish faoliyati samaradorligini har oyda baholash orqali ularning reytingi Ekologiya qoʻmitasining Ekspertlar kengashi tomonidan aniqlanadi.
20. Loyihani ishlab chiquvchilar reytingi Ekologiya qoʻmitasining Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlanadigan mezonlarga muvofiq 0 balldan 100 ballgacha boʻlgan balli tizim asosida aniqlanadi.
21. Loyihani ishlab chiquvchilar reytingini aniqlash natijalariga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi:
81 balldan 100 ball olgan loyihani ishlab chiquvchi — “yashil” toifa;
51 balldan 80 ball olgan loyihani ishlab chiquvchi — “koʻk” toifa;
50 balldan past olgan loyihani ishlab chiquvchi — “sariq” toifa.
Bunda loyihani ishlab chiquvchi aniqlangan toifasiga koʻra:
“yashil” toifaga ega boʻlgan loyihani ishlab chiquvchi atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning barcha toifalariga mansub faoliyat turlari;
“koʻk” toifaga ega boʻlgan loyihani ishlab chiquvchi atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning II va III toifalarga mansub faoliyat turlari;
“sariq” toifaga ega boʻlgan loyihani ishlab chiquvchi atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III toifaga mansub faoliyat turlari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
22. Ekologiya qoʻmitasi loyihani ishlab chiquvchini reyestrga kiritish hamda uning reyting natijalarini oʻzining rasmiy veb-saytga eʼlon qilib boradi.
23. Ushbu Nizomni qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilarning faoliyatini tashkil etish va reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilarning faoliyatini tashkil etish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi
Faoliyatini boshlashidan oldin reyestrga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ekologiya qoʻmitasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Loyihani ishlab chiquvchining xohishiga koʻra
2-bosqich
Ekologiya qoʻmitasi
1. Loyihani ishlab chiquvchining reyestrga kiritish boʻyicha arizasini koʻrib chiqadi.
2. Arizani rad etish uchun asoslar mavjud boʻlganda arizani rad etadi.
3. Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi ariza rad etilganda, bu haqida asoslari koʻrsatilgan holda loyihani ishlab chiquvchini xabardor qiladi.
4. Arizani rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, loyihani ishlab chiquvchini reyestrga kiritadi va bu haqida loyihani ishlab chiquvchini (reyestr raqamini koʻrsatgan holda) xabardor qiladi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida
3-bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi
Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, oʻzgarishlar haqida Ekologiya qoʻmitasiga oʻzgarishlarni tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda
4-bosqich
Ekologiya qoʻmitasi
Reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Besh ish kuni ichida
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilarning faoliyatini tashkil etish va reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi
milliy qoʻmitasi raisi
___________________________ga
(F.I.O)
__________________________dan
(ariza beruvchi F.I.O)
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilar reyestrga kiritish toʻgʻrisida
ARIZA
Sizdan __________________________________________________________________________ ni
(loyiha ishlab chiquvchining toʻliq nomi)
Loyihani ishlab chiquvchilar reyestriga kiritishingizni soʻrayman.
Loyihani ishlab chiquvchi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni tasdiqlayman:
joylashgan joyi (pochta manzili) _____________________________________________________
telefon raqami (kodi bilan) _________________________________________________________
STIR raqami _______________________________________________________________________
elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) ________________________________________________
rasmiy veb-sayti (mavjud boʻlsa) ______________________________________________________
loyiha ishlab chiquvchi xodimlarning F.I.O. va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ish staji ___________________________________________________________________________________
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi:
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 7-ILOVA
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi (keyingi oʻrinlarda — loyihani ishlab chiquvchi) — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek, amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Malaka sertifikati reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan malaka sertifikatlarining roʻyxati;
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi;
talabgor — malaka sertifikatini olish uchun belgilangan tartibda murojaat qilgan jismoniy shaxs;
ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati) — loyihani ishlab chiquvchining xodimi malakasini tasdiqlovchi hamda atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlarni ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
3. Malaka sertifikati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida oliy maʼlumotga hamda kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga beriladi.
4. Malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
5. Malaka sertifikati ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
2-bob. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
6. Talabgor malakasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi davlat muassasalari yoki nodavlat taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) va yuridik yoki jismoniy shaxs oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida oshiriladi.
7. Taʼlim tashkilotlarida oʻquv kurslari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan toʻrt haftalik namunaviy oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi.
8. Malaka oshirish kurslari yakunlari boʻyicha talabgorga taʼlim tashkilotlari tomonidan guvohnoma beriladi.
9. Loyihani ishlab chiquvchining xodimi har ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart.
3-bob. Malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
10. Talabgor malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
11. Talabgor davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq soʻrovnomani toʻldiradi.
12. Soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilganda, talabgor undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirgandan soʻng uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Davlat xizmatlari markazi talabgorga oʻz ERIsini shu joyning oʻzida olishi uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashi shart.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
13. Talabgorga oid quyidagi hujjatlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yerusti va yerosti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning tan olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat nusxasi;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kamida uch yil ish stajiga egaligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Davlat xizmatlari markazi va maxsus vakolatli davlat organi oʻrtasida axborot almashinuvi ERIni qoʻllagan holda, faqat “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi.
14. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilib, talabgorning ERIsi bilan tasdiqlangandan soʻng real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqt ichida, YIDXP orqali murojaat qilganda esa avtomatik tarzda maxsus vakolatli davlat organiga elektron shaklda yuboriladi.
15. Talabgorning malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov (keyingi oʻrinlarda — toʻlov) undiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan toʻlov miqdorining 90 foizi undiriladi.
Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar maxsus vakolatli davlat organining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar maxsus vakolatli davlat organining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Toʻlov toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
16. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
4-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish tartibi
17. Maxsus vakolatli davlat organi murojaat kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
18. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida maxsus vakolatli davlat organi talabgorni uch ish kuni ichida elektron shaklda xabardor qiladi.
Ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uning asoslari koʻrsatiladi.
19. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etishga quyidagilar asos hisoblanadi:
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid oliy maʼlumotga hamda mazkur sohada kamida uch yil ish stajiga ega boʻlmaganda;
malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi mavjud boʻlmaganda;
mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan toʻlov toʻlanmaganda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi. Bunda amalga oshirilgan toʻlov talabgorga qaytarilmaydi hamda qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta murojaat etiladi.
Ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan kamchilik aniqlanganda, ushbu kamchilikni oʻn ish kuni ichida bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida talabgorga xabarnoma yuboriladi.
20. Xabarnomada koʻrsatilgan kamchilik belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi davlat xizmati koʻrsatishni rad etadi.
21. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganda, malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida imtihon oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin bu haqida talabgorga xabarnoma yuboriladi hamda maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
22. Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin uzrsiz sabablarga koʻra ikkinchi marotaba malaka imtihonida ishtirok etmasa, talabgorga davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Bunda talabgorga malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlangan toʻlov qaytarib berilmaydi.
5-bob. Imtihon komissiyasi
23. Malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish uchun maxsus vakolatli davlat organi tomonidan doimiy faoliyat yurituvchi, jami toʻqqiz nafar aʼzodan iborat tarkibda Imtihon komissiyasi tashkil qilinadi.
Imtihon komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, komissiya aʼzolari va kotibdan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Imtihon komissiyasi tarkibiga maxsus vakolatli davlat organining xodimlari va boshqa davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari jalb etilishi mumkin.
Imtihon komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
24. Imtihon komissiyasi quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
malaka imtihonini oʻtkazish tartibini tasdiqlash;
malaka imtihoni test savollarini tuzish;
malaka imtihoni oʻtkaziladigan sana, joy va vaqt boʻyicha taklif tayyorlash;
malaka imtihonini oʻtkazish;
malaka imtihoni natijalarini rasmiylashtirish.
25. Imtihon komissiyasining majlislari zarurat boʻlganda, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi, talabgorlardan ariza kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
Imtihon komissiyasining kotibi komissiya majlislarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Imtihon komissiyasining majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan tarkibda va rais yoki rais oʻrinbosarining ishtirokida oʻtkaziladi.
26. Imtihon komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
6-bob. Malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish tartibi
27. Malaka imtihoni test sinovi orqali kompyuter texnikasidan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Malaka imtihonining test savollari soha yoʻnalishlari boʻyicha jami 50 ta nazariy savollardan iborat holda shakllantiriladi.
Test savollarini yechish uchun talabgorga ikki soat vaqt ajratiladi hamda natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.
Savollarning 70 foiziga toʻgʻri javob bergan talabgor imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
Malaka imtihonining oshkoraligi va xolisligini taʼminlash maqsadida imtihon onlayn rejimda namoyish etiladi, uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
28. Malaka imtihonining natijalari uch ish kunida Imtihon komissiyasi bayonnomasi bilan tasdiqlanadi hamda maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
29. Maxsus vakolatli davlat organi Imtihon komissiyasining bayonnomasi tasdiqlangandan keyin bir ish kunida mazkur Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) real vaqt rejimida elektron shaklda yuboradi.
30. Malaka sertifikati uch yil muddatga beriladi.
31. Malaka imtihonini oʻtkazish boʻyicha hujjatlar (test savollari va ularga javoblar), shuningdek, Imtihon komissiyasining bayonnomalari maxsus vakolatli davlat organida uch yil mobaynida saqlanadi.
7-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
32. Malaka imtihoni natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar malaka imtihoni natijalari eʼlon qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida maxsus vakolatli davlat organiga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati apellyatsiya berilgan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmasligi lozim.
33. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun maxsus vakolatli davlat organi tomonidan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil qilinadi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan shaxslar kiritilmaydi.
34. Apellyatsiya talabgor ishtirokida koʻrib chiqiladi va natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasining quyidagi qarorlaridan biri qabul qilinadi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
apellyatsiyani qanoatlantirish va talabgor malaka imtihonini topshirgan deb hisoblash toʻgʻrisida;
talabgorga malaka imtihonini takroran topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
35. Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellyatsiya mazkur Nizom talablarini buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellyatsiyada keltirilgan sabablar oʻz tasdigʻini topmasa.
36. Talabgorga malaka imtihonini takroran topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror malaka imtihonini oʻtkazish tartibi buzilgan holatlarda qabul qilinadi hamda mazkur Nizom talablariga asosan malaka imtihoni takroran oʻtkaziladi.
37. Apellyatsiya natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Apellyatsiya komissiyasining barcha aʼzolari va talabgor tomonidan imzolanadi.
38. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-bob. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish tartibi
39. Malaka sertifikati egasining familiyasi yoki ismi yoxud otasining ismi oʻzgargan taqdirda, u tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan boshlab bir oy ichida maxsus vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
40. Malaka sertifikati malaka sertifikati egasi arizani bergan paytdan boshlab maxsus vakolatli davlat organi tomonidan besh ish kuni ichida qayta rasmiylashtiriladi va unga elektron shaklda taqdim etiladi.
41. Maxsus vakolatli davlat organi malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda Reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
42. Malaka sertifikatining egasi ushbu sertifikat qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan malaka sertifikati asosida amalga oshiradi.
9-bob. Malaka sertifikatini bekor qilish tartibi
43. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
malaka sertifikati egasi tomonidan sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisida murojaat etilganda;
malaka sertifikati egasi vafot etganda;
malaka sertifikati egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;
malaka sertifikati egasi belgilangan muddatlarda malaka oshirish kursidan oʻtmaganda;
Imtihon komissiyasining malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
malaka sertifikati egasi tomonidan atrof-muhitga taʼsirni baholash boʻyicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish faoliyatida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan tijorat siri yoki qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa konfidensial maʼlumotlarni, ushbu maʼlumotlar egasining roziligisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganda, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
malaka sertifikati qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olingani aniqlanganda;
malaka sertifikati egasi tomonidan soxta maʼlumotlar asosida atrof-muhitga taʼsirni baholash boʻyicha materiallar va ekologik normativlar loyihalari ishlab chiqilgani aniqlanganda.
44. Mazkur Nizomning 43-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda malaka sertifikati Imtihon komissiyasining qaroriga muvofiq bekor qilinadi.
Maxsus vakolatli davlat organi malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, malaka sertifikatini bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda, bu haqida malaka sertifikati egasini yozma shaklda xabardor qiladi.
45. Malaka sertifikatining bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
10-bob. Reyestrni yuritish tartibi
46. Reyestr shakli maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va elektron shaklda yuritiladi hamda uning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
47. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
malaka sertifikati egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi;
malaka sertifikati seriyasi, raqami va amal qilish muddati;
malaka sertifikatining bekor qilingani va qayta rasmiylashtirilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizomning talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
49. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
50. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Malaka sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Talabgor Davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilib, talabgorning ERIsi bilan tasdiqlangandan soʻng yoki YIDXP orqali murojaat qilganda, soʻrovnoma talabgor tomonidan mustaqil ravishda toʻldirilib, vakolatli organga elektron shaklda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqtda, YIDXP orqali esa avtomatik tarzda
3-bosqich
Ekologiya qoʻmitasi
1. Talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Murojaat kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida
2. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida talabgorni elektron shaklda xabardor qiladi. Ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uning asoslarini koʻrsatadi.
Uch ish kunida
3. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganda, malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida talabgorga xabarnoma yuboradi hamda rasmiy veb-saytda eʼlon qiladi.
Imtihon oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin
4. Malaka imtihonining natijalari Imtihon komissiyasi bayonnomasi bilan tasdiqlanadi hamda rasmiy veb-saytga joylashtiradi.
Uch ish kunida
5. Malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) real vaqt rejimida elektron shaklda yuboradi.
Imtihon komissiyasining bayonnomasi tasdiqlangandan keyin bir ish kunida
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish boʻyicha
SOʻROVNOMA
Menga ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berishingizni soʻrayman.
Talabgor toʻgʻrisida maʼlumot
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari
Mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma seriya va raqami
Ish joyi va lavozimi (ish joyi mavjud boʻlsa)
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Telefon raqami
Elektron raqamli imzo:
QR-kod
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
MALAKA SERTIFIKATI
_________-son
20___ yil “____” ____________
Ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan
______________________________________________________________________________________ ga
(jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)
20___ yil ____ _____________dagi Imtihon komissiyasining qaroriga asosan ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikati berildi.
_____________________________
_________________
(vakolatli shaxsning F.I.O.)
(muhr oʻrni yoki QR-kod)
(imzo)
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 8-ILOVA
Strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzani tayyorlash va uning sifatini baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzani (keyingi oʻrinlarda — ekologik maʼruza) tayyorlash va uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
manfaatdor tomonlar — strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari bilan bogʻliq faoliyatlarni qulay atrof-muhitga boʻlgan huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar;
strategik rejalashtirish hujjatlari — davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari va shaharsozlik hujjatlari, shuningdek, boshqa strategik ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarga oid hujjatlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
strategik ekologik baholash — strategik rejalashtirish hujjatlari asosida moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri xususiyatlari va darajasini, ehtimoliy ekologik oqibatlarini aniqlashga, shuningdek, baholash natijalari boʻyicha atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tartib-taomil;
tashabbuskor — strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
3. Strategik ekologik baholash obyektlari quyidagilardan iborat:
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida oʻtkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari yuzasidan ishlab chiqilgan hujjatlar;
amalga oshirilishi atrof-muhitga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan strategik rejalashtirish hujjatiga kiritilayotgan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar.
4. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi, fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar bilan bogʻliq strategik rejalashtirish hujjati loyihalari strategik ekologik baholanmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
5. Strategik rejalashtirish hujjatini strategik ekologik baholamasdan tasdiqlash, amalga oshirish va unda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish taqiqlanadi.
Bunda respublika (yuqori) darajasidagi hujjatlarni strategik ekologik baholash natijalari hududiy (quyi) darajadagi hujjatlar strategik ekologik baholashda hisobga olinishi va shuningdek, hududiy (quyi) darajalarda ishlab chiqilgan hujjatlarni strategik ekologik baholash natijalari respublika (yuqori) darajasida ishlab chiqilgan hujjatlar strategik ekologik baholashda hisobga olinishi kerak.
6. Strategik ekologik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini dastlabki baholash;
ekologik maʼruzaning qamrov doirasini belgilash;
ekologik maʼruzani tayyorlash;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini strategik ekologik baholash doirasida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini strategik ekologik baholashda jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash;
ekologik maʼruzaning sifatini baholash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
strategik ekologik baholash jarayonida strategik rejalashtirish hujjati loyihasining transchegaraviy taʼsirini baholash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
strategik rejalashtirish hujjatining atrof-muhitga taʼsirini monitoring qilish.
7. Strategik ekologik baholash ushbu jarayonning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim.
2-bob. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini dastlabki baholash
8. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini strategik ekologik baholash zarurligi yoki zarur emasligini aniqlash maqsadida strategik rejalashtirish hujjati loyihasi dastlabki baholashdan (keyingi oʻrinlarda — dastlabki baholash) oʻtkazilishi lozim.
9. Dastlabki baholashni oʻtkazish uchun tashabbuskor maxsus vakolatli davlat organiga quyidagilarni taqdim etadi:
a) tashabbuskor haqidagi maʼlumotlar:
tashabbuskorning nomi, yuridik manzili, telefon raqamlari;
b) quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan strategik rejalashtirish hujjati loyihasining tushuntirish xati:
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining nomi;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqish zarurligini asoslash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
strategik rejalashtirish hujjati loyihasiga kiritilgan atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy jihatlari yoki dasturlar;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari va muddatlari;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining amalga oshirilishi natijasida atrof-muhitga ehtimoliy taʼsiri;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqish muddatlari va ularni tasdiqlash usuli;
hududning umumiy holati, tabiiy resurslar holati va ekologik xususiyatlari;
v) tegishli hudud toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
atrof-muhitga taʼsirni strategik ekologik baholashga mos keladigan tegishli hududni aniqlash;
hududning atrof-muhit holati hamda asosiy xususiyatlari va muammolari;
hududning tabiiy resurslardan foydalanish holati va rejalari;
muqobil rejalar;
baholanadigan obyektlar, ular koʻlami, baholash usullari.
g) manfaatdor tomonlarning strategik rejalashtirish hujjati loyihasi boʻyicha xulosalari.
Strategik rejalashtirish hujjati loyihasi maxsus vakolatli davlat organiga ijro intizomi nazoratini taʼminlovchi elektron hujjat aylanish tizimi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
10. Maxsus vakolatli davlat organi oʻn ish kuni ichida tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan tegishli maʼlumotlarni dastlabki baholashdan oʻtkazadi va natijalari boʻyicha strategik ekologik baholash zarurligi yoki zarur emasligi toʻgʻrisida tegishli xulosa beradi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
11. Maxsus vakolatli davlat organi strategik ekologik baholash zarurligi aniqlangan strategik rejalashtirish hujjati loyihalari uchun manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish maqsadida ularning roʻyxatini belgilaydi.
Bunda ushbu roʻyxatga sogʻliqni saqlash sohasidagi vakolatli organ, shuningdek, strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish nazarda tutilayotgan maʼmuriy-hududiy birlikning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi kiritilishi shart.
3-bob. Strategik ekologik baholashda jamoatchilikning ishtirok etishi
12. Tashabbuskor tomonidan strategik ekologik baholash jarayonlari boʻyicha jamoatchilikni xabardor qilish hamda ularning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida jamoatchilik eshituvlari tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Tashabbuskor jamoatchilik eshituvini oʻtkazish joyi va vaqti haqidagi maʼlumotlarni oʻzining va maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik eshituvidan 15 kun oldin eʼlon beradi.
13. Jamoatchilik eshituvida tashabbuskor vakili tomonidan strategik rejalashtirish hujjati loyihasining texnik xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlari taqdimot qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
14. Jamoatchilik eshituvi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik eshituvining ishtirokchilari jamoatchilik eshituviga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli. Jamoatchilik eshituvi ommaviy axborot vositalari orqali va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham oʻtkazilishi mumkin.
15. Jamoatchilik eshituvi natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
16. Bayonnomada jamoatchilik eshituvlari natijalari, bildirilgan fikr va eʼtirozlar, manfaatdor tomonlarning takliflari, shuningdek, eshituvlar oʻtkazilgunga qadar kelib tushgan taklif va javoblar koʻrsatiladi.
17. Jamoatchilik eshituvi bayonnomasining har bir sahifasi yigʻilish raisi tomonidan imzolanadi hamda tashabbuskor tomonidan tasdiqlanadi.
18. Jamoatchilik eshituvi bayonnomalarining nusxalari tashabbuskorda kamida bir yil saqlanadi.
Jamoatchilik eshituvi bayonnomasi tashabbuskor veb-saytida eʼlon qilinishi va OAV orqali yoritib borilishi mumkin.
4-bob. Strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzaning qamrov doirasini belgilash
19. Strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzaning qamrov doirasi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan besh ish kuni ichida belgilanadi.
Ekologik maʼruzaning qamrov doirasini belgilashda strategik rejalashtirish hujjati loyihasining tavsifi va mazmunidan kelib chiqib, ekologik maʼruzaga kiritiladigan axborotning hajmi, toʻliqligi va batafsilligi darajasi aniqlanadi.
Ekologik maʼruzaning qamrov doirasi quyidagi maqsadlarda belgilanadi:
strategik rejalashtirish hujjati loyihasiga kiritilishi mumkin boʻlgan, asoslantirilgan va amalda qoʻllanadigan muqobil yechimlarni belgilash, shu jumladan, atrof-muhitga va (yoki) inson sogʻligʻiga taʼsirni kamaytirish;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasi, shuningdek, unga kiritilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlar, uni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar haqida jamoatchilikni xabardor qilish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga hamda qonunchilikka va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlariga muvofiq muhofaza etilishi lozim boʻlgan mahalliy, davlat ahamiyatiga hamda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan boshqa hududlarga va obyektlarga jiddiy salbiy taʼsirini aniqlash;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirishda atrof-muhitga transchegaraviy taʼsir ehtimolini aniqlash;
inson sogʻligʻini va qulay atrof-muhitni taʼminlash uchun strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi maqsadlarni, shu jumladan, xalqaro va milliy darajada belgilangan maqsadlarni aniqlash.
20. Ekologik maʼruzaning qamrov doirasini belgilashda quyidagi atrof-muhit obyektlarini oʻz ichiga olishi kerak:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
a) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shu jumladan:
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kengaytirish va ularning muhofazasi;
hududlarda barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash;
gidrometeorologik sharoitlar tavsifi;
yerni (shu jumladan, tuproqni) muhofaza qilish va undan foydalanish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.03.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.03.01 Oʻsimlik dunyosining davlat hisobi. Oʻsimlik dunyosining davlat kadastri. Oʻsimlik dunyosining monitoringi]
oʻrmonlardan foydalanish, muhofaza qilish, saqlash va koʻpaytirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
suvni muhofaza qilish va undan foydalanish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish;
atmosfera havosini himoya qilish;
ozon qatlamini himoya qilish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
b) qishloq va oʻrmon xoʻjaliklari tarmoqlari;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
v) sanoat, shu jumladan, uning alohida tarmoqlari;
g) transport, shu jumladan, xavfli yuklarni tashish, temir yoʻl transporti, ichki suv transporti, havo transporti, avtomobil transporti, avtomobil yoʻllari, harakat xavfsizligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
d) energiya, shu jumladan, atom energiyasidan foydalanish boʻyicha faoliyat, energiya taʼminoti, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari.
21. Qamrov doirasini aniqlashda strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirishning muqobil variantlari hisobga olinishi kerak.
Muqobil variantlar tegishli tashkiliy, ilmiy, texnik rivojlanish bilan, shuningdek, hududiy mansublik nuqtai nazaridan amalga oshirish imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
Salbiy oqibatlarga olib keladigan strategik rejalashtirish hujjatini amalga oshirishning muqobil variantlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar]
22. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tashabbuskordan strategik rejalashtirish hujjati loyihasini barcha bosqichlarida fuqarolarning obyektiv ekologik maʼlumotni oʻz vaqtida olish va atrof-muhit bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki huquqini amalga oshirishni taʼminlaydi.
5-bob. Ekologik maʼruzani tayyorlash tartibi
23. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish uchun tashabbuskor ekologik maʼruzani tayyorlaydi va uning sifatini baholash uchun maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar]
Ekologik maʼruzada keltirilgan maʼlumotlarning ishonchligi va toʻliqligiga tashabbuskor javobgar hisoblanadi.
24. Tashabbuskor ekologik maʼruzani tayyorlash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlarni, mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislar va tashqi ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
25. Ekologik maʼruza quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining nomi va loyiha haqida maʼlumotlar;
strategik ekologik baholashning maqsad va vazifalari, uni oʻtkazishga qoʻyiladigan talablar, agar u oʻtkazilgan boʻlsa, dastlabki baholash natijalari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
ishlab chiqilayotgan hujjat yangimi yoki mavjud yechimga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, taklif etilayotgan strategik qarorlar tavsifi bilan strategik rejalashtirish hujjati loyihasining tavsifi;
strategik ekologik baholashda ishtirok etganlarning shaxsiy maʼlumotlari;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining boshqa amaldagi strategik rejalashtirish hujjati loyihasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
boshqa strategik rejalashtirish hujjati loyihasining mumkin boʻlgan taʼsiri;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash muddatlari;
atrof-muhit komponentlari holatini tavsiflash;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirishning mumkin boʻlgan muqobil variantlari, ularni koʻrib chiqish va dasturlar loyihasini ishlab chiqishda hisobga olish zarurati;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish jarayonida atrof-muhitga taʼsir qilish jihatlarini baholash;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish jarayonida ekologik jihatlarga taʼsir etuvchi taʼsirning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini baholash;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirishning aholi salomatligiga taʼsirini baholash;
tavsiya etilgan strategik qarorni tanlashni asoslash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan atrof-muhitga (shu jumladan, transchegaraviy) taʼsir va ekologik oʻzgarishlarni aniqlash;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish samaradorligini monitoring qilish rejasi;
manfaatdor tomonlar hamda jamoatchilik bilan kelishuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
strategik ekologik baholash tavsiyalarini strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqishga integratsiya qilish boʻyicha takliflar;
foydalanilgan adabiy manbalar.
Tashabbuskor ekologik maʼruzani tayyorlash doirasida manfaatdor respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan maslahatlashishga haqlidir.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
26. Tashabbuskor tomonidan strategik rejalashtirish hujjati loyihasini tayyorlashda jamoatchilik muhokamasi hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan maslahatlashuvlar yakunlari boʻyicha bildirilgan asosli takliflar hisobga olinadi.
6-bob. Ekologik maʼruzaning sifatini baholash tartibi
27. Strategik ekologik baholash maxsus vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi mezonlarga asosan oʻtkaziladi:
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining atrof-muhitga taʼsiri bilan bogʻliq ekologik xavflarning hisobga olinishini taʼminlash va mazkur hujjatning barqaror rivojlanishga koʻmaklashish maqsadlariga muvofiqligini taʼminlash zarurligi nuqtai nazaridan dolzarbligi;
barqaror rivojlanishga koʻmaklashishni taʼminlash maqsadida strategik rejalashtirish hujjati loyihasida aholi sogʻligʻi bilan bogʻliq ekologik omillarni hisobga olish zarurligi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini faoliyat turlarini, ularning joylashuvini, koʻlamlarini, sharoitlarini hamda tabiiy resurslarning mavjudligini va ulardan foydalanish shartlarini hisobga olgan holda amalga oshirish imkoniyati;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish jarayonida ekologik xavflarning, shu jumladan, inson sogʻligiga taʼsirning hisobga olinishi;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish nuqtai nazaridan dolzarbligi;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar bilan bogʻliq ekologik muammolarning, shu jumladan, aholi sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarning mavjudligi;
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ehtimol tutilgan oqibatlarning transchegaraviy xususiyati.
Maxsus vakolatli davlat organi strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ushbu bandning birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga asosan strategik ekologik baholaydi hamda tegishli tavsiyalarni beradi.
28. Maxsus vakolatli davlat organi maʼruza sifatini baholashda zarur hollarda xulosalari tavsiya xususiyatiga ega boʻlgan mahalliy hamda xorijiy malakali mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida oʻz mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etishi mumkin.
29. Tashabbuskor maxsus vakolatli davlat organiga maʼruza sifatini baholash doirasida zarur boʻlgan axborotlarni taqdim etishi shart.
30. Maxsus vakolatli davlat organi manfaatdor tomonlar hamda jamoatchilikdan olingan fikr va takliflarni hisobga olgan holda, maʼruza sifatini baholaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
Maʼruza sifati atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda ekologik normativlar asosida baholanadi.
31. Maʼruza sifatini baholash natijalariga koʻra maxsus vakolatli davlat organi oʻn besh ish kuni ichida ekologik maʼruzaning sifati toʻgʻrisida tegishli xulosa chiqaradi.
32. Maxsus vakolatli davlat organi ekologik maʼruzani baholash natijalari boʻyicha tayyorlagan ekologik xulosani tashabbuskorga ikki ish kuni ichida rasman yuboradi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar]
33. Ekologik maʼruzani baholash yakunlari boʻyicha berilgan har bir ekologik xulosa maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
34. Strategik ekologik baholash har bir strategik ekologik baholash obyekti boʻyicha bir marta oʻtkaziladi.
7-bob. Manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish
35. Tashabbuskor strategik rejalashtirish hujjati loyihasini strategik ekologik baholash doirasida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
36. Tashabbuskor manfaatdor tomonlar soʻroviga asosan strategik ekologik baholash doirasida tegishli maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
37. Manfaatdor tomonlar strategik rejalashtirish hujjati loyihasi boʻyicha oʻz mulohazalari va takliflarini yoxud ularning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tashabbuskorga qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etishi shart.
8-bob. Strategik ekologik baholash jarayonida strategik rejalashtirish hujjati loyihasining transchegaraviy taʼsirini baholash
38. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasi transchegaraviy jihatdan quyidagi hollarda baholanadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat qoʻshni davlat hududida atrof-muhitga sezilarli salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlsa;
agar qoʻshni davlatda moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof-muhitga sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatayotgan boʻlsa.
39. Atrof-muhitga taʼsir Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq transchegaraviy jihatdan baholanadi.
9-bob. Strategik rejalashtirish hujjatining atrof-muhitga taʼsirini monitoring qilish
40. Ekologik maʼruzaning sifati toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan talablarni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va monitoring qilish belgilangan tartibda tashabbuskor tomonidan taʼminlanadi.
Tashabbuskor ekologik maʼruzaning sifati toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan talablarning bajarilishi toʻgʻrisida har chorak yakunlariga koʻra chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Bunda tashabbuskor xulosada koʻrsatilgan talablarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etmagan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organiga tashabbuskorga yozma koʻrsatma beradi.
41. Tashabbuskor tegishli strategik rejalashtirish hujjatini amalga oshirish jarayonida atrof-muhit yoki aholi salomatligi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini aniqlasa, bunday oqibatlarning oldini olish yoki yumshatish boʻyicha choralar koʻrilishini taʼminlashi, bu haqida maxsus vakolatli davlat organi va tegishli tashkilotlarni xabardor qilishi shart.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
43. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzani tayyorlash va uning sifatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzani tayyorlash va uning sifatini baholash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
(keyingi oʻrinlarda — tashabbuskor)
Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini Ekologiya qoʻmitasiga ijro intizomi nazoratini taʼminlovchi elektron hujjat aylanish tizimi orqali elektron shaklda taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Ekologiya qoʻmitasi
Tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan tegishli maʼlumotlarni dastlabki baholash natijalariga koʻra strategik ekologik baholash zarurligi yoki zarur emasligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Oʻn ish kuni
3-bosqich
Tashabbuskor
Jamoatchilik eshituvini oʻtkazish joyi va vaqti haqidagi maʼlumotlarni oʻzining va Ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon beradi.
Jamoatchilik eshituvidan 15 kun oldin
4-bosqich
Ekologiya qoʻmitasi
Strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzaning qamrov doirasini belgilaydi.
Besh ish kuni
5-bosqich
Tashabbuskor
Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish uchun ekologik maʼruzani tayyorlaydi va uning sifatini baholash uchun Ekologiya qoʻmitasiga taqdim etadi.
1. Maʼruza sifatini baholash natijalariga koʻra ekologik maʼruzaning sifati toʻgʻrisida tegishli xulosa chiqaradi.
Oʻn besh ish kuni
2. Ekologik maʼruzani baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan ekologik xulosani tashabbuskorga ikki ish kuni ichida rasman yuboradi.
Ikki ish kuni
7-bosqich
Tashabbuskor
1. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini strategik ekologik baholash doirasida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
2. Ekologik maʼruzaning sifati toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan talablarning bajarilishi haqida Ekologiya qoʻmitasiga axborot taqdim etadi.
Har chorak yakunlariga koʻra chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishda ilm-fan va texnikaning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ilgʻor yutuqlari inobatga olinadi, chiqindilarni joylashtirishni, ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishini, oqizilishini kamaytirish boʻyicha eng yaxshi qulay texnologiyalarni joriy etish nazarda tutiladi”;
b) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi (keyingi oʻrinlarda — loyihani ishlab chiquvchi) — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek, amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi yuridik shaxs;
atrof-muhitni ifloslantirish manbai — ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga tushadigan moddalar yoki moddalar yigʻindisi tufayli paydo boʻladigan ifloslantiruvchi antropogen obyekt;
atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va oqovalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini normalash — tabiiy oʻzgarishlar jarayonida eng sezgir organizmlar (indikator) yordamida aniqlangan yoʻl qoʻyiladigan chegaralar;
atrof-muhitni taxminiy-xavfsiz ifloslantirish darajasi (TXTD) — sanoat obyektlarini loyihalashtirish uchun hisoblash metodi bilan belgilangan atmosferani ifloslantiruvchi moddaning vaqtincha normativi;
ifloslantiruvchi tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilar paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — xatlovdan oʻtkazish) — atrof-muhitga tashlanadigan, ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari, chiqindilar paydo boʻlishi va joylashtirilishini, ularning sifat tarkibini aniqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish, miqdorini, manbalari parametrlarini aniqlash jarayoni;
konsentratsiyaning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori (KCHM) — odam organizmida reflektor reaksiyalarini paydo qilmasligi kerak boʻlgan havo, suv va tuproqning konsentratsiyasi;
ekologik normativlarni belgilashning gibrid modeli — eng yaxshi qulay texnologiyalarni joriy etish orqali sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari uygʻunligida ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari normativlarini belgilash tizimi;
oqovaning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori (OCHM) — nazorat punktida suv sifati normalarini taʼminlash maqsadida vaqt birligi hisobiga ushbu punktda belgilangan rejimda ajralishiga maksimal yoʻl qoʻyiladigan oqova suvlardagi moddalar miqdori;
oqova suvlarni chiqarib yuborish — suvni isteʼmol qilish va (yoki) undan foydalanish natijasida hosil boʻladigan hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari orqali oqizib yuboriladigan suv;
sanitariya-himoya zonasi — aholi yashaydigan va tashkilot orasidagi maxsus ajratilgan oʻsimlik va yalanglik zonasi, ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini zararsiz normagacha tarqalib ketishini taʼminlaydigan hudud;
tashlamalarning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori (TCHM) — atmosfera havosi uchun belgilangan, yoʻl qoʻyiladigan cheklangan normadan oshmaydigan yer ustidagi konsentratsiyalarni shakllantiruvchi, vaqt birligi hisobiga toʻgʻri keladigan tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori;
texnik jihatdan erishiladigan koʻrsatkichlar — oqova suvlarni ifloslantiruvchi moddalardan tozalash qurilmalarining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda oqova suvlarning koʻrsatkichlari;
chiqindilarni vaqtincha joylashtirish — chiqindilarni tashkilot hududida saqlash uchun moʻljallangan maxsus qurilma yoki boshqa hududlarda ishlatishdan oldingi texnologik ketma-ketlik yoki qayta ishlashga, zararsizlantirishga yoki chiqindilarni doimiy joylashtirish obyektiga joʻnatish;
chiqindining xavflilik klassi — atrof-muhit obyektiga va odamga yetkazilishi mumkin boʻlgan salbiy taʼsir darajasi boʻyicha chiqindi yoki uning komponenti gradatsiyasi;
chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatda joylashtirish uchun ruxsat etilgan chiqindilarning cheklangan miqdori;
chiqindilarning paydo boʻlish normasi — asosiy xomashyoning muayyan massasini qayta ishlashda yoki chiqindilarning paydo boʻlish normativini taʼminlash sharoitlarida tayyor mahsulotni muayyan miqdorda tayyorlashda chiqadigan chiqindi miqdori;
chiqindilarning paydo boʻlish normativi — mahsulot birligini ishlab chiqarishda chiqindilar aniq turining yoki ularning boshlangʻich xomashyo birligiga toʻgʻri keladigan belgilangan miqdori;
ekologik normativlar — atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish va chiqindilarni joylashtirish normativlarini belgilash uchun ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan hujjatlar;
ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi bayonot — qurilishi (rekonstruksiya, modernizatsiya, kengaytirish) tugallangan obyekt (yoki uning uchastkasini) foydalanishga qabul qilib olinguniga qadar bajariladigan va ekologik normativlarni belgilaydigan atrof-muhitga taʼsirni baholash tartib-taomilining yakuniy bosqichi;
eng yaxshi qulay texnologiya — mahsulot (tovarlar) ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qoʻllashning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlishi sharti bilan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishish mezonlarini samarali uygʻunlashtirish asosida belgilanadigan texnologiya.
4. Ekologik normativlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tomonidan ishlab chiqiladi hamda davlat ekologik ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallariga (keyingi oʻrinlarda — Markazning hududiy filiallari) taqdim etiladi”;
“13. Atmosferani ifloslantiruvchi ajralmalar va tashlamalarning miqdori va tarkibi asbob-uskunalar bilan oʻlchash va hisoblash usullari majmuasi asosida aniqlanadi”;
“16. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining ekologik normativlarini belgilashning maqsadi atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, atmosfera havosining sifatini belgilangan sanitar-gigiyenik normalardan oshmasligini taʼminlashdan iborat”;
j) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari quyidagilarga asosan meʼyorlanadi:
a) tashlamalar manbaida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyalarini asbob-uskunalar bilan oʻlchash (ekologik baholash) orqali KCHMni aniqlash;
b) tashlamalar manbaida ifloslantiruvchi moddalarning texnologik jihatdan asoslangan darajalarga keltirishga erishishni (texnologik baholash) eng yaxshi qulay texnologiyalar asosida taʼminlash;
v) ekologik va texnologik baholash natijalari oʻrtasida tafovut yuzaga kelganda, ekologik normativning yuqori miqdorini qoʻllash.
19. TCHMdan oshib ketishi, agar yil davomida butun tashkilot uchun TCHM miqdorining (tonna/yil)dan koʻp boʻlsa yoxud tashlamaning har qanday manbaidan yoki tashkilotdan bir galgi tashlamaning amaldagi maksimal miqdori (gramm/sekund) belgilangan miqdoridan yuqori boʻlgan taqdirda belgilanadi”;
i) 26, 27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. OCHM ifloslantiruvchi moddalarni oqizish eng yaxshi qulay texnologiyalarning texnologik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda normalanadi.
27. Texnik jihatdan erishiladigan koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda aniqlangan OCHM kelgusida suvni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va Ekologiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan muddatlarda, ekologik vaziyatga, chiqarib yuboriladigan oqova suvlar va shu kabilar sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan hamda tasdiqlangan tadbirlarni bajarish muddatlariga qarab normalar bosqichma-bosqich qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
28. OCHM normativlari hisoblash yoʻli bilan tarkibiy konsentratsiyalarni hisobga olib, qoʻllanayotgan texnologiyada foydalaniladigan boshlangʻich suv tarkibini va komponentlarni hisobga olgan holda hisoblash yoʻli bilan yoki tashkilotning suv-moddiy balansi tahlili asosida, loyihadagi maʼlumotlar boʻyicha belgilanadi.”;
“38. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish materiallari elektron rasmiylashtiriladi, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.”;
l) 39-bandda “Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan xatlovdan oʻtkazish materiallari asosida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlari loyihalari ishlab chiqiladi.”;
n) 46 va 47-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Buyurtmachi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan ekologik normativlar loyihalarini xatlovdan oʻtkazish materiallari bilan birga davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etadi.
47. Ekologik normativlar loyihalari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.”;
o) 48, 49 va 50-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“51. Ekologik normativlarining tasdiqlangan elektron nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga taqdim etiladi.”;
r) 52-banddagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
s) 54 va 55-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
t) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Muddatlar
1-bosqich
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — xatlovdan oʻtkazish)
Tashkilot yoki jalb qilingan loyihani ishlab chiquvchi
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Xatlovdan oʻtkazish materiallarini tasdiqlash va tashkilot joylashgan joy boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga yuborish
Tashkilot rahbari
Tayyorligiga koʻra
3-bosqich
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni oʻrgangan holda, xatlovdan oʻtkazish materiallarini koʻrib chiqish va ularni tasdiqlash yoki qayta ishlash uchun qaytarish (ishonchsiz maʼlumotlar aniqlanganda)
Obyekt joylashgan joy boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan xatlovdan oʻtkazish materiallari asosida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlari loyihasi ishlab chiqiladi
Tashkilot yoki jalb qilingan loyihani ishlab chiquvchi
Xatlovdan oʻtkazish materiallari tasdiqlangandan keyin
5-bosqich
Ekologik normativlar loyihalari xatlovdan oʻtkazish materiallari bilan birga davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DMga taqdim etadi
Tashkilot rahbari
Xatlovdan oʻtkazish materiallari tayyorligiga koʻra
”;
u) Nizomga 3, 4, 5, 6 va 12-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
f) Nizomga 19-ilovadagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi, viloyat va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining boshligʻi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“(A shakl)” boʻlimidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi” soʻzlari “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi yoki boshqa vakolatli shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“(B shakl)” boʻlimida:
“II, III va IV toifalariga” soʻzlari “II va III toifalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi, viloyat va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining boshligʻi” soʻzlari “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi yoki boshqa vakolatli shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “va mahalliy (IV toifa)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning birinchi, ikkinchi va uchinchi toifalariga mansub subyektlar (keyingi oʻrinlarda — I — III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar), ushbu Nizomning 4 — 7-boblarida keltirilgan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibiga amal qilgan holda ish yuritadi.”;
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 20-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekologik markirovka belgisi
Ekologik markirovka belgisining umumiy tavsifi
1. Ekologik markirovka belgisi — oq fonda toʻq yashil rangdagi “YASHIL BELGI” soʻzlaridan hamda toʻq yashil va och yashil ranglardagi ikkita barg tasviridan iborat boʻlib, ular toʻq yashil rangdagi toʻrtburchak shakl ichida joylashtirilgan. Bunda:
barglar tasviri “YASHIL BELGI” soʻzlarining yuqori qismiga joylashtirilgan;
“YASHIL BELGI” soʻzlari ekologik markirovkalash tizimini anglatadi;
toʻrtburchak shakli ekologik markirovkalash tizimi aniq talab va chegaralarni belgilaydigan standartlarga asoslanganligini ifodalaydi.
2. Mahsulot yoki xizmatlar xususiyatlaridan kelib chiqib ekologik markirovka belgisi oq-qora yoxud monoxrom ranglarda tasvirlanishi mumkin.
Monoxrom koʻrinishidagi ekologik markirovkalash belgisi faqat toʻq yashil yoki och yashil rangda boʻlishiga ruxsat etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)