toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Atrof-muhit ifloslanishi va chiqindilar joylashtirilishini boshqarishning iqtisodiy mexanizmini yanada takomillashtirish, “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyilini amaliyotga yanada kengroq joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) hamda Moliya vazirligining:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atmosfera havosiga chiqarib tashlovchi, ochiq suv havzalari va joylarning relyefiga oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi 55,1 mingta yuridik shaxs xatlovdan o‘tkazilganligi;
2020-yilda atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga 68,3 mlrd so‘m mablag‘ tushganligi;
ushbu mablag‘larning 17,75 mlrd so‘mi Davlat budjetiga o‘tkazilganligi, qolgan mablag‘lar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga, Davlat ekologiya qo‘mitasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflanganligi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
a) quyidagilar:
turg‘un va ko‘chma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;
ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan xavfli va xavfsiz chiqindilar massasi;
yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiya to‘lovlari) obyektlari hisoblanadi;
b) quyidagilar:
maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘plash joylarida joylashtiriladigan xom ashyo resurslari razryadiga tegishli bo‘lgan balansdan tashqari rudalar;
maxsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (olti oygacha) joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va so‘ngra ikkilamchi xom ashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
texnika ekinlari va o‘simliklarini sug‘orish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;
ajratilgan yerda joylashtiriladigan, kon sanoatining kon yuzasini ochishdagi va qorishma jinslar;
konlarning ishlatilgan qatlamlariga qaytariladigan, shuningdek, qatlamdagi bosimni ushlab turish uchun haydaladigan yer osti yo‘ldosh qatlam suvlari;
foydali qazilmalar xom ashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash shoxobchalarida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va keyinchalik (uzog‘i bilan ikki yil davomida) qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari;
mineral o‘g‘itlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo resurslari sifatida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan, keyinchalik (uzog‘i bilan besh yil davomida) qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli o‘g‘itlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari kompensatsiya to‘lovi obyektlari hisoblanmaydi;
v) quyidagilar:
ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar;
yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar kompensatsiya to‘lovchi subyektlar hisoblanadi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 15-iyuldan boshlab:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish massasi tasdiqlangan ekologik normativlardan 1 baravardan 5 baravargacha yoki undan ortiq (kam) bo‘lganda kompensatsiya to‘lovchi subyektlar mos ravishda 1 baravardan 20 baravargacha ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) miqdorda kompensatsiya to‘lovlarini to‘laydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
ekologik normativlar tasdiqlanmagan yoki ularning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, atrof-muhitga yuqori (I toifa) va o‘rtacha (II toifa) darajada xavfli ta’sir ko‘rsatadigan kompensatsiya to‘lovchi subyektlar ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasiga nisbatan 20 baravar, shuningdek, past (III toifa) darajada ta’sir ko‘rsatuvchi kompensatsiya to‘lovchi subyektlar 10 baravar ko‘paytirilgan miqdorda kompensatsiya to‘lovlarini to‘laydilar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik va oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari har bir modda bo‘yicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan 10 baravar ko‘paytirilgan miqdorda to‘lanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Davlat ekologiya qo‘mitasi:
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda kompensatsiya to‘lovlari to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatib, o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar kompensatsiya to‘lovlari hisoblanishi va to‘lanishi bilan bog‘liq elektron axborot tizimini amaliyotga to‘liq joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-aprel,
202-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qaroriga

1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida

NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va unga boshqa turdagi zararli ta’sirlar ko‘rsatilganligi (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirish) uchun to‘lovlar;
kompensatsiya to‘lovlarining bazaviy miqdori — kompensatsiya to‘lovlari atmosfera havosiga turg‘un va ko‘chma manbalardan chiqarib tashlanadigan bir tonna yoki bir kilogramm hajmdagi ifloslantiruvchi moddalar, suv obyektlariga va joylarning relyefiga, kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizilgan bir tonna hajmidagi ifloslantiruvchi moddalar, joylashtirilgan bir tonna hajmidagi chiqindilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining amalda belgilangan koeffitsiyentlarida belgilanadi;
avans kompensatsiya to‘lovlari — kompensatsiya to‘lovlari miqdorini bosqichma-bosqich to‘lashni nazarda tutuvchi mablag‘larni kiritish;
ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash va oqizish — xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida yer usti qatlamlariga hamda konlarga qattiq, suyuq va gazsimon ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi natijasida atrof-muhitning to‘satdan ifloslanishiga va kutilmagan halokatlarga olib keladigan darajada atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, suv obyektlariga ularni oqizish;
ifloslantiruvchi moddalarning birvarakayiga tashlamalari va oqovalari — atmosfera havosiga, suv obyektlariga va joylarning relyefiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi manbalardan qisqa muddatda texnologik reglamentda nazarda tutilgan miqdordan keskin ravishda oshiqcha chiqariladigan tashlamalar va oqovalar;
chiqindilarni joylashtirish — chiqindilarni saqlash hamda ularni ko‘mib tashlash bilan bog‘liq kompleks amaliy faoliyat;
oqova suvlar — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki boshqa maqsadlarda suvdan foydalanishda uning tarkibi kimyoviy jihatdan o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan suvlar;
ekologik normativlar — atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tgan chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishi, tashlamalar va oqova suvlarlar me’yorlari.
2-bob. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarining obyektlari
3. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash (tashlamalar), oqova suvlarni oqizish (oqovalar)ning normativ va normativdan ortiqcha, avariya holatidagi tashlamalar va oqovalar hamda birvarakayiga tashlamalar, shuningdek, limit bo‘yicha va limitdan tashqari joylashtirilgan chiqindilar massasi atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiya to‘lovlari) obyekti hisoblanadi va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
turg‘un va ko‘chma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;
ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan xavfli va xavfsiz chiqindilar massasi;
yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi.
4. Quyidagilar kompensatsiya to‘lovi obyektlari hisoblanmaydi:
maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘plash joylarida joylashtiriladigan xom ashyo resurslari razryadiga tegishli bo‘lgan balansdan tashqari rudalar;
maxsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (olti oygacha) joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va so‘ngra ikkilamchi xom ashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
texnika ekinlari va o‘simliklarini sug‘orish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;
ajratilgan yerda joylashtiriladigan, kon sanoatining kon yuzini ochishdagi va qorishma jinslar;
konlarning ishlatilgan qatlamlariga qaytariladigan, shuningdek, qatlamdagi bosimni ushlab turish uchun haydaladigan yer osti yo‘ldosh qatlam suvlari;
foydali qazilmalar xom ashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash shoxobchalarida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va keyinchalik (uzog‘i bilan ikki yil davomida) qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari;
mineral o‘g‘itlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo resurslari sifatida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan, keyinchalik (uzog‘i bilan besh yil davomida) qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli o‘g‘itlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari.
3-bob. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar
5. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektlar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar;
yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — budjet tashkilotlari) hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi va uning hududiy boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirganligi uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektlar hisoblanmaydi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi va uning hududiy boshqarmalari mazkur Nizomga muvofiq o‘zlarining asosiy faoliyatidan tashqari va atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganda, undan olingan daromad manbalari hisobidan kompensatsiya to‘lovlarini to‘laydilar.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning birinchi, ikkinchi va uchinchi toifalariga mansub subyektlar (keyingi o‘rinlarda — I — III toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar), ushbu Nizomning 4 — 7-boblarida keltirilgan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibiga amal qilgan holda ish yuritadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
4-bob. Kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini va oqovalarni normativ va normativdan ortiqcha chiqarganlik va oqizganlik, shuningdek, chiqindilarni belgilangan limit va limitdan ortiqcha joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdori atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I — III toifalariga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan ushbu Nizomga 1, 2, 3, 4 va 5-ilovalarga asosan belgilangan bazaviy stavkalarga muvofiq, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari, oqovalari massasi chiqindilarni joylashtirish bilan bog‘liq aniq ma’lumotlar hamda tasdiqlangan ekologik normativlarga asoslangan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Xavflilik darajasi I (yuqori darajada xavfli), II (o‘rtacha darajada xavfli) va III (past darajada xavfli) toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar uchun to‘lovlar miqdori laboratoriya tahlillari asosida, agar atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarda nazoratning avtomatik tizimi joriy etilgan bo‘lsa, bu holatda kompensatsiya to‘lovlari ushbu tizimning ma’lumotlari asosida hisoblanishi mumkin.
7. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini chiqarish, oqovalarini oqizish va chiqindilarni joylashtirishning aniq massasi I, II va III toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan dastlabki hisob-kitoblar, shuningdek, vazirliklar va idoralarning laboratoriyalari, I, II va III toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning ishlab chiqarish laboratoriyalari yoki qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilotlarning akkreditatsiyadan o‘tgan yoki texnik jihatdan malakaliligi ma’qullangan (muvofiqligi ma’qullangan yoki malakaliligi Akkreditatsiya markazi tomonidan rasman tasdiqlangan) laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratlari natijasida olingan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Yuqorida qayd etilgan laboratoriyalar tomonidan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash maqsadida aniqlangan atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqovalari va chiqindilar massalariga oid ko‘rsatkichlar har xilligi aniqlangan taqdirda, davlat ekologik nazorati yoki atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini olib borgan laboratoriya natijalariga oid ma’lumotlar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Atrof tabiiy muhitni belgilangan me’yor darajasida ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun I — III toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovining miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
(1) P=(Mn * R * BHM):Bk,
bunda:
P — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi, so‘mda;
Mn — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tonna va kilogrammlarda;
R — atrof tabiiy muhitga chiqarilgan, oqizilgan ifloslantiruvchi moddalar va joylashtirilgan chiqindilarning bir tonnasi uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlardagi bazaviy stavka;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori, so‘mda;
Bk — ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishiga, oqizilishiga va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) ko‘paytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti. Normativ va amaldagi massa o‘rtasida baravarlik holati kattasi kichigiga bo‘lingan holda baravarlik koeffitsiyenti aniqlanadi.
Bk quyidagi bog‘liqlikda aniqlanadi.

T/r

Ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish massasi tasdiqlangan ekologik normativlardan ortiq (kam) bo‘lgan

Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishda tasdiqlangan ekologik normativlar (limitlar)dan oshirib yuborilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari (Bk)

1.

1,0 dan 1,0009 gacha

1,0

2.

1,001 dan 1,049 gacha

1,2

3.

1,05 dan 1,059 gacha

2,2

4.

1,06 dan 1,1 gacha

2,5

5.

1,11 dan 1,2 gacha

3,4

6.

1,21 dan 1,3 gacha

4,4

7.

1,31 dan 1,5 gacha

6,0

8.

1,51 dan 1,8 gacha

8,0

9.

1,81 dan 2,0 gacha

10,0

10.

2,1 dan 2,2 gacha

11,5

11.

2,21 dan 2,4 gacha

13,0

12.

2,41 dan 2,6 gacha

14,0

13.

2,61 dan 2,8 gacha

15,0

14.

2,81 dan 3,1 gacha

16,5

15.

3,11 dan 4,5 gacha

17,5

16.

4,51 dan 5,0 gacha

18,5

17.

5,0 dan ortiq

20,0

Ifloslantiruvchi moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari ko‘paytirilganligi uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi har bir modda bo‘yicha alohida tasdiqlangan ekologik normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilarni joylashtirishga oid tasdiqlangan ekologik normativlar kamaytirilganligi uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi har bir modda bo‘yicha alohida tasdiqlangan normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.
Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi, chiqindilar joylashtirilganligi bo‘yicha belgilangan me’yorlardan ortiq holatlar aniqlanganda, to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovining miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(2) P = (Mn * R * BHM) + (Mno * R * BHM * Bk),
bunda:
P — atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi, so‘mda;
Mn — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tonna va kilogrammlarda;
Mno — ifloslantiruvchi moddalarni tasdiqlangan ekologik normativdan ortiqcha hajmda atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish, tonna yoki kilogrammlarda;
R — bazaviy stavka;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori, so‘mda;
Bk — baravarlik koeffitsiyenti.
Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi uchun ekologik normativlarni tasdiqlamagan holda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(3) P = (Mf * R * BHM) * Shk
bunda:
Mf — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning haqiqiy massasi;
R — bazaviy stavka;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori, so‘mda;
Shk — shartli koeffitsiyent, ya’ni ushbu belgi ostida korxonaning toifasidan kelib chiqqan holda ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan ko‘rsatkichdagi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan hisoblash ishlari amalga oshiriladi.
9. Kompensatsiya to‘lovi summasini hisoblash uchun quyidagilar qo‘llaniladi:
atrof tabiiy muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari massasiga doir aniq ma’lumotlar;
atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni turlariga ko‘ra joylashtirishning hisobini yuritish bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar;
kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish sohasida belgilangan shakllarga muvofiq har yili taqdim etiladigan davlat statistik hisobotlari asosidagi aniq ma’lumotlar;
ifloslantiruvchi manbalarda uskuna-jihozlar vositasida bajarilgan ekologik nazorat, atrof-muhit monitoringi natijalari ma’lumotlari.
Hisobot davrida atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning haqiqiy massasini aniqlash mumkin bo‘lmasa, shuningdek, ekologik normativlar tasdiqlanmagan taqdirda, ularning massasi ishlab chiqarishning texnologik reglamenti bo‘yicha kutilayotgan yillik massadan kelib chiqib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Atrof tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatishning I — III toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar kompensatsiya to‘lovlarini mazkur Nizomning 6 — 8-bandlarida belgilangan tartibda hisob-kitob qilib, o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishlari shart.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
11. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari mavjud bo‘lmagan taqdirda yoki ularning amal qilish muddati tamom bo‘lganda, Nizomning 8-bandida keltirilgan 3-formula asosida kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitob qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda I va II toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar uchun 20 (yigirma), III toifaga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar uchun 10 (o‘n) shartli koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
12. Motor yonilg‘isi yoqilganda ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga normativda chiqarilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi hisob-kitobi ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan, ularni turlarga ajratmasdan ifloslantiruvchi moddalarning to‘liq massasi uchun kompensatsiya to‘lovi miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi, ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi massasi esa ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.
Agar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan kompensatsiya to‘lovchi subyektda davlat ekologik nazorati amalga oshirilishi mobaynida instrumental usul bilan avtotransport vositalarining ifloslantiruvchi moddalarini o‘lchash natijasida ular belgilangan normativlardan ortiq ekanligi aniqlansa, u holda normativdan necha baravar ortiqcha chiqarilganlik ko‘rsatkichi aniqlanadi va hisobot yilida ushbu avtotransportning sarflangan yoqilg‘i massasiga hamda belgilangan bazaviy stavkaga ko‘paytirgan holda quyida keltirilgan formula asosida kompensatsiya to‘lovi hisoblanadi:
(4) P = Yh * Mim * R * BHM
bunda:
Yh — korxona tomonidan avtotransport vositasi uchun sarflangan yoqilg‘i hajmi miqdori, tonna yoki kilogrammlarda;
Mim — ifloslantiruvchi modda massasi, Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan bir tonna motor yoqilg‘isini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori turiga qarab olinadi;
R — bazaviy stavka;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori, so‘mda.
13. Keyinchalik qayta ishlanmaydigan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘planadigan joylarga joylashtiriladigan normativdagi va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) ishlab chiqarish chiqindilari uchun kompensatsiya to‘lovi ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Ishlab chiqarish oqova suvlarini chuqur yer osti gorizontlariga haydash yo‘li bilan joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari ushbu Nizomga muvofiq xavflilik darajasi to‘rtinchi toifaga mansub suyuq chiqindilar bo‘yicha amalga oshiriladi.
15. Kon sanoatida foydali qazilma konlarining yuzasini ochish natijasida chiqarilgan xavfsiz tog‘ jinslari massasini normativda va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) miqdorda vaqtincha ajratilgan maydonlarga joylashtirganlik uchun ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya to‘lovi to‘lanadi.
5-bob. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida va birvarakayiga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish holatlarida kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibi
16. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar avariya holatida va birvarakayiga chiqarib tashlangan, oqizilgan va chiqindilar joylashtirilgan holatlarda ularning miqdori instrumental usulda aniqlanadi.
Agar atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish miqdorini instrumental usulda aniqlash mumkin bo‘lmasa, ularning miqdori ishlab chiqarishning texnologik tartib-qoidasidan kelib chiqib hisob-kitob usuli bilan aniqlanadi.
17. Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishda kompensatsiya to‘lovlari ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va noqonuniy ravishda chiqindilarni joylashtirish jarayoni yuzaga kelgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgunga qadar o‘tgan davr uchun zaharli moddalarning hamda chiqindilarning har bir turi uchun belgilangan kompensatsiya to‘lovlarining o‘n baravari miqdorida to‘lanadi.
18. Kompensatsiya to‘lovi hisob-kitobidan avariyani bartaraf etish va uning oqibatlari davrida zararsizlantirish yoki keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etish uchun korxonaga qaytariladigan ifloslantiruvchi moddalar massasi chiqarib tashlanmaydi.
19. Ifloslantiruvchi moddalar saqlanadigan, to‘planadigan yoki ularni tashuvchi tizimlardan, shu jumladan, avariya holati uchun hovuzlarning ajratilgan chegaralari doirasida suv obyektlariga yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar oqib chiqqan holatlarda, suv o‘tkazmaydigan qoplamaga ega bo‘lmagan subyektlarda, ifloslantiruvchi moddalar massasi uchun kompensatsiya to‘lovlari suv obyektlariga, joy relyefiga avariya holatida oqizish sifatida to‘lanadi.
20. Ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik, oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, ifloslantiruvchi moddalarni baravariga tashlash, oqizish sodir etilgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgungacha bo‘lgan davrga, tasdiqlangan ekologik normativlarga muvofiq har bir modda bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarining belgilangan miqdorlariga o‘n baravar miqdorda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
201. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni 9-bandining birinchi xatboshisida belgilangan muddatlarda atmosfera havosiga ustuvor turg‘un (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini, yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini va lokal suv tozalash inshootlarini o‘rnatmagan va (yoki) mavjudlarini modernizatsiya qilmagan, shuningdek, korxonaning sanitar himoya zonasini avtomat statsionar kuzatuv posti bilan jihozlamagan atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari besh baravarga oshirilgan holda to‘lanadi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
21. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida, birvarakayiga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni noqonuniy ravishda joylashtirganlik uchun hisoblangan summa, avariya, birvarakayiga chiqarish holatlari sodir etilganda aybdor bo‘lgan shaxslardan qat’i nazar, atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash, oqizish va joylashtirish obyektlari tasarrufida bo‘lgan kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan qoplanadi.
6-bob. Kompensatsiya to‘lovi hisob-kitoblarini rasmiylashtirish va ularni kelishish
Oldingi tahrirga qarang.
22. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovi summasi hisob-kitobi I — III toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan, muvofiq tarzda, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq elektron yoki qog‘oz shaklida tuziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar hisobot elektron shaklda tuzilsa elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlarining elektron bazasiga kiritilishi ta’minlanishi, qog‘oz shaklida bo‘lsa u ikki nusxada tuzilib, hisob-kitoblarni solishtirish va kelishish uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektlar joylashgan tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
I va II toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar — har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha;
Oldingi tahrirga qarang.
III toifaga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar — har yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Hisob-kitoblar kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga bevosita pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ular tushganligi haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etishlari mumkin.
23. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organi mas’ul shaxsi elektron shaklda taqdim qilingan kompensatsiya to‘lovlarining hisob-kitobi to‘g‘riligini tekshiradi. Bu holda ikki ish kuni ichida:
mavjud hujjatlarga muvofiq amalga oshirilgan tekshirishda hisob-kitob to‘g‘ri deb topilgan taqdirda, mas’ul shaxsning elektron raqamli imzosi bilan kompensatsiya to‘lovini amal oshirish uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektga qaytariladi;
kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitoblarining noto‘g‘riligi aniqlangan holatlarda, mas’ul shaxs elektron raqamli imzosi bilan ularni kompensatsiya to‘lovchi subyektga asosli kamchiliklarni ko‘rsatgan holda takroran ko‘rib chiqish uchun qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi qog‘oz shaklida taqdim qilingan kompensatsiya to‘lovlarining hisob-kitobi to‘g‘riligini aniqlaydi. Bu holda ikki ish kuni ichida:
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
tekshirilgan hisob-kitobning bir nusxasi mas’ul shaxsning imzosi bilan kompensatsiya to‘lovchi subyektga qaytariladi;
kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitoblarining noto‘g‘riligi aniqlangan holatlarda mas’ul shaxs ularni kompensatsiya to‘lovchi subyektga asosli kamchiliklarni ko‘rsatgan holda takroran ko‘rib chiqish uchun qaytaradi.
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar aniqlangan kamchiliklarni ikki ish kuni ichida bartaraf qilib, kompensatsiya to‘lovi hisob-kitoblarini qayta ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etadi.
24. Hisob-kitoblarda ko‘rsatilgan kompensatsiya to‘lovi summalari, muayyan davr uchun haqiqatda hisoblangan, shuningdek, to‘langan avans kompensatsiya to‘lovlari summalari bilan solishtiriladi.
Hisoblangan va to‘langan kompensatsiya to‘lovlari o‘rtasida farq aniqlangan holatlarda, ushbu farq hisob-kitoblar tasdiqlangan sanadan e’tiboran o‘n kun muddatda kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.
Ortiqcha to‘langan kompensatsiya to‘lovlari to‘langan kompensatsiya to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni (penya va hokazo) qoplash yoki kelgusida to‘lanadigan to‘lovlar uchun avans kompensatsiya to‘lovi sifatida hisoblanadi.
25. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan kompensatsiya to‘lovi hisob-kitoblari kompensatsiya to‘lovchi subyektlarni kelishilgan hisob-kitoblarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlari faoliyatida davlat ekologik nazorati amalga oshirilganda va kelishilgan kompensatsiya to‘lovini noto‘g‘ri hisoblash holati aniqlanganda, oxirgi tekshiruv sanasidan (uch kalendar yildan ortiq bo‘lmagan muddat) qayta hisob-kitob qilinadi, kelishiladi, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq penya hisoblangan holda to‘lov undiriladi.
7-bob. Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish tartibi va muddatlari
26. I va II toifaga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar har chorakda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi, chiqindilar joylashtirilganligi uchun hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha avans kompensatsiya to‘lovini amalga oshiradilar.
Avans kompensatsiya to‘lovlari oldingi chorak ma’lumotlari bo‘yicha ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining normativ va normativdan ortiqcha amaldagi o‘rtacha oylik massasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Tegishli chorak uchun hisoblab chiqilgan kompensatsiya to‘lovi summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam bo‘lgan taqdirda, kompensatsiya to‘lovi har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha amalga oshiriladi. Bu holatda ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga normativ bo‘yicha va normativdan ortiq chiqarish, oqizish va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish hisob-kitobi moliyaviy hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda, yiliga bir marta ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishiladi.
Hisobot yili tugagach avans to‘lovlari birinchi — uchinchi va to‘rtinchi chorak yakunlarini inobatga olgan holda yillik hisobot yuritilib, ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilganligining yil davomidagi haqiqiy massasiga muvofiq, qayta hisob kitob qilinib, yakuniy to‘lov qiymati hisoblab chiqiladi hamda to‘lovga qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. III toifaga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 5-fevraligacha amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
28. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar kompensatsiya to‘lovlarini atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish joyi (hududi) bo‘yicha to‘laydilar.
29. Kompensatsiya to‘lovlari kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan g‘aznachilik hududiy organlarining tegishli tranzit hisobvarag‘iga yuboriladi, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) Ekologiya, atrof-muhit muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
30. Mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda, muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 (ellik) foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
301. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni 9-bandining yettinchi xatboshisida belgilangan muddatda atmosfera havosiga ustuvor turg‘un (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini, yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini va lokal suv tozalash inshootlarini o‘rnatgan va (yoki) mavjudlarini modernizatsiya qilgan, korxonaning sanitar himoya zonasini avtomat statsionar kuzatuv posti bilan jihozlagan yoki shartnomaga asosan 15 foizdan ortiq to‘lovlarni amalga oshirgan atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini teng ulushlarda 36 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.
(301-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
8-bob. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlari
31. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:
Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy organlaridan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash va to‘lash masalalari bo‘yicha bepul zarur maslahat va metodik yordam olish;
ortiqcha to‘langan kompensatsiya to‘lovlari yoki undirilgan penyalarni ushbu Nizomga muvofiq kelgusi davr hisobiga o‘tkazish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
32. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar quyidagilarga majbur:
kompensatsiya to‘lovlarini o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash;
ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobi summalarini Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga kelishish uchun qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etish;
kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobi ma’lumotlarining haqqoniyligini ta’minlash, kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
ushbu Nizom talablariga rioya qilish.
Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
33. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qayta tashkil etilganda kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar uning huquqiy vorisiga o‘tadi.
34. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash to‘lovchilarni ushbu chiqindilarni tashlaganlik, oqovalarni oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik tufayli yetkazilgan zararni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
9-bob. Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlarining kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlari
35. Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Nizomda belgilangan shakllar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovchi subyektlardan kompensatsiya to‘lovi hisoblarini talab qilish;
joylashgan joyidan qat’i nazar atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni, shu jumladan, ishlab chiqarish binolari, obyektlar, ko‘chma manbalar, hududlarni ko‘zdan kechirish, shuningdek, kompensatsiya to‘lovchi subyektlarga tegishli bo‘lgan, atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tashlamalarni joylashtirish joylarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazish;
kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning axborotidan foydalangan holda tashlamalar, oqovalar va chiqindilar massasini hisoblash usuli bilan aniqlash;
kompensatsiya to‘lovchi subyektlardan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kerakli ma’lumotlarni talab qilish, hisob-kitoblarni tasdiqlaydigan ma’lumotlar, kompensatsiya to‘lovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish;
to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni, shuningdek, penyalarni qonunda belgilangan tartibda undirish;
kompensatsiya to‘lovlarining to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi tekshirish uchun malakali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;
kompensatsiya to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq bo‘lgan da’volarni sud organlariga taqdim etish.
Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash va to‘lash bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
36. Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
kompensatsiya to‘lovchi subyektlarga kompensatsiya to‘lovini hisob-kitob qilish masalalari bo‘yicha maslahat va tegishli metodik yordamlar ko‘rsatish hamda o‘quv seminarlarini o‘tkazish;
kompensatsiya to‘lovchi subyektlar bo‘yicha tasdiqlangan ekologik normativlarga asosan yillik ma’lumotlar bazasini yangilab borish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilish va undirish sohasidagi talablar, qoidalar va boshqa masalalar yuzasidan kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning so‘roviga asosan ularni bepul xabardor qilish.
Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilish va undirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Ushbu Nizomning to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
38. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari sohasida paydo bo‘ladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining
BAZAVIY STAVKASI

T/r

Ifloslantiruvchi moddalar nomi

Atmosfera havosiga bir tonna ifloslantiruvchi moddani chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdoridagi bazaviy stavkasi

1.

Azot ikki oksidi (azot dioksidi)

0,0889

2.

Azot oksidi

0,0599

3.

Akrilonitril

0,1520

4.

Akrolein

0,1520

5.

Benzoy aldegid (benzaldegid)

0,1140

6.

Moyli aldegid

0,3040

7.

Aluminiy oksidi

0,1140

8.

Ammiak

0,0889

9.

Ammoniy nitrat (ammiakli selitra)

0,0128

10.

Ammoniy sulfat

0,0240

11.

Ammoniy xlorid

0,0450

12.

Ammofos

0,0128

13.

Malein angidrid (bug‘lar, aerozol)

0,0910

14.

Oltingugurt angidrid (oltingugurt gazi, oltingugurt ikki oksidi)

0,0291

15.

Sirka angidridi

0,1520

16.

Fosfor angidrid

0,0910

17.

Ftalen angidrid (bug‘lar, aerozol)

0,0450

18.

Anilin

0,1520

19.

Atsetaldegid

0,4560

20.

Atseton

0,0130

21.

Atsetilen

0,0040

22.

Atsetofenon

1,5220

23.

Bariyli karbonat kislota (bariyga qayta hisoblaganda)

0,7099

24.

Oqsil ma’danli qo‘shimchasi (BMD)

45,6480

25.

Oqsil vitaminli konsentrat changining oqsili

4,5650

26.

Benz(a)piren (3,4 — benzpiren)

45647,9330

27.

Benzin (neftli, kam oltingugurtli, uglerodga qayta hisoblaganda)

0,0040

28.

Slanetsli benzin (uglerodga qayta hisoblaganda)

0,0910

29.

Benzol

0,0450

30.

Gidroliz lignindan biostimulyator

0,0020

31.

1.3-butadiyen (divinil)

0,0050

32.

Butan

0,00002

33.

Butilatsetat

0,0450

34.

Vanadiy besh oksidi

1,7533

35.

Vanilin xlorid

0,9130

36.

Vodorod xlorid (tuz kislotasi)

0,0240

37.

Vodorod sianid (sinil kislotasi)

0,4560

38.

Volfram natriy (volframga qayta hisoblaganda)

0,0450

39.

Geksan

0,0001

40.

Ko‘mir kislotasi diamini (karbamid, mochevina)

0,0240

41.

Dimetilamin

0,9130

42.

Dimetilformamid

0,0001

43.

2.4-dinitro-2-ftor-butilfenol (dinoseb, gebutoks)

0,9130

44.

0 — Dixlorbenzol

0,1520

45.

Temir oksidi (temirga qayta hisoblaganda)

0,1140

46.

Slanets kuli

0,0450

47.

Issiqlik elektrstansiyalarining ko‘mir kuli (tarkibida 35 — 40% kalsiy oksidli, 3 mkm gacha va undan kam, ammo 97% dan kam bo‘lmagan dispersiyaga ega)

0,2280

48.

Izopropil

0,0040

49.

Kaprolaktam (bug‘lar, aerozol)

0,0760

50.

Azot kislotasi

0,0310

51.

Bor kislotasi

0,2280

52.

Metakril kislota

0,4560

53.

Oltingugurt kislotasi

0,0450

54.

Sirka kislotasi

0,0760

55.

0-fosforli kislota

0,2280

56.

Metall kobalt, kobalt xlorid

4,5650

57.

Oltingugurt kislotali kobalt (kobaltga qayta hisoblaganda)

11,4120

58.

0-Krezol

0,1630

59.

M, P-Krezol

0,2280

60.

Amorfli kremniy ikki oksidi
(aerosid — 175)

0,2280

61.

Ksilol

0,0240

62.

Magniy oksidi

0,0910

63.

Magniy xlorat

0,0140

64.

Elektrostansiyalarning mazut kuli (vanadiyga qayta hisoblaganda)

1,4184

65.

Marganets, marganets oksidi va boshqa birikmalar (marganets ikki oksidiga qayta hisoblaganda)

3,5065

66.

Mis oksid, mis xlorid (misga qayta hisoblaganda)

2,2820

67.

Oltingugurtli, oltingugurt kislotali, xlorli mis (misga qayta hisoblaganda)

4,5650

68.

Metan

0,0692

69.

Metilatsetat

0,0650

70.

Metilmerkaptan

507,1990

71.

Akril kislotaning metil efiri (metilakrilat)

0,4560

72.

2-metilfuran (metilfuran, silvan)

0,3040

73.

Molibden ikki sulfidi (molibdenga qayta hisoblaganda)

0,0450

74.

Etilenglikol monoizobutil efiri (butilsellozolv)

0,0140

75.

Monoetanolamin

0,4560

76.

Monoetilamin

0,4560

77.

Margimush, margimush angidrid va boshqa anorganik birikmalar (margimushga qayta hisoblaganda)

1,1683

78.

Natriy gidroksidi (kaustik soda, o‘tkir natriy)

0,4560

79.

Natriy karbonat (kalsinatsiyalangan soda)

0,1140

80.

Natriy silikat (natriy kremniy oksidi)

0,0140

81.

Natriy sulfat, sulfit, sulfit-sulfat tuzlari

0,0450

82.

Natriy tripolifosfat

0,0090

83.

Nikel, eriydigan tuzlar (nikelga qayta hisoblaganda)

22,8240

84.

Nikel oltingugurt oksidi, nikel oksidi (nikelga qayta hisoblaganda)

4,5650

85.

Nitrobenzol

0,5710

86.

Ozon

0,1169

87.

Odorant TMA (tabiiy merkaptanlar aralashmasi)

91,2960

88.

Qalay ikki oksidi, oksid, sulfat (qalayga qayta hisoblaganda)

0,2280

89.

Qalay xlorid (qalayga qayta hisoblaganda)

0,0910

90.

Paramolibden ammoniy (molibdenga qayta hisoblaganda)

0,0450

91.

Pentan

0,0002

92.

Piridin

0,0580

93.

Propilen oksidi

0,5710

94.

Abraziv chang

0,1140

95.

Atsetatsellyuloza, atsetilsellyuloza, qog‘oz, ip, karton changi

0,0910

96.

Alyumosilikat changi (tabiiy modifikatsiyalanmagan seolitlar)

0,2280

97.

Aminoplastlar changi

0,1140

98.

Namat changi

0,1520

99.

Yog‘och changi

0,0450

100.

G‘alla changi

0,0910

101.

Fosfogipsning sement bilan birikmasidan gips changi (anorganik)

0,0090

102.

Omuxta yem, suyak va go‘shtli suyak uni changi (oqsilga qayta hisoblaganda)

4,5650

103.

Charm changi

0,1520

104.

Mo‘yna (jun, tivit) changi

0,1520

105.

Un changi

0,0010

106.

Tarkibida 70% dan ortiq kremniy ikki oksidi (dinas va boshqalar) bo‘lgan anorganik chang

0,0701

107.

Tarkibida 20 dan 70%gacha kremniy ikki oksidi (shamot, sement va boshqalar) bo‘lgan anorganik chang

0,0359

108.

Tarkibida 20%dan kam kremniy ikki oksidi (dolomit va boshqalar) bo‘lgan anorganik chang

0,0234

109.

Polimetilmetakrilat changi

0,0450

110.

Shisha tola, shisha plastik changi

0,0760

111.

Rezolv turidagi fenolformaldegid smola changi

0,1140

112.

Paxta changi

0,0910

113.

Sement ishlab chiqarishidagi chang (tarkibida 60% dan ortiq kalsiy oksid va 20% dan ortiq kremniy ikki oksidi bo‘lgan)

0,2280

114.

A yog‘och-spirt markali eritgich (atseton efir)

0,0380

115.

E yog‘och-spirt markali eritgich (atseton efir)

0,0650

116.

AMR-3 mebel erituvchisi

0,0510

117.

Simob va uning birikmalari

15,2160

118.

Qurum

0,0910

119.

Qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshin atsetat, qo‘rg‘oshin oksidi va boshqa birikmalar, tetraetil qo‘rg‘oshindan tashqari (qo‘rg‘oshinga qayta hisoblaganda)

11,6878

120.

Oltingugurtli qo‘rg‘oshin (qo‘rg‘oshinga qayta hisoblaganda)

1,5745

121.

Elementar oltingugurt

0,0650

122.

Oltingugurt vodorod

0,4396

123.

Oltingugurt uglerod

0,9130

124.

“Lotos”, “Oka”, “Era” turidagi sun’iy yuvish vositalari

0,1520

125.

“Bio-S” sun’iy yuvish vositasi

0,4560

126.

Solvent-nafta

0,0240

127.

Butil, izobutil spirt

0,0359

128.

Izopropilen spirti

0,0086

129.

Metil spirti

0,0070

130.

Tetragidrofuril spirti

0,0450

131.

Furil spirti

0,4560

132.

Etil spirti

0,0007

133.

Stirol

2,2820

134.

Tetragidrofuran

0,0240

135.

Tetraxloretilen (perxloretilen)

0,0760

136.

Tetraetil qo‘rg‘oshin

760,7990

137.

1,2,3-Tiadiazonil-5-N1-fenilmochevina (dropp)

0,0240

138.

Toluol

0,0063

139.

Trixloretilen

0,0050

140.

Trietilamin

0,0330

141.

Uayt-spirit

0,0050

142.

S-S me’yoriy uglevodorodlar (RPK 265 eritgichi va boshqalar summar organik uglerodga qayta hisoblaganda)

0,0069

143.

Uglerod to‘rt xlorid

0,0070

144.

Uglerod oksidi

0,0010

145.

Issiqlik elektrstansiyalarining ko‘mir kuli (tarkibida 35 — 40% kalsiy oksidi bo‘lgan, 3 mkm gacha va undan kam, 97% dan kam bo‘lmagan disperslangan)

0,2280

146.

Fenol

1,1683

147.

Slanetsli fenollar

0,6520

148.

Formaldegid

1,5220

149.

Formamid

0,1520

150.

Gazsimon ftor birikmalari (ftorli vodorod, ftorga qayta hisoblaganda to‘rt ftorli kremniy)

0,9130

151.

Yaxshi eriydigan, anorganik ftor birikmalari (natriy ftorid)

0,4560

152.

Yaxshi erimaydigan, anorganik ftor birikmalari (aluminiy ftorid, kalsiy ftorid, natriy geksaftoralyuminat)

0,1167

153.

Furan

0,4560

154.

Furfurol

0,0910

155.

Xlor

0,1163

156.

M-Xloranilin

0,4560

157.

Xlorbenzol

0,0450

158.

Xloropren

2,2820

159.

Olti valentli xrom (xrom oksidiga qayta hisoblaganda)

2,3365

160.

Uch valentli xrom birikmalari

(Sr 3+ga qayta hisoblaganda)

0,4560

161.

Siklogeksan

0,0021

162.

Rux oksidi (ruxga qayta hisoblaganda)

0,0910

163.

Rux stearat (ruxga qayta hisoblaganda)

0,9130

164.

Rux sulfat (ruxga qayta hisoblaganda)

0,5710

165.

Epixlorgidrin

0,0240

166.

Xlorli etil

0,0240

167.

Etilatsetat

0,0359

168.

Etilendiamin

0,1520

169.

2-etoksietanol (etilsellyuzol, etilenglikol etil spirti)

0,0040

170.

Etilen

0,0010

171.

Etil oksidi

0,1520

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida atmosfera havosiga bir tonna motor yoqilg‘isi yoqilganda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdorining
bazaviy stavkasi (shaxsiy transportdan tashqari)

T/r

Motor yoqilg‘isi nomi

Atmosfera havosiga bir tonna ifloslantiruvchi moddani chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining bazaviy stavkasi (belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdorida)

1.

Aviatsiya benzini

0,042

2.

Etillangan avtobenzin

0,09

3.

Etillanmagan avtobenzin

0,033

4.

Avtomobil dizel yonilg‘isi

0,033

5.

Teplovozlar uchun dizel yonilg‘isi

0,033

6.

Reaktiv yonilg‘i

0,024

7.

Siqilgan tabiiy gaz

0,022

8.

Suyultirilgan neft gazi

0,038

9.

Suv transporti uchun yonilg‘i (flot mazuti)

0,652

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga

3-ILOVA
Bir tonna motor yoqilg‘isini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar
MASSASI

T/r

Yoqilg‘i turlari

Ifloslantiruvchi moddalar massasi, kg

1.

Aviatsiya benzini

169,8

2.

Etillanmagan avtobenzin

788,0

3.

Etillangan avtobenzin

788,3

4.

Avtomobil dizel yonilg‘isi

208,5

5.

Teplovozlar uchun dizel yonilg‘isi

120,5

6.

Reaktiv yonilg‘i

178,5

7.

Suyultirilgan neft gazi

584,8

8.

Siqilgan tabiiy gaz

274,0

9.

Suv transporti uchun yonilg‘i (flot mazuti)

198,4

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida suv obyektlari, joy relyefi va kommunal-kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdorining
BAZAVIY STAVKASI

T/r

Ifloslantiruvchi moddalar nomi

Bir tonna ifloslantiruvchi modda tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdoridagi bazaviy stavkasi

1.

Azot ammoniy

2,3805

2.

Azot nitrat

0,1398

3.

Azot nitrit

70,0777

4.

Akril kislotasi

2,8041

5.

Aluminiy

15,5692

6.

Anilin

10528,6686

7.

Antio (kimyoviy zahar)

105,3163

8.

Atseton

14,0084

9.

Atsetonitril

0,9814

10.

Benzol

2,1063

11.

Berilliy

4483,2794

12.

BPK to‘liq, BPK 5

0,4179

13.

Butanol (me’yorda)

35,1054

14.

Butifos

3510,5437

15.

Vanadiy

10,5316

16.

Muallaq moddalar

0,0344

17.

Vismut besh valentli

10,5316

18.

Vismut uch valentli

2,1063

19.

Volfram

494,1796

20.

Texnikaviy DDT

10,5316

21.

Dimetil formamid

10,5317

22.

Dietil efir

10,5316

23.

Temir (umumiy)

1,7238

24.

Yog‘lar

172,8100

25.

Kadmiy

54,8616

26.

Kaliy

0,0129

27.

Kalsiy

0,0047

28.

Kaprolaktam

1,0532

29.

Karbofos

10,5316

30.

Kobalt

39,5344

31.

Qora bo‘yoq

1,7118

32.

Kremniy

0,3587

33.

Ksilol

14,0204

34.

Magniy

0,0217

35.

Yengil issiq moy

21,0633

36.

Solyar moyi

210,6326

37.

Mis (fondan)

549,1338

38.

Metanol

7,0102

39.

Molibden (ion)

988,3593

40.

Mochevina (karbamid)

0,0857

41.

Margumush

18,2266

42.

Natriy

0,0054

43.

Neft va neft mahsulotlari

196,5035

44.

Natriy tiosulfat

0,8558

45.

Nikel

54,8860

46.

Ammoniy nitrat

70,0467

47.

Nitrobenzol

105,3163

48.

OMK (oksidlangan moyli kislotalar

7,0700

49.

Rodanidlar

7,0102

50.

Simob

210,6326

51.

Qo‘rg‘oshin

53,1065

52.

Selen

1053,5706

53.

Oltingugurt

0,1304

54.

Oltingugurt uglerod

0,8967

55.

Skipidar

5,2658

56.

SPAV

3,4562

57.

Stirol

7,0374

58.

Stronsiy

0,5266

59.

Sulema

10596,8416

60.

Sulfatlar

0,0085

61.

Surma

17,9331

62.

Quruq qoldiq (minarellashgan)

0,0033

63.

Tellur (fonga)

105,3163

64.

Titan

10,5387

65.

Toluol

2,1063

66.

Sirka kislotasi

105,3163

67.

Fenol

295,7057

68.

Fozalon

1052,9540

69.

Formaldegidlar

10,1078

70.

Fosfor umumiy

7,0211

71.

Ftoridlar

7,0211

72.

Furfurol

0,7010

73.

Fosfatlar

0,2825

74.

Xlor (qoldiq)

0,5266

75.

Natriy xlorat

0,0527

76.

Xlorbenzol

526,5815

77.

Xloridlar

0,0029

78.

Xrom uch valentli

1,7064

79.

Xrom olti valentli

778,4603

80.

Sianidlar

15,8137

81.

Siklogeksan

105,3163

82.

Rux

54,8857

83.

Etilbenzol

1053,1630

84.

Etilen

0,1402

Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 4-ilovaning izoh qismining chiqarilish sanasi 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdorining
BAZAVIY STAVKASI

Chiqindilar turi

O‘lchov birligi

Bir tonna chiqindini joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdoridagi bazaviy stavkasi

Xavflilik klassi I — yuqori xavfga ega

t

0,0813

Xavflilik klassi II — xavfli

t

0,0408

Xavflilik klassi III — o‘rtacha xavfli

t

0,0245

Xavflilik klassi IV — kam xavfli

t

0,0082

Xavflilik klassi V– deyarli xavfsiz,

shu jumladan:

qazib olish sanoati

t

0,0001

qayta ishlash sanoati

m.kub

0,0004

boshqalar

t

0,0022

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga

6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Tashkilot (kompensatsiya to‘lovchi subyekt)ning shtampi
‎Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ____________________________________________________________________________________________________________________________ tuman (shahar)
‎To‘lovchi _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎(kompensatsiya to‘lovchi subyektning to‘liq nomi)‎


‎‎‎Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎Hisob-kitob uchun mas’ul shaxs___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎Tashkilot (kompensatsiya to‘lovchi subyekt)ning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami ___________________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎Bank rekvizitlari _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎(bank muassasasining nomi, kodi, hisobvarag‘i)

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning ____ toifasiga taalluqli faoliyat turlari bo‘yicha kompensatsiya to‘lovchi subyekti uchun 20____ yilda kompensatsiya to‘lovlari
HISOB-KITOBI

Kompensatsiya to‘lovlarining obyekti nomi

Ingrediyentlar nomi

Massa (t, kg, kub. m)

Bazaviy hisoblash miqdori (so‘m)

Bazaviy stavkasi (R)

Ko‘paytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun ularning amal qilish muddati tugaganda yoki avariya bo‘lganda baravarlik koeffitsiyentlari (birlik)

Kompensatsiya to‘lovi summasi, so‘mda

Agarda, ekologik normativ doirasidan kam massa uchun xisoblanganda

1) (3*6*7:8)*9);

2) Tasdiqlangan me’yordan yuqori bo‘lganda, (3*6*7)+(4*6*7*8)*9);

3) Ekologik me’yoriy hujjat bo‘lmaganda, (4*6*7*8)*9);

4) Avariyali yoki birvarakayiga tashlamalar bo‘lganda (5*6*7*8)*9).

Tasdiqlangan ekologik normativlar massasi

Tasdiqlangan ekologik normativlar doirasidagi massa

Tasdiqlangan ekologik normativlardan yuqori bo‘lganda yoki ularning amal qilish muddati tugaganda, ekologik normativ mavjud bo‘lmaganda hosil bo‘lgan haqiqiy massa

Avariya holatida yoki birvarakayiga tashlamalar bo‘lganda

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1. Turg‘un manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish:

Jami

2. Harakatdagi manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish:

Aviatsiya benzini

Etillangan avtobenzin

Etillanmagan avtobenzin

Avtomobil dizel yonilg‘isi

Teplovozlar uchun dizel yonilg‘isi

Reaktiv yonilg‘i

Siqilgan-tabiiy gaz

Suyultirilgan neft gazi

Suv transporti uchun yonilg‘i (flot mazuti)

Jami

3. Suv obyektlariga, joy relyefiga kommunal kanalizatsiya tizimiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash:

Jami:

4. Chiqindilarni atrof-muhitga joylashtirish

I darajadagi toksik — o‘ta xavfli

II darajadagi toksik — yuqori xavfli

III darajadagi toksik — o‘rtacha xavfli

VI darajadagi toksik — kam xavfli

Boshqa notoksik chiqindilar

Jami:

Hammasi:

Penya

To‘lanishi kerak

Tashkilot rahbari (kompensatsiya to‘lovchi subyekt)

_________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Tashkilot bosh hisobchisi (kompensatsiya to‘lovchi subyekt)

_________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy

organning kompensatsiya to‘lovlari hisobi va ularning

tushumini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i

_________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i

_________________________________________

(imzo, F.I.O.)

20_____ yil “____”

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qaroriga

2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qarorining 1-ilovasi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 243-bandi “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/202/0320-son, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son; 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son; 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)