Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar berish hisobiga dehqon va fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, kichik va oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarni oʻzini-oʻzi mehnat faoliyati bilan band qilish va qishloq joylarda koʻproq ish oʻrinlari yaratishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son
qaroriga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.
Qarorning nomi va matnidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi” soʻzlari “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Qarorga
ilova qilingan “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi haqida nizom” ning nomi va matnidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi” soʻzlari “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Qarorga ilova qilingan “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi haqida nizom”ning
6-bandi oxiriga quyidagi xat boshi kiritilsin:
“qishloq joylardagi dehqon va fermer xoʻjaliklariga, kichik va oilaviy korxonalarga yangi ish joylari tashkil qilish hisobiga ularni rivojlantirish va kengaytirishni ragʻbatlantirish uchun qaytarish, qaytarilishini taʼminlash va toʻlash shartlari asosida oʻrtacha muddatli kreditlar berish”.