Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq va ishga layoqatli aholini ijtimoiy himoyalashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnatdan foydalanish va ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tarkibida mahalliy va respublika darajalarida Oʻzbekiston Respublikasi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (bundan keyin Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi deb ataladi) tashkil etilsin.