1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suyultirilgan gazni isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonlarida yetkazib berish xizmatlarini takomillashtirish, aholiga qoʻshimcha qulaylik yaratish, masofadan turib elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi, maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar;
murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va rad etish asoslari;
“E-gaz” dasturi orqali maʼlumotlarni qabul qilish, maʼlumotlar bazasini yuritish talablari.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyundan boshlab jismoniy shaxslarni maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlash xizmati ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga muvofiq faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
3. “Hududgaztaʼminot” AJ Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “E-gaz” dasturi Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
5. Adliya vazirligi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
“Hududgaztaʼminot” AJ (keyingi oʻrinlarda — vakolatli operator) tomonidan davlat xizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Maʼmuriy reglament talablarini buzganlik uchun vakolatli operator mansabdor shaxslariga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.11.00 Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlik faoliyatini himoya qilish]
6. “Hududgaztaʼminot” AJ Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror mazmuni va mohiyatining keng yoritilishini tashkil qilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-aprel,
180-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-son qaroriga 1-ILOVA
Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga tabiiy gaz bilan gazlashtirilmagan turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
ariza beruvchi — tabiiy gaz bilan gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi va maishiy gaz balloni bilan taʼminlashda davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi jismoniy shaxs;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
vakolatli operator — maishiy gaz ballonlarini yetkazib beruvchi “Hududgaztaʼminot” AJ va hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari yoki tegishli bitimlar orqali hududlarda mazkur faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti;
maishiy gaz balloni — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun moʻljallangan yopqich moslamali payvandlangan poʻlat ballon;
maishiy gaz ballonlaridan foydalanuvchilar — vakolatli operatordan maishiy gaz balloni olgan jismoniy shaxs;
“E-gaz” dasturi — suyultirilgan uglevodorod gazini va maishiy gaz ballonlari hisobini yuritishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminot tizimi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli operator tomonidan mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP hamda vakolatli operator oʻrtasida axborot almashinuvi idoralararo elektron tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
4. Maishiy gaz balloni tabiiy gaz bilan gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi jismoniy shaxslarga beriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda YIDXP orqali foydalanadi.
6. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
7. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron imzo, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida undan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
9. Ariza beruvchining soʻrovnomasi avtomatik tarzda bir ish soati davomida vakolatli operatorga yuboriladi.
10. Vakolatli operator quyidagi harakatlarni ketma-ketlikda amalga oshiradi:
ariza kelib tushgan kuni maʼlumotlarni real vaqt rejimida “E-gaz” dasturida shakllantiradi;
bir ish kunida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshiradi;
uch ish kunida ariza beruvchini maishiy gaz balloni bilan taʼminlash masalasi yuzasidan joyiga chiqib oʻrganadi. Bunda oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi va gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi. Dalolatnomada ariza beruvchiga maishiy gaz balloni berilishi yoki berish rad etilishi sabablari koʻrsatiladi;
dalolatnomada keltirilgan xulosa ijobiy boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi bilan “Maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisida” va “Suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish toʻgʻrisida”gi shartnomalarni ikki nusxada rasmiylashtiradi;
rasmiylashtirilgan shartnomalar asosida ariza beruvchini “Face ID” tizimi orqali suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun tegishli hisobvaraq bilan taʼminlaydi hamda unga bir dona maishiy gaz ballonini oʻn ish kunida bepul yetkazib beradi;
oʻrganish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan shartnomalarni ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga oʻn ish kunida elektron shaklda yuboradi;
dalolatnomada keltirilgan xulosaga koʻra xizmat koʻrsatish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga uch ish kunida elektron shaklda javob yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
11. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
maishiy gaz ballonini olish uchun ariza beruvchi tomonidan soʻrovnoma maʼlumotlari toʻliq toʻldirilmasdan taqdim etilganda;
ariza beruvchi tomonidan berilgan soʻrovnomadagi maʼlumotlar tasdigʻini topmaganda;
ariza beruvchining xonadoniga maishiy gaz balloni berilib, u tomonidan qoʻshimcha maishiy gaz balloni soʻralganda;
maishiy gaz ballonidan foydalanish uchun gaz plitasi mavjud boʻlmaganda yoki oshxona texnik talablarga mos boʻlmaganda.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
12. Bitta turar joy xonadonida ikki va undan ortiq oila yashaydigan hollarda, agar xonadonda texnik talablarga mos boʻlgan alohida-alohida (yoki umumiy) gaz plitasi hamda oshxona mavjud boʻlganda, bitta kadastr raqamiga ega boʻlgan holatda ham, istisno tariqasida, har bir oilaga alohida bittadan maishiy gaz ballon ajratilishiga joyida oʻtkaziladigan oʻrganish dalolatnomasini rasmiylashtirish orqali ruxsat beriladi.
13. Maishiy gaz ballonidan foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda, ariza beruvchi ushbu maʼlumotlarni vakolatli operatorga ariza berish orqali (arizada maishiy gaz balloniga egalik kimga oʻtayotganligini koʻrsatgan holda) bir oy muddatda maʼlum qiladi (kadastr hujjatlari oʻzgarganda, zarur oʻzgartirishlar avtomatik tarzda amalga oshiriladi). Vakolatli operator tomonidan maʼlumotlar doimiy yangilanib, “E-gaz” dasturiga kiritib boriladi.
Bunda “E-gaz” dasturiga kiritilgan yangilangan maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligiga mazkur maʼlumotlarni kiritgan vakolatli operator javobgar hisoblanadi.
14. Maishiy gaz balloni quyidagi hollarda almashtiriladi (yangilab beriladi):
maishiy gaz balloni eskirganda yoki yaroqsiz holga kelganda (undan foydalanish imkoni boʻlmay qolganda);
maishiy gaz balloni yoʻqotilganda.
Bunda yoʻqotilgan maishiy gaz balloni uchun yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan oxirgi kirim qilingan hisob varaqasidagi narxi boʻyicha ariza beruvchidan toʻlov undiriladi.
3-bob. “E-gaz” dasturining boshqaruv tizimi va undan foydalanish tartibi
15. “E-gaz” dasturining boshqaruv tizimi markazlashtirilgan holda vakolatli operator tomonidan yuritiladi.
16. Vakolatli operator “E-gaz” dasturi boshqaruv tizimining doimiy ishlashini taʼminlash maqsadida:
“E-gaz” dasturida maishiy gaz ballonlaridan foydalanuvchilarga tegishli maʼlumotlarni kiritib, doimiy yangilab borishni hamda maʼlumotlarning himoyalanishini;
“E-gaz” dasturi maʼlumotlar bazasining shakllanishini hamda maʼlumotlarning oʻzaro almashinuvini;
avtomatlashtirilgan holda maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, qayta ishlash, umumlashtirish va maishiy gaz ballonlaridan foydalanuvchilarga “E-gaz” dasturidan maʼlumotlar taqdim qilinishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, “E-gaz” dasturining texnik va dasturiy vositalari uzluksiz ishlashini;
“E-gaz” dasturi foydalanuvchilarini roʻyxatga olishni taʼminlaydi.
17. “E-gaz” dasturi foydalanuvchilariga tegishli maʼlumotlarni kiritish va ulardan foydalanish uchun vakolatli operator tomonidan imkoniyat yaratiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
18. Davlat xizmatlari markazlari, YIDXP va vakolatli operator oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
19. Ariza beruvchi maishiy gaz balloni berilishi asossiz rad etilganda, shuningdek, maishiy gaz ballonini beruvchi vakolatli operator xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
20. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron soʻrovnomani toʻldiradi.
2. Ariza beruvchining turar joy xonadonini joyiga chiqib oʻrganadi va tegishli dalolatnoma tuzadi.
Uch ish kunida
3. Dalolatnomada keltirilgan xulosaga koʻra xizmat koʻrsatish rad etilganda, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda javob yuboradi.
Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
_____________
_________________
(sana)
(raqam)
Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha
SOʻROVNOMA
Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
5. Yashash manzili (viloyat, tuman/shahar, MFY, koʻcha nomi, uy raqami)
6. Pasport/ID-karta seriyasi va raqami
7. Telefon raqami
8. Oila soni
9. Yashovchilar soni
10. Turar joy xonadoni davlat kadastr raqami (agar mavjud boʻlsa)
Boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar:
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qarorida:
6 va 10-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a) aholi uchun Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq.
Bunda koʻp qavatli uylardagi kvartiralarni gazlashtirish uchun ichki gaz quvurlariga, rezervuar sigʻimlari joylashtirilgan joyga va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmolini oʻlchash priboriga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan loyiha ishlab chiqiladi”;
quyidagi mazmundagi 15 — 17-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“15. Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining bojxona post va punktlari
17. Bolalar oromgohlari”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 3-iyundagi 348-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi “j” kichik bandidagi sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilova 37-bandining “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son qaroriga 5-ilova 22-bandining “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)