toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning samarali tizimini yaratish, huquqiy asoslarini aniqlash va ushbu sohada yagona tashkiliy-texnik talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda respublikada neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi va isteʼmol qilinishi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-yanvardagi PQ-2745-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarish hajmlarini yiliga 200,0 ming tonnaga koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika boʻyicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi 1033-son qarori bilan:
Oldingi tahrirga qarang.
2018-yil 1-avgustdan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun “Hududgaztaʼminot” AJ va/yoki uning hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari orqali 1 kilogramm suyultirilgan gaz sotishning yagona chakana narxi belgilanganligi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
kundalik hayotda isteʼmol qilishga aholi uchun 1 kilogramm suyultirilgan gazning chakana narxi aholiga sotiladigan tabiiy gaz narxining oʻzgarishiga mutanosib ravishda oʻzgarishi tartibi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarning:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” AJning — suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmol qiladigan ijtimoiy soha obyektlariga aholiga belgilangan narxlarda 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish toʻgʻrisidagi;
“Oʻzbekneftgaz” AJning — 2018-yilda 3-ilovaga muvofiq jadval boʻyicha maishiy gaz ballonlarini tayyorlash hamda respublika aholisi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-yilgi suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarish va sotish balanslari koʻrsatkichlarining choraklik va oylik bajarilishi jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish belgilangan narxlarda “Hududgaztaʼminot” AJ va/yoki uning hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari orqali amalga oshiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
suyultirilgan uglevodorod gazi bilan taʼminlash uni aholi va ijtimoiy soha obyektlarigacha yoki olis hududlarda joylashgan hududiy gaz taʼminoti tashkilotlarining maishiy gaz ballonlarini almashtirish punktlari va aylanma maishiy gaz ballonlari orqali yetkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
temir yoʻl transportida tashiladigan suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish stansiyalariga oʻz vaqtida yetkazib berish uchun masʼuliyat “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJga yuklanadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Hududgaztaʼminot” AJ suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini sotib olish, servis xizmati koʻrsatish va davriy tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha yillik xarajatlarni tasdiqlaydi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini oʻz vaqtida va sifatli davriy tekshiruvdan oʻtkazishni tashkil qilish uchun masʼuliyat “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchilar, jumladan, suyultirilgan uglevodorod gazini birja savdolarida sotib oluvchi va shartnomaviy narxlarda sotuvchi korxonalar uning normativ hujjatlar bilan belgilangan sifati uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Hududgaztaʼminot” AJ:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
texnologik uskunalar va maxsus texnikani xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga rioya qilgan holda aholi va ijtimoiy soha obyektlari belgilangan tartibda ajratilgan hajmlar doirasida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan uzluksiz taʼminlanishini;
zamonaviy priborlar va hisoblash usullarini joriy etgan holda suyultirilgan uglevodorod gazining qatʼiy hisobi yuritilishini, pul tushumlari toʻliqligini, suyultirilgan uglevodorod gazi yoʻqotilishini, asossiz va nooqilona sarflanishini qisqartirish choralari koʻrilishini;
ikki oy muddatda suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va sotish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish haqidagi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va sotishda oʻgʻirlik va suiisteʼmollarning oldi olinishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmlarini oʻlchash vositalari ustidan metrologik tekshirish va nazoratni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzenergoinspeksiya” suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va saqlash obyektlarini montaj qilish va ishlatishda hamda uning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishida texnologik talablarga rioya etilishi qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
9. “Oʻztransgaz” AJning 2018-yil avgust-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida har bir isteʼmolchini suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olish va hisob-kitoblar uchun individual elektron kartalar bilan taʼminlashni nazarda tutadigan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazining avtomatlashtirilgan hisobi va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha tajriba loyihasini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzenergoinspeksiya” va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish hamda suyultirilgan uglevodorod gazini belgilangan maqsadda oqilona ishlatishni taʼminlash ishlarini tashkil qilsinlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Hududgaztaʼminot” AJ, manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror hamda tasdiqlangan Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning mazmun va mohiyati keng yoritilishini tashkil qilsinlar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
12. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Sh.A. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-avgust,
646-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qaroriga
1-ILOVA
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimidagi tashkiliy-texnik talablarni belgilaydi, yetkazib beruvchilar, gaz taʼminoti tashkilotlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlari oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish borasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi aholi va ijtimoiy soha obyektlari tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazidan maishiy ehtiyojlar — ovqat tayyorlash uchun (keyingi oʻrinda maishiy ehtiyojlar deb ataladi) foydalanishga tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
suyultirilgan uglevodorod gazi — tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan boʻlgan suyultirilgan uglevodorod gazi;
yetkazib beruvchi — suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarishni hamda gaz taʼminoti hududiy filiallariga yetkazib berishni amalga oshiradigan neft-gaz qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi, neftni qayta ishlovchi korxona;
gaz taʼminoti tashkiloti — suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, taqsimlash va isteʼmolchiga yetkazib berishni taʼminlaydigan tashkilot;
gaz toʻldirish stansiyasi, gaz toʻldirish punkti — suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va gaz taʼminoti hududiy filiallariga va isteʼmolchilarga berish faoliyatini amalga oshirish imkonini beruvchi mulkiy majmua;
maishiy gaz balloni — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun moʻljallangan yopqich moslamali payvandlangan poʻlat ballon;
rezervuar sigʻimi — gazni qabul qilish va isteʼmolchilarga berishdan oldin saqlash uchun statsionar poʻlat qurilma;
individual ballon qurilmalari — isteʼmolchilarning gaz taʼminoti manbai sifatida xizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun bir yoki ikkita ballonni, gaz bosimining sozlagichini oʻz ichiga olgan texnologik moslama;
guruhli ballon qurilmalari — isteʼmolchilarning gaz taʼminoti manbai sifatida xizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun ikki va ikkitadan ortiq ballonni, quvurlarni, yopqich armaturasini, gaz bosimining sozlagichini oʻz ichiga olgan texnologik moslama;
isteʼmolchi — suyultirilgan uglevodorod gazini gaz taʼminoti tashkilotlaridan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishga tuziladigan shartnomaga asosan sotib oladigan va undan foyda olish bilan bogʻliq boʻlmagan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan, roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan jismoniy shaxs (aholi) yoki ijtimoiy soha obyektlari;
ijtimoiy soha obyektlari — aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari;
gazdan foydalanuvchi uskuna — energiya unumdorligi, energiya tejalishi talablariga javob beruvchi va suyultirilgan uglevodorod gazidan yonilgʻi sifatida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi asbob;
oʻlchov vositalari — suyultirilgan uglevodorod gazining hajmini, miqdorini, bosimini, harorati va suyuq fazasining sathini oʻlchash asboblari;
hisob yuritish pribori — suyultirilgan uglevodorod gazining sarfini (hajmini) oʻlchash boʻyicha vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan oʻlchov texnikasi vositalari;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan bitim, unga muvofiq gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazidan faqat ovqat tayyorlash uchun foydalanish va qabul qilingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
maishiy gaz ballonini isteʼmolchilarga vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnoma — ushbu bitimga muvofiq gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga uning balansida boʻlgan maishiy gaz ballonini, toʻlov olmagan holda vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
2-bob. Suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi
4. Gaz taʼminoti tashkilotlari isteʼmolchilar bilan birgalikda bitta isteʼmolchi uchun kamida bir oyda bitta maishiy gaz balloni (20 kg) yetkazib berish hamda texnologik yoʻqotishlarning tabiiy kamayishini hisobga olgan holda joriy yil 1-iyulgacha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Gaz taʼminoti tashkilotlari har yili 1-avgustga qadar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga taqdim etish uchun “Hududgaztaʼminot” AJga suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojning prognoz hajmini davrlar (qishki, yozgi), choraklar va oylarga boʻlgan holda taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Taqdim etilgan buyurtmalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi resurs imkoniyatlarini hisobga olib belgilangan tartibda choraklar va oylarga boʻlib kelgusi yilga respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotini tuzadi hamda uni joriy yilning 1-sentabriga qadar respublika boʻyicha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari balansi va taqsimoti loyihasini ishlab chiqish maqsadida koʻrib chiqish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balansiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJga yetkazib beruvchilar boʻyicha isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlarini keyinchalik gaz taʼminoti tashkilotlariga yuborish uchun taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Hududgaztaʼminot” AJ respublika boʻyicha kelgusi yil uchun tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balanslari asosida yillik, choraklik va oylik hajmlarni viloyatlar va yetkazib beruvchilar boʻyicha taqsimlaydi hamda ularni “Oʻzbekneftgaz” AJ va gaz taʼminoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gaz taʼminoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻqotishlarni hisobga olgan holda tumanlar (shaharlar) isteʼmolchilari (mahallalar kesimida) va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlari va jadvallarini tumanlar va shaharlar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi va ularni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlariga yuboradi.
Tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlari va jadvallari tasdiqlangan kuni tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yil davomida suyultirilgan uglevodorod gaziga qoʻshimcha ehtiyoj paydo boʻlganda bu masala Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
4-bob. Maishiy gaz ballonlarini isteʼmolchilarga yetkazib berish va ularning hisobini yuritish tartibi
16. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchining arizasi asosida uning balansida boʻlgan maishiy gaz ballonini toʻlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oladi, isteʼmolchi esa undan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish majburiyatini oladi.
17. Isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanish uchun yetkazib berish imkoniyatini koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) aholi uchun Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq;
(17-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini ilova qilingan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno;
(17-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan taʼminlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan loyiha yechimiga muvofiq zarur miqdordagi gaz ballonlari yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
18. Yetkazib beriladigan maishiy gaz ballonlari texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
19. Maishiy gaz balloni tegishlicha markalangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtganligi haqida oʻyib tushirilgan tamgʻaga ega boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Gaz ballonlarini taʼmirlash va koʻrikdan oʻtkazish tasdiqlangan tariflarga muvofiq isteʼmolchi hisobidan gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
22. Maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkilotlarining almashtiriladigan idishda gaz yetkazib beradigan xodimlariga berishga ruxsat etiladi. Bunda beriladigan gaz ballonlarining soni unga biriktirilgan avtotransport vositasining sigʻimidan oshmasligi lozim.
5-bob. Isteʼmolchilarni gazlashtirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
23. Isteʼmolchilarni gazlashtirish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajarilgan gazlashtirish loyihalari yoki eskizlari asosida amalga oshiriladi.
24. Isteʼmolchilarni gazlashtirishni koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) aholi uchun Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlashda davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq.
Bunda koʻp qavatli uylardagi kvartiralarni gazlashtirish uchun ichki gaz quvurlariga, rezervuar sigʻimlari joylashtirilgan joyga va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmolini oʻlchash priboriga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan loyiha ishlab chiqiladi.
(24-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʻgʻrisidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno;
(24-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha isteʼmolchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sigʻimlar va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi.
25. Gazlashtirish loyihasi (ichki gaz quvuri, gazdan foydalanuvchi uskunalar, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sigʻimlari va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborlarining joylashuvi) ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan isteʼmolchi bilan tuziladigan shartnoma asosida ishlab chiqiladi.
Loyiha ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish shartnomalarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
26. Gazlashtirish loyihasi yoki eskizi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangunga qadar roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Suyultirilgan uglevodorod gazining rezervuar sigʻimlari va guruhli ballon qurilmalarini qurish va montaj qilish gazlashtirish loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi va belgilangan tartibda ijro-texnik hujjatlar tuzilgan holda bunday ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan tashkilot tomonidan bajariladi.
Suyultirilgan gaz rezervuar sigʻimlarni va guruhli ballon qurilmalarni taʼmirlash, saqlash va foydalanish gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Ishga tushirish-sozlash ishlari tugaganidan keyin ishga tushirish dalolatnomasi tuziladi va isteʼmolchi bilan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq beriladi. Yoʻl-yoʻriq berilgandan keyin isteʼmolchi ishga tushirish dalolatnomasini imzolaydi va gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi tuziladi (ishga tushirish dalolatnomasining bir nusxasi gaz taʼminoti tashkilotida saqlanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
28. Isteʼmolchilarni suyultirilgan uglevodorod gazi bilan rezervuar sigʻimlari orqali gazlashtirish “Oʻzenergoinspeksiya” va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
6-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish shartnomalarini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Gaz taʼminoti tashkiloti va aholi oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ikki nusxada tuziladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Gaz taʼminoti tashkiloti va ijtimoiy soha obyektlari oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ikki nusxada tuziladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Hududiy gaz taʼminoti filiali va isteʼmolchi oʻrtasida maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnoma ikki nusxada tuziladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
31. Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi.
7-bob. Gaz taʼminoti hududiy filiali tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazini yuklash tartibi
32. Suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib beruvchi tomonidan yuklanadi hamda temir yoʻl va avtomobil transporti orqali gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlarigacha yetkazib beriladi.
Bunda suyultirilgan uglevodorod gazi yuklangan temir yoʻl va avtomobil sisternalari yetkazib beruvchi tomonidan plombalangan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
33. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish stansiyalarigacha oʻz vaqtida yetkazib berish uchun javobgarlik:
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil transportida yetkazib berishda — “Hududgaztaʼminot” AJning gaz taʼminoti tashkilotlariga;
temir yoʻl transportida yetkazib berishda — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boʻlinmalariga va “Hududgaztaʼminot” AJning gaz taʼminoti tashkilotlariga yuklanadi.
(33-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
34. Ishlab chiqarilgan va gaz toʻldirish stansiyalariga, gaz toʻldirish punktlariga yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suyultirilgan uglevodorod gazining sifati akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Gaz toʻldirish stansiyalari va punktlari gaz taʼminoti hududiy tashkilotlari tomonidan maishiy gaz ballonlarini va/yoki maxsus jihozlangan avtotsisternalarni suyultirilgan gaz bilan toʻldirish orqali suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va berish ishlarini amalga oshiradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
8-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga yetkazib berish tartibi
36. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish punktlarigacha va stansiyalarigacha hamda gaz toʻldirish punktlari va stansiyalaridan isteʼmolchilargacha avtomobil transporti bilan tashish qatʼiy ravishda qonun hujjatlari va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ballonlarni avtomashinalardan qalpoqchalarini pastga qilib tushirish va tashish hamda kuzovdan tashlash qatʼiyan taqiqlanadi.
37. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazini tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish jadvallariga muvofiq yetkazib berishi kerak.
38. Isteʼmolchi tomonidan gaz taʼminoti tashkilotidan oʻlchov birligiga belgilangan yagona chakana narx boʻyicha sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazi faqat maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi va qayta sotilishi mumkin emas.
39. Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga yetkazib berish maxsus avtotransport vositalari va rezervuar sigʻimlari vositasida gaz ballonlarida yoki guruhli gaz balloni qurilmalarida gaz taʼminoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar asosida tegishli hujjatlar (gazlashtirish loyihasi yoki eskizi) mavjud boʻlganda tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
40. Isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazi gaz ballonlarida boʻsh ballonlarni toʻldirilgan ballonlarga almashtirgan xolda oluvchigacha yetkazib beriladi.
41. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotidan gaz ballonlarida sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini faqat gaz taʼminoti tashkilotining xodimi tomonidan tegishli yoʻriqnomadan oʻtkazilganidan keyin mustaqil almashtirishi mumkin. Buning uchun isteʼmolchi yashash joyiga koʻra gaz taʼminoti tashkilotiga yozma ariza bilan murojaat qilishi zarur. Bunda gaz ballonini oʻrnatish joyi loyihaga va/yoki eskizlarga muvofiq boʻlishi lozim.
42. Texnik nosoz boʻlgan va texnik koʻrikdan oʻtmagan maishiy gaz ballonlarini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish taqiqlanadi.
43. Suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, toʻldirib berish va undan foydalanish amaldagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Yetkazib berishning qoʻshimcha shartlari suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomalarida nazarda tutiladi.
9-bob. Yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun hisob-kitob qilish tartibi
45. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovni tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi lozim.
46. Isteʼmolchi suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi holati boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi shart.
47. Olingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlov isteʼmolchilarning tanloviga koʻra istalgan toʻlovlarni qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Gaz taʼminoti tashkilotiga isteʼmolchilardan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovni naqd pul shaklida qabul qilish taqiqlanadi (onlayn nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilgan holatlar bundan mustasno).
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
481. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (Uchquduq shahri aholisining maishiy ehtiyojlari uchun) va Mudofaa vazirligining harbiy qismlariga suyultirilgan gaz “Hududgaztaʼminot” AJ orqali aholi isteʼmolchilari uchun belgilangan narxlarda yetkazib beriladi. Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan tashkilotlar tomonidan ularning boshqa ehtiyojlari uchun suyultirilgan gaz birja savdolari orqali xarid qilinadi.
(481-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
10-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritish tartibi
49. Suyultirilgan uglevodorod gazini uning hisobini yuritmagan holda yetkazib berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
50. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining miqdori va hajmi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻlchov vositalari reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda tekshirishdan oʻtgan oʻlchov vositalarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
51. Isteʼmolchilarga rezervuar sigʻimlari orqali sotiladigan suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritish hajmiy usulda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olishning individual priborlari boʻyicha;
hisobga olishning individual priborlari boʻlmaganda, ular nosoz boʻlganda yoki gaz uskunalarining parametrlariga muvofiq boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan isteʼmol qilish normalari boʻyicha;
hisobni yuritish priborlarining tekshirish muddati oʻtib ketganda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan isteʼmol qilish normalari boʻyicha amalga oshiriladi.
52. Oʻlchov tarozilari va suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritish priborlari, ularning foydalanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatlarga hamda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan buning uchun nazarda tutilgan joylarda belgilangan shakldagi tamgʻa yoki plombalarga ega boʻlishi lozim.
53. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishning oʻlchash vositalarining texnik holati va oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazilishi uchun javobgarlik priborlarning egasiga yuklatiladi. Bunda isteʼmolchilarda mavjud hisobga olish priborlarini oʻz vaqtida qiyoslovdan oʻtkazishni tashkil qilish uchun javobgarlik gaz taʼminoti tashkilotiga yuklatiladi.
54. Isteʼmolchilar ularning kvartiralarida yoki xonadonlarida oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunalarining saqlanishi va butunligi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritishning va oʻlchash vositalarining metrologik nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining metrologik xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
56. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishni oʻlchash vositalarini montaj qilish, ulardan foydalanish va qiyoslovdan oʻtkazish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
57. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborlarini plombalash gaz taʼminoti tashkilotlarining vakillari tomonidan isteʼmolchining ishtirokida dalolatnoma tuzilgan holda amalga oshiriladi.
58. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish pribori oʻrnatilgandan keyin gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan roʻyxatga olinadi.
59. Suyultirilgan gazning gaz hisoblash priborini davlat tomonidan tekshirish davriyligi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
60. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborini almashtirish, taʼmirlash, xizmat koʻrsatish, davlat tomonidan tekshirish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish gaz taʼminoti tashkilotining vakillari tomonidan isteʼmolchining ishtirokida amalga oshiriladi.
61. Xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va tekshirish uchun yechib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning hisobini yuritish priborini oʻrnatish gaz taʼminoti tashkilotining vakillari tomonidan bir vaqtning oʻzida plombalangan holda amalga oshiriladi.
62. Gaz taʼminoti tashkiloti xodimining suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning hisobini yuritish pribori yoniga borishga yoʻl qoʻyilmasligi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Isteʼmolchi tuzilgan dalolatnoma bilan tanishishi, uning bosh tortishi holatida esa, tegishli bosh tortish haqida belgi qoʻyilgan dalolatnomani imzolashi shart. Bosh tortish ikkita guvoh yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi lozim. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan isteʼmolchi uning sababini tushuntirishga haqlidir, ushbu tushuntirish dalolatnomada aks ettirilishi kerak.
11-bob. Gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchining huquqlari va majburiyatlari
63. Gaz taʼminoti tashkiloti:
suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berishni ushbu Nizomga, tasdiqlanadigan jadvallarga va hajmlarga muvofiq yetkazib berishni amalga oshirishga;
yetkazib beruvchi zavodning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishda kutilayotgan kechikishlar yoki yetkazib berish toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasi olingan kundan boshlab bu haqda oʻn kalendar kun ichida isteʼmolchini xabardor qilishga;
isteʼmolchilarga xonada oʻrnatilgan maishiy gaz asboblaridan xavfsiz foydalanish masalalari boʻyicha albatta eslatma berilgan holda yoʻl-yoʻriq berishga majburdir. Bunda yoʻriqnoma gaz taʼminoti tashkilotining masʼul mutaxassisi tomonidan isteʼmolchining tilxati bilan, maxsus raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan jurnalda belgi qoʻyilgan holda oʻtkazilishi lozim. Eslatmada gaz taʼminoti tashkilotining avariya xizmati telefon raqamlari koʻrsatilishi kerak;
unga tegishli boʻlgan binolar va inshootlarni, texnologik asbob-uskunalarni, tashish vositalarini soz holda saqlashga va tiklash-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga;
isteʼmolchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalanuvchi va texnologik asbob-uskunalarining texnik taftishini va profilaktik xizmat koʻrsatishni jadvalga muvofiq oʻtkazishga;
texnologik va gazdan foydalanuvchi uskunaning nosozliklarini bartaraf etish choralarini koʻrishga;
isteʼmolchilarning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishga;
isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransport vositalarida nazorat tarozisi boʻlishini taʼminlashga majburdir.
Gaz taʼminoti tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
64. Gaz taʼminoti tashkiloti:
isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda qonun hujjatlari, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni talab qilish;
isteʼmolchi tomonidan ushbu Nizomning 65-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama tartibda bosh tortish;
ushbu Nizomning 65 va 67-bandlarida nazarda tutilgan hollarda aniqlangan buzilishlar bartaraf etilmaguncha oldindan ogohlantirmasdan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga egadir.
65. Isteʼmolchi:
suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona, maishiy ehtiyojlar uchun (ovqat tayyorlash uchun) foydalanishga;
gazdan foydalanuvchi uskunani yoki maishiy gaz ballonini soz holatda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlab turishga;
gaz taʼminoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) gazdan foydalanuvchi uskunani va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish, profilaktik xizmat koʻrsatish va tekshirish uchun erkin kirish imkonini taʼminlashga;
gaz asboblaridan foydalanishga bolalarni, oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydigan va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilmagan shaxslarni qoʻymaslikka;
gazdan foydalanuvchi uskunalar va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan xonalardan uxlash va dam olish uchun foydalanmaslikka;
gaz asboblarini toza holda saqlashga, asboblarning yondirgichlarini ovqat tayyorlash jarayonida ifloslanishdan asrashga;
gazlashtirish loyihasi va/yoki eskizining saqlanishini taʼminlashga hamda gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga binoan uni taqdim etishga;
suyultirilgan uglevodorod gazining hidi xonalar, yertoʻla, yoʻlak ichi, hovli yoki koʻchada sezilganda hamda gazdan foydalanuvchi uskuna va gaz ballonining nuqsonlari aniqlanganda “104” telefon raqami boʻyicha avariya xizmatiga xabar berishga;
odamlarni gazlangan muhitdan evakuatsiya qilish, elektr yoritishni yoqish va oʻchirishning oldini olish, ochiq alanga va uchqunlar paydo boʻlishining oldini olish choralarini koʻrishga;
suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborilarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ular ishiga aralashmaslikka, ularning qasddan buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka va oʻrnatilgan plombalarning butunligini taʼminlashga majburdir.
66. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotidan:
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini uzaytirish yoki bekor qilishni;
shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatib turishni;
gaz taʼminoti tashkilotining xodimi ishtirokida suyultirilgan uglevodorod gazini nazorat tartibida oʻlchashni talab qilish huquqiga ega.
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
67. Suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda:
oʻzboshimchalik bilan gazlashtirishga, gazdan foydalanuvchi uskunani mustaqil ravishda joyidan koʻchirish, almashtirish va taʼmirlashga;
gazdan foydalanuvchi uskuna oʻrnatilgan xonalarni normativ talablarga muvofiq boʻlmagan tarzda qayta rejalashtirishga;
suyultirilgan uglevodorod gazidan shamollatish yoʻllarini tekshirish va tozalash toʻgʻrisida dalolatnoma boʻlmaganda yoki uning amal qilish muddati tugaganidan keyin foydalanishga;
suyultirilgan uglevodorod gazidan belgilangan maqsadlardan tashqari hamda xonalarni isitish uchun foydalanishga;
suyultirilgan uglevodorod gazining sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq alangadan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12-bob. Yakunlovchi qoida
68. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchiga yetkazib berilgan maishiy gaz ballonida suyultirilgan uglevodorod gazi miqdori 20 kg dan kam boʻlishi hamda suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning tasdiqlangan jadvallarida belgilangan muddatlardan kechikishi (yetkazib beruvchi zavodning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishda kutilayotgan kechikishlar yoki yetkazib berish toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasi asosida isteʼmolchi xabardor qilingan holatlardan tashqari) gaz taʼminoti tashkiloti rahbari va yetkazib beruvchi xodimning javobgarligi masalasini koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 101, 1986-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini taqsimlash va yetkazib berish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Gaz taʼminoti tashkiloti

Kelgusi yilga suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojni birgalikda aniqlaydi va “Hududgaztaʼminot” AJga taqdim etadi.

1 iyul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Mahalla fuqarolar yigʻini


2-bosqich

HududgaztaʼminotAJ

Buyurtmanomalar asosida aholi va ijtimoiy soha obyektlarining suyultirilgan uglevodorod gaziga umumiy ehtiyojini shakllantiradi, kelgusi yilga suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimoti balansini tuzish uchun Energetika vazirligiga taqdim etadi.

1-avgust


3-bosqich

Energetika vazirligi

Resurs imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimoti balansini tuzadi hamda koʻrib chiqish va kelishish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.

1 sentabr


4-bosqich

Gaz taʼminoti tashkiloti

Texnologik yoʻqotishlarni hisobga olgan holda mahalla fuqarolar yigʻinlari va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha keyinchalik jadval tuzish uchun yillik, choraklik va oylik yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi.

5 kun mobaynida


5-bosqich

Yetkazib beruvchi

Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz taʼminoti tashkilotining avtotsisterna va vagon-sisternalariga bir marotabalik plombalarni oʻrnatgan holda yuklab beradi.

jadvalga muvofiq


6-bosqich

Gaz taʼminoti tashkiloti

1. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish punkt (stansiya)lari orqali maishiy gaz ballonlarida (zarur hollarda guruhli ballon qurilmalarida) va rezervuar sigʻimlarda yetkazib beradi.

2. Gaz ballonlarida yetkazib berilgan suyultirilgan gaz hisobini — ogʻirlik usulida, rezervuar sigʻimlar orqali yetkazib berilganda — hajm usulida yuritadi.

jadvalga muvofiq


7-bosqich

Isteʼmolchi

Tuzilgan shartnoma asosida yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun belgilangan narxda toʻlovni amalga oshiradi.

yetkazib berish holati boʻyicha

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qaroriga
2-ILOVA
Suyultirilgan uglevodorod gazini aholi uchun belgilangan narxlar boʻyicha isteʼmol qiluvchi ijtimoiy soha obyektlari
ROʻYXATI
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari
2. Maktab-internatlar
3. Ixtisoslashtirilgan maktablar
4. “Mehribonlik” uylari
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son)
6. SOS — Oʻzbekiston bolalar qishloqlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
8. Klinikalar va shifoxonalar
9. Poliklinikalar, ambulatoriya muassasalari
10. Qishloq vrachlik punktlari
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlari.
(12 — 14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining bojxona post va punktlari
17. Bolalar oromgohlari.
(15 — 17-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son)
Izoh. Gazlashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini bajarish koʻrsatib oʻtilgan muassasalarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qaroriga
3-ILOVA
2018-yilda maishiy gaz ballonlarini tayyorlash hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish
jadvali

dona

T/r

Hududlar nomi

Jami reja

2018-yil yanvar — iyul

2018-yil avgust — dekabr oylari topshirigʻi

Jami

“Oʻztransgaz”
AJ

shu jumladan, Kasaba uyushmalari Kengashi Federatsiyasi bilan birgalikda

avgust

shu jumladan:

sentabr

oktabr

“Oʻztransgaz” AJ

shu jumladan, Kasaba uyushmalari Kengashi Federatsiyasi bilan birgalikda

Kasaba uyushmalari Kengashi Federatsiyasi bilan birgalikda

1.

Qoraqalpogʻiston
Respublikasi

4 042

1 042

13 400

4 500

4 500

4 400

17 442

1 042

2.

Andijon viloyati

34 272

582

67 180

22 400

870

22 400

22 380

101 452

1 452

3.

Buxoro viloyati

9 903

884

15 981

5 400

5 400

5 181

25 884

884

4.

Jizzax viloyati

3 192

1 192

5 000

1 800

1 800

1 400

8 192

1 192

5.

Qashqadaryo viloyati

66 255

1 499

85 244

29 000

29 000

27 244

151 499

1 499

6.

Navoiy viloyati

6 912

674

8 821

3 000

3 000

2 821

15 733

674

7.

Namangan viloyati

37 794

1 019

32 930

11 000

11 000

10 930

70 724

1 019

8.

Samarqand viloyati

15 238

1 238

13 684

4 600

4 600

4 484

28 922

1 238

9.

Surxondaryo viloyati

67 288

1 386

67 288

1 386

10.

Sirdaryo viloyati

9 971

749

9 971

749

11.

Toshkent viloyati

18 489

2 088

13 599

4 500

4 500

4 599

32 088

2 088

12.

Fargʻona viloyati

54 446

1 531

55 567

18 600

18 600

18 367

110 013

1 531

13.

Xorazm viloyati

1 200

409

9 709

3 200

3 200

3 309

10 909

409

Jami

329 002

14 293

321 115

108 000

870

108 000

105 115

650 117

15 163

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/646/1887-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 18.04.2026-y., 09/26/180/0381-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)