Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QIShLOQ XOʻJALIGINI ISLOH QILIShGA OID QONUN HUJJATLARIGA MUVOFIQ QIShLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVLARI (ShIRKAT XOʻJALIKLARI) TUZISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunini, 1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturining bajarilishini taʼminlash, qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ni tashkil etish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer
kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1998—2000-yillardagi davrda Qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 18-martdagi PF-1973-son
Farmoniga muvofiq respublikada yirik tovar Qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarish, eng avvalo paxtachilik va gʻallachilik paychilikka va oila (jamoa) pudratiga asoslangan Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) tomonidan amalga oshiriladi.
Shunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan jamoa korxonalari (jamoa xoʻjaliklari)ni tayyorlik darajasiga koʻra Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish jadvali 1-ilovaga
* muvofiq maʼqullansin.
2. Quyidagi normativ hujjatlar tasdiqlansin:
Faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish Tartibi
2-ilovaga muvofiq;
Mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom
3-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning
Namunaviy ustavi 4-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning ustav jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom
5-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning boʻlinmas jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom
6-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da mulkiy paylarni shakllantirish, ularni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom va mulkiy pay toʻgʻrisidagi namunaviy guvohnoma
7-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi
Namunaviy nizom 8-ilovaga muvofiq.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda 2001-yilgacha boʻlgan davrda faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini paychilikka asoslangan Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish, fermer xoʻjaliklari va ularning birlashmalarini tashkil etish yuzasidan tashkiliy choralar koʻrsinlar.
Faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklari (kolxozlar)ni Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirishda xodimlarning cheklangan soni ekin maydoni, mahsulot birligiga ketadigan mehnat sarfining belgilangan meʼyorlari asosida aniqlansin.
4. Qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlariga oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom asosida ushbu korxonalarning mutaxassislari va aʼzolari (xodimlari) ishtirokida uch oy muddatda Oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklariga ularni Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga va xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga aylantirish, yangi shart-sharoitlarda ishlarni tashkil etish, yer va mol-mulk qiymat bahosini aniqlash, ustav, boʻlinmas va pay jamgʻarmalari hamda mulkiy paylar miqdorlarini belgilash, oila (jamoa) pudratini joriy qilish boʻyicha huquqiy, uslubiy va amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga va xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga aylantirishga oid normativ hujjatlarni, tavsiyanomalarni va boshqa nashrlarni bir oy muddatda chop etsinlar va joylarga yetkazsinlar;
paychilarning mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi nomi yozilgan guvohnomalar shakllarini tayyorlashda jamoa xoʻjaliklariga koʻmaklashsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muntazam ravishda tahlil qilib borsinlar, qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribani umumlashtirsinlar va keng yoysinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Teleradio kompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini shirkat xoʻjaliklariga aylantirish va qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish masalalarini yoritish yuzasidan maxsus eshittirishlar, koʻrsatuvlar va ruknlar tashkil etsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 299-son
qaroriga 2-ILOVA
Faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga qayta tashkil etish
1. Ushbu Tartib faoliyat koʻrsatib turgan jamoa xoʻjaliklarini (bundan keyin matnda “xoʻjalik” deb yuritiladi) Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga
* qayta tashkil etish mexanizmini belgilaydi.
2. Xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga qayta tashkil etish, qoida tariqasida, oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi (oʻzgartirish sxemasi ilova
* qilinadi).
3. Faoliyat koʻrsatib turgan xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirish xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
4. Xoʻjalikni oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi oʻzgartirilayotgan xoʻjalikning kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
5. Faoliyat koʻrsatib turgan xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirish uchun xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi qaroriga asosan shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirilayotgan xoʻjalik rahbarlari, mutaxassislari va aʼzolaridan iborat tarkibda xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga qayta tashkil etish Komissiyasi (bundan buyon matnda “Komissiya” deb yuritiladi) tuziladi. Tuman hokimining qarori bilan Komissiya ishida tuman hokimligi, moliya va soliq idoralari, banklar, kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etadilar. Bu Komissiyaning Nizomi mulkiy paylarni joriy qilish asosida Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish Komissiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq tasdiqlanadi.
6. Xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi xoʻjalikni oʻzgartirish muddatlarini belgilaydi.
7. Komissiya quyidagilarni amalga oshiradi:
oʻzgartirilayotgan xoʻjalik aʼzolari oʻrtasida xoʻjalik yuritishning yangi shaklining afzalliklari va mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish-targʻibot ishlarini olib boradi;
mol-mulkni roʻyxat qilish, uning qiymatini qayta baholashni oʻtkazishni hamda yer uchastkalarining qiymat bahosini aniqlashni tashkil qiladi;
taʼsis majlisi oʻtkazilishidan bir oy oldin mol-mulkka boʻlgan talabgorlarning roʻyxatini aniqlaydi va uni yozma ravishda eʼlon qiladi;
shirkat xoʻjaligi ustavi va boshqa hujjatlarning loyihalarini tayyorlaydi;
nomi yozilgan guvohnomalarning Namunaviy shakliga asosan paychilarning mulkiy huquqini tasdiqlovchi nomi yozilgan guvohnoma loyihalarini tayyorlaydi;
jamlovchi dalolatnomani va topshirish balansini tuzadi;
xoʻjalikni shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axborot xabarlari loyihasini tayyorlaydi;
shirkat xoʻjaligining taʼsis majlisini tayyorlaydi va uning oʻtkazilishini tashkil qiladi.
8. Komissiya tayyorlagan materiallar dastlab xoʻjalik boshqaruvi tomonidan koʻrib chiqilgandan keyin xoʻjalik aʼzolarining umumiy majlisi muhokamasiga kiritiladi. Xoʻjalik aʼzolari umumiy majlisda shirkat xoʻjaligi ustavi loyihasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirishlari va kelishilgan ustavni tasdiqlashlari, shuningdek, shirkat xoʻjaligining boshqaruvini, raisini hamda taftish komissiyasini (taftishchini) saylashlari mumkin. Bu holda bunday majlis taʼsis majlisi hisoblanadi. Tayyorlangan hujjatlarda jiddiy kamchiliklar boʻlsa, ular qayta ishlab chiqilishi uchun muddati koʻrsatilgan holda Komissiyaga qaytariladi.
9. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining taʼsis majlisi oʻtkazilgandan soʻng topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Topshirish hujjati topshirilayotgan jamoa xoʻjaligining moddiy javobgar xodimlari hamda shirkat xoʻjaligining qabul qilayotgan masʼul xodimlari tomonidan imzolanadi va Komissiya raisi hamda shirkat xoʻjaligi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Shirkat xoʻjaligi raisi uch kun muddatda shirkat xoʻjaligining joylashgan joyi boʻyicha tuman hokimligiga taʼsis hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etishi lozim.
Shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11. Shirkat xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab xoʻjalik shirkat xoʻjaligiga oʻzgartirilgan deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 299-son
qaroriga 3-ILOVA
| |
_______________________ viloyati |
| |
________________________ tumani |
| |
(nomi) |
| |
yuqori boshqaruv organining |
| |
199___ yil “ _____ ”_______ dagi |
| |
_____ -son qarori bilan |
| |
TASDIQLANGAN |
Mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish komissiyasi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini (bundan keyin matnda “xoʻjalik” deb yuritiladi) qayta tashkil etish Komissiyasini (bundan keyin matnda “Komissiya” deb yuritiladi) tuzish tartibi va faoliyatini, uning maqsadini, asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
2. Komissiya faoliyatining maqsadi mulkiy paylarni joriy qilish asosida qayta tashkil etish rejasini ishlab chiqish, amalga oshirish va uning bajarilishini taʼminlashdan iboratdir.
3. Komissiya qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning yuqori boshqaruv organi qaroriga asosan tuziladi va faoliyat koʻrsatadi.
4. Komissiya tarkibiga qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning rahbarlari, mutaxassislari, aʼzolari (xodimlari) kiritiladi. Komissiya ishida tuman hokimining qaroriga asosan tuman hokimligi, moliya va soliq organlari, bank, kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etadi.
5. Komissiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
xoʻjalik aʼzolari (xodimlari) oʻrtasida qayta tashkil qilinayotgan xoʻjalik yuritishning yangi shaklining mohiyati va afzalligi haqida tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish;
mol-mulkini roʻyxatdan oʻtkazishni, uning qiymatini qayta baholashni va yer uchastkasining qiymat bahosini aniqlashni tashkil etish;
taʼsis majlisi oʻtkazilishidan bir oy oldin mol-mulkka talabgorlar roʻyxatini aniqlash va uni eʼlon qilish;
yangi tashkil etiladigan xoʻjalikning ustavi va boshqa hujjatlarining loyihalarini tayyorlash;
nomi yozilgan guvohnomaning Namunaviy shakli asosida paychilarning mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi nomi yozilgan guvohnomalarning loyihalarini tayyorlash;
jamlovchi dalolatnoma va topshirish balansini tuzish;
ustav jamgʻarmasi, boʻlinmas va pay jamgʻarmasi, shuningdek, mulkiy paylarni aniqlash boʻyicha materiallarni tayyorlash;
xoʻjalikni qayta tashkil etish toʻgʻrisida xabarnoma loyihasini tayyorlash;
tashkil etiladigan shirkatning taʼsis majlisini tayyorlash va oʻtkazishni tashkil qilish.
6. Komissiya xoʻjalikni qayta tashkil etish jarayonida xoʻjalik aʼzolari (xodimlari)ning xoʻjalikning qayta tashkil etilishi jarayonida ishtirok etishini, qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning moliya-xoʻjalik ahvoli haqidagi axborotdan erkin foydalanishni, shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlarning oshkoraligini taʼminlaydi.
7. Xoʻjalik mol-mulkining tarkibi va uning balans qiymatini baholash uchun ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, tugallanmagan qurilish obyektlari hamda xoʻjalikning balansida aks ettirilgan boshqa boyliklar roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mol-mulkni roʻyxat qilish va uning qiymatini qayta baholash xoʻjalik buxgalteriyasi xodimlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mol-mulkni roʻyxatga olish va uning qiymatini baholash dalolatnomalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
xoʻjalik boshqaruvi zimmasiga mol-mulkni roʻyxat qilish va qayta baholash uchun birlamchi hujjatlarni, buxgalteriya va statistikaga oid hisob va hisobot maʼlumotlarni hamda boshqa zaruriy maʼlumotlarni belgilangan muddatda taqdim etish vazifasini yuklash;
ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan foydalanish tartiblari va shartlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish huquqiga ega.
9. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin haftada kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
10. Komissiya majlisida Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, u qarorlar qabul qilishga vakolatli hisoblanadi. Ovoz berish Komissiya aʼzolari koʻpchiligining qaroriga koʻra, ochiq yoki yashirin holda amalga oshiriladi. Komissiyaning har bir aʼzosi bitta ovozga ega.
Komissiya qarorlari uning majlisida qatnashgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi va bayonnoma shaklida rasmiylashtirilib, Komissiya raisi hamda kotibi tomonidan imzolanadi.
11. Komissiya faoliyatiga qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadigan rais rahbarlik qiladi.
Komissiya raisi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Komissiya aʼzolariga va qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning mansabdor shaxslariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Komissiya aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Komissiya faoliyati toʻgʻrisida hisobot tayyorlash.
12. Komissiya aʼzolari Komissiya ishida oʻzlariga belgilangan xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qatnashadilar va ularning ishiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
13. Komissiya qarori bilan jalb etiladigan maslahat beruvchi, auditorlik va boshqa tashkilotlar xizmatlari uchun haq mazkur tashkilotlar (pudratchilar) bilan qayta tashkil etilayotgan buyurtmachi-xoʻjalik oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan toʻlanadi.
Komissiya qaroriga binoan jalb etiladigan yakka tartibdagi ekspertlar va auditorlar xizmati uchun haq toʻlash ularning har biri bilan buyurtmachi-xoʻjalik oʻrtasida tuziladigan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Shartnomada koʻrsatilgan ish miqdori bajaruvchilarga bogʻliq boʻlmagan holda belgilangan muddatda bajarilmasa, buyurtmachi-xoʻjalik sarflangan vaqt uchun haq yoki kelishuvga koʻra qoʻshimcha haq toʻlaydi.
Komissiya ishi natijalarining oshkoraligini taʼminlashi;
paychilarning soʻrovlari boʻyicha ularning faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotni taqdim qilishi shart.
15. Komissiya aʼzolari paychilar oldida oʻz ishlari natijalarining toʻgʻriligi uchun masʼuldirlar.
16. Komissiya qayta tashkil etilgan xoʻjalikning yuqori boshqaruv organi qaroriga binoan tugatiladi.
17. Komissiya tugatilgandan soʻng uning faoliyatiga tegishli barcha hujjatlar yangi tashkil etilgan xoʻjalik arxiviga topshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 299-son
qaroriga 4-ILOVA
| ___________________viloyati |
|
___________________viloyati |
| ___________________ tumani |
|
___________________ tumani |
| hokimining 199 _____ yil “___”__________ dagi |
|
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) ning |
| |
|
199 ___yil “____ ”________dagi taʼsis majlisining |
| ___-son qarori bilan |
|
___-son qarori bilan |
| ROʻYXATGA OLINGAN |
|
TASDIQLANGAN |
| M. Oʻ. |
|
|
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning
| 1.________________________________________ qishloq xoʻjaligi operativi |
|
(shirkat (nomi) |
| xoʻjaligi (bundan keyin matnda “shirkat xoʻjaligi” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlarga muvofiq ______________________________shirkat |
|
(nomi), |
| ning 199__ yil__________dagi taʼsis majlisining ___-son qarori asosida tashkil etildi. Shirkat xoʻjaligi ___________ jamoa |
|
(nomi) |
| xoʻjaligini qayta tashkil etish asosida tuzilgan. |
| 2.______________________________ jamoa xoʻjaligi asosida tuzilgan, |
|
(nomi) |
| shirkat xoʻjaligi jamoa xoʻjaligining shartnoma va majburiyatlari yuzasidan uning huquqiy vorisi hisoblanadi. |
3. Shirkat xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi, oʻz faoliyatida qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Ustavga amal qiladi, Oʻzining mustaqil balansiga, bank muassasasida hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarga, nomi yozilgan dumaloq muhriga, tamgʻasiga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, shuningdek, undan tashqarida ham qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga zid boʻlmagan har qanday bitimlarni tuzish huquqiga ega boʻladi, sudda daʼvogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin.
4. Shirkat xoʻjaligi oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshirib, faoliyatining natijalari va majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan javob beradi. Shirkat xoʻjaligi oʻz aʼzolari va davlatning majburiyatlari yuzasidan, davlat esa shirkat xoʻjaligi va uning aʼzolari majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
5. Shirkat xoʻjaligining mol-mulki daxlsizdir va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari davlat hamda boshqa tashkilotlar tomonidan olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Shirkat xoʻjaligi quyidagi nomga ega:
| ___________________________________________ qishloq xoʻjaligi kooperativi |
|
(shirkat nomi) |
| |
(shirkat xoʻjaligi) qisqartirilgan holda ____________________ QXKShX.
7. Shirkat xoʻjaligining manzili____________________
8. Shirkat xoʻjaligi faoliyatining muddati cheklanmagan.
9. Shirkat xoʻjaligi faoliyatining maqsadi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hajmini koʻpaytirish, xizmat koʻrsatish turlarini kengaytirish asosida daromad (foyda) olish va shirkat xoʻjaligi aʼzolarining turmush farovonligini oshirishdan iboratdir.
10. Quyidagilar shirkat xoʻjaligi faoliyatining sohasi hisoblanadi:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xalq isteʼmol mollari va ishlab chiqarish texnikasiga oid mahsulotlar ishlab chiqarish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollarini qayta ishlash, saqlash, shu jumladan, oʻz savdo shoxobchalari orqali sotish;
investitsiyalarni, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb qilish va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil qilish;
ishlab chiqarish, uy-joy, madaniy-maishiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlarni qurish va taʼmirlash;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda aholiga transport xizmati va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
marketing tadqiqotlari va tijorat faoliyatini tashkil qilish;
ishlab chiqarish texnikasiga oid mahsulotlarni hamda boshqa zarur tovarlarni xarid qilish.
Shirkat xoʻjaligi qonunlarda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
11. Shirkat xoʻjaligiga doimiy egalik qilish yoki vaqtincha foydalanish uchun yoxud ijara asosida beriladigan yer uchastkasi davlat mulki hisoblanadi va u xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, ayirboshlash, garov, hadya qilish obyekti boʻlishi mumkin emas.
12. Shirkat xoʻjaliklariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun Fuqarolarga berib qoʻyilgan yerlardan iborat boʻladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi, bunda haydaladigan yerlar oʻlchami kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Shirkat xoʻjaligi yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanishni, uning unumdorligini pasaytirmaslikni va ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlashi shart.
14. Shirkat xoʻjaligining yer uchastkasi, qoida tariqasida, oilaga (jamoa)ga oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Bunda yer uchastkasining miqdori ekin maydoni, mahsulot birligiga ketadigan mehnat sarfining belgilangan meʼyorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Oila (jamoa) pudrati asosida vaqtincha foydalanishga berilgan yer dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Dalolatnoma yer uchastkasining miqdori, uning joyi, sifat koʻrsatkichlari va yer uchastkasida mavjud boʻlgan koʻp yillik daraxtzorlar koʻrsatilgan holda ikki nusxada tuziladi, xoʻjalik vakili va oila (jamoa) pudrati boshligʻi (jamoaning vakolatli vakili) tomonidan imzolanadi va shirkatning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bitta nusxasi xoʻjalikda, ikkinchisi esa pudratchilarda shartnoma muddati tugagunga qadar saqlanadi.
15. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari oilasi, shuningdek, shirkat xoʻjaligi hududida doimiy yashayotgan oʻqituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarga oilalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida dehqon xoʻjaliklarini yoki uzoq muddatli ijara huquqi asosida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun tegishli yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartib va oʻlchamlarda shirkat xoʻjaligi aʼzolari umumiy majlisining qarori asosida tuman hokimi tomonidan ajratib beriladi.
16. Shirkat xoʻjaligi yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda yerning unumdorligini oshirish, binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtzorlar qiymati bilan bogʻlik xarajatlar toʻlanadi, shuningdek, yetkazilgan boshqa zararlar qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda qoplanadi.
17. Asosiy jamgʻarmalar va aylanma mablagʻlar, shuningdek, shirkat xoʻjaligining mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar shirkat xoʻjaligining mulkidir.
18. Quyidagilar shirkat xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
asosiy jamgʻarmalar qiymati;
yetishtirilgan mahsulotlar;
mahsulotlarni sotishdan va koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan daromad (foyda);
aʼzolarning pul va moddiy badallari;
buyurtmachilardan olingan avanslar hamda qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
19. Shirkat xoʻjaligi mol-mulki shirkat xoʻjaligi balansida aks ettirilgan Uzoq muddatli va aylanma aktivlardan iborat.
20. Shirkat xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirishda yuridik va jismoniy shaxslar shartnoma asosida pul va moddiy badallar qoʻshish yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkin.
21. Shirkat xoʻjaligi tomonidan tashkil etiladigan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki, shuningdek, xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki uning ulushli ishtirokiga muvofiq shu shirkat xoʻjaligining mulkidir.
22. Tarkibiga shirkat xoʻjaliklari kirgan birlashmalarning mol-mulki, agar birlashmalarning taʼsis hujjatlari yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shu shirkat xoʻjaliklariga umumiy (ulushli) mulk huquqi asosida qarashli boʻladi.
23. Shirkat xoʻjaligi yuridik va jismoniy shaxslardan mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanish uchun olish huquqiga ega.
24. Shirkat xoʻjaligi oʻz mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini mustaqil amalga oshiradi. Shirkat xoʻjaligi mol-mulki har yili qayta roʻyxat qilinadi va uning natijalari umumiy majlisda tasdiqlanadi.
25. Shirkat xoʻjaligi faoliyatini taʼminlash uchun pay jamgʻarmasi va boʻlinmas jamgʻarmadan iborat ustav jamgʻarmasi tashkil etiladi. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylarini aniqlash va ular boʻyicha dividendlarni taqsimlashda pay jamgʻarmasi tarkibiga yer kadastri asosida aniqlangan yer uchastkalari qiymat bahosi kiritiladi. Bunda yer uchastkasining qiymat bahosi shirkat xoʻjaligi ustav jamgʻarmasi miqdorini koʻpaytirmaydi.
26. Shirkat xoʻjaligi ustav jamgʻarmasining umumiy hajmi _____ soʻmni tashkil etadi. Boʻlinmas jamgʻarma________ soʻmni yoki ustav jamgʻarmasining ______foizini tashkil etadi. Boʻlinmas jamgʻarmaning tashkil qilishi va undan foydalanish tartibi Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boʻlinmas jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq belgilanadi.
27. Pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylariga taqsimlanadi.
28. Aʼzolarning shirkat xoʻjaligi tashkil etilgan paytda aniqlangan mulkiy paylari ularning boshlangʻich mulkiy payi hisoblanib, uning miqdori taʼsis majlisida tasdiqlanadi.
29. Ustav jamgʻarmasining miqdori shirkat xoʻjaligi umumiy majlisining qaroriga asosan olingan sof foydadan ajratma hisobiga koʻpayishi, mumkin. Bu holda shirkat xoʻjaligi ustavi qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
30. Shirkat xoʻjaligi oʻz aʼzolarining mablagʻlarini qoʻshimcha badallar sifatida jalb qilishi mumkin. Bu qoʻshimcha badallar boʻyicha Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda nazarda tutilgan tartibda dividendlar oladilar. Bu badallar pay jamgʻarmasi tarkibiga kiritiladi.
31. Oʻn olti yoshga toʻlgan shirkat xoʻjaligi ustavini tan oluvchi va uning talablariga rioya etuvchi, shirkat xoʻjaligi faoliyatida va uning jamgʻarmalarini shakllantirishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar shirkat xoʻjaligi aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Shirkat xoʻjaligiga aʼzolik undan vaqtincha chiqib ketgan shaxslar uchun quyidagi hollarda saqlanib qoladi:
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtaganda;
davlat va jamoat organlariga saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganda;
ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqishga kirganda;
boshqa shirkat xoʻjaligiga, xoʻjaliklararo va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga shirkat xoʻjaligi boshqaruvi tomonidan belgilangan muddatga ishga yoʻllanganda.
Shirkat xoʻjaligining qarilik yoki nogironlik boʻyicha ishni toʻxtatgan aʼzolari oʻzlarining shirkat xoʻjaligiga aʼzoliklarini uning umumiy majlisi qarori bilan belgilangan asos va shartlarda saqlab qoladilar.
Yuridik shaxslar ham shirkat xoʻjaligiga aʼzo boʻlishlari mumkin va ularning shirkat xoʻjaligi bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida tartibga solinadi.
32. Shirkat xoʻjaligi tashkil boʻlishi paytida aʼzolar tarkibi va ularning boshlangʻich mulkiy paylarining miqdori taʼsis majlisida tasdiqlanib, ustavga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
33. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari sonini koʻpaytirish umumiy majlisning mutloq vakolatiga kiradi.
34. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari kuyidagi huquqlarga ega:
shirkat xoʻjaligi ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
shirkat xoʻjaligi boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
shirkat xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olish, uning hujjatlari bilan tanishish;
oʻz mehnati natijalariga muvofiq daromadlar olish;
mulkiy payga muvofiq dividendlar olish;
shirkat xoʻjaligi tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qoladigan mol-mulkdan oʻz ulushini yoki uning qiymatini olish;
shirkat xoʻjaligining mahsulot va xizmatlaridan birinchi navbatda foydalanish;
shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan oʻz xohishiga koʻra chiqish, oʻzining mulkiy payini qonun hujjatlari va ushbu Ustav asosida meros qilib qoldirish;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
35. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining majburiyatlari:
qonun hujjatlari, shirkat xoʻjaligining taʼsis hujjatlari talablariga rioya qilish, uning boshqaruv organlari qarorlarini bajarish;
shirkat xoʻjaligi faoliyatiga taalluqli sir tutiladigan tijorat va boshqa axborotlarni oshkor qilmaslik;
shirkat xoʻjaligi mol-mulkini saqlash, ishlab chiqarish vositalaridan tejamli va samarali foydalanish;
shirkat xoʻjaligida vijdonan mehnat qilish va oʻz ish natijalari uchun javob berish mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, mehnatni va tabiatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish.
36. Shirkat xoʻjaligi va uning aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlari, mazkur Ustav hamda boshqaruv organining qarorlari bilan tartibga solinadi.
37. Shirkat xoʻjaligi oʻz aʼzolari va yollangan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash shakllari, tizimi va shartlarini qonun hujjatlariga va oila (jamoa) pudrati shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi. Har bir aʼzoning daromadi uning mehnat ulushi hamda shirkat xoʻjaligi faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan holda aniqlanadi va uning yuqori chegarasi belgilanmaydi.
38. Shirkat xoʻjaligiga aʼzolik quyidagi hollarda tugatiladi:
shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;
shirkat xoʻjaligi faoliyatida mehnati bilan ishtirok etish tugatilganda;
shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan uning ustavida belgilangan hollarda va tartibda chiqarilganda;
boshqaruvning (raisning) shirkat xoʻjaligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori umumiy majlisda tasdiqlanmaganda;
shirkat xoʻjaligi xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga oʻzgartirilib qayta tashkil etilganda yoki shirkat xoʻjaligi tugatilganda.
Shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqarish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqishda mehnat daftarchasini rasmiylashtirish, yil yakuni boʻyicha dividendlar olish tartibi shirkat xoʻjaligi ustavida nazarda tutiladi.
Shirkat xoʻjaligi aʼzosi aʼzolikdan chiqish toʻgʻrisida shirkat xoʻjaligi boshqaruvini ikki hafta oldin yozma ravishda ogohlantirishi zarur.
Shirkat xoʻjaligi aʼzosining arizasiga muvofiq shirkat boshqaruvi aʼzolikdan chiqarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uni umumiy majlis tasdigʻiga kiritadi.
39. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining pay jamgʻarmasidagi mulkiy paylari miqdori Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga binoan belgilanadi.
40. Pay jamgʻarmasi va unga muvofiq shirkat xoʻjaligi aʼzolari mulkiy paylarining oʻzgarishi (koʻpayishi yoki kamayishi) umumiy majlis qarori bilan amalga oshiriladi.
41. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy payi nomi yozilgan guvohnoma bilan rasmiylashtirilib, roʻyxatga olish raqamiga ega boʻladi va u qimmatli qogʻozlar toifasiga kirmaydi.
42. Har bir aʼzo uchun shirkat xoʻjaligi moliya-hisob-kitob markazida shaxsiy hisobvaraq ochiladi va unda boshlangʻich mulkiy payi, qoʻshimcha pay badallari, mulkiy payning yillik oʻsish summasi, shuningdek, toʻlangan dividendlar aks ettirib boriladi. Barcha aʼzolarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi mulkiy paylarining yigʻindisi shirkat xoʻjaligining pay jamgʻarmasi miqdoriga teng boʻlishi kerak.
Aʼzolar shaxsiy hisobvaraqlaridagi mulkiy paylar ular tomonidan qoʻshimcha badallar kiritilgan taqdirdagina shu qoʻshimcha badallar miqdoriga, shuningdek, shirkat xoʻjaligi pay jamgʻarmasi koʻpayganda oshadi.
43. Shirkat xoʻjaligining tijorat va boshqa faoliyatidan olinadigan daromadidan (foydasidan) soliq va boshqa toʻlovlar toʻlangandan soʻng qoladigan qismi butunlay shirkat xoʻjaligi tasarrufida boʻladi va uni shirkat xoʻjaligi mustaqil ravishda tasarruf etadi.
44. Shirkat xoʻjaligiga yetkazilgan zararlarni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
45. Shirkat xoʻjaligining daromadi (foydasi) umumiy majlisning qarori bilan boʻlinmas jamgʻarmani toʻldirish va aʼzolarga dividendlar toʻlash uchun taqsimlanadi.
46. Har bir aʼzoning mulkiy paylar boʻyicha dividendlarini shakllantirish va toʻlash Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga binoan amalga oshiriladi.
47. Shirkat xoʻjaligi daromadining (foydasi)ning paylar boʻyicha dividendlar toʻlash uchun moʻljallangan qismi yil yakunlariga koʻra taqsimlanadi va mulkiy payning miqdoriga mutanosib ravishda toʻlanadi.
48. Shirkat xoʻjaligidan chiqish fermer xoʻjaligi yoki yangi shirkat xoʻjaligi tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan hollarda mulkiy paylar qonun hujjatlariga muvofiq ajratib beriladi.
49. Shirkat xoʻjaligi aʼzosining mulkiy payini meros qilib qoldirish faqat uning qiymatdagi ifodasida amalga oshiriladi.
50. Shirkat xoʻjaligi aʼzosi tomonidan oʻz merosxoʻrlariga mulkiy payga egalik qilish huquqining berilishi shirkat xoʻjaligi boshqaruvida roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
51. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylar boʻyicha, shuningdek, ularning Shirkat xoʻjaligi bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlari Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga asosan amalga oshiriladi.
52. Shirkat xoʻjaligining umumiy majlisi (vakillar majlisi), boshqaruvi va taftish komissiyasi (taftishchi) shirkat xoʻjaligining boshqaruv organlari hisoblanadi. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi shirkat xoʻjaligi boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi. Umumiy majlis moliya yili tugaganidan keyin oʻtkaziladi. Umumiy majlis shirkat xoʻjaligi boshqaruvining (raisining) qaroriga binoan yoki shirkat xoʻjaligi aʼzolari kamida uchdan bir qismining tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin.
shirkat xoʻjaligining ustavini, qabul qiladi va unga belgilangan tartibda oʻzgartishlar kiritadi;
shirkat xoʻjaligining raisini, Shirkat xoʻjaligining boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularni chaqirib oladi ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi va faoliyatiga baho beradi;
shirkat xoʻjaligi aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikdan chiqarish toʻgʻrisidagi masalalarni, shuningdek, shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqish bilan bogʻlik masalalarni hal etadi;
shirkat xoʻjaligining ichki mehnat tartibi qoidalarini hamda mehnatga haq toʻlash tartibini belgilaydi;
shirkat xoʻjaligi aʼzolarining mulkiy paylari miqdorini belgilaydi;
shirkat xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejalarini va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
daromadni (foydani) taqsimlash tartibini, shirkat xoʻjaligining boʻlinmas, pay va boshqa jamgʻarmalari turlarini, miqdorini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi;
fuqarolarga fermer va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish masalalari boʻyicha qaror qabul qiladi, uning asosida tuman hokimi tegishli qaror qabul qiladi;
shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish, uning asosida tuman hokimi tegishli qaror qabul qiladi;
shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish, uning uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalarga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal etadi.
54. Aʼzolarining soni besh yuz kishidan ortiq boʻlgan yirik shirkat xoʻjaliklarida umumiy majlis vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun, ustavda nazarda tutilgan xollarda, vakillar majlisi chaqirilishi mumkin.
55. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi jami aʼzolarning yoki ular vakillarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan (yoki taqdim qilingan) taqdirdagina masalalarni hal etish huquqiga ega boʻladi. Umumiy majlis qatnashchilarining soni yuz kishidan ortiq boʻlsa, shuningdek, yashirin ovoz beriladigan holatlarda hisob komissiyasi saylanadi.
56. Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi qarorlari koʻpchilik ovozda ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ustavga oʻzgartishlar kiritish, ustav jamgʻarmasini Oʻzgartirish, shirkat xoʻjaligini qayta tashkil qilish, tugatish masalalari boʻyicha qarorlar umumiy majlis ishtirokchilarining yoki ular vakillarining toʻrtdan uch qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi. Shirkat xoʻjaligi aʼzosi boʻlmagan va unda mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan shaxslar umumiy majlisda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
57. Shirkat xoʻjaligi boshqaruvi umumiy majlis chaqirilishi haqida aʼzolarni kamida yetti kun oldin xabardor qilishi shart.
58. Mulkiy ulushi miqdoridan qatʼi nazar, bir aʼzo bir ovozga ega boʻladi.
59. Umumiy majlis tomonidan________ kishidan iborat ________ yil muddatga saylangan boshqaruv shirkat xoʻjaligining ijroiya organi hisoblanadi.
Shirkat xoʻjaligi boshqaruvi quyidagi vakolatlarga ega:
shirkat xoʻjaligi faoliyatining biznes-rejalarini ishlab chiqish va umumiy majlis tasdigʻiga kiritish;
shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisini chaqirish hamda majlis tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish;
shirkat xoʻjaligi joriy xoʻjalik faoliyati masalalarini uning ustaviga muvofiq hal etish;
shirkat xoʻjaligiga yangi aʼzolar qabul qilish va aʼzolikni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni umumiy majlis tasdigʻiga kiritish;
shirkat xoʻjaligi mol-mulkining saqlanishini taʼminlash hamda yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga doir choralarni qoʻrish;
zarurat boʻlganda mustaqil auditorlik tekshirishlari oʻtkazilishini tashkil etish;
fermer va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun Fuqarolarga yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisida umumiy majlis koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish;
oila boshligʻi (jamoaning vakolatli vakili) bilan oilaviy (jamoa) pudrat shartnomalarini, shuningdek, fermer xoʻjaliklari boshliqlari bilan va uchastkalarini ijaraga berish shartnomalarini tuzish;
shirkat xoʻjaligi ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
60. Shirkat xoʻjaligi boshqaruvi ishiga shirkat xoʻjaligi raisi rahbarlik qiladi. Shirkat xoʻjaligi raisi umumiy majlisda ochiq ovoz berish yoʻli bilan muqobillik asosida uch yil muddatga saylanadi.
ushbu Ustavga asosan shirkat xoʻjaligi nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi;
shirkat xoʻjaligining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiladi, mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalarni, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonchnomalar beradi, bankda hisobvaraqlar ochadi va ushbu Ustavga asosan boshqa ishlarni amalga oshiradi;
shirkat xoʻjaligi umumiy majlisi (vakillar majlisi) va boshqaruvi qabul qilgan qarorlarning ijrosini taʼminlaydi va nazorat qiladi;
oʻz vakolati doirasida buyruq va farmoyishlar chiqaradi, hisobot, moliya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
umumiy majlis va boshqaruv rolida hisobot beradi.
Shirkat xoʻjaligi boshqaruvining aʼzolari oʻz tarkibidan shirkat xoʻjaligining ustaviga muvofiq shirkat xoʻjaligi raisining oʻrinbosarini va boshqaruv kotibini saylashlari mumkin.
61. Umumiy majlis tomonidan____ kishidan iborat _____yil muddatga saylangan taftish komissiyasi (taftishchi) shirkat xoʻjaligining nazorat organi boʻlib, u shirkat xoʻjaligining moliya-xoʻjaligi faoliyatini tekshiradi. Komissiya (taftishchi) bir yilda bir marotaba shirkat xoʻjaligining moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qiladi. Yil davomida zaruratga qarab oʻtkazilgan tekshirish natijalari hamda bir yillik taftish natijasi toʻgʻrisida boshqaruvga maʼlum qiladi va umumiy majlis oldida hisobot beradi.
62. Taftish komissiyasi aʼzolari (taftishchi) shirkat xoʻjaligining ijroiya organi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Umumiy majlis shirkat xoʻjaligining va uning boshqaruvining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditor yoki auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli.
63. Shirkat xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi hamda buxgalteriya va statistika hisobotini yuritadi.
64. Shirkat xoʻjaligi tegishli davlat organlariga iqtisodiy axborotlarni yigʻish va tahlil qilish uchun maʼlumotlar taqdim etadi. Shirkat xoʻjaligi boshqaruv tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi tijorat sirini ifodalaydigan axborotlarni taqdim etmaslikka haqli, qonunda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
65. Shirkat xoʻjaligi faoliyati:
taftish komissiyasi (taftishchi);
shirkat xoʻjaligi taklifiga binoan mustaqil auditor yoki auditorlik tashkiloti;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlari va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan tekshiriladi.
Shirkat xoʻjaligi tekshirish huquqini beradigan tegishli hujjatni talab etish, tekshiruvchilar vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha ularga javob bermaslikka hamda tekshiruv sohasiga bogʻlik boʻlmagan maʼlumotlar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidir.
66. Shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etish qonun hujjatlarida va shirkat xoʻjaligi ustavida belgilangan tartibda qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
67. Shirkat xoʻjaligining tugatilishi uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa yuridik shaxsga oʻtmasdan bekor qilinishidir.
umumiy majlis qaroriga binoan;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
68. Shirkat xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan umumiy majlis yoki sud bu haqda shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga darhol yozma xabar berishi shart, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ shirkat xoʻjaligi tugatish jarayonida ekanligi haqidagi maʼlumotlarni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qoʻyadi.
Shirkat xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan umumiy majlis yoki sud shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini (tugatuvchini) tayinlaydi hamda ushbu Ustavga muvofiq tugatish tartibi va muddatini belgilaydi.
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tayinlangan paytdan boshlab shirkat xoʻjaligi ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlar uning ixtiyoriga oʻtadi. Tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan shirkat xoʻjaligi nomidan sudda ishtirok etadi.
69. Tugatish komissiyasi (tugatuvchi) matbuot organlarida maʼlumot beradi, unda shirkat xoʻjaligining tugatilishi hamda uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar eʼlon qilinadi. Bu muddat tugatish haqida xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam boʻlishi mumkin emas.
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi) kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini olish choralarini koʻradi, shuningdek, kreditorlarni shirkat xoʻjaligi tugatilishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
70. Kreditorlar tomonidan talablarni qoʻyish uchun belgilangan muddat tamom boʻlganidan keyin tugatish komissiyasi (tugatuvchi) oraliq tugatish balansini tuzadi, bu balans tugatilayotgan shirkat xoʻjaligi mol-mulkining tarkibi, Kreditorlar qoʻygan talablar roʻyxati, shuningdek, ularni qarab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Oraliq tugatish balansi shirkat xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan umumiy majlis yoki sud tomonidan shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan, oʻtkazuvchi organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
71. Agar tugatilayotgan shirkat xoʻjaligi ixtiyoridagi pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatiщ komissiyasi (tugatuvchi) shirkat xoʻjaligining mol-mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi.
72. Tugatilayotgan shirkat xoʻjaligi kreditorlariga pul summalarini toʻlash tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan navbat tartibida, oraliq tugatish balansiga muvofiq u tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatish balansini tuzadi, uni shirkat xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan umumiy majlis yoki sud shirkat xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
73. Shirkat xoʻjaligi tugatilayotganda Kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qoladigan boʻlinmas jamgʻarmaning qismi va pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi aʼzolarining yoki ular merosxoʻrlarining paylariga mos ravishda taqsimlanadi.
74. Shirkat xoʻjaligi tugatilganda uning aʼzolari dehqon xoʻjaligini yuritish maqsadida berilgan oʻz yer uchastkalaridan merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qoladilar.
75. Shirkat xoʻjaligining tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qoʻyilganidan soʻng shirkat xoʻjaligini tugatish tamomlangan, shirkat xoʻjaligining faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 299-son
qaroriga 5-ILOVA
| |
_______________________ viloyati |
| |
________________________ tumani |
| |
________________________ qishloq |
| |
(nomi) |
| |
xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning |
| |
199 yil “ _____ ”_______ dagi |
| |
taʼsis majlisining |
| |
_____ -son qarori bilan |
| |
TASDIQLANGAN |
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning Ustav jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
1. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)
* pay jamgʻarmasidan, boʻlinmas jamgʻarmadan hosil boʻlgan Ustav jamgʻarmasining hamda keyingi faoliyati davrida yetishtirilgan va olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotining hamda boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi. U oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlarini amalga oshiradi.
2. Shirkat xoʻjaligi oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadida Ustav jamgʻarmasini tashkil etadi, uning miqdori shirkat xoʻjaligi ustavida koʻrsatiladi.
Ustav jamgʻarmasining shakllanish manbalari va undan foydalanish yoʻnalishlari shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida qonun hujjatlari hamda shirkat xoʻjaligi ustaviga asosan belgilanadi.
3. Ustav jamgʻarmasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida qabul qilinadi, bunda shirkat xoʻjaligining ustavi belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim,
4. Shirkat xoʻjaligining Ustav jamgʻarmasi uning mulki hisoblanadi va uni qonunlarda nazarda tutilgan hollardan tashqari olib qoʻyish mumkin emas.
5. Ustav jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligining balansida asosiy vositalar va aylanma mablagʻlarning yigʻindisi sifatida aks ettirilib, shirkat xoʻjaligi faoliyatining asosi boʻlib hisoblanadi.
6. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, mexanizmlar, mashinalar, transport vositalari, ishchi va mahsuldor mollar, koʻp yillik daraxtlar, kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa gidrotexnika inshootlari, yoʻllar, ijtimoiy-maishiy obyektlar, nomoddiy aktivlar, Uzoq muddatli moliyaviy va kapital qoʻyilmalar, boshqa Uzoq muddatli aktivlar kiradi.
7. Aylanma mablagʻlarga xomashyo, tayyor mahsulotlar, urugʻ, yem-xashak, oʻgʻit, yonilgʻi-moylash materiallari, ehtiyot qismlar, hisob varaqlardagi pul mablagʻlari, debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalar va boshqa mablagʻlar kiradi.
8. Ustav jamgʻarmasi pay jamgʻarmasi va boʻlinmas jamgʻarmalardan iborat boʻladi.
9. Pay jamgʻarmasi Ustav jamgʻarmasining shirkat xoʻjaligi aʼzolari oʻrtasida mulkiy paylarga taqsimlangan qismi hisoblanadi.
Pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi aʼzolarining boshlangʻich va qoʻshimcha (koʻpaygan) mulkiy paylaridan iboratdir.
Shirkat xoʻjaligi pay jamgʻarmasining va aʼzolar mulkiy paylarining miqdorlari shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida tasdiqlanadi hamda uning ustavida koʻrsatiladi.
Shirkat xoʻjaligi aʼzolari mulkiy paylarini hisoblash va ular boʻyicha dividendlarni taqsimlashda pay jamgʻarmasi tarkibiga davlat yer kadastri boʻyicha belgilanadigan yer uchastkalarining qiymat bahosi ham qoʻshiladi. Bunda yer uchastkalarining qiymat bahosi Ustav jamgʻarmasining miqdorini koʻpaytirmaydi.
10. Shirkat xoʻjaligi tuzilayotgan vaqtda belgilangan pay jamgʻarmasi boshlangich pay jamgʻarmasidir. U shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining boshlangʻich mulkiy payini aniqlashda asos boʻladi.
Pay jamgʻarmasining boshlangʻich miqdori shirkat xoʻjaligi ustavi va Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda belgilangan tartibda aʼzolar oʻrtasida mulkiy paylarga taqsimlanadi.
11. Pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi aʼzolari tomonidan qoʻshimcha badallar kiritilganda koʻpayadi va tegishli ravishda ularning mulkiy paylariga qoʻshiladi.
12. Boʻlinmas jamgʻarma — shirkat xoʻjaligi Ustav jamgʻarmasining bir qismi boʻlib, u paychi aʼzolar oʻrtasida taqsimlanmaydi.
13. Boʻlinmas jamgʻarma Ustav jamgʻarmasining qirq foizidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi hamda shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi.
14. Boʻlinmas jamgʻarmani yaratish va undan foydalanish Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) boʻlinmas jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom boʻyicha belgilanadi.
15. Ustav jamgʻarmasining harakati (koʻpayishi va kamayishi) shirkat xoʻjaligining buxgalteriya balansidagi 85-1 “Ustav jamgʻarmasi” hisob raqamida qayd qilinadi. Bunda ikkita ikkilamchi hisobvaraq ochiladi:
85-1.1. “Pay jamgʻarmasi”;
85-1.2 “Boʻlinmas jamgʻarma”.
85-1 hisob raqamidagi mablagʻning qoldigʻi (saldosi) shirkat xoʻjaligining taʼsis hujjatlarida belgilangan Ustav jamgʻarmasining miqdoriga mos kelishi lozim.
Ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish (kamaytirish) hollari faqatgina shirkat xoʻjaligi taʼsis hujjatlariga zarur oʻzgartishlar kiritilgandan soʻng qonun hujjatlarida va shirkat xoʻjaligi ustavida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Shirkat xoʻjaligi oʻz aʼzolarining maxsus raqamli ip bilan soʻrgʻichlangan, muhrlangan reyestr (roʻyxat) kitobini yuritadi. Unda quyidagilar qayd etiladi:
tartib soni (bu son shaxsiy varaq soni ham hisoblanadi);
familiyasi, ismi, otasining ismi;
pasport seriyasi va raqami, qachon va kim tomonidan berilgani;
boshlangʻich mulkiy payning miqdori;
toʻlangan dividendlar miqdori;
nomi yozilgan guvohnoma berish muddati va qayd etilgan raqami;
shirkat xoʻjaligi aʼzolarining shirkat xoʻjaligi aʼzoligidan chiqishi va aʼzolar oʻrtasida paylarni oʻzgarishi, paychilarning va roʻyxatga oluvchining imzolari.
17. Shirkat xoʻjaligi moliya-hisob-kitob markazida har bir aʼzo uchun shaxsiy hisobvaraq ochilib, unda boshlangʻich mulkiy pay, qoʻshimcha pay badali, mulkiy payning yillik koʻpaygan miqdori va toʻlangan dividend yozib boriladi. Hamma aʼzolarning hisobvaraqlaridagi mablagʻlari yigʻindisi shirkat xoʻjaligining pay jamgʻarmasi miqdoriga teng boʻlishi shart.
18. Boʻlinmas jamgʻarmaning shakllantirilishi, harakati va undan belgilangan maqsadda foydalanilishi shirkat xoʻjaligining moliya-hisob-kitob markazidagi maxsus hisob boʻyicha amalga oshiriladi va reyestr kitobida alohida yozuv bilan aks ettiriladi.
19. Shirkat xoʻjaligini tugatish uchun tashkil etilgan tugatish komissiyasi (tugatuvchi) matbuot organlarida kreditorlarning talablarini qabul qilish uchun shirkat xoʻjaligini tugatish tartibi va muddatini eʼlon qiladi.
20. Kreditorlar talabini qabul qilish boʻyicha belgilangan muddat tugagandan soʻng tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan shirkat xoʻjaligining mol-mulki tarkibi, kreditorlar talabining roʻyxati, shuningdek, ushbu masalalarni qoʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat oraliq balansini tuzib chiqadi.
21. Shirkat xoʻjaligi tugatilayotganda kreditorlar talabi qanoatlantirilgandan soʻng boʻlinmas jamgʻarmaning qolgan qiymati pay jamgʻarmasi. bilan birgalikda aʼzolar oʻrtasida ularning mulkiy paylariga mos ravishda taqsimlanadi.
22. Shirkat xoʻjaligini tugatish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 299-son
qaroriga 6-ILOVA
| |
_______________________ viloyati |
| |
________________________ tumani |
| |
(nomi) |
| |
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning |
| |
199 yil “ _____ ”_______ dagi |
| |
umumiy majlisining_____ - son qarori bilan |
| |
TASDIQLANGAN |
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning boʻlinmas jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
1. Boʻlinmas jamgʻarma qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)
* ustav jamgʻarmasi qiymatining bir qismi boʻlib, u shirkat xoʻjaligi tasarrufida qoladi va paychi aʼzolar oʻrtasida taqsimlanmaydi.
2. Shirkat xoʻjaligining boʻlinmas jamgʻarmasi:
kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshirish;
yuqori unumli texnika va boshqa uskuna-jihozlarni olish;
texnologik bosqich yaxlitligini yuqori darajada saqlash;
chet el investitsiyalarini jalb qilish va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish;
tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish;
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va inshootlarini barpo etish, saqlash;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari faoliyatining samaradorligini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun umumtexnologik va shirkat jamoasi foydalanadigan infratuzilmalarga kiruvchi obyektlardan hamkorlikda foydalanish uchun sharoitlar yaratish;
boshqa umumiy ijtimoiy va xoʻjalik vazifalarini hal etish maqsadlarida tashkil qilinadi.
3. Shirkat xoʻjaligining boʻlinmas jamgʻarmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari daxlsiz hisoblanadi.
4. Boʻlinmas jamgʻarmaning qiymati (miqdori) shirkat xoʻjaligi mol-mulki miqdori, faoliyati ixtisoslashuvi, uning infratuzilmalar obyektlarini rivojlantirish istiqbolini hisobga olgan holda tabaqali ravishda belgilanadi va shirkat xoʻjaligi ustavida aks ettiriladi.
5. Shirkat xoʻjaligi boʻlinmas jamgʻarmasining miqdoriga uning u yoki bu maqsaddagi yoʻnalishlarining ustuvorligini hisobga olgan holda umumiy majlis qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
6. Boʻlinmas jamgʻarmaning shakllanishi va foydalanishini tartibga solish hamda nazorat qilish shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari tomonidan dividend olish maqsadida kiritilgan qoʻshimcha pay badallari boʻlinmas jamgʻarma tarkibiga kiritilmaydi.
8. Shirkat xoʻjaligi tashkil etilayotganda boʻlinmas jamgʻarma, shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi qaroriga koʻra, ustav jamgʻarmasining qirq foizidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi.
9. Sof foydadan ajratmalar shirkat xoʻjaligi boʻlinmas jamgʻarmasini toʻldirishning asosiy manbai hisoblanadi,
10. Shirkat xoʻjaligi oʻz boʻlinmas jamgʻarmasidan belgilangan maqsadga muvofiq mustaqil foydalanishga haqli.
11. Boʻlinmas jamgʻarmaning shakllantirilishi va undan foydalanish hisobi buxgalteriya hisoboti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning ustav jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Shirkat xoʻjaligi boʻlinmas jamgʻarmasining obyektlari va manbalari roʻyxat qilinadi hamda uning kelgusi hisobot yilidagi miqdori shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida tasdiqlanadi.
13. Sof foydaning shirkat xoʻjaligi boʻlinmas jamgʻarmasini koʻpaytirish uchun ajratilgan qismi umumiy majlis qarori bilan alohida ikkilamchi hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
14. Shirkat xoʻjaligi tugatilganda, uning kreditorlari talablari qanoatlantirilgandan soʻng, boʻlinmas jamgʻarmaning qolgan qismi qiymati pay jamgʻarmasi bilan birgalikda aʼzolar oʻrtasida ularning mulkiy paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va paychilarning nomi yozilgan guvohnomalarida qayd etiladi.
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 299-son
qaroriga7-ILOVA
|
|
_______________________ viloyati |
|
|
________________________ tumani |
|
|
________________________ qishloq |
|
|
(nomi) |
|
|
xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning |
|
|
199 yil “ _____ ”_______ dagi umumiy majlisining |
|
|
_____ - son qarori bilan |
|
|
TASDIQLANGAN |
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da pay jamgʻarmasini shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida
1. Shirkat xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)
* pay jamgʻarmasi yer uchastkalarini qiymat bahosini va asosiy jamgʻarmalarning qiymatini hamda shirkat xoʻjaligining majburiyatlardan holi boshqa aktivlari qiymatini oʻz ichiga oladi, boʻlinmas jamgʻarmani shakllantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar bundan mustasnodir. Bunda yer uchastkalarining qiymat bahosi ustav jamgʻarmasi miqdorini koʻpaytirmaydi.
2. Shirkat xoʻjaligining pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi ustavi hamda ushbu Namunaviy nizomga muvofiq shirkat xoʻjaligi aʼzolarining qiymatda ifodalangan mulkiy paylariga boʻlinadi.
3. Mulkiy pay har bir aʼzoning shirkat xoʻjaligi pay jamgʻarmasidagi ulushidir.
4. Mulkiy payni hisoblash uchun shirkat xoʻjaligining ishlovchi aʼzolari toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar:
oxirgi _____ yil mobaynidagi oʻrtacha yillik ish haqi aniqlanadi.
5. Ish haqini hisob-kitob qilish uchun olinadigan davr shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisida tasdiqlanadi.
6. Shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining mehnat staji keyingi _____yildagi oʻrtacha yillik ish haqiga koʻpaytirilib, uning yil-soʻmi aniqlanadi.
7. Shirkat xoʻjaligida ishlovchi barcha aʼzolarning yil-soʻmlari jamlanadi.
8. Shirkat xoʻjaligida ishlovchi aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadigan pay jamgʻarmasi shirkat xoʻjaligi boʻyicha jami yil-soʻmga boʻlinib, bir yil-soʻmga toʻgʻri keladigan mulkiy payni aks ettiruvchi koeffitsiyent aniqlanadi.
9. Shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining mulkiy payi uning yil-soʻmini ushbu Namunaviy nizomning
8-bandida koʻrsatilgan koeffitsiyentga koʻpaytirib aniqlanadi.
10. Taqsimlanadigan pay jamgʻarmasini shirkat xoʻjaligi aʼzolarining soniga boʻlib bir payning oʻrtacha qiymati aniqlanadi.
11. Shirkat xoʻjaligi pensionyerlarining mulkiy paylari umumiy majlis qarori bilan pay jamgʻarmasining oʻn foizigacha miqdorda belgilanadi va taqsimlanadi. Bunda har bir shirkat xoʻjaligining ichki sharoitlari hisobga olinishi lozim.
12. Har bir pensionerning shirkat xoʻjaligida ishlagan mehnat staji aniqlanadi va pensionyerlarning stajlari yigʻindisi hisoblab chiqiladi.
13. Pay jamgʻarmasining pensionyerlarga ajratilgan qismi shirkat xoʻjaligidagi barcha pensionyerlarning umumiy mehnat stajiga boʻlinadi va bir yillik stajga toʻgʻri keladigan pay qiymati aniqlanadi.
Bir yillik stajga toʻgʻri keladigan mulkiy pay qiymati pensionerning umumiy stajiga koʻpaytirilib, uning mulkiy payi miqdori aniqlanadi.
14. Shirkat xoʻjaligi paychi-aʼzolari tarkibi shirkat ustavida belgilanadi.
15. Shirkat xoʻjaligi aʼzosining mulkiy payi qimmatli qogʻozlar toifasiga kirmaydigan va har bir aʼzoga beriladigan nomi yozilgan guvohnoma bilan tasdiqlanadi (
Ilova).
16. Shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining umumiy mulkiy payi ikki qismdan iboratdir:
shirkat xoʻjaligi tuzilgan paytdagi boshlangʻich mulkiy pay;
aʼzolarning boshlangʻich mulkiy paydan tashqari keyinchalik tushgan pay badallaridan iborat qoʻshimcha mulkiy pay.
17. Shirkat xoʻjaligining moliya-hisob-kitob markazida har bir aʼzo uchun shaxsiy hisobvaraq ochilib, unda paychi-aʼzoning boshlangʻich mulkiy payi, qoʻshimcha pay badali, mulkiy payning yillik koʻpaygan miqdori hamda toʻlangan dividendlar hisobga olib boriladi. Barcha aʼzolarning shaxsiy hisobvaragʻidagi mulkiy paylari miqdori shirkat xoʻjaligi pay jamgʻarmasi miqdoriga teng boʻlishi shart.
Shirkat xoʻjaligi aʼzolarining shaxsiy hisobvaraqlaridagi mulkiy paylari qoʻshimcha badallar kiritilganda koʻpayadi va qoʻshilgan badallar miqdoriga teng boʻladi.
18. Fermer xoʻjaligi yoki yangi shirkat xoʻjaligi tashkil etish maqsadida shirkat xoʻjaligidan chiqilgan hollarda mulkiy paylar qonun hujjatlariga muvofiq ajratib beriladi.
19. Mulkiy payning qiymatini toʻlash shakli va tartibi tomonlarning kelishuviga binoan amalga oshiriladi.
20. Shirkat xoʻjaligi aʼzosi vafot etgan taqdirda uning merosxoʻrlari umumiy majlis qaroriga asosan shirkat xoʻjaligi aʼzosi boʻlishlari yoki oʻzlarining xohishiga koʻra qonun hujjatlarida va shirkat xoʻjaligi ustavida nazarda tutilgan tartibda ularga mulkiy payning qiymati toʻlanishi mumkin.
21. Fermer xoʻjaligini tashkil qilish maqsadida shirkat xoʻjaligidan chiqarilganda, shuningdek, shirkat xoʻjaligi aʼzosi vafot etgan taqdirda mulkiy pay merosxoʻrlarga yerning qiymat bahosi chegirilgan holda toʻlanadi.
22. Shirkat xoʻjaligi tugatilayotganda kreditorlar talabi qondirilgandan soʻng qolgan mol-mulk shirkat xoʻjaligi aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
23. Dividend — sof foydaning soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan keyin shirkat xoʻjaligi ixtiyorida qoladigan, shirkat xoʻjaligi aʼzolari oʻrtasida taqsimlanishi lozim boʻlgan qismidir.
24. Shirkat xoʻjaligining har bir aʼzosiga tegishli dividend miqdori umumiy majlis tomonidan belgilanadi hamda ish haqi, mukofot va boshqa toʻlovlar miqdoriga bogʻlik boʻlmaydi.
25. Bir soʻmlik mulkiy payga toʻgʻri keladigan dividend miqdori sof foydaning dividendlar toʻlash uchun ajratilgan qismini pay jamgʻarmasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadigan koeffitsiyent tariqasida hisoblab chiqariladi.
26. Shirkat xoʻjaligi har bir aʼzosining mulkiy pay boʻyicha dividendi ushbu Namunaviy nizomning 24-bandida belgilangan koeffitsiyentga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
27. Shirkat xoʻjaligi aʼzolari dividendlarini hisoblash va toʻlash shirkat xoʻjaligi moliya-hisob-kitob markazi tomonidan amalga oshiriladi.
28. Dividendlarni hisoblash va toʻlash toʻgʻrisidagi hisobot bir yilda bir marta tuziladi va shirkat xoʻjaligi aʼzolarining umumiy majlisi tasdigʻiga taqdim etiladi.
29. Mulkiy paylar boʻyicha dividendlarning toʻgʻri hisoblanganligi va toʻlanganligini nazorat qilish shirkat xoʻjaligining taftish komissiyasi (taftishchisi) tomonidan amalga oshiriladi.
30. Mulkiy paylar va dividendlar yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Qishloq xoʻjaligi shirkatida pay jamgʻarmasini
shakllantirish, mulkiy paylarni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi
toʻgʻrisidagi Namunaviy
nizomga ILOVA
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI |
|
____________________________________ viloyati |
|
_____________________________________ tumani |
|
____________________________shirkat xoʻjaligi |
|
(nomi) |
|
MULKIY PAY TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY GUVOHNOMA |
|
№______ |
| |
|
____________________shirkat xoʻjaligining |
| |
|
199_yil “ ____ ” _____________ dagi |
| |
|
taʼsis majlisida |
| |
|
TASDIQLANGAN |
| |
|
___ -son bayonnoma |
| |
|
|
| Nomi yozilgan mazkur guvohnoma _____________________________________qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning aʼzosi (nafaqaxoʻr)______________________________ga |
|
(f. i. o.) |
|
|
| kooperativ (shirkat xoʻjaligi) pay jamgʻarmasidan______________________ |
|
(raqam bilan) |
| ( _____________________________) soʻmlik boshlangʻich mulkiy pay berilganligini tasdiqlaydi. |
| (soʻz bilan) |
|
|
| |
|
|
| Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisi |
|
__________________ |
|
__________________ |
|
(imzo) |
|
(f.i.o.) |
| Bosh buxgalter |
|
__________________ |
|
__________________ |
|
(imzo) |
|
(f.i.o.) |
| M .Oʻ. |
199__ yil “ ___ ”_____________________ |
|
Yil |
Yil boshidagi mulkiy pay qiymati, soʻm |
Qoʻshilgan mulkiy pay qiymati, soʻm |
Kamaygan mulkiy pay qiymati, soʻm |
Yil oxiridagi mulkiy pay qiymati, soʻm |
Sof foydadan toʻlagan dividend, soʻm |
Pay egasining imzosi |
Masʼul shaxsning (roʻyxatchining) imzosi |
| 1998 |
|
|
|
|
|
|
|
| 1999 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2000 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2001 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2002 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2003 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2004 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2005 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2006 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2007 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2008 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2009 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2010 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2011 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2012 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2013 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2014 |
|
|
|
|
|
|
|
| 2015 |
|
|
|
|
|
|
|
Mulkiy pay va sof foydadan toʻlangan dividendlar harakati
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 299-son
qaroriga 8-ILOVA
| |
_______________________ viloyati |
| |
________________________ tumani |
| |
______________________________ |
| |
(nomi) |
| |
umumiy majlisning |
| |
199 yil “ _____ ”_______ dagi |
| |
_____ - son qarori bilan |
| |
TASDIQLANGAN |
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisida
1. Oila (jamoa) pudratidan kelib chiqadigan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi
Qonuni va boshqa qonun hujjatlari hamda ushbu Namunaviy nizom bilan tartibga solinadi.
2. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati oila (jamoa)ga vaqtincha foydalanishga berib qoʻyilgan yer uchastkalarida oila (jamoa) aʼzolarining
* bevosita ishtirok etishiga asoslanadi.
3. Oila (jamoa) pudrati xoʻjalik yuritishning qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)
* aʼzolarining boshqaruv nomiga berilgan arizasiga muvofiq tanlov asosida tashkil etiladi. Arizada pudratchilarga beriladigan yer uchastkasining oʻlchami, yetishtiriladigan mahsulot turi, oila (jamoa)dagi mehnatga layoqatli aʼzolarning soni koʻrsatiladi.
Arizalar tanlov eʼlon qilingandan keyin bir oy ichida qabul qilinib, ular boʻyicha oʻn kunlik muddatda xoʻjalik boshqaruvi tomonidan qaror qabul qilinadi. Tanlovda shirkat xoʻjaligi aʼzolarining Qishloq xoʻjaligida tegishli malaka va ish tajribasi hamda ekin maydoni, mahsulot birligiga ketadigan mehnat sarflarining belgilangan meʼyorlari hisobga olinadi.
Tanlov natijasi boʻyicha xoʻjalik boshqaruvining qarori chiqariladi. Boshqaruv qarorida pudratchilarga ajratiladigan yer uchastkasining oʻlchami, uning joylashgan manzili, ariza beruvchilarning talabi qondirilmaganda esa uning asoslangan sababi koʻrsatiladi.
4. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish boʻyicha oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili tuziladi va shirkat xoʻjaligi raisi hamda oila boshligʻi (jamoaning vakolat bergan vakili) tomonidan imzolanadi. Shartnomada uning imzolanish sanasi koʻrsatiladi hamda shartnoma buyurtmachi-xoʻjalikning muhri bilan tasdiqlanadi.
5. Buyurtmachi-xoʻjalik yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi pudratchilarga qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan dalolatnoma asosida beradi.
Dalolatnoma yer uchastkasining oʻlchami, uning joylashgan manzili, holati va yer uchastkasidagi mavjud koʻp yillik daraxtlar koʻrsatilgan holda ikki nusxada tuziladi, buyurtmachi-xoʻjalik vakili va oila boshligʻi (jamoaning vakolat bergan vakili) tomonidan imzolanadi hamda buyurtmachi-xoʻjalikning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bitta nusxasi boshqaruvda, ikkinchisi esa pudratchida shartnoma muddati tugagungacha saqlanadi.
6. Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan manzili va holati;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari, tomonlarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini va yer sifatini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish boʻyicha majburiyatlari;
yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotining miqdori va turlari, sifati;
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni sotish shartlari;
sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini taʼminlash;
tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga koʻra boshqa shartlar.
7. Shartnoma ikki nusxada tuziladi va imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaning bir nusxasi boshqaruvda, ikkinchi nusxasi pudratchida saqlanadi.
8. Pudratchilarga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi, bunda haydaladigan yer maydonlari oʻlchamlarining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Yer uchastkasining oʻlchamlari va uning chegaralari tomonlarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
10. Alohida ish turlarini bajarish uchun xodimlar jalb qilinganda, ularga pudratchilarning ish haqi fondidan haq toʻlanadi.
11. Ishlab chiqarish sharoitlari oʻzgargan taqdirda, tomonlarning kelishuviga binoan, shartnoma shartlari ham oʻzgarishi mumkin.
12. Pudratchilarga berilgan yer uchastkasida yer uchastkasi egasining roziligisiz binolar va boshqa inshootlar qurish man etiladi.
13. Oila (jamoa) pudrati boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ham qoʻllanilishi mumkin.
shartnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiq yetishtirilgan (paxta, gʻalladan tashqari) mahsulotni shartnoma boʻyicha (erkin) narxda sotishga yoki shu narxda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirishga;
ijtimoiy taʼminot boʻyicha huquqlardan, ijtimoiy sugʻurta va qonunda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishga;
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda ularga yetkazilgan zarar va boshqa xarajatlarning toʻlanishini, shu jumladan, boy berilgan foydaning, qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
berilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadga koʻra va shartnoma shartlariga asosan foydalanishlari, yer unumdorligining pasayishiga, atrof muhitning yomonlashuviga yoʻl qoʻymasliklari, agrotexnika qoidalariga rioya qilishlari;
berilgan yer uchastkalaridagi irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini oʻz vaqtida tozalashlari, hududdagi koʻp yillik daraxtlarni parvarish qilishlari va saqlashlari;
shartnomada nazarda tutilgan muayyan qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirishlari va uni kelishilgan muddatlarda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirishlari;
moddiy-texnika resurslaridan foydalanishda tejamkorlikni taʼminlashlari, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishlari shart.
16. Buyurtmachi-xoʻjalik boshqaruv orqali:
pudratchining faoliyatiga aralashmagan holda istalgan vaqtda bajarilayotgan qishloq xoʻjaligi ishlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini va sifatini tekshirishga;
agar pudratchi oila (jamoa) pudrati shartnomasini bajarishga oʻz vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarishi natijasida uni belgilangan muddatda tugatish mumkin emasligi aniq boʻlib qolsa, shartnomani bekor qilib, yetkazilgan zararlarni qoplashni talab qilishga;
qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarish vaqtida ularni tegishli darajada bajarilmasligi aniq boʻlib qolsa, pudratchiga kamchiliklarni yoʻqotish uchun oqilona muddat belgilashga va bu talabni pudratchi belgilangan muddatda bajarmagan taqdirda oila (jamoa) pudrati shartnomasini bekor qilish yoxud bu ishlarni pudratchi hisobidan bajarishni boshqa shaxsga topshirishga, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
17. Buyurtmachi-xoʻjalik boshqaruv orqali:
yer uchastkasini va shartnomada koʻrsatilgan boshqa mol-mulklarni pudratchiga dalolatnoma asosida berishi;
yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishi;
pudratchini urugʻ, oʻgʻit, ximikatlar va boshqa moddiy-texnika resurslari, zarur texnika vositalari bilan belgilangan muddatlarda taʼminlashi, unga pullik xizmat koʻrsatishi;
agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida samarali oʻtkazish boʻyicha malakali mutaxassislar tomonidan maslahatlar berilishini tashkil etishi, texnika xavfsizligiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlashi;
pudratchi yetishtirgan, topshirgan va sotgan mahsulotlarning hisobini olib borish uchun daromad va xarajatlar hisob-kitobi boʻyicha xoʻjalik moliya-hisob-kitob markazida uning shaxsiy hisob varagʻini ochishi, oʻzaro hisob-kitob ishlarining chek va boshqa hujjatlar asosida olib borilishini taʼminlashi;
ish haqini oʻz vaqtida toʻlash, xoʻjalik tomonidan uning aʼzolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimiga badallarning toʻlanishini taʼminlash
shartnoma majburiyatlari xoʻjalik tomonidan bajarilganda paxta yetishtiruvchilarga shartnomada nazarda tutilganidan ortiqcha yetishtirilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun paxta yogʻi, kunjara va sheluxani belgilangan tartibda berishni taʼminlashi shart.
18. Buyurtmachi-xoʻjalik va pudratchi oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari bilan belgilangan huquq va majburiyatlar doirasida javobgar boʻladilar.
19. Shartnoma shartlari bajarilmaganda aybdor tomonga shartnomada nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
20. Tomonlar shartnomada nazarda tutilmagan masalalar boʻyicha jamoa shartnomalariga hamda qonun hujjatlariga rioya qiladilar. Buyurtmachi-xoʻjalik bilan pudratchi oʻrtasida shartnoma majburiyatlarini bajarish yuzasidan vujudga keladigan nizolar sudda hal qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida
oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi
Namunaviy
nizomga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va xizmatlar koʻrsatish uchun oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisida
| _______________________________ viloyati____________________________ tumani ________________________________________ nomli qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) Boshqaruvi orqali bir tomondan va oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) |
| ________________________________________________________________ |
|
(familiyasi, ismi, otasining ismi) |
| ikkinchi tomondan, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar: |
1. Oila (jamoa) (bundan keyin matnda “pudratchi deb ataladi) 199 yildan 199 yilga qadar qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning (bundan keyin matnda “buyurtmachi- xoʻjalik” deb ataladi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlaridan ________________ gektar yer uchastkasini oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlariga muvofiq dalolatnoma asosida yerning sifat koʻrsatkichlari koʻrsatilgan holda oladi.
2. Pudratchi oʻziga biriktirilgan yer uchastkasida buyurtmachi-xoʻjalik tomonidan buyurtma qilingan quyidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini har yili yetishtirish va ularni kelishilgan narxda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirish majburiyatini oladi:
|
Ekin turlari |
Ekin maydoni, ga |
Hosildorlik |
Yalpi mahsulot qiymati, soʻm |
Jami mahsulot uchun toʻlanadigan ish haqi, soʻm |
Shuning 70 foizi yil davomida avans tariqasida toʻlanadi, soʻm |
1 gektar hisobiga toʻgʻri keladigan avans miqdori, soʻm |
|
gekdaridan tsent. |
jami t. |
| |
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
|
|
yer uchastkasini ushbu Shartnomaning
1-bandiga binoan oʻz vaqtida olish;
sugʻorish uchun suv olish;
belgilangan muddatlarda va hajmlarda urugʻlik, ekish materiallari va boshqa moddiy resurslarni olish;
Shartnomada koʻrsatilgan miqdordan yetishtirilgan (paxta va gʻalladan tashqari) mahsulotni oʻz ixtiyoriga koʻra kelishilgan narxda sotish yoki shu narxda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirish;
buyurtmachi-xoʻjalik aybi bilan yetkazilgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydaning qoplanishini talab qilish huquqiga ega
oʻziga biriktirilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadda va shartnoma shartlari boʻyicha foydalanishi, tuproq unumdorligining pasayishiga yoʻl qoʻymasligi, ekinlarni buyurtmachi-xoʻjalik ixtisosiga muvofiq ravishda yetishtirishi;
bajariladigan ishga oid talabnomani oldindan — oʻn kundan kechiktirmasdan yozma ravishda buyurtmachi-xoʻjalikka topshirishi;
bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar yuzasidan har oyda buyurtmachi-xoʻjalikning moliya-hisob-kitob markaziga hisobotlar topshirishi;
maqbul muddatlarda va yuqori sifatli mahsulot yetishtirishni taʼminlovchi agrotexnika tadbirlari kompleksini amalga oshirishi;
suvdan agrotexnika talablariga muvofiq foydalanishi;
ajratilgan moddiy-texnika resurslarini sarflashda tejamkorlikni taʼminlashi, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishi shart.
pudratchidan ishlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini talab qilish;
yer uchastkasidan va moddiy-texnika resurslaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;
pudratchi tomonidan ish bajarilishi paytida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega.
olingan yer uchastkasini va boshqa mol-mulkni ushbu Shartnomaning
1-bandida koʻrsatilgan muddatga dalolatnoma asosida pudratchiga berishi;
pudratchini urugʻlik, mineral oʻgʻit, ximikatlar va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan belgilangan muddatlarda taʼminlashi;
Pudratchining talabnomasiga koʻra oʻz ixtiyoridagi texnika hisobidan yoki tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq yer uchastkalaridan sifatli foydalanishi va ishlov berishi, ekinlarni ekishi va hosilni yigʻib olishi, hosilni yigʻib olish davrida pudratchini yashik va boshqa idishlar bilan taʼminlashi, pullik xizmat koʻrsatishni tashkil etishi;
pudratchi tomonidan yetishtirilgan mahsulotni tayyorlov tashkilotlariga va sotish joyiga yetkazib berish chora-tadbirlarini qoʻrishi;
pudratchiga oʻz vaqtida toʻlashni taʼminlashi, ishlovchilarning badallarini qonun hujjatlari boʻyicha belgilangan hajmdan kam boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimiga oʻtkazishni taʼminlashi; alohida ish turlarini bajarish uchun jalb qilingan shaxslar bajargan ishlarga ish haqini xoʻjalikda belgilangan meʼyor va miqdorlar boʻyicha pudratchiniing ish haqi fondi hisobidan toʻlashi;
agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida samarali oʻtkazish boʻyicha malakali mutaxassislarning maslahatlarini tashkil etishi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlashi;
yetishtirilgan, topshirilgan va sotilgan mahsulotning hisobini olib borish uchun daromad va xarajatlar hisobi boʻyicha buyurtmachi-xoʻjalikning moliya-hisob-kitob markazida pudratchiga shaxsiy hisobvaraq; ochishi, oʻzaro hisob-kitob ishlarini chek va boshqa hujjatlar asosida olib borilishini taʼminlashi;
shartnomada koʻrsatilgan mahsulot hajmi uchun mahsulot qiymatidan_____foiz; shartnomada koʻrsatilgan mahsulot hajmidan ortiq ishlab chiqarilgan mahsulot uchun____foiz miqdorida ish haqi toʻlashi;
shartnoma shartlari bajarilganda unda nazarda tutilganiga nisbatan tejalgan moddiy sarf-xarajatlarning qiymatidan 70 foizini pudratchiga ish haqi tariqasida berishni taʼminlashi;
shartnomada nazarda tutilganidan ortiq mablagʻ sarflanganida ish haqidan ushlab qolishni amalga oshirish;
xoʻjalik rejani bajargan taqdirda paxta yetishtiruvchilarga shartnomadan ortiq yetishtirilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun_____kg paxta yogʻi,___ kg kunjara,__kg sheluxani berishini taʼminlashi shart.
7. Buyurtmachi-xoʻjalik va pudratchi ular oʻrtasida tuzilgan Shartnoma shartlari yuzasidan oʻzlarining huquq va majburiyatlari doirasida javobgar boʻladilar.
8. Mahsulot yetishtirish majburiyati pudratchining aybi bilan bajarilmaganda buyurtmachi-xoʻjalik yetishtirilmagan mahsulot qiymatini uning bozor narxida toʻlanishini pudratchidan talab qilish huquqiga ega.
9. Mahsulot yetishtirish shartlari oʻzgargan (moddiy-texnika resurslari va mahsulotlar narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, ish haqi oshishi) taqdirda tomonlarning kelishuviga binoan Shartnomaning shartlari ham oʻzgarishi mumkin.
10. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan masalalarni tartibga solishda tomonlar qonun hujjatlariga, jamoa shartnomalariga, xoʻjalikning mehnatga haq toʻlash Nizomiga amal qiladilar. Buyurtmachi-xoʻjalik bilan pudratchi oʻrtasida Shartnoma majburiyatlarini bajarish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sudda hal qilinadi.
11. Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuziladi va imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaning bir nusxasi buyurtmachi-xoʻjalik boshqaruvida, ikkinchi nusxasi esa pudratchida saqlanadi.
| |
|
|
|
| Buyurtmachi-xoʻjalik raisi |
|
Oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) |
| _________________________________ |
|
_________________________________ |
| (familiyasi, ismi, otasining ismi) |
|
(familiyasi, ismi, otasining ismi) |
| _________________________________ |
|
_________________________________ |
| (imzo) |
|
(imzo) |
| M. U. |
|
Pudratchining mehnatga layoqatli aʼzolari: |
|
| |
|
1. ____________________ |
__________ |
| |
|
(familiyasi, ismi otasining ismi) |
(imzo) |
| |
|
2.____________________ |
__________ |
| |
|
(familiyasi, ismi otasining ismi) |
(imzo) |
| |
|
3. ____________________ |
__________ |
| |
|
(familiyasi, ismi otasining ismi) |
(imzo) |
| 199 __ yil “ ___” ____________ |
|
|
|
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida
oila (jamoa) pudrati toʻgʻrisidagi
Namunaviy
nizomga 2-ILOVA
Yer uchastkasi berish dalolatnomasining
| |
|
|
| ________________viloyati _________________ tumani Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) |
| ________________________________________________________ nomidan Boshqaruv |
|
(shirkat xoʻjaligi nomi) |
| bir tomondan, yer uchastkasi beradi, pudratchi nomidan oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) |
| ______________________________________________________________________ |
|
(familiyasi, ismi, otasining ismi) |
| ikkinchi tomondan, umumiy maydoni_____gektar boʻlgan xoʻjalik yerini, shu jumladan: |
| haydaladigan yerlar _________________________________________________ |
| pichanzorlar _______________________________________________________ |
| yaylovlar __________________________________________________________ |
| koʻp yillik daraxtlarni ____________________________________________ |
|
(nomlari va soni) |
| __________________________________________________________________ |
__________________________________________________________________ __________________________________________________________________ |
| _________________________________________ qabul qiladi. |
| Yer uchastkasi 199__yildan 199 __yilga qadar beriladi. |
| Tuproq unumdorligining, zarur hollarda ekologik vaziyat sifat koʻrsatkichlari |
________________________________________________________________ ________________________________________________________________ |
| Yer unumdorligi pasaygan va atrof muhitga zarar yetkazilgan hollarda pudratchi oʻz mablagʻi hisobidan tiklash ishlarini bajarishi shart. |
|
Qishloq xoʻjaligi kooperarativi (shirkat xoʻjaligi) |
|
Oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) raisi |
|
______________________ |
|
______________________ |
|
(imzo) |
|
(imzo) |
|
19 __ yil “ __ ” ________ |
|
19 __ yil “ __ ” ________ |
|
______________________ |
|
|
|
(shirkat xoʻjaligi muhri) |
|
|