1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMASIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 26-avgustda 1339-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2020-yil 11-martdagi 8-2020, 11-sonli “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1339-6, 27.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 13-apreldagi “2005-yilning 1-mayidan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-3596-sonli Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 15-16-son, 110-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan 2004-yil 10-martdagi 2-P, 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomasi”ga (2004-yil 16-aprel, roʻyxat raqami 1339 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 15-son, 184-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.