1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.06.00 Xalqaro yuk tashish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasida band boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga bosqichma-bosqich chegarada berish amaliyotini yoʻlga qoʻyilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-iyundan boshlab:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni chegara bojxona postlarida chiqish yoʻnalishida harakatlanayotgan avtotransport vositasiga xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
xalqaro yoʻnalishlarda qatnovni rejalashtirish uchun avtotransport vositasiga yuk ortishdan oldin milliy tashuvchilarga Transport vazirligining avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) zarur boʻlgan barcha xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni 10 kun muddatga band qilish imkoniyati yaratiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga berish, qabul qilish, saqlash va axborot tizimida qayd etish uchun chegara bojxona postlarida ruxsatnomalarni berish punktlari tashkil etiladi hamda ularning roʻyxati Transport vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
oʻtgan hisobot yilida milliy tashuvchilarning yuk va yoʻlovchi tashish geografiyasidan kelib chiqqan holda xorijiy davlatlar kesimida xalqaro tashish yoʻnalishlari roʻyxati Transport vazirligi tomonidan shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
ruxsatnomalarni berish punktlari va xalqaro tashish yoʻnalishlari roʻyxatlari hamda xorijiy davlatlar kesimida xalqaro tashish turi boʻyicha tanqis boʻlgan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida eʼlon qilib boriladi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni chegara bojxona postlarida chiqish yoʻnalishida harakatlanayotgan avtotransport vositasiga xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha axborot tizimi orqali berish tartibi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
avtotransport vositasiga yuk ortishdan oldin milliy tashuvchilarga axborot tizimida zarur boʻlgan barcha xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni belgilangan muddatgacha band qilish tartibi;
ruxsatnomalarning elektron shaklini ayirboshlash — “e-Permit” tizimining huquqiy asoslari;
milliy tashuvchilarning reytingini shakllantirish, yuritish, eʼlon qilish va undan foydalanish tartibi;
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga bergan hamda ularni belgilangan muddatlarda qaytarmagan milliy tashuvchilarga nisbatan bunday ruxsatnomalar berilishini toʻxtatib turish boʻyicha sanksiyalarni inson omilisiz avtomatik ravishda qoʻllash;
Oʻzbekiston ruxsatnomalarini xorijiy tashuvchilarga berish, ulardan foydalanish hamda yuklarni xalqaro tashish turlarini aniqlash tartibi.
4. 2026-yilgi xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yuk tashishga aniq buyurtmasi boʻlmagan milliy tashuvchilar qoʻlida toʻplanib, sunʼiy tanqislik vujudga kelishini oldini olish maqsadida, 2026-yil 1-iyunga qadar shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2026-yilgi ayirboshlash kvotasi doirasida olingan, tashish turi boʻyicha umumiy miqdori 1000 ta va undan kam boʻlgan xorijiy ruxsatnomalar faqatgina xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
eksport tovarlari ortilgan avtotransport vositasi uchun tegishli bojxona deklaratsiyasi mavjud boʻlganda barcha milliy tashuvchilarga beriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
eksport tovarlari bilan chiqib ketayotgan avtotransport vositasi uchun boshqa davlatdan import yoki uchinchi davlatdan/ga yuklarni tashishga xorijiy ruxsatnomalar qaytish yoʻnalishi geografik yaqin boʻlganda, 2025-yil yakuniga koʻra daromad koeffitsiyenti 1,0 va undan yuqori boʻlgan milliy tashuvchilarga qoʻshimcha beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
b) 2026-yilgi ayirboshlash kvotasi doirasida olingan, umumiy miqdori 1000 tadan koʻp boʻlgan uchinchi davlatga/dan yuk tashishga xorijiy ruxsatnomalar respublika hududidan:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
eksport yoki tranzit tovarlari bilan chiqib ketayotgan avtotransport vositasi uchun qaytish yoʻnalishi geografik yaqin boʻlganda barcha milliy tashuvchilarga beriladi;
boʻsh chiqib ketayotgan avtotransport vositasi uchun 2025-yil yakuniga koʻra daromad koeffitsiyenti 0,7 va undan yuqori boʻlgan milliy tashuvchilarga beriladi;
v) qolgan barcha ruxsatnomalar — milliy tashuvchilarning arizasiga koʻra yuklarni xalqaro tashishda foydalaniladigan (tegishli litsenziya kartochkasi mavjud boʻlgan) avtotransport vositalari soni doirasida xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha beriladi;
g) barcha xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarda tashuvchining nomi siyohli printer orqali chop etiladi hamda ular olingan kundan boshlab 90 kalendar kun ichida Transport vazirligiga qaytariladi;
d) quyidagi holatlarda axborot tizimida avtomatik ravishda barcha xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchiga berilishi toʻxtatib turiladi:
olingan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar belgilangan muddatlarda qaytarilmaganda — ularni qaytarilguniga qadar (yoʻl-transport hodisasi, yongʻin, tabiiy ofatlar natijasida (vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida) yoʻq boʻlganligi holatlardan tashqari);
olingan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi, shuningdek ularni buzilganligi (oʻchirilgan, boʻyalgan, tashuvchining nomini oʻqish imkoniyati mavjud boʻlmagani) aniqlanganda — uch oy muddatga.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
5. Dunyodagi geosiyosiy keskinlikning kuchayishi, xalqaro yuk tashishlar bozori konyunkturasining oʻzgarishi hamda xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarning ishlatilish darajasini inobatga olgan holda Transport vazirligiga ushbu qarorning 4-bandida nazarda tutilgan milliy tashuvchilarning daromad koeffitsiyenti qiymatlarini oʻzgartirish huquqi berilsin.
6. Transport vazirligi:
a) bir hafta muddatda quyidagi maʼlumotlarni milliy tashuvchilar uchun axborot tizimida eʼlon qilsin:
Soliq qoʻmitasi bilan birga shakllantiriladigan milliy tashuvchilarning daromad koeffitsiyenti koʻrsatkichlari toʻgʻrisida;
2026-yil uchun kelib tushgan barcha xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar mavjudligi toʻgʻrisida;
b) oʻn kun muddatda axborot tizimida xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarini 10 kun muddatga band qilish imkoniyatini yaratsin;
v) bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan birgalikda milliy tashuvchilarga xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar beriladigan chegara bojxona postlari roʻyxatini shakllantirib, ruxsatnomalarni berish punktlarini tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
g) oʻn kun muddatda pilot loyiha sifatida milliy tashuvchilar reytingini shakllantirib, natijalarini eʼlon qilsin.
7. Belgilansinki:
2025-yilgi xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlarni uchinchi shaxslarga berilishiga, shuningdek ularni buzilishiga (oʻchirilishiga, boʻyalishiga) hamda yoʻqolishiga yoʻl qoʻygan milliy tashuvchilarga, aynan shu davlatning barcha ruxsatnomalarini berilishi ushbu holatlar aniqlangan kundan boshlab uch oy muddatga toʻxtatiladi;
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2026-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi;
8. Transport vazirligining:
milliy tashuvchilar ehtiyojidan kelib chiqqan holda, Xitoy tomoni bilan uchinchi davlatga/dan yuk tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlashni yoʻlga qoʻyish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim (2017-yil 12-may Pekin shahri) qoidalarini ushbu tashuvlarga ham tatbiq etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
9. Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi ikki oy muddatda xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun milliy tashuvchilar tomonidan yuboriladigan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi bilan muvofiqligini avtomatik ravishda tekshirish maqsadida tegishli axborot tizimlari oʻrtasida elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
10. Transport vazirligi:
uch oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda milliy tashuvchilar ehtiyojidan kelib chiqqan holda, tegishli xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan joriy va kelgusi yillar uchun tanqis ruxsatnomalarning ayirboshlash kvotasini kamida 2 barobarga oshirish choralarini koʻrsin;
joriy yil 1-iyunga qadar Xitoy, Turkmaniston, Tojikiston tomonlari bilan elektron ruxsatnomalarni ayirboshlash — “e-Permit” tizimini joriy etsin;
joriy yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan birgalikda xalqaro va mintaqaviy bozorlarga chiqishni taʼminlaydigan tashqi savdo yoʻnalishlaridagi asosiy tranzit davlatlar bilan ikki tomonlama va/yoki tranzit yuk tashishlarni ruxsatnomasiz tizimga oʻtkazish boʻyicha muzokaralar olib borsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
uch oy muddatda Adliya vazirligi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, avtomobilda yuklarni xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlarini (haydovchilarda malaka sertifikatining mavjudligini) takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va amaliy ahamiyati milliy tashuvchilar oʻrtasida keng yoritilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 25-mart,
114-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-son qaroriga 1-ILOVA
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
1. Ushbu Nizom avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning amal qilishi milliy va xorijiy tashuvchilarga tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro muntazam tashishni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Avtomobilda xavfli, katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avtotransport vositasi:
yoʻlovchilarni, bagajni xalqaro tashishda — yoʻlovchilarni, bagajni tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrindigʻi bilan hisoblaganda 9 tadan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi (avtobus, mikroavtobus);
yuklarni xalqaro tashishda — yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi (yuk avtomobili, tirkamali yuk avtomobillari, shatakchi avtomobillari yoki yarim tirkamali shatakchi avtomobillar);
avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro muntazam tashish — oldindan kelishilgan yoʻnalish, jadval, tariflar, milliy tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar chiqariladigan va tushiriladigan toʻxtash bekatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisida avtotransport vositasida yoʻlovchilarni va bagajni muntazam tashish;
avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro nomuntazam tashish — avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro muntazam tashishga tegishli boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisida avtotransport vositasida yoʻlovchilarni va bagajni tashish;
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni ikki tomonlama xalqaro tashish (ikki tomonlama tashish) — milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga yoki xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tashish hamda xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida va ushbu avtotransport vositasi roʻyxatga olingan xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ushbu xorijiy davlat hududiga tashish;
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish (xalqaro tashish) — yuk yoki yoʻlovchilarni ikki yoki undan ortiq davlatlar hududlari boʻylab avtotransport vositasida tashish, shuningdek, yuksiz (yoʻlovchisiz) avtotransport vositasining ikki yoki undan ortiq davlatlar hududi boʻylab oʻtishi;
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tranzit tashish (tranzit tashish) — avtotransport vositasining yuk yoki yoʻlovchilar bilan maʼlum bir davlat hududidan oʻtib ketishi, bunda joʻnash va borish punktlari ushbu davlat hududidan tashqarida joylashgan boʻladi;
ayirboshlash kvotasi — xorijiy davlatning vakolatli organi bilan ayirboshlash uchun bir yilga oʻzaro kelishilgan ruxsatnomalar soni;
ATR bitimi — 1970-yil 1-sentabrda Jeneva shahrida imzolangan Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi va ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari haqidagi bitim;
ATR guvohnomasi — mamlakatning ATR bitimini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organi tomonidan beriladigan va avtotransport vositasi ATR bitimi talablariga mosligini tasdiqlovchi hujjat;
bojxona deklaratsiyasi — bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat;
daromad koeffitsiyenti — milliy tashuvchining oxirgi toʻliq oʻn ikki oy mobaynida bir avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan daromadini respublikadagi barcha milliy tashuvchilarning bir avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlardan olgan oʻrtacha daromadiga boʻlgan nisbati;
“E-avto ruxsatnoma” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (axborot tizimi) — ruxsatnomalarning berilishi, hisobga olinishi hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining bir qismi;
e-Permit elektron tizimi — xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarning elektron shaklini ayirboshlash imkonini beruvchi oʻzaro integratsiyalashgan axborot tizimi;
koʻp tomonlama ruxsatnoma — bunday ruxsatnoma egasiga tegishli boʻlgan avtotransport vositasining koʻp tomonlama ruxsat berish tizimiga aʼzo boʻlgan har qanday davlat hududi boʻylab oʻtishiga ruxsatnoma;
masʼul xodim — Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining masʼul xodimi;
milliy tashuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yoʻlovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi va bunga maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
operator — ruxsatnomalarni berish punktida faoliyat olib boruvchi, shartnoma asosida jalb etilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi;
ruxsatnoma — maʼlum bir davlat hududida xalqaro tashishni amalga oshirish uchun boshqa davlat hududida roʻyxatga olingan avtotransport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi hujjat (qogʻoz yoki elektron shakli);
ruxsatnomalarni berish punkti — xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga berish, qabul qilish, saqlash va axborot tizimida qayd etish uchun chegara bojxona postlarida tashkil etilgan punkt;
tanqis ruxsatnomalar — milliy tashuvchilarning yillik ehtiyojini qondirmaydigan miqdorda ayirboshlangan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar;
uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga avtomobilda yuklarni xalqaro tashish (uchinchi davlatga/dan tashish) — joʻnatuvchi mamlakatda yuklangan va qabul qiluvchi mamlakatda tushirilgan, joʻnash yoki qabul qilish mamlakati hisoblanmaydigan mamlakatda roʻyxatga olingan avtotransport vositalarida yuklarni tashish;
xalqaro tovar-transport yuk xati — xalqaro yoʻllarda yuklarni tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiyada nazarda tutilgan, shu jumladan, tashilayotgan yuk, uning joʻnatuvchisi va qabul qiluvchisi, tashuvchisi va tashuvni amalga oshiruvchi avtotransport vositasi toʻgʻrisida, shuningdek, uni ortish va tushirish joylari haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat;
xorijiy ruxsatnoma — xorijiy davlat hududida xalqaro tashishni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan avtotransport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi hujjat;
xorijiy tashuvchi — xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yoʻlovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
elektron ishonchnoma — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun rasmiylashtiriladigan elektron hujjat;
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi;
Oʻzbekiston ruxsatnomasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro tashishni amalga oshirish uchun xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan avtotransport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi hujjat.
2-bob. Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning umumiy shartlari
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilar tomonidan avtomobilda xalqaro tashishlar Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari qoidalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
4. Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalarida ikki tomonlama va/yoki tranzit tashishlarni ruxsatnomasiz amalga oshirish nazarda tutilgan taqdirda, bunday tashish tashish turini tasdiqlovchi xalqaro tovar-transport yuk xati asosida amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston ruxsatnomalarida avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish turlari va ulardan foydalanish shartlari koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
6. Oʻzbekiston va xorijiy ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi:
a) ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
b) uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
v) universal (ikki tomonlama, tranzit va uchinchi davlatga/dan yuk tashish);
g) ikki tomonlama yuk tashish uchun;
d) tranzit yuk tashish uchun;
e) ikki tomonlama qatnovlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun;
Qayd etilgan ruxsatnomalardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish masalalari boʻyicha qoʻshma/aralash komissiyalarning protokol qarorlari bilan ruxsatnomaning boshqa turlari nazarda tutilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
7. Xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar orasida yoʻlovchi va yuklarni tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi tashuvchilar oʻz davlatida roʻyxatga olingan va farqlovchi belgilariga ega boʻlgan avtotransport vositalaridan foydalanishlari lozim, bunda tirkamalar va yarim tirkamalar boshqa davlatda roʻyxatga olingan va farqlovchi belgilarga ega boʻlishi mumkin.
9. Avtomobilda yoʻlovchilarni xalqaro muntazam tashishlar Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
10. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarini bajarish doirasida:
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ayirboshlash kvotasini aniqlaydi;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etadi;
milliy tashuvchilarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan olingan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar (xorijiy davlat yoki koʻp tomonlama ruxsatnoma nomi, turiga qarab miqdori va amal qilish muddati, yuk tashishning alohida shartlari) hamda xorijiy davlatlar hududidagi cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda joylashtirib boradi;
axborot tizimi orqali milliy tashuvchilarga xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni beradi, qabul qiladi va ularning hisobini yuritadi.
11. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlash, ulardan olingan xorijiy ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga berish, foydalanish, qabul qilish, saqlash va ularning hisobini yuritish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
3-bob. Ruxsatnomalarni ayirboshlash tartibi
12. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi:
a) har yili 1-oktabrga qadar quyidagi maʼlumotlarni chuqur tahlil qilgan holda kelgusi yil uchun dastlabki ayirboshlash kvotasini shakllantiradi:
soʻnggi uch yilda, shu jumladan joriy yilda milliy tashuvchilar tomonidan xorijiy ruxsatnomalarni olish va ishlatilish darajasi;
anʼanaviy transport yoʻlaklarida vujudga kelayotgan cheklovlar va muqobil transport yoʻlaklarini rivojlantirish istiqbollarini inobatga olgan holda kelgusi yilda avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning aniq prognozlari;
b) har yili 1-dekabrga qadar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ayirboshlash kvotasini aniqlaydi va ularni ayirboshlash jarayonini kelishib oladi;
v) har yili 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalari ayirboshlashni amalga oshiradi;
g) yil davomida xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar ishlatilish darajasidan kelib chiqib, turi boʻyicha umumiy soni kamida 20 foiz qolganda xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan joriy yil uchun qoʻshimcha ruxsatnomalar ayirboshlashni tashkil etadi.
13. Ushbu Nizomga 2-ilovadagi roʻyxatda keltirilgan xorijiy ruxsatnomalar tanqis ruxsatnomalar hisoblanadi va ularning ishlatilish darajasiga qarab ushbu roʻyxat har yili qayta koʻrib chiqiladi.
4-bob. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish va ulardan foydalanish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
14. Milliy tashuvchi xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomani olish uchun axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida:
xalqaro tashishga jalb qilinadigan avtotransport vositasi turgan davlatni, davlat raqamini, yuk ortiladigan (joʻnash punkti) va tushiriladigan (borish punkti) davlatlarni hamda xalqaro tashish yoʻnalishini belgilaydi;
belgilagan xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha zarur boʻlgan xorijiy ruxsatnomalarni 10 kalendar kun muddatga band qiladi;
ushbu muddat tugashidan kamida 3 kun oldin xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq toʻldirgan holda ariza yuboradi.
15. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi/ilova qilinadi (yuklanadi):
avtotransport vositasi turgan davlat va davlat raqami;
avtotransport vositasiga yuk ortilgan holda respublika hududi boʻylab harakatlanganda — bojxona deklaratsiyasi (eksport va/yoki tranzit) roʻyxat raqami;
avtotransport vositasiga xorijiy davlat hududida yuk ortilgan boʻlsa — belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xalqaro tovar-transport yuk xati;
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olib ketiladigan joy (Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi yoki ruxsatnomalarni berish punktlaridan biri);
Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
Axborot tizimida arizada koʻrsatilgan avtotransport vositasi uchun vakolatli organ tomonidan berilgan ATR guvohnomasi mavjudligi aniqlansa, ushbu ariza avtomatik ravishda birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.
16. Milliy tashuvchidan ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilmagan boshqa maʼlumotlarni/hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Ariza quyidagi hollarda avtomatik ravishda qabul qilinmaydi:
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi axborot tizimi orqali aniqlanganda;
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar band qilinmaganda;
ushbu Nizomning 39 va 40-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimlar toʻlanmaganda;
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organida xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar mavjud boʻlmaganda, bundan ushbu Nizomning 50-bandi ikkinchi xatboshisidagi holat mustasno;
ushbu Nizomning 54-bandiga muvofiq tanqis ruxsatnomalarni berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
ushbu Nizomning 34-bandiga muvofiq xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar berilishi toʻxtatib turilganda;
milliy tashuvchida avtotransport vositasida yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun litsenziya va (yoki) litsenziya kartochkalari mavjud boʻlmaganda yoxud ularning amal qilish muddati toʻxtatilganda.
Mazkur bandda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Ariza masʼul xodim tomonidan ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va uni qanoatlantirish yoki rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan holda respublika hududi boʻylab harakatlanganda — arizada koʻrsatilgan avtotransport vositasining davlat raqami, yuk ortilgan va tushiriladigan davlatlar nomi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini tashkil etish orqali avtomatik ravishda tekshiriladi va tegishli qaror inson omilisiz qabul qilinadi.
Qaror axborot tizimi orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda milliy tashuvchining shaxsiy kabineti va elektron pochta manziliga yuboriladi.
19. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar axborot tizimi orqali milliy tashuvchining muayyan avtotransport vositasiga bitta xalqaro tashish yoʻnalishi uchun beriladi.
Bunda, ushbu avtotransport vositasi uchun navbatdagi xalqaro tashish yoʻnalishiga xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar, avval olinganlari qaytarilgandan yoki ushbu Nizomning 29-bandiga muvofiq axborot tizimiga yuklangandan soʻng, band qilishga ruxsat beriladi.
20. Arizani qanoatlantirish quyidagi holatlarda rad etiladi:
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnoma(lar)ni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning milliy tashuvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
milliy tashuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Arizani rad etish milliy tashuvchiga elektron tarzda axborot tizimi orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi.
22. Milliy tashuvchi rad etilgan kundan boshlab 24 soat ichida arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimni toʻlamasdan, rad etish sabablarini bartaraf etgan holda arizani qayta yuborish huquqiga ega.
23. Arizani takroran koʻrib chiqish chogʻida masʼul xodim tomonidan ariza beruvchi oldin axborot tizimi orqali yoʻllangan arizada koʻrsatilmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari qayd etilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
24. Quyidagi holatlarda band qilingan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar axborot tizimida avtomatik ravishda bekor qilinadi:
milliy tashuvchi tomonidan axborot tizimi orqali bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qilinganda;
milliy tashuvchi tomonidan belgilangan muddatda ariza yuborilmaganda;
belgilangan muddatda ushbu Nizom talablariga muvofiq xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar arizada koʻrsatilgan joydan (Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi, ruxsatnomalarni berish punktlaridan biridan) olib ketilmaganda (pochta orqali yuborilgan holatlardan tashqari).
25. Ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq band qilingan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar bekor qilinganda, ushbu milliy tashuvchiga aynan shu turdagi xorijiy davlatning (bundan qoʻshni davlatlarning ruxsatnomalari mustasno) ruxsatnomalarini band qilish 5 kun muddatga, ushbu holat bir oy ichida ikki marotaba sodir boʻlsa 10 kun muddatga, uch va undan koʻp marotaba sodir boʻlsa 15 kun muddatga cheklanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Bunda, avtotransport vositasining bojxona nazoratini amalga oshirishga qoʻshimcha vaqt talab etilsa, band qilingan muddat tegishli muddatga uzaytiriladi, bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq holatlar mustasno.
26. Ariza qanoatlantirilganda, berilishi lozim boʻlgan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar band qilingan muddat tugashidan avval arizada koʻrsatilgan joydan olib ketilishi kerak.
Respublika hududidagi avtotransport vositasi uchun xorijiy va koʻp tomonlama ruxsatnomalar faqatgina ruxsatnomalarni berish punktidan olinadi, qolgan holatlarda — milliy tashuvchining ixtiyoriga koʻra arizada koʻrsatilgan joydan.
27. Ruxsatnomalarni berish punktida operator tomonidan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni berilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuk bilan kelgan avtotransport vositasi uchun rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi arizadagi maʼlumotlarga muvofiq boʻlganda, axborot tizimi avtomatik ravishda operatorga ruxsatnomalarni berishga ruxsat beradi, muvofiq boʻlmaganda — ruxsatnomalarni berishni rad etadi;
yuksiz kelgan avtotransport vositasining davlat raqami arizadagi maʼlumotlarga muvofiq boʻlganda, axborot tizimi avtomatik ravishda operatorga ruxsatnomalarni berishga ruxsat beradi, muvofiq boʻlmaganda — ruxsatnomalarni berishni rad etadi;
operator tomonidan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar faqat elektron ishonchnoma rasmiylashtirilgan shaxsga beriladi va bu haqida axborot tizimida tegishli belgi qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
28. Milliy tashuvchiga xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnoma berilganda, tegishli kataklarda masʼul xodim yoki operator tomonidan majburiy tarzda milliy tashuvchining nomi va berilgan sana siyohli printer orqali chop etiladi, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi muhri va mansabdor shaxsi imzosi qoʻyiladi hamda uning elektron nusxasi axborot tizimiga yuklanadi.
Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarga, shu jumladan, ishlatmasdan qaytarilganlarga, agar avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish masalalari boʻyicha qoʻshma/aralash komissiyalar protokol qarorlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
29. Xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha avtotransport vositasi belgilangan manzilga yetib borganda, foydalanilgan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar zarur tarzda va toʻgʻri toʻldirilgan holda hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xalqaro tovar-transport yuk xatini elektron nusxasi milliy tashuvchi tomonidan axborot tizimiga yuklanadi.
Yuklanadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda va ularda qayd etilgan maʼlumotlar aniq koʻrinadigan boʻlishi kerak.
30. Milliy tashuvchi xorijiy davlatlar hududiga kirishdagi taqiq va cheklovlar mavjud boʻlganda, olingan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomadan foydalana olmasligi haqida darhol axborot tizimiga maʼlumot kiritishi lozim.
Bunday cheklovlar va taqiqlar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari orqali tasdiqlangan taqdirda, boshlangan xalqaro tashishni yakunlash uchun ushbu milliy tashuvchiga ishlatilmagan tranzit yuk tashish uchun xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar oʻrniga boshqalarini olish huquqi beriladi.
31. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar ular berilgan kundan boshlab 90 kalendar kundan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga yoki ruxsatnomalarni berish punktiga qaytarilishi lozim. Bunda, ishlatilmagan ruxsatnomalarning elektron shakli avtomatik ravishda bekor qilinadi va umumiy tartibda milliy tashuvchilarga beriladi.
Foydalanilgan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar zarur tarzda va toʻgʻri toʻldirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga yoki ruxsatnomalarni berish punktiga ushbu bandda nazarda tutilgan muddatdan ilgari qaytarilishi mumkin.
32. Belgilangan tartibda qaytarilgan har bir xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomaning (oldi va orqa tomoni) elektron nusxasi masʼul xodim yoki operator tomonidan axborot tizimiga 24 soat ichida yuklanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Axborot tizimiga yuklangan har bir xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni uchinchi shaxsga berilganligi, shuningdek ularni buzilganligi (oʻchirilgani, boʻyalgani, tashuvchining nomini oʻqish imkoniyati mavjud boʻlmagani), ularning berilgan vaqtdagi elektron nusxasi bilan solishtirishgan holda avtomatik ravishda aniqlanadi va jamoatchilik nazorati uchun boshqa milliy tashuvchilarga xolisona tekshirish imkoniyati yaratiladi.
33. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlarni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
34. Quyidagi holatlarda axborot tizimida avtomatik ravishda milliy tashuvchiga unga berilgan:
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar belgilangan muddatlarda qaytarilmaganda — ularni qaytarilguniga qadar (yoʻl-transport hodisasi, yongʻin, tabiiy ofatlar natijasida (vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida) yoʻq boʻlganligi holatlardan tashqari) qaytarilmagan davlatning ruxsatnomalari va barcha tanqis ruxsatnomalar berilishi toʻxtatiladi;
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi, shuningdek ularni buzilganligi (oʻchirilgani, boʻyalgani, tashuvchining nomini oʻqish imkoniyati mavjud boʻlmagani) aniqlanganda — olti oy muddatga, yil davomida qayta aniqlanganda — oʻn ikki oy muddatga barcha xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar berilishi toʻxtatiladi.
Bunda, uchinchi shaxsga berilgan, shuningdek buzilgan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan avtotransport vositasi axborot tizimida bloklanadi va unga ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda boshqa milliy tashuvchi tarkibida ham ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Taqiqqa tushgan milliy tashuvchilar va avtotransport vositalari axborot tizimida va Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining rasmiy veb-saytida oshkora eʼlon qilib boriladi.
35. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni berishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi taqiqni bekor qilish uchun milliy tashuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining hisob raqamiga bunday taqiqni qoʻyilishiga sabab boʻlgan har bir ruxsatnoma uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda (shaxsiy hisob raqamidan) toʻlov amalga oshirilishi mumkin.
5-bob. Ikki tomonlama yoʻlovchi tashish uchun ruxsatnoma blankasini olish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
36. Avtotransport vositasida yoʻlovchilarni xalqaro nomuntazam tashishlar Yoʻlovchilar va bagajlarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Konvensiya bilan tartibga solinadi.
37. Milliy tashuvchi ikki tomonlama va/yoki tranzit qatnovlarda yoʻlovchilarni nomuntazam tashish uchun xorijiy ruxsatnomalarni olish uchun axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida:
xalqaro tashishga jalb qilinadigan avtotransport vositasi turgan davlatni, yoʻlovchilar chiqadigan va tushiriladigan davlatlarni hamda xalqaro tashish yoʻnalishlarini belgilaydi;
belgilagan xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha zarur boʻlgan xorijiy ruxsatnomalarni 15 kalendar kuniga band qiladi;
ushbu muddat tugashidan kamida 5 kun oldin xorijiy ruxsatnomalarni olish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq toʻldirgan holda ariza yuboradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
38. Axborot tizimi orqali yuborilgan arizani koʻrib chiqish, ruxsatnomalarni berish, ulardan foydalanish va qaytarish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni berishda undiriladigan toʻlovlar
39. Arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
40. Har bir beriladigan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnoma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
41. Yigʻimlar toʻlanishi milliy tashuvchilarning hisob raqamidan, mobil elektron tizimlar orqali elektron tarzda hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Yigʻilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining budjetdan tashqari jamgʻarmasi gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.09 Alohida yuridik shaxslarning hisob-kitob xususiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
42. Undirilgan yigʻim qaytarilmaydi va qayta hisob-kitob qilinmaydi.
7-bob. Milliy tashuvchilar reytingini shakllantirish, natijalarini hisoblash va eʼlon qilish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
43. Milliy tashuvchilar reytingi (keyingi oʻrinlarda — reyting) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
44. Quyidagilar reyting yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xalqaro tashish sohasida ishonchli, xavfsiz va sifatli xizmat koʻrsatayotgan milliy tashuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash va ularni ragʻbatlantirish;
sohada yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar shaffofligini oshirish;
milliy tashuvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va xizmatlar sifatini oshirish.
45. Maʼlumotlarning haqqoniyligi, oʻz vaqtida taqdim etilishi va belgilangan muddatda ijrosi taʼminlanishi uchun tegishli vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari masʼul hisoblanadi.
46. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan milliy tashuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini belgilangan tartibda taʼminlaydi.
tegishli reyting koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan milliy tashuvchilar aniqlanadi;
har bir mezon boʻyicha koʻrsatkich ballar yigʻindisidan iborat boʻladi;
har bir mezon boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi milliy tashuvchilar reytingini ifodalaydi.
48. Reyting natijalari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
ishonchlilik darajasi
umumiy ballar
yuqori daraja
60 — 100
oʻrta daraja
40 — 59
past daraja
39 dan past
49. Reyting natijalari har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
8-bob. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni band qilish va tanqis ruxsatnomalardan foydalanishning alohida xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
50. Xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha joʻnash yoki borish mamlakatining ruxsatnomasi mavjud boʻlmaganda, ushbu xalqaro tashish yoʻnalish boʻyicha xorijiy ruxsatnomalarni band qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar, xalqaro tashish yoʻnalishidagi tranzit davlatning ruxsatnomasi mavjud boʻlmaganda, xalqaro tashish yoʻnalishini oʻzgartirishga yoki undagi mavjud ruxsatnomalarni ishlatilishini taʼminlash boʻyicha masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan holda ularni band qilishga ruxsat beriladi.
51. Ishonchlilik darajasi yuqori boʻlgan milliy tashuvchilar muayyan avtotransport vositasi uchun xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni band qilishda bir vaqtning oʻzida navbatdagi xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha barcha ruxsatnomalarni qoʻshimcha band qilish huquqiga ega.
52. Ishonchlilik darajasi oʻrta boʻlgan milliy tashuvchilar muayyan avtotransport vositasi uchun xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni band qilishda bir vaqtning oʻzida navbatdagi xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha tanqis boʻlmagan ruxsatnomalarni qoʻshimcha band qilish huquqiga ega.
53. Ishonchlilik darajasi past boʻlgan yoki reytingda mavjud boʻlmagan milliy tashuvchilar tomonidan muayyan avtotransport vositasi uchun xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni band qilish umumiy tartibda amalga oshiriladi.
54. Tanqis ruxsatnomalardan faqatgina quyidagi holatlarda beriladi:
a) ikki tomonlama va/yoki tranzit yuk tashishda:
barcha milliy tashuvchilar tomonidan — respublikaning eksport yuklarini tashish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi mavjud boʻlganda;
ishonchlilik darajasi yuqori boʻlgan milliy tashuvchilar tomonidan — respublikaning import yuklarini tashish uchun avtotransport vositasi xorijiy davlat hududida turganda;
b) uchinchi davlatdan/ga yuk tashishda:
ishonchlilik darajasi yuqori boʻlgan milliy tashuvchilar tomonidan — barcha xalqaro tashishda;
ishonchlilik darajasi oʻrta boʻlgan milliy tashuvchilar tomonidan — avtotransport vositasiga xorijiy davlat hududida yuk ortilganligini tasdiqlovchi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xalqaro tovar-transport yuk xati nusxasi ilova qilganda.
9-bob. Oʻzbekiston ruxsatnomalarini xorijiy tashuvchilarga berish va ulardan foydalanish
55. Oʻzbekiston ruxsatnomalari xorijiy tashuvchilarga tegishli yilga ayirboshlangan ruxsatnomalar hisobidan beriladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston ruxsatnomalari joriy kalendar yilda va kelgusi yilning 31-yanvarigacha (ushbu sana ham shunga kiradi) amal qiladi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki ikki tomonlama kelishuvlarda boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa.
56. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun talab etiladigan Oʻzbekiston ruxsatnomalari, xalqaro tovar-transport yuk xatlari va boshqa hujjatlar avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishidan oldin xorijiy tashuvchi tomonidan toʻldirilishi lozim va haydovchilari yonida boʻlishi hamda nazorat qiluvchi organlar talablariga muvofiq avtotransport vositasi haydovchilari tomonidan taqdim etilishi lozim.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.07.00 Migratsiya masalalari. Kirish va chiqish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
57. Xorijiy tashuvchi Oʻzbekiston ruxsatnomasidan faqat bir marta Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va chiqishda hamda amalga oshirilayotgan avtotransport vositasida yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning bir turi boʻyicha foydalanishi mumkin, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tuzilgan avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish masalalari boʻyicha qoʻshma/aralash komissiyalar protokol qarorlarida boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa.
Oʻzbekiston ruxsatnomasida va xalqaro tovar-transport yuk xatida koʻrsatilgan xorijiy tashuvchi nomi bir-biriga muvofiq boʻlishi lozim.
58. Oʻzbekiston ruxsatnomasining toʻldirilishi zarur boʻlgan barcha bandlarida toʻlaqonli va aniq maʼlumotlar qayd etilishi lozim.
Hech boʻlmaganda bitta toʻldirilmagan bandning mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari tomonidan ruxsatnomaning haqiqiy emas deb eʼtirof etilishi uchun asos boʻladi.
59. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakatlanayotgan xorijiy yuk avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl-yoʻlakay yuk olishiga xalqaro tashishni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston ruxsatnomasining tegishli turi mavjud boʻlgan taqdirdagina ruxsat etiladi.
60. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun moʻljallangan roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlmagan, shu jumladan, yuklangan avtotransport vositalarini olib kirishda Oʻzbekiston ruxsatnomasi talab etilmaydi.
10-bob. Ruxsatnomalarning shakli va hisobini yuritish tartibi
61. Ruxsatnomalar qogʻoz va elektron shaklda boʻladi. Ruxsatnomalarning qogʻoz shakli qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi hamda hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega.
62. Oʻzbekiston ruxsatnomalarining qogʻoz shakli Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
63. Elektron ruxsatnomalar axborot tizimida saqlanadi va hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va QR-kodga (matrik shtrixli kod) ega.
64. Ruxsatnomalarni hisobga olish, saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan belgilanadi.
11-bob. Operatorning majburiyatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni faqatgina axborot tizimida qabul qilingan qarorga muvofiq berish;
axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni hamda belgilarni oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritish;
ruxsatnomalarni berish punktlarini doimiy ravishda ishlovchi kuzatuv kameralari bilan jihozlash va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan kuzatib borish imkoniyatini yaratish;
har qanday harakat (harakatsizlik) oqibatida yuzaga keladigan zararlarni toʻliq qoplash;
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga ruxsatnomalarni berish punktlari faoliyatini oʻrganish uchun imkoniyat yaratish.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
66. Milliy tashuvchilar xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarning zarur tarzda va toʻgʻri toʻldirilishi, ulardan maqsadli foydalanilishi, oʻz vaqtida qaytarilishi hamda axborot tizimiga kiritiladigan/yuklanadigan maʼlumotlar/hujjatlarni toʻgʻriligi uchun javob beradilar.
67. Milliy tashuvchi xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun yuborilgan arizani hamda ruxsatnomalar berilishining rad etilganligi, shuningdek, masʼul xodim va operator harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
68. Axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni hamda belgilarni oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritish uchun masʼul xodim va operator javob beradi.
69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlash, ulardan olingan xorijiy ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga berish, foydalanish, qabul qilish, saqlash va ularning hisobini yuritish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi
1. Maʼlumotlarni chuqur tahlil qilgan holda kelgusi yil uchun dastlabki ayirboshlash kvotasini shakllantiradi.
har yili 1-oktabrga qadar
2. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ayirboshlash kvotasini aniqlaydi va ularni ayirboshlash jarayonini kelishib oladi.
har yili 1-dekabrga qadar
3. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalari ayirboshlashni amalga oshiradi.
har yili 31-dekabrga qadar
4. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar ishlatilish darajasidan kelib chiqib, turi boʻyicha umumiy soni kamida 20 foiz qolganda xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan joriy yil uchun qoʻshimcha ruxsatnomalar ayirboshlashni tashkil etadi.
yil davomida
5. Milliy tashuvchilarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan olingan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar hamda xorijiy davlatlar hududidagi cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi.
yil davomida doimiy ravishda
2-bosqich
Axborot tizimi
Tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida milliy tashuvchilar reytingini shakllantiradi va natijalarini eʼlon qiladi.
har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar
3-bosqich
Milliy tashuvchi
1. Axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali zarur maʼlumotlarni kiritgan holda xalqaro tashish yoʻnalishi boʻyicha xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni 10 kalendar kun muddatga band qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Band qilingan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun ariza yuboradi.
band qilingan muddat tugashidan kamida 3 kun oldin
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi
1. Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun berilgan arizani koʻrib chiqadi va uni qanoatlantirish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
bir ish kunida
Axborot tizimi
2. Avtotransport vositasiga respublika hududida yuk ortilganda — arizani tegishli organlarning axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini tashkil etish orqali koʻrib chiqadi va tegishli qarorni inson omilisiz qabul qiladi.
avtomatik ravishda
3. Tegishli qaror avtomatik ravishda milliy tashuvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
real vaqt rejimida
5-bosqich
Milliy tashuvchi
Ariza qanoatlantirilganda, berilishi lozim boʻlgan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olib ketish uchun arizada koʻrsatilgan joyga boradi.
ruxsatnomalar band qilingan muddat tugashidan avval
6-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organ / ruxsatnomalarni berish punkti
Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomani belgilangan tartibda beradi va uning elektron nusxasini axborot tizimiga yuklaydi.
milliy tashuvchi yoki uning avtotransport vositasi belgilangan joyga yetib kelganidan soʻng darhol
7-bosqich
Milliy tashuvchi
1. Foydalanilgan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar zarur tarzda va toʻgʻri toʻldirilgan holda hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xalqaro tovar-transport yuk xatini elektron nusxasini axborot tizimiga yuklaydi.
xalqaro tashish yakunlangandan soʻng
2. Olingan barcha xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organiga yoki ruxsatnomalarni berish punktiga qaytariladi.
berilgan kundan boshlab 90 kalendar kundan kechikmay
8-bosqich
Axborot tizimi
Taqiqqa tushgan milliy tashuvchilar va avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkora eʼlon qilib boradi.
Doimiy ravishda
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tanqis boʻlgan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar
ROʻYXATI
T/r
Xorijiy davlat yoki koʻp tomonlama ruxsatnoma tizimining nomi
Turi
1.
Avstriya
ikki tomonlama/tranzit
2.
Vengriya
barcha turi
3.
Italiya
ikki tomonlama (Yevro 5, Yevro 6)
4.
Latviya
ikki tomonlama/tranzit
universal
5.
Litva
tranzit
uchinchi davlatga/dan
6.
Mongoliya
barcha turi
7.
Niderlandiya
universal
8.
Polsha
universal
9.
Slovakiya
barcha turi
10.
Finlyandiya
barcha turi
11.
Chexiya
barcha turi
12.
Estoniya
barcha turi
13.
SHHT
universal
Izoh.Ushbu roʻyxatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-son Farmoni bilan tashkil etilgan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar olish toʻgʻrisida
ARIZA
I. Ariza beruvchi milliy tashuvchi toʻgʻrisida maʼlumot*
1.1
Ariza beruvchi tashkilotning yoki jismoniy shaxsning toʻliq nomi
1.2
STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami
1.3
Hisob raqami
1.4
MFO
1.5
Telefon raqami
1.6
Elektron pochta manzili
II. Xalqaro tashish yoʻnalishi, avtotransport vositasi va xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar toʻgʻrisida maʼlumot
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Izoh.
Avtotransport vositasiga yuk ortilgan holda respublika hududi boʻylab harakatlanganda — bojxona deklaratsiyasi (eksport va/yoki tranzit) roʻyxat raqami kiritiladi.
Avtotransport vositasiga xorijiy davlat hududida yuk ortilgan boʻlsa — belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xalqaro tovar-transport yuk xati yuklanadi.
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Milliy tashuvchilar reytingini hisoblash
MEZONLARI
T/r
Mezonlar
Koʻrsatkichlar
Beriladigan ball
1.
Milliy tashuvchining avtomobilda xalqaro tashish sohasidagi faoliyati1
10 yil va undan yuqori
5 ball
7 yildan 9 yilgacha (9 yil ham kiradi)
4 ball
4 yildan 6 yilgacha (6 yil ham kiradi)
3 ball
2 yildan 3 yilgacha (3 yil ham kiradi)
2 ball
1 yilgacha (1 yil ham kiradi)
1 ball
2.
Milliy tashuvchining xalqaro tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega, ijara yoki tekin foydalanishdagi avtotransport vositalarining (M2, M3, N2, N3, O3 va O4) umumiy avtotransport vositalari sonidagi ulushi2
ijara yoki tekin foydalanishdagi avtotransport vositalari boʻlmaganda
25 ball
1 foizdan 10 foizgacha
22 ball
11 foizdan 20 foizgacha
21 ball
21 foizdan 30 foizgacha
20 ball
31 foizdan 40 foizgacha
18 ball
41 foizdan 50 foizgacha
16 ball
51 foizdan 60 foizgacha
10 ball
61 foizdan 70 foizgacha
8 ball
71 foizdan 80 foizgacha
6 ball
81 foizdan 90 foizgacha
4 ball
91 foizdan 100 foizgacha
2 ball
3.
Milliy tashuvchining xalqaro tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega umumiy avtotransport vositalarining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili3
7 yilgacha boʻlsa (7 yil ham kiradi)
10 ball
8 yildan 10 yilgacha boʻlsa (10 yil ham kiradi)
7 ball
11 yildan 15 yilgacha boʻlsa (15 yil ham kiradi)
5 ball
16 yildan 20 yilgacha boʻlsa (20 yil ham kiradi)
3 ball
21 yildan oshgan boʻlsa
1 ball
4.
Milliy tashuvchining tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi oʻrni4
AAA
15 ball
AA
13 ball
A
11 ball
BBB
10 ball
BB
9 ball
B
8 ball
CCC
6 ball
CC
4 ball
C
2 ball
D
1 ball
5.
Milliy tashuvchining tegishli litsenziya varaqasi mavjud, O4 toifadagi yarim tirkamalarning jami N3 toifadagi shatakchi avtomobillari sonidagi ulushi
81 foizdan 100 foizgacha
5 ball
61 foizdan 80 foizgacha
4 ball
41 foizdan 60 foizgacha
3 ball
21 foizdan 40 foizgacha
2 ball
1 foizdan 20 foizgacha
1 ball
mavjud boʻlmaganda
0 ball
6.
Milliy tashuvchining daromad koeffitsiyenti5
3,0 va undan yuqori
20 ball
2,5 dan 2,9 gacha
18 ball
2,0 dan 2,4 gacha
16 ball
1,5 dan 1,9 gacha
14 ball
1,0 dan 1,4 gacha
12 ball
0,75 dan 0,99 gacha
10 ball
0,50 dan 0,74 gacha
8 ball
0,25 dan 0,49 gacha
6 ball
0,10 dan 0,24 gacha
3 ball
0,09 dam kam
1 ball
7.
Milliy tashuvchilarning xalqaro tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega avtotransport vositalarining (M2, M3, N2 va N3) umumiy soni6
100 va undan yuqori
10 ball
76 dan 99 gacha
9 ball
61 dan 75 gacha
8 ball
41 dan 60 gacha
7 ball
31 dan 40 gacha
6 ball
21 dan 30 gacha
5 ball
6 dan 20 gacha
4 ball
5 gacha
2 ball
8.
Milliy tashuvchining navigatsiya qurilmalari bilan jihozlangan, axborot tizimiga integratsiya qilingan va ularning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida belgilangan serverga muntazam uzatiladigan, tegishli litsenziya varaqasi mavjud avtotransport vositalarining umumiy avtotransport vositalari sonidagi ulushi7
95 foizdan 100 foizgacha
10 ball
81 foizdan 94 foizgacha
9 ball
71 foizdan 80 foizgacha
8 ball
61 foizdan 70 foizgacha
7 ball
51 foizdan 60 foizgacha
6 ball
41 foizdan 50 foizgacha
5 ball
31 foizdan 40 foizgacha
4 ball
21 foizdan 30 foizgacha
3 ball
11 foizdan 20 foizgacha
2 ball
1 foizdan 10 foizgacha
1 ball
mavjud boʻlmaganda
0 ball
9.
Qonunchilik hujjatlari normalarining buzilishi (chorak davomidagi qoidabuzarliklar soni jami avtotransport vositalariga nisbati)8
Milliy tashuvchi tomonidan xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarning ishlatilish darajasi9
har bir ishlatmasdan qaytarilgan ruxsatnoma (har bir ishlatilmagan elektron ruxsatnoma) uchun kamaytiruvchi ball
1 ball
belgilangan muddatda qaytarilmagan har bir ruxsatnoma uchun kamaytiruvchi ball
0,5 ball
Izoh.
Xorijiy yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular boʻyicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi, shuningdek ularni buzilganligi (oʻchirilgani, boʻyalgani) aniqlanganda, milliy tashuvchi ushbu reytingdan tegishli muddatga chiqariladi. Bunda, reytingga qaytgan milliy tashuvchi avtomatik ravishda, uning avvalgi ishonchlilik darajasi 90 kun muddatga bir pogʻona pastga tushiriladi.
1. Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun berilgan litsenziyaning muddati orqali aniqlanadi.
2. Milliy tashuvchiga ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi asosida tegishli boʻlgan avtotransport vositalarining umumiy avtotransport vositalaridagi ulushi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda, I — milliy tashuvchiga ijara huquqi yoki tekin foydalanish shartnomasi asosida tegishli boʻlgan, litsenziya varaqasi mavjud avtotransport vositalari soni, U — milliy tashuvchiga tegishli boʻlgan litsenziya varaqasi mavjud jami avtotransport vositalari soni.
3. Milliy tashuvchining tegishli litsenziya varaqalari mavjud avtotransport vositalarining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili quyidagi formula orqali hisoblanadi.
Bu yerda, Yj — joriy yil, Y1, Y2, ... Yn — milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili, A — milliy tashuvchining tegishli yilda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari soni, U — korxona tegishli jami avtotransport vositalari soni.
Misol uchun: 2026-yilda (Yj) korxonadagi avtotransport vositalari soni 10 ta (2017-yilda ishlab chiqarilgani 3 ta, 2019-yilda ishlab chiqarilgani 2 ta, 2020-yilda ishlab chiqarilgani 5 ta).
AY = 7,1 — avtotransport vositasining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili.
Bunda milliy tashuvchidagi jami avtotransport vositalarining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili 7,1 yilni tashkil etgan holda, yuqoridagi mezonlarning 4-bandidagi koʻrsatkichga asosan (5 — 7 yilni tashkil etsa) — 7 ball beriladi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasi maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
5. Milliy tashuvchilarning elektron hisob-fakturalar boʻyicha yuklarni xalqaro tashishda xizmatlardan olinadigan daromadini aniqlash 10112008001000001, 10107001004000002, 10107002001000003, 101070020011000002, 10107002001000004 mahsulotlar (tovar va xizmatlarning) identifikatsiya kodlari (MXIK) orqali aniqlanadi.
Tashkil etilganiga 3 oy boʻlmagan milliy tashuvchilar daromad koeffitsiyenti 0,1 dan kam boʻlgan taqdirda, unga 3 ball hisoblanadi.
6. Milliy tashuvchining tegishli litsenziyaga ega jami avtotransport vositalari (M2, M3, N2 va N3) soni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
U=A+I*0,25
Bu yerda, A — milliy tashuvchining balansidagi avtotransport vositalari soni, I — milliy tashuvchiga ijara huquqi yoki tekin foydalanish shartnomasi asosida tegishli boʻlgan avtotransport vositalari soni.
7. Navigatsiya qurilmalari Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organi tomonidan belgilangan tartibda tamgʻalangan boʻlishi lozim. Tamgʻalanmaganda yoki uning buzilganida, tegishli ballar hisoblanmaydi.
8. Transport nazorat inspeksiyasi hamda xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan olingan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi va bir chorak amal qiladi.
Misol uchun: milliy tashuvchining xalqaro tashishda foydalaniladigan avtotransport vositasi soni 20 ta boʻlsa, bir chorak davomida jami qoidabuzarlik soni 7 ta. 7/20*100=35%
Bunda: 20 ta avtotransport vositasi 100 foiz boʻlsa, 7 ta qoidabuzarlik 35 foiz boʻladi va oʻz-oʻzidan 50 foizgacha, yaʼni “-10” jarima balli qoʻllanilib, jami ballar yigʻindisidan 10 ball olib tashlanadi.
9. Milliy tashuvchi tomonidan xalqaro tashishda xorijiy davlat(lar) hududiga kirishda cheklov yoki taqiq qoʻyilgan boʻlsa va bu haqdagi maʼlumot vakolatli organ tomonidan oʻrganilganida oʻz tasdigʻini topgan holatlarda, tegishli ruxsatnomalar uchun ballar olib tashlanmaydi.
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshidagi holatlardan boshqa sabablarga koʻra ishlatmasdan qaytarish yoki qaytarmaslik uchun olib tashlanadigan ballar 180 kun amal qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 7-iyuldagi 277-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga 4-ilovaning 14-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2026-y., 09/26/114/0272-son)