toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika transport-logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini yanada rivojlantirish, tranzit salohiyatini oshirish, istiqbolli transport yoʻlaklarini shakllantirish, eksport-import operatsiyalari qiymatida transport xarajatlarini kamaytirish hamda tashqi bozorlarga yuklarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hisobiga tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash, mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish, tashqi bozorlarga yuklarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish, transport-logistika xarajatlarini maqbullashtirish;
multimodal tamoyilni maksimal darajada amalga oshirish imkonini beruvchi logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish, 3PL va undan yuqori formatda xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan yirik milliy transport operatorlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish;
mamlakat tranzit salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, shu jumladan, moslashuvchan tarif siyosatini qoʻllash va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish yoʻli bilan qoʻshimcha tranzit yuk oqimlarini jalb etish;
tashqi va ichki moliyalashtirish manbalarini jalb etish koʻlamini kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash asosida transport infratuzilmasini kompleks va ildam rivojlantirish, hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlarining zamonaviy tarmogʻini shakllantirish;
xalqaro axborot tizimlari bilan integratsiya qilgan holda mamlakatning logistika tizimi platformalarini shakllantirish, xalqaro yuk tashishlarda raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, logistika sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.
3. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga qadar erishiladigan, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:
avtomobil, temir yoʻl va havo transportida xalqaro yuk tashish umumiy hajmini kamida 2 baravarga oshirish;
transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish;
barcha transport turlarida yillik tranzit yuk tashish hajmini 22 mln tonnaga yetkazish;
konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish;
transport-logistika markazlari tarmogʻini yaratgan holda ularning yuklarga ishlov berish quvvatini kamida 3 baravarga koʻpaytirish;
Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini 55-pogʻonadan past boʻlmagan darajagacha koʻtarish.
4. Belgilansinki:
Transport vazirligi transport-logistika markazlarining keng tarmogʻini shakllantirish hamda transport-ekspeditorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari uchun masʼul hisoblanadi, “E-logistika” axborot tizimida maʼlumotlarni joylashtirgan holda ularning reytingini shakllantiradi va yuritadi;
respublikadagi zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablarga javob beradigan transport-logistika markazlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining Quruqlik portlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimi (Bangkok, 2013-yil 1-may) roʻyxatiga qoʻshish uchun taklif etiladi va xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida qabul qilinadi;
Transport vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda transport-logistika markazlarini zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablarni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport-ekspeditorlik shartnomasi asosida koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Transport vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar Soliq kodeksiga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markaziga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
xalqaro transport yoʻlaklarida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlash, istiqbolli transport yoʻlaklarini shakllantirish;
logistika tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
transport-logistika va transport-ekspeditorlik xizmatlari bozorini rivojlantirish, transport-logistika markazlarining keng tarmogʻini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Logistika samaradorligi indeksida (LPI) respublikaning oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiyotgan avtotransport vositalariga faqatgina Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan transport-logistika markazlari hududida hamda xalqaro tashishlarda foydalaniladigan transport vositalari uchun moʻljallangan avtoturargohlarda (TIR-parkda) toʻxtab turishga ruxsat etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xorijiy tashuvchilar tomonidan (qoʻshni mamlakatlar tashuvchilari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab avtomobilda yuklarni xalqaro tashishlar faqatgina Oʻzbekiston ruxsatnomalari yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi;
yangi transport-logistika markazlari, yuk stansiyalari (terminallari) faqat shahar atroflarida tashkil etiladi. Bunda shahar koʻchalarida katta hajmli yuk avtomobillarining harakatlanishiga bosqichma-bosqich cheklovlar oʻrnatiladi.
8. Belgilansinki, xususiylashtirish dasturiga kirgan, shu jumladan, kelgusida xususiylashtirish rejalashtirilgan avtotransport vositalarini saqlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan davlat mulki obyektlari (avtokorxonalar) oʻz profilini saqlab qolgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi (shahar markazida joylashganlari bundan mustasno).
Bunda obyektlarni savdoga chiqarishda xarid toʻlovlarini, miqdoridan qatʼi nazar, 5 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutiladi hamda olti oydan ortiq muddatda sotilmasdan turgan obyektlarning boshlangʻich bahosi 30 foizgacha pasaytiriladi.
Mazkur bandning toʻliq va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼul etib Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) va Transport vazirligi (I. Maxkamov) belgilansin.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hamda Transport vazirligining 2025-yil 1-iyundan boshlab Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimini (keyingi oʻrinlarda — elektron navbat tizimi) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
elektron navbat tizimi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish yoʻnalishida harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari uchun qoʻllanadi hamda Transport vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi;
Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlari yaqinida kutish zonalari tashkil etiladi;
elektron navbat tizimi joriy etiladigan Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlari roʻyxati hamda ular yaqinida kutish zonalarini tashkil etish talablari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.
10. Transport vazirligi va Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasining Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda yuqori malakali va tajribali xorijiy oʻqituvchi va instruktorlarni jalb etgan holda Xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha mintaqaviy oʻquv markazini (keyingi oʻrinlarda — Oʻquv markazi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
11. Quyidagilar Oʻquv markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro avtomobil transporti sohasida ishtirok etayotgan koʻp tomonlama xalqaro konvensiya va bitimlarga muvofiq menejerlar va professional haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlovchi taʼlim muassasalari, shu jumladan, Markaziy Osiyodagi taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining malakasini oshirish;
transport-logistika tashkilotlariga avtomobil transportida yuklarni yetkazib berishning samarali yoʻnalishini aniqlash va zanjirlarini shakllantirish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
avtotransport vositalari xavfsizligini taʼminlash, diagnostika qilish va standartlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.
12. Belgilansinki:
Oʻquv markazi avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish sohasida malakali kadrlar va professional haydovchilar tayyorlovchi nodavlat taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
oʻquv jarayonlari Yevropa taʼlim standartlari asosida ishlab chiqilgan va Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv reja va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi;
oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlagan soha menejerlari va haydovchilarga umumeʼtirof etilgan xalqaro sertifikatlar (guvohnomalar) beriladi hamda ular avtomobilda xalqaro tashish sohasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtishda qabul qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son Farmonida nazarda tutilgan malaka imtihonini topshirish, “ishchi viza”ni rasmiylashtirish, yoʻl chiptasini xarid qilish va sugʻurta mukofotini qoplash boʻyicha subsidiya va kompensatsiyalar xorijiy transport-logistika tashkilotlariga ishlash uchun belgilangan tartibda ketayotgan xalqaro sertifikatlar (guvohnomalar)ga ega professional haydovchilarga ham tatbiq etiladi.
Bunda haydovchilar “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim.
13. Oʻquv markazi Toshkent avtomobil va yoʻllar texnikumining Toshkent shahri Chilonzor tumani Zavqiy koʻchasidagi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Bunda ushbu obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Toshkent avtomobil va yoʻllar texnikumi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga qoʻshilgani va unga muvofiq Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi, uni respublika hududiga olib kirishda hamda realizatsiya qilishda, bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
15. Transport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi)ning umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida yoʻlboʻyi servis (“Service area” va “Service point”) obyektlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, “Service area” va “Service point” obyektlarini tashkil etishda yer uchastkalari oʻrmon fondi yerlari hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartiriladi.
16. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida “Service area” va “Service point” obyektlarini tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Transport vazirligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq “Service area” va “Service point” obyektlari tashkil etiladigan yer uchastkalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash;
avtomobil yoʻllari boʻyida servis obyektlarini master rejalar asosida qurib bitkazilgan holda tayyor biznes shaklida elektron onlayn auksionga chiqarish tartibini belgilash;
xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻylarida “Service area” va “Service point” obyektlariga qoʻyiladigan talablarni belgilash.
18. “Oʻzavtosanoat” AJ Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan katta hajmli yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olish uchun samarali moliyalashtirish (zarur hollarda tegishli jamgʻarma tashkil qilish) mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Transport vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2030-yilga qadar Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini 55-pogʻonadan past boʻlmagan darajagacha koʻtarish choralarini koʻrsin;
Transport vazirlari Yevropa konferensiyasi doirasidagi avtomobilda yuklarni xalqaro tashishning koʻp tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qoʻshilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
ikki oy muddatda xalqaro yoʻnalishlarda konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda transport-logistika sohasidagi kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini tartibga solish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Yevropa — Kavkaz — Osiyo” transport koridori (TRASEKA) hukumatlararo komissiyasining doimiy kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish haqidagi bitimga qoʻshilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ushbu Bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari belgilansin.
21. Transport vazirligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan birgalikda:
uch oy muddatda xorijiy davlatlar bilan avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliklarini majburiy sugʻurtalashning teng huquqlilik tartibini oʻrnatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
avtomobilda yuklarni xalqaro tashishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni (yuklarning shikastlanishi, yoʻqolishi yoki yoʻq qilinishi va boshqa holatlar) sugʻurtalashni kengaytirish hamda ushbu yoʻnalishda milliy tashuvchilar orasida sugʻurta madaniyatini oshirish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etsin.
22. Quyidagilarga:
transport vaziri I. Maxkamovga — ilmiy va taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, mustaqil ekspertlar (konsultantlar), shu jumladan, xorijiy ekspertlarni keng jalb etgan holda Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz muddatida, toʻliq va sifatli amalga oshirish hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga — Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlar bilan bevosita bogʻliqlikda hududlarni rivojlantirish, xususiy investitsiyalarni keng jalb etgan holda namunaviy talablar asosida transport-logistika markazlari tarmogʻini kengaytirish hamda joylarda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan oʻzaro kelishilgan choralarni koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona qoʻmitasi raisi A. Mavlonovga — chegara oʻtkazish punktlari oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida ularni modernizatsiya qilish va kengaytirish choralarini koʻrish hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan mezonlar va tartibga muvofiq xorijiy tashuvchilar tomonidan taqdim etilgan xalqaro yuk tashishga ruxsatnomalar asosida bojxona rasmiylashtiruvi oʻtkazilishini, xorijiy yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimlar undirilishini taʼminlash;
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi J. Karimovga va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi Sh. Ibragimovga mamlakat hududida mahalliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan xalqaro yuk tashish shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish va taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
23. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda aeroportlarning maxsus texnika va uskunalarini (avtotrap, shataklanuvchi yoʻlovchi trap, perron avtobusi, ambulator lift, havo kemalariga xizmat koʻrsatuvchi texnikalar) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga kiritish boʻyicha;
uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
25. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-yanvar,
PQ-28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasida transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlovchi transport-logistika tizimini rivojlantirishning oʻrta va qisqa muddatli maqsadlari, vazifalari va asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi iqtisodiyot va biznesning yuqori sifatli yuk tashish xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish, mamlakat tranzit salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, eksport-import operatsiyalari qiymatida transport xarajatlarini kamaytirish va istiqbolli transport yoʻlaklarini shakllantirishga qaratilgan islohotlarni davom ettirishdan iborat.
Konsepsiya transport-logistika tizimini rivojlantirishga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
2-bob. Transport-logistika tizimining joriy holati va mavjud muammolar
Mamlakatda transport-logistika tizimini jadal rivojlantirish, transport infratuzilmasini yaxshilashga investitsiyalarni jalb qilish, yuk tashishlar bozorida sogʻlom raqobat muhitini yaratish borasida qator izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Transport sohasida yirik infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi mamlakat hududlarining oʻzaro bogʻlanganligini taʼminlash va transport yoʻlaklarini diversifikatsiya qilish vazifalarini hal etish imkonini berdi.
Bugungi kunda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uzunligi 42 371 km (shu jumladan, xalqaro ahamiyatdagi yoʻllar — 3 834 km), umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — 7 400 km (shu jumladan, elektrlashtirilgan temir yoʻllar — 3 145 km), havo trassalari — 26 ming km, foydalanishdagi ichki suv yoʻllari — 550 kmni (kema qatnaydigan kafolatlangan oʻlchamdagi suv yoʻllari — 280 km)ni tashkil etadi.
Respublikada xalqaro qatnovlar uchun ochiq boʻlgan jami 77 ta, shu jumladan, avtomobil yoʻllarida 48 ta, chegaraoldi temir yoʻl bekatlarida 17 ta, aeroportlarda 11 ta hamda daryo portida 1 ta Davlat chegarasidan oʻtkazish punktlari mavjud.
Soʻnggi 3 yilda chegara-oʻtkazish punktlari infratuzilmasini yaxshilash, bojxona nazorati samaradorligini oshirish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan “Yallama” va “Olot” chegara oʻtkazish punktlarini qayta qurish hisobiga ularning oʻtkazuvchanligi 4 barobarga oshdi, xavflarni boshqarish xalqaro tavsiyalari va mezonlariga javob beradigan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi ishga tushirildi.
Respublikada yuklarga ishlov berishning yillik quvvati umumiy 10,7 mln tonnaga teng boʻlgan 16 ta yirik multimodal logistika markazlari mavjud.
2017 — 2024-yillarda yuk tashishlar koʻrsatkichlarining barqaror oʻsish surʼatlari kuzatildi.
Xalqaro yuk tashish hajmi 1,8 barobarga oʻsib, 2024-yilda 59,6 mln tonnani (shundan avtomobil transportida — 16,6 mln tonna, temir yoʻl transportida — 43,0 mln tonna, havo transportida — 83 ming tonna) tashkil qildi.
Jahon bankining 2023-yildagi hisobotiga koʻra Logistika samaradorligi indeksida Oʻzbekiston 139 ta davlat orasida 88-oʻringa koʻtarilib (2018-yilda 99-oʻrin), MDH davlatlari orasida 5-oʻrinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 2-oʻrinni egalladi.
Shu bilan birga, yaqin kelajakda transport-logistika tizimida hal etilishi zarur boʻlgan quyidagi asosiy muammolar saqlanib qolmoqda:
tashqi bozorlarga yuklarni yetkazib berish tizimlarining samarasizligi va muddatlarining uzoqligi, xalqaro va mintaqaviy bozorlarga chiqishni taʼminlaydigan tashqi savdo yoʻnalishlarida ayrim toʻsiqlarning mavjudligi, xususan, iqtisodiy sanksiyalar sababli yuzaga kelgan cheklovlar, viza va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni olishdagi murakkabliklar, chegara, bojxona va boshqa nazorat idoralari oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligi (nazorat natijalari oʻzaro tan olinmasligi);
eksport-import operatsiyalari qiymatida transport-logistika xarajatlari ulushining yuqoriligi, taqdim etiladigan xizmatlar narxlarining (tariflar, yigʻimlar, omborxona ijara stavkalari va boshqalar) raqobatbardosh emasligi;
transport infratuzilma obyektlari va chegara oʻtkazish punktlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati pastligi, mamlakatning mavjud tranzit salohiyati toʻliq darajada ishga solinmagan (2024-yilda tranzit yuk tashish hajmi 13,9 mln tonnani tashkil etgan boʻlib, xalqaro ekspertlarning xulosasiga koʻra, yirik mintaqaviy loyihalarni ishga tushirish hisobiga, tranzit yuk tashish hajmini 23 mln tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud);
logistika xizmatlari bozorida 3PL va 4PL operatorlar ishtirok etish darajasining pastligi. Bugungi kunda mamlakatdagi transport-logistika operatsiyalarining asosiy qismi 1PL (logistikadagi barcha jarayonlarni ishlab chiqaruvchining oʻzi amalga oshiradi) va 2PL (yuk tashish va omborda saqlash xizmatlari autsorsing asosida taqdim etiladi) formatda amalga oshiriladi, baʼzi kompaniyalar 3PL (logistika xizmatlarining toʻliq toʻplami taqdim etiladi) formatida xizmatlarning cheklangan koʻlamini taqdim etadi;
logistika markazlari tarmogʻining yetarli darajada rivojlanmaganligi, xalqaro yetkazib berish sxemalariga mamlakatdagi mavjud logistika obyektlarining past integratsiyalashgani, omborxona jarayonlari talab darajasida avtomatlashtirilmaganligi;
transport-logistika sohasida raqamlashtirish darajasining pastligi, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi zamonaviy standart va talablarga toʻlaqonli javob bermasligi. Ushbu sohada malakali professional kadrlar yetishmovchiligi xizmatlar sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
3-bob. Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlari
Transport-logistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hisobiga tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash, mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish, tashqi bozorlarga yuklarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish, transport-logistika xarajatlarini optimallashtirish;
multimodal tamoyilini maksimal darajada amalga oshirish imkonini beruvchi logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish, 3PL va undan yuqori formatda xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan yirik milliy transport operatorlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish;
mamlakat tranzit salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, shu jumladan, moslashuvchan tarif siyosatini qoʻllash va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish yoʻli bilan qoʻshimcha tranzit yuk oqimlarini jalb etish;
tashqi va ichki moliyalashtirish manbalarini jalb etish koʻlamini kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash asosida transport infratuzilmasini kompleks va ildam rivojlantirish, hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlarining zamonaviy tarmogʻini shakllantirish;
xalqaro axborot tizimlari bilan integratsiya qilgan holda mamlakatning logistika tizimi platformalarini shakllantirish, xalqaro yuk tashishlarda raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, logistika sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.
4-bob. Transport-logistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish mexanizmlari
1-§. Tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash va transport-logistika xarajatlarini optimallashtirish
1. Ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda transport-logistika sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan, umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlar va standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasini jadallashtirish.
2. Xalqaro va mintaqaviy bozorlarga chiqishni taʼminlaydigan yoʻnalishlar boʻylab joylashgan mamlakatlar bilan tranzit yuk tashishlarni soddalashtirish, erkinlashtirish (avtomobilda ruxsatnomasiz tizimga oʻtish), transport vositalariga qoʻyiladigan talablarni uygʻunlashtirish, tarif, yigʻim va boshqa toʻlovlarga chegirmalar olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Xorijiy mamlakatlar bilan viza va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, chegaralarda transport vositalarining turib qolishi, chegara, bojxona va boshqa nazorat jarayonlaridagi sunʼiy toʻsiqlar bilan bogʻliq muammolarning yechimlarini birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Markaziy Osiyoda transport-logistika tizimini birgalikda rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy bitim qabul qilish hamda Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalar bilan oʻzaro integratsiyasini amalga oshirish boʻyicha Mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surish.
5. “Sharq-Gʻarb” va “Shimol-Janub” yoʻnalishlaridagi transport-tranzit loyihalarida, shu jumladan, “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida faol ishtirok etish.
6. “Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy” va “Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston” yoʻnalishlarida yuk tashishlar hajmini oshirish.
7. Blok poyezdlar, dastlabki elektron maʼlumotlar almashinuvini toʻliq yoʻlga qoʻyish, chegara oʻtkazish punktlarida “yashil yoʻlaklar” tizimini keng joriy etish va xorijiy mamlakatlar hududida mahalliy operatorlar vagonlari erkin harakatlanishini taʼminlash hisobiga shimoliy yoʻnalishda temir yoʻlda yuk tashish muddatlarini 40 foizga qisqartirish.
8. Yaqin mamlakatlarning dengiz va quruqlik portlaridan samarali foydalanish, shu jumladan, ularning hududida oʻzbek biznes vakillari ishtirokida omborxonalar, yuk terminallari va boshqa transport infratuzilmasi obyektlarini sotib olish, ijaraga olish yoki qurish uchun sharoitlar yaratish.
9. Milliy tashuvchilar ehtiyojidan kelib chiqqan holda Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan avtomobilda yuklarni xalqaro tashish uchun ayirboshlanadigan ruxsatnomalar sonini oshirish.
10. Avtomobilda yuklarni tashish geografiyasini kengaytirish uchun Belgiya, Serbiya, Shvetsiya, Norvegiya kabi davlatlar bilan xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar tuzish choralarini koʻrish.
11. Yuk tashish muddatlarini qisqartirish va transport xarajatlarini optimallashtirish uchun “Xitoy — Markaziy Osiyo” yoʻnalishida blok poyezdlarni tashkil etish boʻyicha koʻp tomonlama bitim loyihasini tuzish yuzasidan zarur choralar koʻrish.
2-§. Logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish
1. Avtomobil, temir yoʻl, havo va suv transporti tashishlari oʻrtasida oʻzaro samarali hamkorlikni oʻrnatishga, shuningdek, 3PL va undan yuqori formatda xizmatlar koʻrsatishga qodir boʻlgan yirik milliy transport operatorlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining yuklarni yetkazib berishda milliy transport-ekspeditorlik tashkilotlari va tashuvchilar xizmatlaridan foydalanishini ragʻbatlantirish.
3. Yuk tashishni tashkil etish va boshqarish amaliyotiga logistikaning zamonaviy usullari va texnik vositalarini joriy etish orqali 3PL va undan yuqori darajada logistika xizmatlarini koʻrsatuvchi operatorlar sonini oshirish.
4. Moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini qoʻllagan holda harakat tarkibi parki — vagonlar, lokomotivlar, avtotransport vositalari, refrijerator konteynerlar, daryo va havo kemalarini yangilash uchun mahalliy transport korxonalariga shart-sharoit yaratish va ularni ragʻbatlantirish.
5. Dengiz portlarida stividorlik (kemalarga yuk ortish-tushirish) xizmatlari bozorini shakllantirishda va dengiz tashishlarida milliy transport-logistika tashkilotlarining ishtiroki, shu jumladan, ular tomonidan dengiz kemalarini sotib olish uchun sharoitlar yaratish.
6. Oʻzining harakat tarkibiga ega boʻlgan yuk tashuvchi kompaniya operatorlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar, shuningdek, temir yoʻl transporti infratuzilmasidan foydalanish uchun mustaqil kompaniya — operatorlarga teng imkoniyatlar taqdim etish mexanizmini yaratish.
7. Milliy avtotashuvchilarning huquq va manfaatlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari va vakolatxonalari tomonidan himoya qilinishini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmini shakllantirish, milliy tashuvchilar xorijiy davlatlar hududida kamsitilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarda javob qaytarish boʻyicha tezkor choralar koʻrish mexanizmlarini ishlab chiqish.
8. Transport-logistika sohasida “aniq vaqt” va “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida ishlovchi, bojxona, transport, omborxona va informatsion logistika sohasida toʻliq kompleks xizmatlarni koʻrsatish imkoniyatlariga ega logistika korxonalarini rivojlantirish.
3-§. Mamlakat tranzit salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish
1. Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi yangi mintaqaviy tranzit yoʻlaklarni shakllantirish va qoʻshimcha tranzit yuk oqimlarini jalb qilish maqsadida:
“MDH mamlakatlari — Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston — Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari” transport yoʻlagini rivojlantirish, shu jumladan, “Shimol — Janub” yoʻnalishida tashilayotgan yuklarning bir qismini Oʻzbekiston hududi orqali transafgʻon yoʻnalishiga qayta yoʻnaltirish boʻyicha qulay sharoitlar yaratish;
“Xitoy — Qozogʻiston/Qirgʻiziston — Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston” transport yoʻlagini shakllantirish va unda yuk tashish hajmini koʻpaytirish;
“Xitoy — Qozogʻiston/Qirgʻiziston/Tojikiston — Oʻzbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya — Yevropa davlatlari” transport yoʻlagini tashkil etish.
2. “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” va “Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston” temir yoʻl liniyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish.
3. Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida yuk tashish bilan bogʻliq tartib-taomillarni uygʻunlashtirish maqsadida Temir yoʻl idoralari kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surish.
4. Temir yoʻl transporti xizmatlari bozorida raqobatbardosh, shaffof va moslashuvchan tariflarni joriy etish orqali tarif siyosatini takomillashtirish.
5. Temir yoʻl transportida tashuvlarning tannarxi asosida har bir xizmat (infratuzilmadan foydalanish, vagonlardan foydalanish, yuk ortish-tushirish) uchun alohida stavkalarni belgilagan holda kompleks tariflarni shakllantirish.
6. Ilgʻor xorijiy tajribadan hamda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda katta hajmli yuk avtotransport vositalari uchun yoʻl yigʻimlarini kilometrli hisoblash tizimini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida joriy etish.
7. Chegara oʻtkazish punktlari infratuzilmasini yaxshilash, bojxona tartibotlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish hamda xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda transport vositalarini onlayn kuzatib borish tizimini joriy etish hisobiga Oʻzbekiston hududi orqali tranzit yuklarni tashish muddatlarini 2 barobarga qisqartirish.
8. Chegaradosh davlatlarning bojxona xizmatlari bilan oʻzaro elektron axborot almashish tizimini yoʻlga qoʻyish, tranzit yuklarni deklaratsiyalashda “doʻstona interfeys” tamoyiliga asoslangan qulay va sodda interaktiv bojxona xizmatlarini joriy etish.
9. Elektron navbat, elektron kuzatuv hamda bojxona toʻlovlarini masofadan amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qulay va soddalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish, bojxona tranzit yuk deklaratsiyalarini sunʼiy intellekt yordamida avtomatik tarzda rasmiylashtirish tizimini ishlab chiqish.
10. Osiyo-Tinch okeani mintaqasini Yevropa bilan bogʻlaydigan xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha uchinchi mamlakatlar aviakompaniyalarining Oʻzbekiston havo hududi orqali tranzit parvozlari hajmini koʻpaytirish uchun sharoitlarni, shu jumladan, xorijiy aviatashuvchilar uchun chegirmalar va imtiyozlarning moslashuvchan tizimini joriy etish yoʻli bilan yaratish.
11. Oʻzbekiston havo kengligining tranzit salohiyatini rivojlantirish maqsadida Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston havo trassalarining yangi uchastkalarini ochish choralarini koʻrish.
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakat qilish uchun moʻljallangan yoʻnalishlar roʻyxatini shakllantirish.
4-§. Transport infratuzilmasini kompleks va ildam rivojlantirish, logistika markazlarining keng tarmogʻini shakllantirish
1. Xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari yoqasida 400 ga yaqin zamonaviy yoʻlboʻyi servis obyektlarini (TIR parklar, motellar, kempinglar, restoran va yoqilgʻi quyish shoxobchalari, zamonaviy avtomobil turarjoylari, taʼmirlash shoxobchalari va boshqalar) xususiy sektorni jalb qilgan holda tashkil etish.
2. Jami 2 183 km xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish.
3. Temir yoʻl liniyalarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, tashish jarayoniga doir texnologiyalarni takomillashtirish, yuqori tezlikda harakatlanishga va yuk tashish uchun moʻljallangan temir yoʻl liniyalarini bir-biridan alohida ajratish, ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi temir yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. “Miskin — Nukus” (196 km), “Andijon — Savay” (64,8 km), “Shovot — Qoraoʻzak” (85 km) va boshqa temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish hamda “Samarqand — Urgut” (46 km), “Baytqoʻrgʻon — Parkent” (23,8 km) temir yoʻl liniyalarini qurish hisobiga respublikada elektrlashtirilgan temir yoʻllar ulushini 48 foizdan 65 foizga yetkazish.
5. Poytaxtda joylashgan temir yoʻl stansiyalarining (terminallarining) kelgusida yuk tashish hajmi oshishini inobatga olgan holda shahar atrofiga koʻchirish hamda yangi temir yoʻl stansiyalari yaqinida saralash maydonlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
6. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etgan holda xalqaro aeroportlarning yuk terminallarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.
7. Xalqaro aeroportlarda havo kemalariga koʻrsatiladigan yer usti xizmatlari sifatini oshirish uchun aeroportlarning maxsus texnikalarini yangilash va modernizatsiya qilish, shu jumladan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnikalarni import qilishda soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish.
8. Toshkent va Navoiy aeroportlarini xalqaro aviaxabga aylantirish, shu jumladan, tajribali xorijiy hamda rezident operatorlarni (aviakompaniya/xendler/ekspeditorlarni) jalb qilish.
9. Yuklarni eksportga joʻnatish boʻyicha yirik mintaqaviy markazlarga, tranzit oqimlarga va xalqaro logistika tarmogʻiga integratsiya qilingan hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va konteynerlarda tashishlarni amalga oshirish asosida barcha transport turlarining afzalliklaridan foydalanish va yuklarni “eshikdan-eshikkacha” yetkazish tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish imkonini beruvchi transport-logistika markazlarining zamonaviy tarmogʻini shakllantirish.
10. Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda transport-logistika markazlari va TIR parklarni zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablarni belgilash.
11. Zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablarga muvofiq boʻlgan respublika transport-logistika markazlarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining Quruqlik portlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimi roʻyxatiga qoʻshish va xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida qabul qilish choralarini koʻrish.
12. Suv transportining raqobatbardoshligini taʼminlaydigan ichki suv yoʻllari va terminallar tarmogʻini rivojlantirish, kemachilikning axborot-kommunikatsiya, navigatsiya va avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish.
13. Transport turlari boʻyicha yuk tashishlarning joriy hajm va yoʻnalishlari, shuningdek, mamlakat hududlari iqtisodiyotining rivojlanishini hisobga olgan holda ushbu hajmlarning prognozlari asosida transport-iqtisodiy aloqalarni rejalashtirish va prognozlash tizimini shakllantirishga yoʻnaltirilgan mamlakatning transport-iqtisodiy balansini ishlab chiqish.
5-§. Raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, logistika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
1. Xalqaro yuk tashishlarda raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va ulardan foydalanishni ragʻbatlantirish, xususan elektron (qogʻozsiz) hujjatlar aylanmasiga oʻtish uchun elektron koʻrinishdagi hujjatlarni transchegaraviy oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi ikki va koʻp tomonlama bitimlar tuzish.
2. Mamlakat ichida avtomobilda yuk tashish sohasida yashirin bozor hajmlarini kamaytirish imkonini beradigan tashuvchilar tomonidan yuklarni elektron yoʻl varaqasi asosida tashish mexanizmini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish.
3. Boshqa transport turlari bilan oʻzaro optimal hamkorlikda boʻlish, tashishlar hajmini koʻpaytirish va multimodal yuk tashishlar samaradorligini oshirish uchun tashish jarayonining ayrim elementlarini yagona logistika zanjiriga integratsiyalash yoʻli bilan yuk poyezdlari harakatini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va operativ ravishda boshqarishning integratsiyalashgan tizimini yaratish.
4. Yuk kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish uchun raqamli platformani yaratish va uni tashish jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy davlatlarning raqamli tizimlari bilan integratsiya qilish orqali transportda elektron hujjat aylanmasi tizimini shakllantirish, “e-Permit”, “e-TIR”, “e-CMR”, “e-Tranzit” va “e-Freight” kabi tizimlarni joriy etish.
5. Yuk tashishlarda texnologik jarayonlarni raqamlashtirish yoʻli bilan yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qiluvchilar hamda tashuvchilar uchun “e-logistika” axborot tizimini toʻliq joriy etish.
6. Xavf-xatarlarni baholash imkoniyati bilan parvozlar xavfsizligi holatini nazorat qilish uchun fuqaro aviatsiyasi obyektlarining raqamlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini yaratish, parvozlar xavfsizligi xavfi va tahdidini baholashni avtomatlashtirish.
7. Respublikadagi transport-logistika markazlari yagona elektron bazasini yaratish, ularning joylashuvini va asosiy koʻrsatkichlarini aks ettiruvchi elektron xaritani ishlab chiqish.
8. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida Toshkent shahrida Transport va bojxona raqamli ofisini tashkil etish choralarini koʻrish.
9. Yevropa talablariga muvofiq xalqaro toifadagi haydovchilarni tayyorlash tizimini joriy etish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikda Mintaqaviy markaz tashkil etish va oʻquv jarayoniga xorijiy oʻqituvchi va instruktorlarni jalb etish.
10. Oʻqituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini takomillashtirish (tarmoq taʼlim muassasalari oʻqituvchilari faoliyatini baholash mezonlarini belgilash, davriy attestatsiya tizimini joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibini ragʻbatlantirish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash va boshqalar).
11. Transport sohasida taʼlim muassasalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish orqali berilgan transport mutaxassisligi boʻyicha taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash muammolarini hal qilish.
12. Haydovchilar, ekspeditorlar, operatorlarni tayyorlash tizimini, shuningdek, avtomobil transporti sohasida rahbar va mutaxassislarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish.
13. Taʼlim jarayoniga xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish, yetkazib berishlar logistika zanjiri boʻyicha tadbirkorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun masofaviy oʻqitish tizimini yaratish, logistika sohasida xizmatchi va ishchilarning kasblari boʻyicha umumiy qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq kasb standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyani amalga oshirish natijasida iqtisodiyot va biznesning ommabop, sifatli va tezkor transport-logistika xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish imkoniyati taʼminlanadi.
Prognozlarga koʻra, respublika transport-logistika tizimining rivojlanishiga ichki va tashqi omillarning ijobiy taʼsiri kuzatilganda Konsepsiyada belgilangan yoʻnalishlarning amalga oshirilishi natijasida 2030-yilga kelib:
logistika markazlari tarmogʻidan kompleks foydalangan holda transport xarajatlarini 10 — 15 foizga qisqartirishga erishiladi;
avtomobil, temir yoʻl va havo transportida xalqaro yuk tashishlarning umumiy hajmi kamida 2 barobarga oʻsadi;
transport va logistika xizmatlari eksporti 2 barobargacha oshadi;
yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari ishga tushirilishini hisobga olgan holda barcha transport turlarida tranzit yuk tashish hajmlari yiliga 22 mln tonnagacha yetkaziladi;
konteynerda tashishlar ulushi kamida 1,5 barobarga oshadi;
xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy transport-logistika markazlari tarmogʻini yaratgan holda ularda yuklarga ishlov berish quvvati kamida 3 barobarga oshiriladi;
yuk va konteynerlarni joʻnatish jarayoni 15 — 20 foizga tezlashadi;
Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) Oʻzbekiston Respublikasining oʻrni 55-pogʻonadan past boʻlmagan darajagacha koʻtariladi;
elektron hujjatlarni joriy etish hisobiga yuklarni tashish jarayonida maʼlumotlar almashinuvi tezlashadi va tashish jarayoni soddalashtiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan oʻtuvchi transport yoʻlaklarining xalqaro transport yoʻlaklariga integratsiyasi chuqurlashtiriladi, respublikaning tranzit salohiyati oshiriladi va milliy transport yoʻlaklarining raqobatbardoshligi taʼminlanadi;
transport logistika korxonalarini, xizmatlarini, xalqaro toifadagi haydovchilarni va logistika markazlarini baholovchi reyting tizimlari va ularni ragʻbatlantirish boʻyicha tizim joriy etiladi;
transport va logistika korxonalari reytingi va ularni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish natijasida 3PL va undan yuqori formatda xizmat koʻrsatuvchi korxonalar soni oshadi;
transport-logistika sohasi faoliyatida “aniq vaqt” va “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida ishlovchi tizim yoʻlga qoʻyiladi.
Taklif etilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida mamlakat transport-logistika sohasi 2030-yilga kelib tizimli tashkil etilgan va oʻsib boruvchi sohaga aylanib, sohaning oʻsish dinamikasi milliy iqtisodiyotning oʻrtacha yillik oʻsish surʼatlaridan yuqori boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Tashqi savdo yoʻnalishlarini yanada diversifikatsiyalash va transport-logistika xarajatlarini optimallashtirish

1.

Transport-logistika sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan, umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiyasini jadallashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzish, oʻrganish oʻtkazish va ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotlar va takliflar

2025-yil sentabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Transport vazirlari Yevropa konferensiyasi” doirasidagi avtomobilda yuklarni xalqaro tashishning koʻp tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qoʻshilishi boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Yoʻl xarita

2025-yil mart

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yevropa-Kavkaz-Osiyotransport yoʻlagini rivojlantirish (TRASEKA) hukumatlararo komissiyasining doimiy kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshilishi haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

4.

Belgiya, Serbiya, Shvetsiya, Norvegiya kabi davlatlar bilan xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida ikkitomonlama hukumatlararo bitim loyihalarini ishlab chiqish va xorij tomoniga kelishish uchun yuborish.

Xalqaro shartnoma loyihalari

2025-yil davomida

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

5.

Turkmaniston bilan xalqaro tashuvlar ishtirokchilari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitim loyihasini imzolash masalasini ishlab chiqish.

Xalqaro shartnomani imzolashga tayyorlash

2025-yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

6.

Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston” yoʻnalishida yuk tashishlar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Qoʻshma harakatlar rejasi loyihasi

Tomonlar kelishuviga koʻra

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(I. Irgashev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

7.

Oʻzbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” transport yoʻlagi boʻylab tomonlar oʻrtasida temir yoʻl tashish tariflariga chegirmalarni belgilagan holda sinov tariqasida yuk tashuvlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Tomonlar kelishuviga koʻra

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

8.

Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” yoʻnalishida yuk tashishlar uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro avtomobilda tashishlarga ruxsatnoma blankalari kvotasini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

9.

Shimoliy yoʻnalishda yuk tashishlar uzluksizligini taʼminlash, temir yoʻl transportida tranzit tashishlarni xorijiy tomon bilan oʻz vaqtida kelishish va yuk tashish tariflariga chegirmalar olish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

10.

Xitoyda oʻzbek biznes vakillari ishtirokida omborxona, yuk terminallari, logistika markazlarini ijaraga olish yoki qurish uchun sharoit yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

II. Logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish

11.

Moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini qoʻllagan holda harakat tarkibini yangilash uchun mahalliy transport-logistika korxonalariga shart-sharoit yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotlar va takliflar

2025-yil aprel

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

12.

Soliq kodeksiga yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishdagi transport-ekspeditorlik shartnomasi asosida koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2025-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

13.

Harakat tarkibini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan davlat mulki obyektlari (avtokorxonalar) roʻyxatini shakllantirish va ularni oʻz profilini saqlab qolgan holda ommaviy savdolarga chiqarib borish.

Tashkiliy tadbirlar

2025-yil davomida

Davaktiv agentligi

(A. Ortikov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

14.

Avtomobilda yuklarni xalqaro tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni mahalliy avtotashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish.

Bunda ruxsatnomalarni bosqichma-bosqich chegarada yoki hududlarda berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2025-yil fevral

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi

(S. Poʻlatov)

III. Mamlakat tranzit salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish

15.

Oʻzbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” transport yoʻlagini tashkil etish boʻyicha imzolangan bayonnomaga boshqa manfaatdor davlatlarni jalb qilish, yoʻnalish boʻylab yuk tashishlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2025-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

16.

Oʻzbekiston hududi orqali temir yoʻlda tranzit tashish tezligini oshirish imkoniyatlarini oʻrganish va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2025-yil may

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

17.

Temir yoʻl transportida tranzit tashishlarga moslashuvchan tarif tizimini joriy etish orqali qoʻshimcha tranzit yuk oqimlarini jalb etish.

Kompleks tariflarni shakllantirish

2025-yil oktabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

18.

Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda transport vositalarini onlayn kuzatib borish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

19.

“Dovut ota” va “Gʻishtkoʻprik” chegara oʻtkazish punktlari infratuzilmasini yaxshilash.

Amaliy chora-tadbirlar

 

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

Bunda,

“Dovut-ota” chegara oʻtkazish punktini;

2026-yil 31-dekabr

“Gʻishtkoʻprik” chegara oʻtkazish punktini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.

2025-yil 31-dekabr

20.

Chegara oʻtkazish punktlarida elektron navbatga turish hamda tegishli toʻlov va yigʻimlarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qulay va soddalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

21.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida yuk tashish jarayonlarini uygʻunlashtirish va rivojlantirish maqsadida temir yoʻl idoralari kengashini tashkil etish tashabbusini amalga oshirish.

Konsepsiya loyihasi

Tomonlar kelishuviga koʻra

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

22.

Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab avtomobil va temir yoʻllari orqali tranzit harakat qilish uchun moʻljallangan yoʻnalishlar roʻyxatini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2025-yil avgust

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

IV. Transport infratuzilmasini kompleks va ildam rivojlantirish, logistika markazlarining keng tarmogʻini shakllantirish

23.

Yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida xalqaro standartlarga muvofiq 72 ta zamonaviy yoʻlboʻyi servis obyektlarini (TIR parklar, motellar va boshqalar) joylashtirish hududini aniqlash va elektron savdoga chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Davaktiv agentligi

(A. Ortikov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(J. Tursunov)

24.

“Baytqoʻrgʻon — Parkent” (23,8 km) temir yoʻl liniyasining qurilish ishlarini boshlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

25.

“Samarqand — Urgut” (46 km) temir yoʻl liniyasining qurilish ishlarini boshlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

26.

Miskin — Nukus” (196 km) temir yoʻl liniyasining elektrlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yakuniga qadar

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

27.

Temir yoʻl liniyalarining oʻtkazuvchanligini oshirish, tashish jarayoniga doir texnologiyalarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi temir yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Chora-tadbirlar dasturi

2025-yil oktabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

28.

Toshkent shahri atrofida yangi temir yoʻl stansiyalari va saralash maydonlarini tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotlar va takliflar

2025-yil iyul

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

29.

Toshkent xalqaro aeroportining yuk terminalini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, zamon talablariga mos texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

“Uzbekistan Airpots” AJ

(J. Umarxodjayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

30.

Ilgʻor xalqaro tajriba asosida logistika markazlarini zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2025-yil avgust

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

31.

Respublikadagi mavjud transport-logistika markazlarini BMTning Quruqlik portlari toʻgʻrisidagi bitimi talablariga muvofiq xatlovdan oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

Tahliliy maʼlumotlar

2025-yil sentabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

IV. Raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, logistika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

32.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida Toshkent shahrida Transport va bojxona raqamli ofisini tashkil etish boʻyicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va tashkilotga aʼzo-davlatlar bilan kelishish uchun IHT kotibiyatiga yuborish.

Konsepsiya loyihasi

2025-yil dekabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

33.

Yuk tashishlarda texnologik jarayonlarni raqamlashtirish yoʻli bilan yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qiluvchilar hamda tashuvchilar uchun “E-logistika” axborot tizimini ommalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

34.

Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimini Transport vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali “E-logistika” axborot tizimida ham navbat olish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

35.

E-Permit” elektron tizimi asosida amalga oshirilayotgan avtomobilda xalqaro yuk tashishlar geografiyasini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi

(S. Poʻlatov)

36.

Geoaxborot (GAT) texnologiyalari asosida transport, logistika va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi infratuzilma obyektlarining elektron ID-reyestrini yuritish hamda geoaxborot maʼlumotlar bazasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

37.

Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi qoshida xalqaro avtomobil transporti sohasida malakali kadrlar va professional haydovchilarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Mintaqaviy oʻquv markazini tashkil etish.

Bunda Mintaqaviy oʻquv markazini Toshkent avtomobil va yoʻllar texnikumining Toshkent shahri Chilonzor tumani Zavqiy koʻchasidagi bino va inshootlariga 20 yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi

(S. Poʻlatov),

Davaktiv agentligi

(A. Ortikov)

38.

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining amaldagi shtat birliklari doirasida uning tashkiliy tuzilmasida Metodologiya boʻlimini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Transport nazorati inspeksiyasi

(J. Karimov)

Izoh. “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjat shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda koʻzda tutilgan oʻzga hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq hujjatlar birlashtirilganda tegishli bandlarni bajarish uchun belgilangan eng kech koʻrsatilgan muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish natijalari boʻyicha erishiladigan asosiy
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR VA INDIKATORLAR

T/r

Koʻrsatkich va indikatorlar nomi

Oʻlchov birligi

2024-y.

Rejalashtirilgan maqsad:

2025-y.

2026-y.

2027-y.

2028-y.

2029-y.

2030-y.

1.

Xalqaro yuk tashish hajmi

(quvur transportidan tashqari)

mln tonna

59,6

63,7

68

72

76,9

83,8

119,2

2.

Tranzit yuk tashish hajmi

(quvur transportidan tashqari)

mln tonna

13,9

14,6

15,2

16

17

18,1

22,0*

3.

Transport va logistika xizmatlari eksporti

mlrd AQSH dollari

1,88

2,09

2,27

2,54

2,81

3,1

3,5

4.

Transport infratuzilma sifati:

elektrlashtirilgan temir yoʻllar ulushi

foiz

48

51

52,3

54

55,3

60,2

65

oʻtkazuvchanligi chegaralangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻl liniyalari uzunligining ulushi

foiz

15

14

13

12

11

10

9

xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining taʼmirtalab qismlari

foiz

24

22

20,5

19

17

16

15

xalqaro aeroportlar yuk terminallarining yillik oʻtkazuvchanlik quvvati

ming tonna

140

185

252

265

285

295

310

5.

Bojxona samaradorligi:

chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalarining davlat nazorat tartib-taomillaridan oʻtishiga sarflanadigan umumiy vaqt**

daqiqa

40

35

30

25

20

15

10

sunʼiy intellekt yordamida avtomatik tarzda rasmiylashtiriladigan bojxona tranzit yuk deklaratsiyalari ulushi

foiz

0

5

10

15

25

35

45

6.

Transport-logistika xizmatlari:

xalqaro yoʻnalishlarda konteynerda tashishlar ulushi

foiz

6,2

6,4

6,6

6,8

7,4

8,1

9

avtomobilda eksport-import yuk tashishlar hajmida milliy tashuvchilarning ulushi

foiz

59,7

61

61,5

62,3

63,5

64,0

65,0

logistika markazlarida yuklarga ishlov berishning yillik quvvati

mln tonna

10,4

14,5

17

20,5

24

27,5

31,2

Izoh. * Yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari ishga tushirilishini hisobga olgan holda.
** mazkur maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlar xavf darajasi yuqori boʻlgan avtotransport vositalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Dunyoda geosiyosiy keskinlikning kuchayishi hamda xalqaro yuk tashishlar bozori konyunkturasining oʻzgarishini inobatga olgan holda maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga
4-ILOVA
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida “Service area” va “Service point” obyektlarini tashkil etishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI

T/r

Hududlar nomi

Xalqaro ahamiyatdagi yoʻllar uzunligi

(km)

Davlat ahamiyatidagi yoʻllar uzunligi

(km)

Tashkil etiladigan “Service area” va “Service point” obyektlari soni prognozi

shundan:

master reja asosida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari

tayyor biznes shaklida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari

Respublika boʻyicha jami:

3 834

14 316

82

72

10

shundan:

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

664

966

14

11

3

2.

Andijon viloyati

100

793

3

2

1

3.

Buxoro viloyati

444

1 204

9

8

1

4.

Jizzax viloyati

168

1 429

3

3

5.

Qashqadaryo viloyati

425

902

10

8

2

6.

Navoiy viloyati

354

2 571

7

7

7.

Namangan viloyati

77

1 062

2

2

8.

Samarqand viloyati

385

977

8

7

1

9.

Sirdaryo viloyati

241

476

6

5

1

10.

Surxondaryo viloyati

351

991

6

6

11.

Toshkent viloyati

319

1 351

8

8

12.

Fargʻona viloyati

193

878

4

4

13.

Xorazm viloyati

113

716

2

1

1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy xizmat, transport taʼminoti va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi, shuningdek, ularga koʻp yillik xizmatlari uchun ustama toʻlovlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4545-son qarori 31-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
65 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
10 foizi — Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining vazn va gabarit parametrlarini qayd etuvchi (har bir oʻqqa tushadigan ogʻirlikni aniqlash imkoniyatiga ega) maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari bilan jihozlangan zamonaviy nazoratni tashkil etish hamda ushbu bojxona postlari hududidagi ichki avtomobil yoʻllarini tegishli holatda saqlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5197-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ishtirokidagi korxonalar koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini (xalqaro yuk tashishlarda temir yoʻl harakat tarkibi bundan mustasno) ijaraga berish”.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-111-son qarorida:
a) 2-ilovaning 13-pozitsiyasida:
“Ijro muddati” ustunidagi “2022-yil 10-fevral” va “2022-yil 1-noyabr” soʻzlari tegishincha “2025-yil fevral” va “2025-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Transport vazirligi (I. Maxkamov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Ichki ishlari vazirligi (P. Bobojonov)” soʻzlari “Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Ichki ishlari vazirligi (P. Bobojonov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-pozitsiyaning “2025-yil” ustunidagi “43” raqami “39” raqami bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyaning “2025-yil” ustunidagi “2,7” raqami “2,5” raqami bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyada:
“2023-yil” ustunidagi “253” raqami “1000” raqami bilan almashtirilsin;
“2024-yil” ustunidagi “200” raqami “-” belgisi bilan almashtirilsin;
“Jami 2022 — 2025-yillar” ustunidagi “1063” raqami “1610” raqami bilan almashtirilsin;
5.1-pozitsiyada:
“2023-yil” ustunidagi “253” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin;
“2024-yil” ustunidagi “200” raqami “-” belgisi bilan almashtirilsin;
“Jami 2022 — 2025-yillar” ustunidagi “673” raqami “520” raqami bilan almashtirilsin;
5.2-pozitsiyada:
“2023-yil” ustunidagi “-” belgisi “700” raqami bilan almashtirilsin;;
“Jami 2022 — 2025-yillar” ustunidagi “190” raqami “890” raqami bilan almashtirilsin;
8.1-pozitsiyada:
“2024-yil” ustunidagi “3,2” raqami “4,8” raqami bilan almashtirilsin;
“2025-yil” ustunidagi “2,3” raqami “4,2” raqami bilan almashtirilsin;
8.3-pozitsiyada:
“2024-yil” ustunidagi “36” raqami “17” raqami bilan almashtirilsin;
“2025-yil” ustunidagi “49” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qaroriga 1-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3.

Yangidan boshlanadigan yoʻl-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishini taʼminlash.

2025-yildan boshlab

Transport vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

;

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-422-son qaroriga 6-ilovaning 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

14.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va tranzit oʻtishi uchun yigʻim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori

a.

65 foizi

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti

b.

25 foizi

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

v.

10 foizi

Bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2025-y., 07/25/28/0076-son; 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)