toggle_night_mode
Hujjat 19.03.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3793]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-fevral,
1/2-7-son
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2014-yil 10-noyabrdagi 014-1/1294-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2631, 2014-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 597-modda) bilan tasdiqlangan Bugʻ va issiq suv quvurlari qurish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar bugʻ va issiq suv quvurlari qurish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.”;
2) 3-band “normativ hujjatlar” degan soʻzlardan keyin “, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 4-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”;
5) 9-band “xodimlar salomatligining” degan soʻzlardan keyin “mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 11-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 12-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”;
9) 32-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10) 35 — 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”;
10) 41-bandning uchinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 42-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash”“ degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 44-banddagi “QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani”” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari, yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.”;
14) 63-banddagi “12.1.003-89” va “12.1.012-90” raqamlari tegishli ravishda “12.1.003-2014” va “12.1.012-2004” raqamlari bilan almashtirilsin;
15) 66-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“72. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.”;
18) 75-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 86-banddagi “SHNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 97-banddagi “QMQ 2.04.07-99 “Issiqlik tarmoqlari” hamda QMQ 3.05.03-00 “Issiqlik tarmoqlari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 111-banddagi “SHNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarni portlash, yongʻin va yongʻin xavfliligi toifalarini aniqlash”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 120-banddagi “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 136-banddagi “QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”” degan soʻzlar “SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 137-banddagi “QMQ 3.01.03-97 “Issiqlik tarmoqlari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 139-bandning birinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2014-yil 26-dekabrdagi 140-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2650, 2015-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlaridagi suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlaridan foydalanishda ishlar xavfsizligi qoidalarida:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar aholi punktlaridagi suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlaridan foydalanish tashkilotlari xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.”;
2) 3-band “normativ hujjatlar” degan soʻzlardan keyin “, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 4-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”;
5) 9-band “xodimlar salomatligining” degan soʻzlardan keyin “mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 11-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 12-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 13-banddagi “17.2.3.02-78” raqamlari “17.2.3.02-2014” raqamlari bilan almashtirilsin;
9) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”;
10) 32-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
11) 35 va 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”;
12) 40-bandning uchinchi xatboshisidagi “QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 41-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 43-banddagi “QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani”” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari, yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.”;
16) 62-banddagi “12.1.003-89” va “12.1.012-90” raqamlari tegishli ravishda “12.1.003-2014” va “12.1.012-2004” raqamlari bilan almashtirilsin;
17) 65-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.”;
20) 74-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 83-banddagi “SHNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 91-banddagi “12.3.002-75” raqamlari “12.3.002-2014” raqamlari bilan almashtirilsin;
23) 105-banddagi “SHNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarni portlash, yongʻin va yongʻin xavfliligi toifalarini aniqlash”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 111-banddagi “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 142-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.04.02-97 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. Amaldagi sanitariya qoidalarini loyihalashtirish meʼyorlari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” va amaldagi sanitariya qoidalarini loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 165-banddagi “QMQ 2.04-02-97 “Suv taʼminoti tashqi tarmoqlar va inshootlar”ning” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2015-yil 19-oktabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2729, 2015-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 586-modda) bilan tasdiqlangan Ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.”;
2) 3-band “normativ hujjatlar” degan soʻzlardan keyin “, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 5-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”;
5) 10-band “xodimlar salomatligining” degan soʻzlardan keyin “mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 12-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 13-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”;
9) 33-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10) 36 — 38-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
37. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”;
11) 42-bandning uchinchi xatboshisidagi “QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 43-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 45-banddagi “QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani”” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 53-banddagi “QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 64-banddagi “12.1.003-89” va “12.1.012-90” raqamlari tegishli ravishda “12.1.003-2014” va “12.1.012-2004” raqamlari bilan almashtirilsin;
16) 67-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash””degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 2-bobning 14-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“73. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.”;
19) 76-banddagi ““Tabiiy va sunʼiy yoritish” QMQ 2.01.05-98” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 87-banddagi “SHNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 95-banddagi “12.3.002-75” raqamlari “12.3.002-2014” raqamlari bilan almashtirilsin;
22) 104-banddagi “SHNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarni portlash, yongʻin va yongʻin xavfliligi toifalarini aniqlash”ga” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 114-banddagi “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 166-banddagi “QMQ 2.04.13-99 “Qozonxona qurilmalari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2016-yil 18-avgustdagi 99-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2825, 2016-yil 19-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 452-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan texnik foydalanish qoidalarida:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan texnik foydalanish tartibini belgilaydi.”;
2) 3-banddagi “normativ hujjatlar” degan soʻzlardan keyin “shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 37-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlariga” degan soʻzlar “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 38-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 48-banddagi “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 50 va 51-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
51. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”;
7) 53-band “xodimlar salomatligining” degan soʻzlardan keyin “mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 55-banddagi “2.09.04-09 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)