toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OZIQ-OVQATSANOAT” QANDOLATChILIK, ChOY VA PIVO-ALKOGOLSIZ IChIMLIKLAR SANOATI KORXONALARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-maydagi PQ-359-sonli “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat sanoatining “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi PF-945-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar korxonalari, shuningdek, mulkchilikning, turli shakllaridagi xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar negizida “Oziqovqatsanoat” uyushmasi 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oziqovqatsanoat” uyushmasi:
yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan uyushma hisoblanadi hamda qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoatining mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlarini ixtiyoriy asosda birlashtiradi;
oʻz faoliyatini taʼsischilarning pay va boshqa badallari hamda ular tomonidan berilgan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi;
oʻz faoliyati masalalarini mustaqil ravishda hal etadi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalarni tashkil qiladi;
“Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernining qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati tarmoqlariga doir shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
3. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi bir oy muddatda oʻz faoliyati ustavini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qabul qilsin.
4. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasining 2 va 2a-ilovalarga muvofiq boʻlishiga hamda xodimlari cheklangan sonining 32 nafardan iborat boʻlishiga rozilik berilsin.
“Oziqovqatsanoat” uyushmasiga raisning ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Oziqovqatsanoat” uyushmasiga davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) paketini boshqarish huquqini bersin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori tahririda)
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 1994-yilda uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish ishlarini tugallasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-sentabr,
483-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 26-sentabrdagi
483-son qaroriga
1-ILOVA
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari, korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
“Toshkent pivo zavodi” jamoa korxonasi
“Toshkent “Lazzat” alkogolsiz ichimliklar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Toshkent mineral suvlar zavodi
“Toshkent chanqovbosdi ichimliklar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Koka-kola — Toshkent ichimligi” qoʻshma korxonasi
Qibray chanqovbosdi ichimliklar kombinati
“Andijon alkogolsiz ichimliklar kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Buxoro pivo zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Namangan chanqovbosdi ichimliklar kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Samarqand pivo zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Fargʻona chanqovbosdi ichimliklar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Hamza mineral suvlar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Qoʻqon pivo zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Nukus pivo zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Qarshi alkogolsiz ichimliklar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Xonobod alkogolsiz ichimliklar zavodi
“Chortoq oziq-ovqat konsentratlari tajriba zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Samarqand “Narziya” qandolatchilik fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Toshkent “Oʻrtoq” qandolatchilik fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Yangiyoʻl “Lazzat” qandolatchilik ishlab chiqarish birlashmasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Urganch qandolatchilik fabrikasi
“Olmaliq qandolatchilik fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Namangan “Dilorom” qandolatchilik fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Samarqand choy qadoqlash fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Toshkent oziq-ovqat konsentrati kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Asaka mahsulot taʼminoti va sotish boʻyicha ixtisoslashgan bazasi
Andijon qurilayotgan korxonalar direksiyasi
“Billur” firmasi
“Olgʻa” bazaviy xoʻjaligi
“Oziqovqatsanoat” xoʻjalik hisobidagi loyiha-konstruktorlik byurosi
Xorazm qurilayotgan qand-shakar zavodi direksiyasi
Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot sifatini nazorat qilish markazi
“Oʻzoziqovqattuzatishqurilish” tuzatish-qurilish birlashmasi
Respublika qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 26-sentabrdagi
483-son qaroriga
2-ILOVA
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Rahbariyat
Pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi
Qandolatchilik va choy sanoatini muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish boʻlimi
Tijorat ishlari, tayyor mahsulotni yetkazib berish va tashqi aloqalar boʻlimi
Iqtisodiyot, moliya va narx belgilash boʻlimi
Davlat tasarrufidan chiqarish, hisobga olish va hisobot boʻlimi
Investitsiyalar va ilmiy-texnika taʼminoti boʻlimi
Ishlar boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 26-sentabrdagi
483-son qaroriga
2a-ILOVA
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
JAMI: 32 kishi