1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OZIQ-OVQAT SANOATINING “OʻZOZIQOVQATSANOAT” DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI QAYTA TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-maydagi PF-3755-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat sanoatining “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi PF-945-sonli Farmonini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholiga sotishni koʻpaytirish, oʻzimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mollari bilan isteʼmol bozorini toʻldirish, oziq-ovqat sanoati korxonalari va tashkilotlarining ishlab chiqarish-xoʻjalik sohasidagi mustaqilligini taʼminlash asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernini qayta tashkil etish va uning negizida yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan quyidagi mustaqil xoʻjalik tuzilmalarini tashkil qilish toʻgʻrisida oziq-ovqat sanoati korxonalari va tashkilotlari jamoalarining takliflari qabul qilinsin:
yogʻ-moy va tamaki sanoati korxonalarining “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi;
konditer, choy va pivo-spirtsiz ichimliklar sanoati korxonalarining “Oziqovqatsanoat” uyushmasi.
2. Oʻzbekiston “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konserni tizimiga kirgan davlat korxonalari va tashkilotlari ochiq tipdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi moy va tamaki xomashyosini xarid-qilish, oʻsimlik yogʻi, margarin mahsuloti, sovun va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi korxonalar hamda tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi;
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi esa konditer mahsulotlari choy, pivo, spirtsiz ichimliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda sotish bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi.
4. Uyushmalar zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi zimmasiga
integratsiyaning bozor shakllarini rivojlantirish, raqobatga bardoshli mahsulotni oʻzlashtirishga koʻmaklashish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, yogʻ-moy mahsulotining ekologik jihatdan sof va sifatli turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qoʻshma korxonalar barpo etish;
zamonaviy texnika, texnologiya va ilgʻor tajribani joriy etish, mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining barcha bosqichlarida chiqindisiz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va nobudgarchilikning oldini olish;
uyushma taʼsischilariga marketing xizmatini taʼminlash, turdosh korxonalar bilan tijorat qoidalariga asoslangan bevosita kooperatsiya aloqalari oʻrnatish va shu asosda mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni koʻpaytirish;
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi zimmasiga
chetdan keltiriladigan xomashyo va moddiy-texnika resurslarini ulgurji xarid qilish va uyushma qatnashchilariga sotish, eksportga moʻljallangan mahsulot va import mahsulotlar oʻrniga oʻzimizda shunday mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
faoliyat koʻrsatishning bozor sharoitlarida uyushma korxonalari va tashkilotlariga ishni tashkil etishda, ularni mulkchilikning xususiy va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga aylantirishda koʻmaklashish;
oziq-ovqat xomashyosi va mahsuloti tashqi bozoridagi oʻzgarishlarni oʻrganish, firma savdosini rivojlantirish, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar oʻrnatish va bunday aloqalarni kengaytirishga, qoʻshma korxonalar va ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga oid tashkiliy tadbirlarni koʻzda tutuvchi qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-sentabrdagi 482-son “Yogʻmoytamakisanoat” yogʻ-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-sentabrdagi 483-son “Oziqovqatsanoat” qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida” qarorlariga qarang.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
6. “Oziq-ovqat sanoatining “Oʻzoziqovqatsanoat” konsernini Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoatining “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konserniga aylantirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-maydagi 602-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-sentabr,
PF-945-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 268-modda)