toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN KOʻMIR, TABIIY VA SUYuLTIRILGAN GAZ UChUN ShARTNOMAVIY (ERKIN) NARXLARGA OʻTISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gazni qazib olish, ishlab chiqarish, tashish xarajatlarining qimmatlashganligi munosabati bilan hamda tegishli tarmoqlarning barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab aholiga sotiladigan koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aholiga sotiladigan koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun narxlarning asoslangan holda shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son va 1994-yil 30-maydagi 273-son qarorlarining koʻmir hamda tabiiy va suyultirilgan gazning cheklangan chakana narxlari va tariflariga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-sentabr,
454-son