1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN YoQILGʻI, ENERGIYA VA KOʻRSATILADIGAN XIZMATLARNING ChAKANA NARXLARINI HAMDA TARIFLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-maydagi 273-sonli “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, elektr energiyasi chakana narxlarini hamda yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarini tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Ushbu qarorning aholiga sotiladigan koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflariga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-sentabrdagi 454-sonli qarori asosida bekor qilingan.
Respublikaga keltirilayotgan yoqilgʻi, moddiy-texnika va boshqa resurslar narxlarining oshishi munosabati bilan, energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish va xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 1-fevraldan boshlab yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmati va aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning ayrim turlariga chakana narxlar va tariflar ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Respublika aholisining ayrim toifalariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalda boʻlgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yoqilgʻi, energiya, xizmatlar ayrim turlarining yangi chakana narxlarini tasdiqlasin va narx preyskurantlarini chiqarsin hamda barcha manfaatdor vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻmirning chakana narxi preyskurantlarini mazkur qarorga muvofiq tasdiqlasinlar.
5. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar suyultirilgan gaz va koʻmir qoldiqlarini 1994-yil 1-fevraldagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar, qayta baholashdan tushgan summani oʻzlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 359-son, 1993-yil 17-sentabrdagi 462-son, 1993-yil 14-oktabrdagi 494-son va 1993-yil 27-noyabrdagi 572-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 27-yanvar,
45-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son qaroriga ILOVA
Yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilarni tashuvchi transport xizmati va aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning ayrim turlariga belgilanadigan chakana narx va tariflarning
cheklangan miqdorlari
Oʻlchov birligi
Chakana narxi (tarif) bir birlik uchun soʻm-kuponlarda
Tabiy gaz
1000 m3
1500
Suyultirilgan gaz
kg
180
Elektr energiyasi
kVt . ch
10
Elektr plitalar bilan jihozlangan uy-joylarda yashovchi aholiga beriladigan elektr energiyasi
kVt , ch
5
Koʻmir (oʻrtacha)
tonna
12000
Shahar transporti (metro, avtobus, tramvay, trolleybus)da yoʻlovchilar tashish
1 poyezdka
50
Shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashish: