1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
qarori
Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3171-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 1-iyuldagi 52QQ, 86-son qarori (roʻyxat raqami 3171, 2019-yil 1-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/3171/3384-son) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-mart,
18-QQ-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-mart,
01-05/QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-son qaroriga ILOVA
Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Mazkur Nizom ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan (bundan buyon matnda halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb yuritiladi) deb topish tartibini belgilaydi.”.
“5. Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi, Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari, Tashkiliy departament boshligʻi, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshligʻi, Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari — Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi, Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi va Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.”.
birinchi xatboshidagi “Kadrlar bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Kadrlar bosh boshqarmasining” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 11-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kadrlar bosh boshqarmasining” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 17-banddagi “Kadrlar bosh boshqarmasida” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“35. Terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini taʼminlash) chogʻida halok boʻlgan (olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan) xodimlar farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlim muassasasidan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan tashkil etilgan komissiyaga” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)