Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
“Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi
qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 465-son “Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 3-dekabrdagi 193-Q-son “Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2173, 2010-yil 28-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 527-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-son “Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2173-1, 2011-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 330-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 76-B-son “Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2173-2, 2013-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 58-modda).