toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 13-ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3221-9]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son) 13-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirdagi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan soliq hamda buxgalteriya hisobi oʻrtasidagi farqlarni hisob-kitoblar, tushuntirishlar va izohlarda oshkor etish toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais F. PULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-yanvar,
2025-28-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 12-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 26-yanvardagi 2025-28-son qaroriga
ILOVA

STIR

varaq

1

3

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan soliq hamda buxgalteriya hisobi oʻrtasidagi farqlarni hisob-kitoblar, tushuntirishlar va izohlarda oshkor etish toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

Hujjat turi

/

Hisobot davri

Chorak

Soliq davri

Hujjat turi: 1 — maʼlumotlar, 2 — aniqlashtiruvchi (kasr orqali aniqlashtiruvchi raqam)

Soliq toʻlovchining toʻliq nomi ______________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Soliq toʻlovchining joylashgan joyi

___________________________________________________________

Pochta manzili

___________________________________________________________

Oʻlchov birligi, ming soʻm

Hisob-kitobni taqdim etish muddati (kun/oy/yil)

_________________________________________________________________________ga taqdim etiladi

(soliq boʻyicha hisobga olish joydagi soliq organi)

Tafovutlar mazmuni

Satr kodi

Yuzaga kelgan tafovutlar

Izoh

MHXS asosida buxgalteriya hisobi boʻyicha qiymat

Soliq hisobi boʻyicha qiymat

Tafovut

(3-4)

010

020

030

040

050

Ushbu maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:

Rahbar

Bosh buxgalter

JSHSHIR

JSHSHIR

F.I.O.

____________________________

F.I.O.

____________________________

Imzo

Imzo

Sana (kun/oy/yil)

Izoh: Ushbu maʼlumot shakli soliq organlariga buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil qilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2026-y., 10/26/3221-9/0107-son)