J.A. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
A.Ya. Xaydarov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari |
K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
N.Q. Xolmurodov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
M.Sh. Istamov | — | adliya vaziri oʻrinbosari |
A.A. Turdaliyev | — | Markaziy bank raisi oʻrinbosari |
O.A. Pekos | — | raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
M.M. Mirzayev | — | Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
V.Yu. Pak | — | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori oʻrinbosari |
A.J. Ortiqov | — | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
J.O. Urunov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari |
D.A. Vahobov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi raisi |
B.Q. Abdinazarov | — | “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
M.M. Tulaxodjayeva | — | Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi raisi |
D.A. Sultanova | — | Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi boshqaruvi ijrochi direktori |
M.M. Perper | — | Oʻzbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi raisi |
O.Sh. Sultanov | — | Xalqaro buxgalteriya autsorsing tashkilotlari uyushmasi boshqaruvi raisi |
O.O. Barakayev | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi, Respublika komissiyasi masʼul kotibi |
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Masʼullar |
I. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtishni muvofiqlashtirish va ushbu jarayonda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda uslubiy jihatdan taʼminlash | |||||
1. | Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi oʻrinlarda — MHXS) oʻtish jarayonini muvofiqlashtirish. | 1. MHXSni joriy qilish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarning vazifalarini aniq belgilab berish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “UzAssets” AJ |
2. Tadbirkorlik subyektlarining MHXSga oʻtish jarayonini toʻliq qamrab oladigan va ularning faoliyat turidan kelib chiqib, MHXSni qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | |||
3. Tadbirkorlik subyektlarini MHXSni joriy qilish boʻyicha tashkiliy va uslubiy jihatdan taʼminlab borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har chorak | |||
2. | MHXSga oʻtish jarayonini muvofiqlashtirishda tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish. | 1. MHXS birinchi marta qoʻllanganda tadbirkorlik subyektiga MHXS asosidagi dastlabki moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda oldingi mos davrning eng kamida bitta sanasiga nisbatan qiyosiy axborotni oshkor etishiga ruxsat etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
2. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritilmagan tashkilotlarga moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotning milliy standartlari (keyingi oʻrinlarda — MHMS) asosida tuzishi hamda soliq organlariga taqdim etishida uslubiy yordam koʻrsatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi | ||
3. | Moliyaviy (buxgalteriya) hisob tizimini avtomatlashtirish va Yagona hisobotlar tizimiga integratsiyalash. | 1. Buxgalteriya hisobini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarini oʻrganish, bu borada milliy va xalqaro amaliyotga mos keladigan dasturiy mahsulotlarni tahlil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. ERP (Enterprise resourse planning) va buxgalteriya dasturiy taʼminotlarida MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllarini avtomatik ravishda toʻldirish mexanizmlarini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi | ||
3. MHXS asosida moliyaviy hisobotni hamda uning sifatini nazorat qilish uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish va uni Yagona hisobotlar tizimiga integratsiyalash orqali joriy qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank | ||
4. | MHXSni joriy qilishda raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish imkoniyatlarini oʻrganish va malakali mutaxassislarni tayyorlash. | 1. MHXSni raqamlashtirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Buxgalter, auditor va moliya mutaxassislari uchun raqamli bilimlar (ERP, AI, Big Data) boʻyicha malaka oshirish dasturlarini joriy qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. Oliy taʼlim muassasalari va tegishli jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | |||
5. | Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish hamda ularda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish. | 1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasi mezonlariga javob beradigan tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish va unga zarur oʻzgartirishlarni kiritib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har chorak | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi |
2. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarda audit qoʻmitasini tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻmak berish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
6. | MHXSni amaliyotga joriy qilishni uslubiy jihatdan taʼminlash. | 1. Buxgalteriya hisobi va audit sohasi boʻyicha malakali mutaxassis va amaliyotchilar, xorijiy va mahalliy ekspertlardan iborat metodologik kengash tashkil etish va uning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Metodologik kengash tomonidan MHXS va auditga doir masala va muammolarni muhokama qilish hamda ushbu masalalar yuzasidan tegishli xulosalarni rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har chorak | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | ||
7. | MHXSni joriy etish jarayonida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni sohalar va tarmoqlar kesimida oʻrganish va hal etish hamda ularni uslubiy taʼminlash. | 1. Metodologik kengash tomonidan moliya, sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa soha va tarmoqlarda MHXSni joriy qilish boʻyicha muammolarni oʻrganish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Soha va tarmoqlar kesimida MHXS asosida hisob yuritish va moliyaviy hisobot tayyorlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har chorak | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
3. Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi MHMSni ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi | ||
4. Fermer xoʻjaliklari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi MHMSni ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||
8. | Moliyaviy hisobotning milliy standartlarini 2027-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish. | 1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini (keyingi oʻrinlarda — BHMS) xalqaro talab va standartlarga asosan qayta koʻrib chiqish hamda ularni unifikatsiya qilish orqali Kichik va oʻrta biznes uchun MHXSga uygʻunlashgan Moliyaviy hisobotning milliy standartlari loyihalarini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
2. MHMS loyihalarini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi | ||
9. | MHXS va MHMS boʻyicha, jumladan, moliyaviy hisobotlarga doir normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish. | 1. MHXSga muvofiq standartlashtirilgan, jumladan, konsolidatsiyalashgan hisobotlar uchun moliyaviy hisobot shakllarini va MHXSga moslashtirilgan namunaviy hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ |
2. Daromadlar va xarajatlar tarkibi toʻgʻrisidagi MHMSni ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. MHMSning BHMSdan farqlari va afzalliklari bayon etilgan sharhli qoʻllanma ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
10. | MHXS va MHMSga muvofiq qimmatli qogʻozlar emitentlari tomonidan Korporativ axborot yagona portalida moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish jarayonini takomillashtirish. | 1. Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Korporativ axborot yagona portalida eʼlon qilinadigan moliyaviy hisobotlarning soddalashtirilgan shaklini tasdiqlash va texnik imkoniyatini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning auditorlik tekshiruvidan oʻtgan yillik moliyaviy hisobotining toʻliq toʻplamini Korporativ axborot yagona portaliga joylashtirish va eʼlon qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yil yakuniga koʻra | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
11. | Sugʻurta tashkilotlari MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga oʻtishi boʻyicha choralar koʻrish. | 1. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning sugʻurta zaxiralarini shakllantirish va toʻlov qobiliyatini aniqlash metodikasini “Solvency II” meʼyorlariga muvofiqlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Soliq va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlarini sugʻurta tashkilotlari uchun qoʻllanadigan MHXSga muvofiqlashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqqan holda oʻzgartirish yuzasidan takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi | ||
II. MHXSni joriy qilishda soliq munosabatlarini tartibga solish | |||||
12. | Tadbirkorlik subyektlarini MHXSni joriy qilishda soliq munosabatlari boʻyicha huquqiy va uslubiy jihatdan taʼminlash. | Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida MHXS asosida foyda soligʻini hisoblash boʻyicha soʻrov oʻtkazish va ularga mazkur masalada uslubiy yordam koʻrsatish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
13. | Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi oʻrtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish hamda tadbirkorlik subyektlarini huquqiy va uslubiy jihatdan taʼminlash. | 1. Soliq hamda buxgalteriya hisobi oʻrtasidagi farqlarni hisob-kitoblar va tushuntirishlar, moliyaviy hisobotga izohlarda oshkor etishni takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil fevral | Soliq qoʻmitasi |
2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda soliq qonunchiligiga daromadlar, xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni soliq hisobi maqsadlarida tan olish prinsiplari va tartiblarini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi | ||
14. | MHXSni joriy qiluvchi tashkilotlar uchun zarur sharoitlar yaratish. | 1. Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali MHXS boʻyicha hisobot topshirishning texnik reglamentini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetida MHXSga oʻtuvchilardan xabarnomani qabul qilish va ularning hisobotlarini eʼlon qilish imkoniyatini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Soliq qoʻmitasi | ||
III. Qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish | |||||
15. | Moliyaviy hisob tizimiga doir qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. | 1. Moliyaviy hisob tizimiga doir amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va ilgʻor xalqaro tajriba asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2. Yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | 2025-yil dekabr | |||
16. | MHXSni joriy qilishga doir qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va muvofiqlashtirish. | 1. MHXSni joriy qilishga doir qonunchilik hujjatlarini inventarizatsiya qilish va roʻyxatini shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Mazkur roʻyxatdagi hujjatlarda keltirilgan normalarning ushbu qaror talablariga muvofiqligini taʼminlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
17. | “Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar” tushunchasi va toifasidan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish. | “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | 2026-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Moliyaviy hisob tizimini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda malakali kadrlar bilan taʼminlash | |||||
18. | Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar tomonidan “MHXSning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish standartlari”ni (IFRS Sustainability Disclosure Standards) 2027-yil 1-yanvardan boshlab joriy qilish. | 1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi bilan bitim tuzish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Kelishuvga muvofiq | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. “MHXSning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish standartlari”ni tan olish tartibi va joriy etish toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. “MHXSning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish standartlari” matnini davlat tiliga tarjima qilish hamda MHXS fondi yillik xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
4. Barqaror rivojlanish va ESG (Environmental, Social, Governance) hisobotini tayyorlash qoidalari va ularni joriy etish boʻyicha tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil dekabr | “UzAssets” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
5. “MHXSning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish standartlari”ni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ | ||
19. | “Yashil buxgalteriya” (Green accounting) amaliyotini joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning ekologik xarajatlarini aniqlash, hisobga olish va hisobot berish usullarini belgilashni nazarda tutuvchi “yashil buxgalteriya” (Green accounting) amaliyotini joriy qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
2. Davlat ishtiroki mavjud yirik korxonalarda barqaror rivojlanish sohasidagi maʼlumotlarni oshkor qilish va ESG hisobot standartlarini joriy etish uchun masʼul boʻlinmalar tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ | ||
20. | Tadbirkorlik subyektlarini MHXS boʻyicha xalqaro sertifikatga ega malakali kadrlar bilan taʼminlash. | MHXS boʻyicha buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida MHXS (“MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot”, “Audit va ishonch bildirish xizmatlari”, “Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (ACCA DipIFR)” fanlari va boshqalar) imtihon xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplab berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026 — 2028-yillar davomida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
21. | Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda milliy sertifikatlash tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Buxgalterlar va auditorlarni milliy sertifikatlashtirishdan oʻtkazishning amaldagi tartibining ushbu sohadagi xalqaro standartlar va talablarga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Taʼlimning xalqaro standartlariga (International Education Standards — IES) muvofiq darajali va modulli yondashuvga asoslangan xalqaro ilgʻor amaliyotdan kelib chiqib, kasbiy sertifikatlashtirish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari | ||
3. Auditorlar malakasini oshirish dasturlarini qayta koʻrib chiqib, Taʼlimning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari | ||
22. | Davlat taʼlim standartlari va talablarini xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish. | 1. Oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim uchun moliya mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim standartlari, shuningdek, moliyaviy mutaxassisliklar boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabrga qadar | |
2. Oliy taʼlimning bakalavr va magistratura bosqichining “Buxgalteriya hisobi va audit” taʼlim yoʻnalishlari mavjud taʼlim muassasalarida xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturlarini tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. “Moliyaviy hisobotning milliy standartlari”, “Professional buxgalterlarning xalqaro odob-axloq kodeksi” va “Sud-buxgalteriya ekspertizasi” fanlarini oʻrganishni nazarda tutuvchi yangilangan oʻquv dasturlarini taʼlim jarayoniga joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | |||
23. | Buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi ilmiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq qilish. | 1. Sohaga doir xalqaro tan olingan ilmiy yangiliklarni oʻrganish va amaliyotga joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har yili | |
2. Ilmiy yangiliklar asosida tegishli qonunchilik hujjatlari, standartlar, qoidalar va reglamentlarni qayta koʻrib chiqish, zaruratga qarab ularga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
24. | Respublika hududida buxgalterlar va auditorlar uchun Xalqaro odob-axloq kodeksini toʻliq joriy etish. | 1. Buxgalterlar va auditorlar uchun oʻquv dasturlari va imtihon modullarini xalqaro taʼlim standartlari va Professional buxgalterlarning xalqaro odob-axloq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda — Odob axloq kodeksi, Code of Ethics for Professional Accountants) muvofiq tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan boshlab | |
2. Buxgalterlar va auditorlar uchun Odob-axloq kodeksining asosiy prinsiplariga amal qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatma tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. Respublikaning barcha hududlarida buxgalterlar va auditorlar uchun Odob-axloq kodeksini oʻqitish orqali ularning mustaqilligi, axloqiy normalar va talablar toʻgʻrisida xabardorligini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | |||
V. MHXSga oʻtishni monitoring qilish tizimini takomillashtirish | |||||
25. | MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotlarning elektron bazasini shakllantirish va moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan davlat organlarining elektron tizimlarini integratsiya qilish. | 1. MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotlarning Yagona hisobotlar tizimida elektron bazasini shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Axborot tizimlarini integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | |||
3. Yillik moliyaviy hisobotlar va auditorlik xulosalarni tahlil qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yil yakuniga koʻra | |||
26. | Doimiy ravishda yangilanib turadigan umumiy foydalanishdagi elektron resurslarni ishlab chiqish va yuritish. | “Professional buxgalterlar reyestri”, “Auditorlar reyestri”, “Auditorlik tashkilotlarining reyestri”, “Soliq maslahatchilari reyestri”, “Ichki auditorlar reyestri” elektron resurslarini ishlab chiqish va yuritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
27. | MHXS va auditning xalqaro standartlarini joriy etishga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar xodimlarining malakasini oshirish va yuqori malakali xodimlar bilan taʼminlash. | Xalqaro auditorlik tashkiloti aʼzosi boʻlgan auditorlik tashkilotlarining respublika hududidagi oʻquv muassasalarida vazirlik va idoralarning mutaxassis va xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
28. | Davlat ishtirokidagi korxonalarning MHXSga oʻtishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish. | 1. MHXSga oʻtishi belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini shakllantirish va ushbu roʻyxatni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan boshlab | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Davlat ishtirokidagi korxonalarda yillik rejalashtirish (budjetlashtirish) tamoyillarini MHXSga muvofiqlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ | ||
3. MHXSga oʻtishi belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi yigʻilishida ijro organi MHXSga oʻtish holati toʻgʻrisida hisobot berishini taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Yil yakunlari boʻyicha | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “UzAssets” AJ | ||
29. | Auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish. | 1. Sohaga oid xalqaro professional tashkilot va idoralar bilan hamkorlik oʻrnatish va tajriba almashish. | Amaliy chora-tadbirlar | Kelishuvga muvofiq | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Mustaqil audit regulatorlarining xalqaro forumi tashkilotiga (International Forum of Independent Audit Regulators — IFIAR) aʼzo boʻlish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Kelishuvga muvofiq | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
3. Tashkilotga aʼzolikning yillik badalini toʻlash xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
30. | Auditorlik faoliyati va ichki audit tadbirlarini oʻtkazishni takomillashtirish. | 1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha talablarni belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil mart | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Auditorlik malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonini oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. Ichki audit faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarga mos samarali ichki audit tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil aprel | “UzAssets” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||