1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining
Qarori
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3197-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-oktabrdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 3197, 2019-yil 19-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2019-y., 10/19/3197/4037-son) bilan tasdiqlangan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
1-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 19-yanvar
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
2026-yil 14-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-son qaroriga ILOVA
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);”.
“3. Poligonlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining taklifiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladi hamda poligonlar qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.”.
3. 5-banddagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi” degan soʻzlar “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“29. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni — poligonning chiqindilar koʻmib tashlanadigan asosiy qismi hisoblanadi. U qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishning yillik hajmidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashining qaroriga asosan poligon maydonining 85 — 95 foiz qismida joylashtiriladi.”.
5. Quyidagi mazmundagi 501-band bilan toʻldirilsin:
“501. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq poligonlar hududida “nol chiqindi” tamoyili asosida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish va qayta ishlash, ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zonalar tashkil etilishi mumkin.”.
6. 51-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 10/26/3197-4/0099-son)