toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAhKAMASI HUZURIDAGI BOSh ARXIV BOShQARMASI BOShLIG‘Ining
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXIVLARI O‘QUV XONALARIDA FOYDALANUVChILARNING IShLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 20-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1053]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 2020-yil 18-dekabrdagi 254-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1053-3, 22.12.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Arxivlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalari tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Buyruq kuchga kiritilgan kundan boshlab 1995-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida izlanuvchilarning ishlash qoidalari to‘g‘risidagi loyihasi haqida” O‘zbosharxiv kollegiyasi qarorini e’lon qilgan O‘zbosharxivning 1995-yil 30-iyundagi 11-son buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida 1995-yil 29-iyunda O‘zbosharxiv kollegiyasi tomonidan maqullangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida izlanuvchilarning ishlash qoidalari tadbiq etilmasin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish hujjatlarni ishlatish va nashr etish bo‘limi boshlig‘i R.Z. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin.
Boshqarma boshlig‘i P.N. NIGMATOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-iyun,
11-son
“O‘zbosharxiv” boshlig‘ining 29-iyun 2001-yildagi 11-son buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXIVLARI O‘QUV ZALLARIDA FOYDALANUVChILARNING IShLASh
QOIDALARI
O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi “Arxivlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1999-y., 5-son (1277), 277 — 285-betlar), “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son (1252-1253), 159 — 161-betlar) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qarorlar to‘plami 1999-yil oktyabr, 171 — 200-betlar) muvofiq ishlab chiqilgan.
Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallari (kinozal, fono hujjat eshitish xonalari va h.k.)da foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Arxiv xodimlarining foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish tartibi, majburiyatlari, arxiv ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Barcha foydalanuvchilar arxiv hujjatlarini kirib ko‘rishda teng huquqli.
2. O‘quv zallariga tashrif va arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun haq olinmaydi.
3. O‘quv zallari ish tartibi arxiv rahbariyati tomonidan o‘rnatiladi.
II. DAVLAT ARXIVLARI O‘QUV ZALLARIGA FOYDALANUVChILARNING KIRISh TARTIBI
4. Ilmiy tadqiqot muassasalarining rejalariga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan yoki xizmat vazifalarini bajarayotgan foydalanuvchilar o‘z tashkilotlari xatlarini taqdim etadilar.
5. Shaxsiy tashabbusi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadigan foydalanuvchilar shaxsiy arizalari orqali o‘quv xonalariga kirishlari mumkin.
6. Foydalanuvchilarning xatlarida yoki shaxsiy arizasida ismi, familiyasi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, unvoni, tadqiqot mavzusi hamda xronologik chegarasi, maqsadi ko‘rsatilishi shart.
7. Foydalanuvchilarga o‘quv zallarida ishlash uchun ruxsatnoma arxiv rahbariyati tomonidan zarur bo‘lgan muddatga, ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab 1 yil mobaynida foydalanish uchun beriladi. Agar muddatni uzaytirish zarur bo‘lsa, mazkur masala arxiv rahbariyati bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi tadqiqot mavzusini o‘zgartirgan holda tashkilot nomidan yangi xat yuboriladi, shaxsiy ariza bilan ishlayotgan tadqiqotchi yangi ariza taqdim etadi.
8. 16 yoshga to‘lmagan, sud tomonidan vakolatsiz deb topilgan shaxslarga hujjatlar bilan ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Barcha foydalanuvchilar ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqadilar va savolnomani to‘ldiradilar (Ilova).
10. O‘quv zallariga kirish ruxsatnomasini rasmiylashtirish foydalanuvchilar tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
11. Davlat arxivi o‘quv zallariga xorijiy foydalanuvchilarni qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi:
a) ilmiy va madaniy almashinuvi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tegishli davlat arxiv hujjatlariga qo‘yilishi darajasida;
b) O‘zbekiston Respublikasi va chet ellik foydalanuvchi davlati o‘rtasidagi ikki tomonlama bitim mavjud bo‘lmasa, foydalanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda hujjatlar bilan ishlashga ruxsat etiladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma ruxsati O‘zbekistondagi chet el elchixonasi, boshqa vakolatli organlari yoki foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot orqali rasmiylashtiriladi. Yozma ruxsatda foydalanuvchi istiqomat qiladigan mamlakat nomi, ismi, familiyasi, otasining ismi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, tadqiqot mavzusi, xronologik chegaralari, maqsadi va qaysi arxivlarda ishlash mumkinligi ko‘rsatilishi shart.
13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining chet el foydalanuvchisiga davlat arxivi hujjatlari bilan aniq ilmiy mavzu bo‘yicha ishlash uchun yozma ruxsati olingandan so‘ng, doimiy vakolatli organ yoki foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot tegishli davlat arxiviga rasmiy xat taqdim etadi.
14. Rasmiy xatda Tashqi ishlar vazirligining xorijiy foydalanuvchisiga O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat arxivlarida ishlash uchun ruxsati ko‘rsatilishi kerak (ruxsat hujjat raqami va sanasi), shuningdek foydalanuvchining ismi, familiyasi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi yoki o‘qish joyi, tadqiqot mavzusi, xronologik chegaralari, maqsadi, tadqiqot olib borish ko‘zda tutilgan arxivlar nomi va hujjatlar ko‘rsatilishi lozim.
III. FOYDALANUVChILARNING HUQUQ, MAJBURIYAT VA JAVOBGARLIKLARI
15. Foydalanuvchilarga arxivdagi mavjud ma’lumotnomalar (yo‘l ko‘rsatkichlar, opislar, kataloglar, sharhlar va boshqalar) arxiv hujjatlari, shu jumladan kinohujjatlar, fotohujjatlar pozitiv nusxalari (pozitiv izlar ko‘rinishida yoki fotokatalog kartochkalaridagi nazorat izlari), fonohujjatlar, hamda mikronushalar, audiovizual va mashina orqali o‘qiladigan hujjatlar, shu jumladan, elektron hujjatlar bilan ishlash uchun texnik jihozlar taqdim etiladi.
16. Davlat arxivlarning o‘quv zallarida ishlayotgan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
a) o‘quv zallarining ish tartibi, arxiv tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar va ularni taqdim etish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
b) tadqiqot mavzusi bo‘yicha mavjud hujjatlarning tarkibi va mazmuni, arxiv ma’lumotlari to‘g‘risida arxiv mutaxassislaridan maslahatlar olish;
v) tadqiqot mavzusi bo‘yicha hujjatlarni berish va nusxa ko‘chirishga cheklovlar, shuningdek ularning amal qilish muddatlari to‘g‘risida axborot olish, jumladan yozma ravishda;
foydalanuvchilar munozarali masalalarni hal qilish uchun arxiv rahbariyatiga yoki respublika arxiv tizimidagi yuqori turuvchi vakolatli davlat organlariga, shuningdek o‘rnatilgan tartibda sud organlariga murojaat etishlari mumkin;
g) arxiv bosma nashrlar saqlovxonalarining bosma nashrlaridan foydalanishga (ilmiy-ma’lumotnoma kutubxonalari, ma’lumotnoma va axborot fondlari);
d) tadqiqot mavzusi bo‘yicha arxiv hujjatlaridan nusxa olishga buyurtma berish, ularga taqdim etiladigan yig‘majildlar, hujjatlar, arxiv ma’lumotnomalaridan davlat arxivi xodimlari tomonidan majburiy tarzda ko‘rib chiqiladigan ko‘chirmalar olish;
e) arxiv rahbariyati yozma ruxsati bilan boshqa foydalanuvchilarning ishlashiga to‘sqinlik qilmasa o‘z texnik vositalaridan foydalanish (shaxsiy kompyuter, magnitofon, diktofon va boshqalar) yoki arxiv texnik vositalarini ijaraga olish;
yo) o‘quv zallariga arxiv xodimlari kelishuvi bilan bosma matnlarni olib kirish ma’lumotlarni olib kirish. Ularni o‘quv zaliga kiritish va olib chiqish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
foydalanuvchining qo‘lyozmalari ma’lumotlari ruxsatnomasiz olib chiqiladi.
17. Foydalanuvchilarga tarjimonlar yoki yordamchilar hamroh bo‘lishlari mumkin.
18. Foydalanuvchilar quyidagilarga majbur:
a) O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlarining o‘quv xonalarida foydalanuvchilarning qoidalariga amal qilish;
b) foydalanuvchi xar safar o‘quv zaliga tashrif buyurishni qayd etish jurnalida ro‘yxatdan o‘tish;
v) ko‘rib chiqilgan yig‘majildlardan foydalanish varaqalarini foydalanish sanasi, familiya va initsiallarni (aniq ko‘rinishda), foydalanish mohiyatini (nusxa olish, ko‘chirma olish, ko‘rib chiqish va x.z, foydalangan varaqlarning sanalari) ko‘rsatgan holda to‘ldirish;
g) foydalanuvchi o‘quv zaliga har bir tashrif oxirida unga taqdim etilgan ro‘yxatlar (opislar), yig‘majildlar (saqlov birliklari) hujjatlar, bosma nashrlarni o‘quv zali xodimiga topshirish;
d) mikrofotonusxalar, maxsus axborot tashuvchilaridagi hujjatlar bilan ishlashda texnik talablarga rioya qilish;
e) o‘quv zallari tartibiga rioya qilish;
yo) davlat arxivlarining o‘quv zallari qoidalarini buzgan foydalanuvchi arxivning o‘quv zalida ishlash huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqida qaror arxiv rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.
j) arxiv hujjatlariga ziyon yetkazish va o‘g‘irlash, shuningdek arxivga moddiy zarar yetkazgan foydalanuvchilar mamlakatdagi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
IV. ILMIY MA’LUMOTNOMA APPARATI YIG‘MAJILDLAR, HUJJATLAR, MIKROFOTONUSXALAR , BOSMA NAShRLARNI TAQDIM ETISh TARTIBI
19. Arxiv hujjatlari, mikrofotonusxalar, bosma nashrlar foydalanuvchilarga buyurtmalar asosida taqdim etiladi.
20. Arxiv hujjatlari, bosma nashrlar va arxiv ma’lumotnomalari foydalanuvchilarga taqdim etilgan materiallarning har biriga buyurtma shaklida kelib tushgan holda beriladi. Buyurtma qilingan materiallarni qabul qilishda foydalanuvchi buyurtma shakliga imzo chekadi.
21. Bir vaqtning o‘zida foydalanuvchiga 5 dona opis, 25 yig‘majildlarni (25 mikrofotokopiya byuksi) yoki saqlov birligidagi kino hujjatlar, audio hujjatlarni 3 soat vaqt mobaynida berilishi mumkin.
22. Buyurtma qilingan yig‘majildlar, hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim etish muddatlari arxiv rahbariyati tomonidan o‘rnatiladi, lekin buyurtma kunidan boshlab 3 ish kunidan oshmasligi kerak.
23. O‘quv zalida saqlanayotgan ro‘yxatlar, ma’lumotnoma-axborot nashrlar, va boshqa bosma nashrlar foydalanuvchilarga buyurtma kuni taqdim etiladi.
24. Foydalanuvchilarga ro‘yxatlar 5 kun muddatga taqdim etiladi, arxiv yig‘majildlari va mikrofotokopiyalar 1 oy muddatga beriladi.
Alohida qimmatli hujjatlar foydalanuvchilarga 5 kungacha beriladi. Noyob hujjatlar 1 kunga beriladi.
O‘quv zallarida arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish muddatini uzaytirish o‘quv zali xodimi bilan kelishiladi, alohida qimmatli hujjatlar arxiv rahbariyati bilan kelishiladi.
Yig‘majildlarni qayta taqdim etish muddatlarini arxiv rahbariyati belgilaydi. Foydalanuvchi o‘quv zaliga kelmasa, takroriy berish qoidaga ko‘ra 3 oydan so‘ng bo‘ladi.
25. Foydalanish fondi mavjud bo‘lgan qog‘oz asosdagi asl hujjatlar o‘quv zallariga qoidaga ko‘ra taqdim etilmaydi.
Asl hujjatlar arxiv rahbariyati ruxsati bilan maxsus sharoitlarda berilishi mumkin (masalan, tashqi xususiyatini o‘rganish uchun, texnik uskunalar yetishmovchiligi, nusxalar sifatsiz bo‘lsa va boshqalar). Kinofotofono hujjatlar foydalanuvchiga nusxa ko‘rinishda taqdim etiladi.
26. Arxiv hujjatlarining saqlanishini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
a) o‘quv xonalariga portfellar, sport va xo‘jalik sumkalari, soyabon hamda yozuv axborotni yozuvchi, saqlovchi va yetkazib beruvchi elektron vositalari (mobil telefonlar, yozib oluvchi va yozib olmaydigan ma’lumot tashish vositalari);
b) chekish, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, ichimliklar maxsus joylarda bo‘lishi kerak;
v) o‘quv xonalaridan hujjatlarni olib chiqib ketish, ularni boshqa shaxslarga berib yuborish, yig‘majild varaqlarini boshqalariga qo‘shib yuborish, arxiv hujjatlarining ustidagi qog‘oz varaqlariga yozish, qog‘oz chetini buklash, begona buyumlarni hujjat orasiga qo‘yish, hujjatlardan nusxa ko‘chirish, uzoq vaqt hujjatlarni ochiq holda quyosh va elektr nurlaridan himoyasiz qoldirish, arxiv hujjatlariga va ularni tashuvchi axborot vositalarining butunligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish;
g) hujjatlar bilan ishlashda kley, skotch, yozuv mashinasi uchun shtrixdan foydalanish, nusxa olish qog‘ozidan, markerdan, siyohli ruchka, qaychi va boshqa kesuvchi vositalardan foydalanish;
d) arxiv hujjatlari ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish, belgilar qo‘yish,to‘g‘rilash, chizish.
27. Foydalanuvchilar ro‘yxatlar va yig‘majildlarni (saqlov birligida) hujjatlar va boshqa materiallar holati va saqlanishini o‘quv zali xodimi oldida tekshirib qabul qilib oladi.
Foydalanuvchilar hujjatning biror bir kamchiligini, qog‘ozlar yetishmovchiligini, tartib raqami noto‘g‘ri ekanligini aniqlasalar o‘quv zali xodimiga murojaat qilishlari lozim.
28. Yig‘majildlarni (hujjatlarni) taqdim etishni asosli kechiktirish yoki rad etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
a) ularning qoniqarsiz jismoniy holati;
b) respublika qonunchiligiga muvofiq yoki fond tashkil qiluvchi tomonidan hujjatlarni doimiy saqlov uchun topshirilayotganda, hujjatlardan foydalanish bo‘yicha cheklov o‘rnatilganda;
v) xizmat topshiriqlarini bajarish zarurati (ma’lumotnoma ishlari, fondlarni mavzuli ishlab chiqish, qayta tiklash (restavratsiya) axborot materiallarini tayyorlash, ilmiy va texnik ishlov berilganda (obrabotka) va h.k.);
g) hujjatlarni boshqa tashkilotlarga vaqtinchalik foydalanish uchun taqdim etilganda;
d) hujjatlarni boshqa foydalanuvchiga taqdim etilganda;
e) buyurtma qilingan yig‘majild yoki hujjatlarni ko‘rgazmada namoyish etilganda.
29. Ilmiy va texnik ishlov berilmagan yig‘majildlar (hujjatlar) o‘quv zaliga berilmaydi.
* keyingi o‘rinlarda — o‘quv zallari
** Keyingi o‘rinlarda — arxiv, arxivlar
O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalariga
ILOVA

DAVLAT ARXIVINING NOMI
‎FOYDALANUVChI MA’LUMOTNOMASI

Familiyasi______________________________________________________________________________________

Ismi___________________________________________________________________________________________

Otasining ismi___________________________________________________________________________________‎‎

Tug‘ilgan joyi va yili_____________________________________________________________________________

Ish joyi (o‘qish joyi) va lavozimi___________________________________________________________________ ‎‎

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎‎

‎‎Foydalanuvchini yuborgan tashkilot nomi va manzili ____________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎‎__

‎‎Ma’lumoti, darajasi, unvoni ______________________________________________________________________

‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Manzili (yashash joyi) _____________________________________________________________________________

‎‎________________________________________________________________________________________________

‎‎Telefon (uy raqami)________________ (ishxona raqami)_________________________________________________
‎ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi_________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________

O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida foydalanuvchilarning ishlash tartib qoidalari bilan tanishdim va unga rioya qilaman

‎‎____________________________
‎Sana

____________________________
I‎mzo