Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
“Davlat buyurtmasi boʻyicha xarid qilinadigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining xarajatlarini boʻnaklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-son “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 5-apreldagi 32, 129 va 35-son “Davlat buyurtmasi boʻyicha xarid qilinadigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining xarajatlarini boʻnaklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2877, 2017-yil 24-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 307-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston fermerlari kengashi va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.