1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
BANKLARARO KREDIT BYuROSI VA TIJORAT BANKLARI OʻRTASIDA MAʼLUMOTLAR AYIRBOShLANIShI HAMDA KREDIT TARIXI TOʻGʻRISIDA AXBOROTNI TAQDIM ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 1-iyulda 1380-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/3-sonli “Banklararo kredit byurosi va tijorat banklari oʻrtasida maʼlumotlar ayirboshlanishi hamda kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1380-1, 30.01.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7, 17-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi 197-sonli “Qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Banklararo kredit byurosi va tijorat banklari oʻrtasida maʼlumotlar ayirboshlanishi hamda kredit tarixi toʻgʻrisida axborotni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida” nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.