1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, davlat xaridlarida raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohada mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Davlat buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda davlat xaridlarining qulay, zamonaviy va servisga yoʻnaltirilgan ekotizimini yaratish va unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish davlat xaridlari sohasida Iqtisodiyot va moliya vazirligining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin.
2. 2030-yilgacha davlat xaridlari sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) davlat xaridlarida raqobatli usullardan foydalanish darajasini 80 foizga yetkazish;
(b) davlat xaridlarida iqtisod qilingan mablagʻ miqdorini 25 trln soʻmga yetkazish;
(v) tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi faolligini ikki karra oshirish;
(g) davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarda mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 85 foizga yetkazish;
(d) davlat buyurtmachilarining xaridlar uchun masʼul boʻlgan malakasi oshirilgan xodimlari ulushi 98 foizdan kam boʻlmasligini taʼminlash.
II. Davlat xaridlari tizimida tejamkorlik va samaradorlikni oshirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
3. 2026-yil 1-martdan boshlab davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor narxini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida hisoblab beruvchi elektron modul (keyingi oʻrinlarda — modul) ishga tushirilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat buyurtmachisi davlat xaridini amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari predmetining oʻrtacha bozor narxini modulda shakllantiradi. Bunda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
(a) davlat xaridlari predmetining boshlangʻich narxi yoki shartnoma bahosi va uning moduldagi oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovut 10 foizdan ortiq yoxud 20 foizdan past boʻlsa, ushbu xaridlar davlat xaridlari sohasidagi davlat nazorati organlari tomonidan birinchi darajada tekshiriladigan yuqori xavf-xatar sifatida baholanadi va navbatdan tashqari tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
(b) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xaridlar moduldagi xarid predmetining oʻrtacha bozor narxidan oshmagan holda amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hisob palatasi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor narxini aniqlash tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
III. Davlat xaridlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi va Bosh prokuraturaning 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlarida raqobatli usul orqali ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning “taklif soʻrovi” yangi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Quyidagilar:
(a) Davlat buyurtmachilari tomonidan “taklif soʻrovi” orqali xarid qilinishi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(b) Davlat buyurtmachilari tomonidan “taklif soʻrovi” orqali xaridlarni amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
(a) Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati bekor qilinib, mazkur roʻyxat boʻyicha davlat xaridlari raqobatli usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi, bundan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(b) “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berish haqida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda davlat xaridi ijrochisining nomi aniq koʻrsatiladi. Davlat xaridi ijrochisining nomi aniq koʻrsatilmagan taqdirda, ushbu xaridlar “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili orqali amalga oshirilishi nazarda tutiladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
(v) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishni nazarda tutuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining tartibga solish taʼsirini baholash hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raqobat muhitiga taʼsirini baholash natijalari asosidagi xulosalari mavjud boʻlsa, shuningdek, korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilgan taqdirda, belgilangan tartibda qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.03 Tovarlarni yetkazib berish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat]
(g) davlat xaridlarida elektron doʻkonga ofertalarni joylashtirish muddati 15 kundan 60 kungacha uzaytiriladi hamda tovarlarni yetkazib berish muddati kamida 5 kun etib belgilanadi;
(d) Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida xarid hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish muddatlari ularning qiymati va murakkabligidan kelib chiqib qisqartiriladi.
IV. Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(a) davlat buyurtmachilarining xarid rejalari eʼlon qilingandan keyin ushbu maʼlumotlar avtomatik ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektron xabarnoma tarzida yuboriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
(b) budjet buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan mahalliy auksion savdolarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda savdolar boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan elektron auksion tartib-taomillari asosida ikki ish kuni muddatiga eʼlon joylashtirish orqali shartnoma qiymati bilan bogʻliq cheklovlarsiz oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
(v) mahalliylashtirish darajasi 30 foiz va undan ortiq boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan budjet buyurtmachilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan tovarlar uchun boʻnak toʻlovlarini mahalliylashtirish darajasiga mutanosib ravishda, lekin mahalliylashtirish darajasidan kam boʻlmagan va korxona jami aktivlari miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlab berishga ruxsat beriladi;
(g) boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksionda bitta tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan taqdirda, auksion oʻtkazilgan deb hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(d) eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida bitta tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan taqdirda, davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini hamda tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) oid mezonlarni oʻzgartirmagan holda takroran eʼlon joylashtirganda va takroriy ushbu savdolarda ham yagona ishtirokchi ilgari ishtirok etgan tadbirkorlik subyekti boʻlsa, u holda eng yaxshi takliflarni tanlash savdolari oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Ushbu tartib “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan talablarga mos kelmaydigan va taklifini tegishli tarzda rasmiylashtirmagan eng yaxshi takliflarni tanlash ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
10. 2026-yil 1-iyuldan quyidagilar joriy etilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(a) davlat xaridlariga oid takliflarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali faqat elektron shaklda baholash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(b) davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qiluvchi shaxslarga ishonchnomalarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali elektron koʻrinishda rasmiylashtirish.
V. Xarid jarayonlarini rejalashtirish va tartibga solish choralari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
11. “UzAssets” AJ boshqaruvidagi yirik davlat korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — yirik davlat korxonalari) nisbatan davlat xaridlarini amalga oshirishning amaldagi tartibiga qoʻshimcha ravishda quyidagi tartibotlar joriy qilinsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Yagona gʻaznachilik” va ERP axborot tizimlaridagi davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq barcha axborotlarning davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga real vaqt rejimida uzatib borish;
(b) omborxonalarda saqlanayotgan tovarlarni uch oy muddatda, keyinchalik har yili kamida bir marta xatlovdan oʻtkazib, aniqlangan samarasiz saqlanib kelinayotgan nolikvid tovarlarning belgilangan tartibda sotilishini taʼminlash va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish;
(v) tegishli yil uchun xarid rejalari faqat xatlov natijalaridan kelib chiqib shakllantirish;
(g) xarid jarayonlarining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari samaradorligini har 2 yilda bir marta baholashdan (forenzik) oʻtkazish va uning natijasini 3 kun ichida “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga kiritilishini taʼminlash.
12. Belgilansinki, yirik davlat korxonalarining rahbarlari ushbu Farmonning 11-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va puxta bajarish uchun shaxsan javobgar boʻladi.
13. Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
(a) uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining foydalanishida mavjud boʻlgan xizmat avtotransport vositalarini xatlovdan oʻtkazsin hamda xatlov natijalariga koʻra belgilangan meʼyorlar boʻyicha limitdan ortiqcha boʻlgan xizmat avtotransport vositalarining oʻrnatilgan tartibda sotilishini va amalga oshirilgan ishlar haqida 2026-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritilishini;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi]
(b) davlat buyurtmachilari kesimida avtotransport vositalarini xarid qilish ustidan doimiy ravishda nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
VI. Davlat xaridlari sohasida jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish va qonuniylikni taʼminlash
14. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berish haqida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishdan oldin aynan ushbu xarid boʻyicha kamida uch ish kuniga davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirish talab etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
(b) xarid qilishga oid hujjatlar loyihalarini kamida ikki ish kuni davomida davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Bunda taklif va eʼtirozlar kelib tushgan xarid qilishga oid hujjatlar loyihalari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi va monitoring natijasida aniqlangan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha koʻrsatmalar va koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan taqdimnomalar kiritiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat]
(v) Oʻzbekiston Respublikasining alohida maxsus savdo maydonchalaridagi elektron (birja) savdolari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalar yuzasidan maʼlumotlar davlat buyurtmachilari tomonidan Shartnomalarning yagona reyestrida aks ettiriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(g) davlat buyurtmachilarining xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazishga masʼul boʻlgan xodimlarining malakasi davlat xaridlari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etgan davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ikki yilda kamida bir marotaba oshiriladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
(d) davlat buyurtmachilari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat xaridi natijalari davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida ochiqlanishi shart, bundan davlat sirlari va tijorat siri bilan bogʻliq hollar mustasno. Bunda davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari tomonidan:
(i) barcha davlat xaridi natijalarini ochiqlash boʻyicha talablarga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatiladi;
(ii) davlat xaridi natijalarini ochiqlash boʻyicha talablarni buzgan davlat buyurtmachilariga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari koʻriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
15. 2026-yil 1-martdan boshlab xarid komissiyasining raisi etib faqatgina davlat buyurtmachisining rahbari, uning oʻrinbosari yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxs tayinlanishi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
16. Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida davlat xaridlari sohasida qonunbuzilishi holatlarining oldini olishga qaratilgan quyidagi mexanizmlarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlarida nazorat” sahifasi joriy etilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(a) davlat xaridlari sohasiga oid huquqbuzarliklar vujudga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning yagona tasnifini shakllantirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(b) xavf-xatarlarni toifalarga ajratish, shuningdek, ularni avtomatik aniqlash va xabardor qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(v) davlat buyurtmachilarini sodir etgan huquqbuzarliklariga koʻra toifalarga ajratish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
(g) davlat xaridlarida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oluvchi “Xaridlarda KPI” raqamli reytingini joriy qilish.
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hisob palatasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar mazkur Farmonning 16-bandida nazarda tutilgan mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Vazirlar Mahkamasi 2026-yildan boshlab har chorakda yirik davlat korxonalari va budjet buyurtmachilari rahbarlarining davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish, sohada korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha hisobotlarini tanqidiy muhokama qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
19. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi uch oy muddatda davlat xaridlarida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib keladigan harakatlarning oldini olish maqsadida davlat xaridlari subyektlari uchun uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqib, davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga joylashtirsin hamda doimiy tarzda qonunchilikka muvofiqlashtirib borsin.
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
20. Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
21. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi uch oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini “e-anticor.uz” elektron platformasida masofadan aniqlash va ularning oldini olish tizimini joriy etsin hamda ushbu tizimni davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali bilan integratsiya qilsin.
22. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda:
(a) Adliya vazirligi bilan birgalikda elektron tizim operatorlarida shakllanadigan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma loyihalari yuzasidan yuridik xizmat xulosalarini “E-huquqshunos” dasturi orqali elektron tarzda taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
(i) davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida davlat xaridi predmetining oʻrtacha bozor narxlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida hisoblab beruvchi elektron modulni ishlab chiqsin;
(ii) ayrim tovarlarning davlat xaridida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish orqali xarid komissiyasining aralashuvisiz avtomat tarzda gʻolibni aniqlash va xavflarni oldindan tahlil qilish imkoniyatlarini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(v) davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini davlat xaridlari elektron tizimi orqali elektron taqdim etish imkoniyatini joriy etsin;
(g) qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
25. Mazkur Farmon ijrosini monitoring qilib borish rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Farmon ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 10-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida Farmon ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 20-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
26. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
27. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-dekabr,
PF-259-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoniga 1-ILOVA
Davlat buyurtmachilari tomonidan “taklif soʻrovi” orqali xarid qilinishi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
ROʻYXATI
1. Bank (banklararo) xizmatlar va operatsiyalar, qurilish obyektlarida banklar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat oʻlchovi xizmatlari bundan mustasno.
2. Davlat buyurtmachisi tomonidan uning tarkibidagi yoki yuqori turuvchi tashkiloti ishlab chiqaradigan tovar (koʻrsatadigan xizmat, bajaradigan ish)larning ayni bir turi uchun amalga oshiriladigan davlat xaridi.
3. Sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar, seminarlar va oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga olish.
4. Ommaviy axborot vositalarida matbuot anjumani, brifing, mavzuli telekoʻrsatuv va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, reklama joylashtirish, maqola chop etish.
5. Turar yoki noturar joyni (inshootni) xarid qilish yoki ijaraga olish, shuningdek, uning taʼminoti boʻyicha ekspluatatsiya xarajatlari.
6. Davriy nashrlar (gazetalar, jurnallar)ga, shu jumladan, ularning elektron variantlariga obuna boʻlish.
7. Benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, dizel yonilgʻisi va koʻmir mahsulotlari hamda elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini quvvatlantiruvchi elektr energiyasi*.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira jamgʻarmalaridan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
9. Maxsus va xizmat avtotransporti vositalarini, havo kemalarini, shuningdek, tibbiyot uskunalarini taʼmirlash boʻyicha xizmatlar.
10. Xalqaro va davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar.
11. Fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqaruvchilardan yoki sertifikatlashtirilgan yetkazib beruvchilardan havo kemalarini ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash uchun xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va materiallar, shu jumladan, aviatsiya servis tovarlari, materiallar, inventarlar va ularning qismlari, maxsus gilam qoplamalari, havo kemalari oʻrindiqlariga qoplamalar tayyorlash uchun matolar, aviatsiya shinalari, shuningdek, aviatsiya korxonalarining chet eldagi vakolatxonalari uchun zarur boʻlgan tovarlarning (ishlar, xizmatlar) xaridi.
12. Taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik jamlanmalarni nashr etish (qayta nashr etish) uchun moʻljallangan qogʻoz va boshqa sarflash materiallari.
13. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalari uchun elektron hisoblash uskunalari, oʻyinlar va oʻquv-mashq yigʻinlarini tahlil qilish dasturiy taʼminot va uskunalar, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi talablari boʻyicha futbol toʻplari, sport kiyimlari va ekipirovkalar hamda futbol uchun oyoq kiyimlar.
14. Xalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) tomonidan ularning talab va tavsiyalariga asosan xalqaro sport musobaqalari hamda professional sportchilar shugʻullanishi uchun zarur boʻladigan xorijda ishlab chiqarilgan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, maxsus mashgʻulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari, maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlar.
15. Xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni kutib olish bilan bogʻliq xaridlar (transport xizmatlarini koʻrsatish, asbob-uskunalarni ijaraga olish, banket va ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha xizmatlar, suvenirlar, sovgʻalar, gullar hamda gul bilan bezatish, bannerlar va bukletlar tayyorlash, tadbirlar va anjumanlarni tashkil etish, maxsus va milliy kiyimlar va boshqalar).
16. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi tizimidagi tashkilotlar va botanika bogʻlari hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yetishtirilgan koʻchat va nihollar, shuningdek, ularni parvarish qilish boʻyicha xizmatlar.
17. Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlari, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalar, reportajlar va boshqa roliklarni tayyorlash va translyatsiya qilish boʻyicha xizmatlari.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi tuzilmasiga kiradigan davlat rezidensiyalari hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun Hukumat qarorlari va topshiriqlari asosida, shu jumladan, pudratchilar tomonidan, ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish.
19. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari loyihalarini bajarishda ishtirok etuvchi budjet tashkilotlari tomonidan tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida reaktivlar va reagentlar xarid qilish.
20. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy normativ hujjatlar, davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasi, muzey va kutubxona fondlarini shakllantirish maqsadida xorijda va Oʻzbekistonda tayyorlanadigan eksponatlar, sanʼat asarlari, suratlar, haykallar va byustlar, gilamlar, matolar, qoʻlyozmalar va nashr asarlari nusxalari, xaritalar, pannolar, stendlar, video-audio va yuqori texnologik namoyishlar uchun materiallar xaridi.
22. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan xorijiy davlatlardan oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalarni (mualliflik huquqi boʻlgan ishlab chiqaruvchilardan), sarflanadigan laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) xarid qilish.
23. Monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni xaridorlarga affillangan shaxs boʻlgan tashish xizmatini koʻrsatuvchi korxonalarning avtotransportda tashish xizmatlari.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi.
25. Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat budjeti hamda Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha suv xoʻjaligi obyektlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xizmatlari.
26. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida “taklif soʻrovi” boʻyicha amalga oshiriladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi.
* Mazkur ilovada koʻrsatilgan benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, dizel yonilgʻisi va koʻmir mahsulotlari hamda elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini quvvatlantiruvchi elektr energiyasining xaridi, qonunchilikda belgilangan tartibda korporativ bank kartalari (xarid kartalari) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoniga 2-ILOVA
Davlat buyurtmachilari tomonidan “taklif soʻrovi” orqali xaridlarni amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Xarid predmetining oʻrtacha bozor narxlari boʻyicha elektron maʼlumotnomani shakllantiradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Davlat buyurtmachisi
1. “Taklif soʻrovi”ni oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlari elektron tizimiga joylashtiradi.
2. Oʻz ixtiyoriga koʻra salohiyatli yetkazib beruvchilarga oʻz takliflarini taqdim etish uchun “taklif soʻrovlari”ni yuboradi.
Takliflarni qabul qilish muddati tugashidan kamida ikki ish kuni oldin
3-bosqich
Ishtirokchi
“Taklif soʻrovi” oʻtkazish haqidagi eʼlon boʻyicha takliflarni taqdim etadi.
“Taklif soʻrovi” oʻtkazish haqidagi eʼlonda belgilangan muddatga qadar
4-bosqich
Davlat buyurtmachisi
1. “Taklif soʻrovi” oʻtkazish haqidagi eʼlon boʻyicha kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi (agar kelib tushgan boʻlsa).
2. Salohiyatli yetkazib beruvchilarning takliflarini va (yoki) ofertalarini oʻrganadi.
Gʻolib aniqlangunga qadar
5-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Takliflarni va (yoki) oferta(lar)ni koʻrib chiqish (oʻrganish) natijalari boʻyicha eng maqbul taklif taqdim etgan ishtirokchini gʻolib deb topadi va bu haqida davlat xaridlari elektron tizimiga axborot joylashtiradi.
Bunda bitta taklif yoki oferta kelib tushgan boʻlsa ham xarid qilish tartib-taomili boʻlib oʻtgan hisoblanadi.
Eʼlon boʻyicha takliflarni qabul qilish muddati tugagan paytdan eʼtiboran yigirma ish kuni ichida
6-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Gʻolib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi (xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno).
Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida
7-bosqich
Davlat xaridlari elektron tizimi
Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab davlat buyurtmachisi toʻqqiz ish kuni ichida shartnoma tuzish boʻyicha gʻolibga taklif yubormasa, ushbu jarayon davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomat tarzda amalga oshiriladi va gʻolib bir ish kuni ichida shartnoma tuzish yoki uni rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Bunda gʻolib shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklifni bir ish kuni ichida rad etmagan boʻlsa, shartnoma avtomatik rejimda tuzilgan deb hisoblanadi.
Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn birinchi ish kunida
8-bosqich
Davlat xaridlari elektron tizimi
Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga kiritadi.
Avtomatik ravishda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoniga 3-ILOVA
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
I. Davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish
1.
Raqamli texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xaridlari tizimida kompleks monitoring yuritishni takomillashtirish va shaffoflikni yanada oshirish.
1. Maxsus axborot portalida tegishli davlat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash orqali korporativ buyurtmachilarning davlat xaridlarini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda elektron monitoring qilishni bosqichma-bosqich tatbiq etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil davomida
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining xatti-harakatlari, jumladan, moderatsiya jarayonlari ustidan onlayn shikoyat qilish imkonini yaratish.
Shikoyat boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlanganda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlariga nisbatan jarima qoʻllash va shikoyatlar natijalarini ochiqlash amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish.
Muntazam ravishda
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Maxsus axborot portalini takomillashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratish.
1. Davlat xaridlarida ishonchnomani elektron tarzda yuborishni yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil iyul
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Nazorat organlari tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklar asosida davlat buyurtmachilariga xabarnomani elektron shaklda yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
2026-yil sentabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Hisob palatasi,
Raqobat qoʻmitasi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
3.
Davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish.
1. Budjet buyurtmachilarining ayrim tovar va xizmatlari boʻyicha xarid rejalarini tovar-moddiy zaxiralarini inobatga olgan holda elektron shakllantirish imkonini beruvchi “xaridlarni rejalashtirish moduli”ni ishlab chiqish. Bunda ayrim tovar va xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash yuzasidan tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2026-yil aprel
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. 2027-yil uchun xarajatlar smetasiga davlat xaridlarida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikator kodlari kiritilgan holda reja-jadvallarini shakllantirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil sentabr
4.
Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarida raqamlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish.
1. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasida belgilangan reyestrda koʻrsatilishi shart boʻlgan axborotlarning davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarida toʻliq holda joylashtirilishini taʼminlash.
2. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 42-moddasida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda ishtirokchining xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatilishini taʼminlash.
3. Moderatsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich inson omilisiz amalga oshirish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil yanvar
Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
4. Davlat xaridlari elektron tizimida ishtirokchining ofertasi boʻyicha shartnoma davlat buyurtmachisi tomonidan shakllantirilgan xarid predmetining boshlangʻich narxidan yuqori narxda shakllanishi holati yuzaga kelganda, davlat buyurtmachisiga ushbu shartnomani shakllantirish yoki shakllantirishni rad etish boʻyicha imkoniyat yaratish.
2026-yil mart
5.
Oʻzbekistonda davlat xaridlari tizimini “MAPS”da(The Methodology for Assessing Procurement Systems) baholashdan oʻtkazish.
Xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda davlat xaridlari tizimini kompleks tahlil qilish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-2027-yillar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Baholash natijalari va koʻrilgan choralar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.
Tahliliy maʼlumot
II. Davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy va uslubiy bazani takomillashtirish
6.
Davlat xaridlari sohasini yanada takomillashtirish.
1. Davlat xaridlari sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
tovar (ish, xizmat)larning yetkazib berish muddatlariga minimal talab joriy qilish;
“elektron doʻkon” va boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion savdolari orqali tuzilgan shartnomalar boʻyicha haqiqatda yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat)lar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish;
amalga oshiriladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning xaridlarini raqobatli usullarga (tender, tanlov) oʻtkazish maqsadida “elektron kooperatsiya” portalida ushbu xaridlarga cheklov oʻrnatish;
elektron kooperatsiya portali orqali xaridlarni amalga oshirishda vositachilik yigʻimi, zakalat va qoʻshimcha zakalatning eng yuqori miqdorlariga chegara belgilash;
shartnoma taraflarning roziligi bilan bekor boʻlganda komissiya toʻlovlarini shartnomani bekor qilish boʻyicha tashabbuskor tomonidan ikkinchi tomonga qoplab berish;
yagona yetkazib beruvchilarning davlat xaridlaridagi ishtirokini baholash.
2. Davlat xaridlarida dilerlar ishtirokini tartibga solish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari
2026-yil may
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobat qoʻmitasi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
Hisob palatasi
7.
Davlat xaridlari sohasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari, davlat buyurtmachilari va xarid qilish tartib-taomillari ijrochilari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish hamda oʻrganish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil sentabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Hisob palatasi,
Raqobat qoʻmitasi,
Savdo-sanoat palatasi
8.
Korporativ buyurtmachilar uchun davlat xaridlarini yanada soddalashtirish.
1. Korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil sentabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Raqobat qoʻmitasi,
Adliya vazirligi,
Hisob palatasi
2. Korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarining alohida tartibini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil noyabr
9.
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning omborlaridagi nolikvid tovarlarning samarasiz saqlanishini oldini olish.
1. Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar omborlarida saqlanayotgan, muddati uch oydan oshgan nolikvid tovarlarni xatlovdan oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil mart
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar
2. Xatlov natijasida aniqlangan samarasiz saqlanayotgan nolikvid tovarlarning belgilangan tartibda sotilishini taʼminlash va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2026-yil may
10.
Davlat xaridlarini amalga oshirishda mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish choralarini koʻrish.
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda xarid jarayonlarining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari samaradorligini baholashdan (forenzik) oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.
Texnik topshiriq
2026-yil sentabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobat qoʻmitasi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
11.
Davlat xaridlarida shartnoma majburiyatlari bajarilishini kafolatlashni takomillashtirish.
Davlat xaridlarida sugʻurtalash va (yoki) faktoring xizmatidan foydalanish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish hamda oʻrganish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari samaradorligini oshirish.
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridini amalga oshirishning alohida hollarini qayta koʻrib chiqish;
eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida bitta tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan taqdirda, davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini hamda tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) oid mezonlarni oʻzgartirmagan holda takroran eʼlon joylashtirganda va takroriy tanlash savdolarining yagona ishtirokchisi ilgari ishtirok etgan tadbirkorlik subyekti boʻlganda, tanlash savdolari oʻtkazilgan deb hisoblash;
boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladiganauksionda bitta tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan taqdirda, auksion oʻtkazilgan deb hisoblash;
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishning boshqa turlarini qayta koʻrib chiqish;
davlat xaridlari sohasidagi nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash;
davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ xodimlarini davlat buyurtmachilarining faoliyati yuzasidan olib borilayotgan tekshiruv jarayonlariga jalb qilishni taqiqlash.
Qonun loyihasi
2026-yil noyabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Hisob palatasi,
Raqobat qoʻmitasi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
Bosh prokuratura
13.
Davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlarining oldini olish mexanizmlarini belgilash.
Davlat xaridlarida manfaatlartoʻqnashuvi hamda affillanganlik holatlarini aniqlashning aniq mexanizmlari, shu jumladan, mezonlari va jarayonlarini belgilash boʻyicha rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini oʻrganish va oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil iyun
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
Raqobat qoʻmitasi
Hisob palatasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
14.
Budjet buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.
Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda budjet buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini soddalashtirish, zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan barqaror taʼminlash, professional tarzda xarid qilishning tashkiliy mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil dekabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
III. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning kompleks va yuqori texnologiyali tizimini yaratish
15.
Shartnomalarni boshqarish tizimini joriy etish, shu jumladan, shartnomalarga rioya etish intizomini mustahkamlash, majburiyatlarning bajarilishini tartibga solish.
1. Gʻolib ishtirokchi tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berilmagan tovarlar (ish, xizmat) boʻyicha maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiqlash.
2. Penya va jarimalarni qoʻllashni hamda shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish maqsadida sud organlariga axborot tizimi orqali xabarnoma yuborishni joriy etish.
3. Shartnomalarni boshqarish tizimini joriy qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil sentabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobat qoʻmitasi,
Adliya vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
16.
Shartnomalar ijrosi hamda shartnomalarga oid munosabatlarni jamoatchilik uchun ochiqlash.
Davlat buyurtmachilarining ichki audit tuzilmalari tomonidan har yarim yillik ijrosi boʻyicha davlat xaridlari jarayonlari, shartnomaviy munosabatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring tadbirlarini oʻtkazish hamda oʻtkazilgan monitoring va tahlil natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiqlash tizimini joriy etish.
Amaliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
Manfaatdor vazirlik va idoralar
17.
Davlat buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarning mablagʻlari kafolatli saqlanishini taʼminlash.
1. Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining tijorat banklarida ochilgan hisob-kitob kliring palatasidagi davlat buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarning mablagʻlarini kafolatli saqlanishini taʼminlash boʻyicha xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan majburiy ravishda har 2 yilda mustaqil auditdan oʻtkazish amaliyotini joriy qilish.
2. Hisob-kitob kliring palatasidagi davlat buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarning mablagʻlari kafolatli saqlanishini taʼminlash boʻyicha barcha davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining tijorat banklarida ochilgan hisob-kitob kliring palatasini Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil may
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobat qoʻmitasi,
Hisob palatasi
IV. Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish
18.
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar uchun davlat xaridlarini yanada soddalashtirish.
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarga sinov tariqasida komplayens xizmati xodimlari ichidan “Davlat xaridi inspektori” lavozimini joriy etish va davlat xaridlari jarayoni ustidan dastlabki va joriy nazoratni ushbu inspektor tomonidan amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil yanvar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Mazkur amaliyot samaradorligini tahlil qilish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2028-yil dekabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
19.
Yagona yetkazib beruvchilar reyestrini tanqidiy koʻrib chiqish.
1. Yagona yetkazib beruvchilar reyestrini tanqidiy koʻrib chiqib, unga kiritilgan subyektlarnixatlovdan oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil may
Raqobat qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
2. Sogʻlom raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi subyektlarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestridanchiqarish boʻyicha takliflarni, shu jumladan, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Tahliliy maʼlumot,
normativ-huquqiy hujjat loyihasi
3. Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini qayta koʻrib chiqish.
4. Talabgor arizasi va unga ilova qilingan maʼlumotlarni maxsus axborot portalida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish muddatini 30 kungacha uzaytirish. Bunda jamoatchilik tomonidan salbiy fikr va eʼtirozlar kelib tushgan boʻlsada, talabgor arizasini qanoatlantirish haqida qaror qabul qilinsa, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan xulosani maxsus axborot portaliga joylashtirish tartibini joriy qilish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil iyun
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobat qoʻmitasi
20.
Qurilish sohasidagi davlat xaridlarida raqobat muhitini yanada rivojlantirish.
Qurilish sohasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri xaridlar ulushini keskin kamaytirish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirib, natijasi yuzasidan har chorakda tegishli axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Tahliliy maʼlumot
Har chorakda
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
21.
Davlat buyurtmachilarining davlat xaridlaridagi masʼuliyatini oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik, shu jumladan, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridini asoslantirilmagan sabablarga koʻra bekor qilish uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Qonun loyihasi
2026-yil dekabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Hisob palatasi
V. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning quvvatlaridan samarali foydalanish
22.
Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
1. Quyidagi oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish:
ishlab chiqaruvchilarga mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikatni berish tartib-taomillarini tubdan qayta koʻrib chiqish asosida jarayonlarni raqamlashtirish va optimallashtirish;
mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat berish toʻlovini kamida ellik foizga qisqartirish;
tovarlar jamlanmasi va jamlanma tarkibidagi tovar uchun mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisida alohida-alohida sertifikat olish tizimini soddalashtirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2026-yil mart
Savdo-sanoat palatasi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
2. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlari mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladigan tenderlarda mahalliy ishtirokchilarning ishtirokini kengaytirish va ortiqcha talablarni kiritishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
3. Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar rejalashtirgan xaridlarini respublikadagi koʻp sonli mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan muhokama qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish va ofteyk shartnomalar tuzish choralarini koʻrish.
Bunda Savdo-sanoat palatasi mazkur muhokamalarning mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida keng yoritilishiga koʻmaklashish.
Amaliy chora-tadbirlar
Har chorakda
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar,
Savdo-sanoat palatasi
VI. Davlat xaridlari tizimini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash
23.
Kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha institutsional bazani rivojlantirish.
1. Tajriba almashish hamda davlat xaridlari sohasiga oid masalalarni muhokama qilish uchun mahalliy va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish.
2. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda davlat xaridlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish.
3. Davlat xaridlari sohasiga yuqori malakali, shu jumladan, xorijiy davlatlarning davlat xaridlari sohasini tartibga soluvchi organlarida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil davomida
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
4. Davlat buyurtmachilarida xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazishga masʼul boʻlgan xodimlarning ellik foizini har yili davlat xaridlari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etgan davlat va nodavlat tashkilotlarda malakasini oshirish.
Doimiy
Barcha budjet va korporativ buyurtmachilar
24.
Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun xodimlarni oʻqitish (malakasini oshirish) tizimini takomillashtirish.
1. Davlat xaridlari boʻyicha masʼul mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil aprel
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi oʻquv markazida xalqaro moliya institutlari yordamida xalqaro eʼtirof etilgan institutlarni jalb etgan holda “xaridlar maktabi”ni tashkil etish. Bunda:
davlat xaridlari boʻyicha mutaxassis xodimlarni tayyorlash dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish;
davlat xaridlariga masʼul xodimlarni majburiy sertifikatlashni joriy etish.
2026-yil avgust
3. Budjet va korporativ buyurtmachilar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish hamda ularning davlat xaridlari sohasidagi faoliyatini muhokama qilib borish.
Har chorakda
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Hisob palatasi,
Raqobat qoʻmitasi
25.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazining faoliyatini takomillashtirish.
Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazining faoliyatini zamonaviy taʼlim standartlari va raqamli innovatsiyalar asosida tubdan takomillashtirish. Bunda:
markazda taʼlim va amaliyot jarayonlarini kafedralar negizida tashkil etiladigan ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan moliya-iqtisod, buxgalteriya hisobi va audit, davlat xaridlari hamda sunʼiy intellekt va axborot tizimlari yoʻnalishlarida taʼlim — amaliyot maktablari orqali olib borish;
kadrlar malakasini oshirishda raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni qoʻllash hamda virtual simulyatsion modellarni joriy qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil aprel
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-244-son Farmoni 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-193-son Farmonining 6-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “toʻgʻridan-toʻgʻri” soʻzlari “belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4812-son qarorida:
“budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlar), birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda oʻrganadi. Bunda davlat xaridlari uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) mahalliy ishlab chiqaruvchilarda mavjud boʻlmagan taqdirdagina davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalining maʼlumotnomasi asosida xaridlarni qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilish tartib-taomillari orqali boshqa yetkazib beruvchilar bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi”;
(b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorigacha boʻlgan xaridlar boʻyicha davlat buyurtmachisiga mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan yuqori boʻlgan va ushbu buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqariladigan mahsulot boʻyicha 3 yil muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri kafolatli xarid qilish shartnomasini (ofteyk shartnomani) tuzishga ruxsat beriladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5031-son qarorining 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “toʻgʻridan-toʻgʻri” soʻzlari “belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-332-son qarorida:
(a) 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(i) 2-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni koʻzda tutuvchi loyihalar (oltin izlovchilar usulida qazib olishdan tashqari, hamda ushbu Nizomning 3-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan loyihalar bundan mustasno), davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) hamda investitsiya majburiyati asosida (shu jumladan “nol” qiymatdagi aktivlar boʻyicha) amalga oshirilayotgan loyihalar. Bunda xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan va Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar (MTTB), Davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) hamda investitsiya majburiyati asosida (shu jumladan “nol” qiymatdagi aktivlar boʻyicha) amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari ular boʻyicha tuzilgan bitim shartlari asosida texnik-texnologik va arxitektura-qurilish yechimlar hamda loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va moliyalashtirish manbalarining mavjudligi vakolatli organlarning tarmoq ilmiy-texnik Kengashidan tegishli xulosalar olgandan soʻng ekspertiza qilinadi”;
(ii) 3-bandning “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
a) mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi va xulosani QR-kod bilan tasdiqlagan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchi)ga taqdim etadi:
“kichik xarid” qiymati 6 000 bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) 25 000 BHMgacha boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 10 kalendar kungacha;
21 va undan koʻp boʻlganda - ekspertiza muddati 15 kalendar kungacha;
“oʻrta xarid” qiymati 25 000 BHMdan 100 000 BHMgacha boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 15 kalendar kungacha;
21 va undan koʻp boʻlganda - ekspertiza muddati 20 kalendar kungacha;
“murakkab xarid” qiymati 100 000 BHM va undan koʻp boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 20 kalendar kungacha;
21 va undan koʻp boʻlganda- ekspertiza muddati 25 kalendar kungacha;
b) mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazadi, xulosani QR-kod bilan tasdiqlagan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchi)ga taqdim etadi:
“kichik xarid” qiymati 6 000 BHMdan 25 000 BHMgacha boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 10 kalendar kungacha;
21 va undan koʻp boʻlganda- ekspertiza muddati 15 kalendar kungacha;
“oʻrta xarid” qiymati 25 000 BHMdan 100 000 BHMgacha boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 15 kalendar kungacha;
21 va undan koʻp boʻlganda - ekspertiza muddati 20 kalendar kungacha;
“murakkab xarid” qiymati 100 000 BHM va undan koʻp boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 18 kalendar kungacha;
21 va undan koʻp boʻlganda - ekspertiza muddati 25 kalendar kungacha.
Markazning ijobiy xulosasi Markazning elektron axborot platformasi orqali avtomatik ravishda portalga joʻnatiladi (qonunchilikda belgilangan boshqacha talablar bundan mustasno).
Tender hujjatlarini ekspertiza qilish yakunlari boʻyicha xulosasi bilan birga, Markaz tomonidan oʻrganilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bozor narxlari (tijorat takliflari, birja narxlari, internet va sunʼiy intellekt maʼlumotlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nusxalari/koʻchirmalari ham (elektron yoki qogʻoz shaklda) taqdim etiladi”;
(ii) 1-ilovaning “4-bosqich” pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “30 (oʻttiz) kalendar kun ichida” soʻzlari “25 (yigirma besh) kalendar kun ichida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) 2-ilovaning “4-bosqich” pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “20 (yigirma) kalendar kun ichida” soʻzlari “tovar soni va summasidan kelib chiqib 10 (oʻn) kalendar kunidan 25 (yigirma besh) kalendar kunigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(g) 3-ilovaning 5-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 71-moddasi birinchi qismining 2, 5, 8, 12, 13, 15 — 21-bandlari asosida tuziladigan, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan yuqori boʻlgan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-163-son qarori 4-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) va “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish oldi tayyorlash uchun professional tashkilotlarni (investitsiya vositachilari, ishonchli boshqaruvchilar, yuridik xizmat koʻrsatuvchi va konsalting tashkilotlari, investitsiya banki, PR-kompaniyasi yoki boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etadi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga uning kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda ushbu markazni rivojlantirish konsepsiyasini (master-reja va boshqa texnik hujjatlarni) ishlab chiqish va amalga oshirish uchun yetakchi xorijiy tibbiyot klinikasi hamda injiniring va konsalting kompaniyasi xizmatlarini, shuningdek ekspertlik, ilmiy va boshqa maslahat xizmatlarini, Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun zarur tovarlarni (ishlar, xizmatlar), dori va sarflov vositalarini hamda tibbiyot jihozlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilishga ruxsat berilsin”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-249-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshidagi “kamida bir ish kuni” soʻzlaridan keyin “(bundan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” Qonunning 71-moddasi birinchi qismi 3, 4, 6, 7, 9 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollar hamda tabiiy monopoliya subyektlaridan xaridlar mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan kam boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga, shu jumladan korporativ buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan qurilish sohasidagi davlat xaridlariga ushbu Nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-son qarorida:
2023-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yilning yakuniga koʻra Yagona yetkazib beruvchilar reyestridagi roʻyxatni qayta koʻrib chiqadi hamda uni doimiy tarzda yangilab boradi;
2026-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar boʻyicha budjet buyurtmachisi oʻzi joylashtirgan reja-jadvallarga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning biriktirilgan ofertalarini oʻrganib chiqib, oʻz talablari va ehtiyojlariga mos kelgan ofertani tanlaydi, ofertadagi tovarning texnik parametrlari mos kelmaganda davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilining boshqa turlaridan foydalanishi mumkin”;
(i) quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Budjet buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tovarlar boʻyicha reja-jadvallar joylashtirilgan paytda ushbu maʼlumotlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avtomat ravishda elektron xabarnoma orqali yuboriladi.
Bunda elektron xabarnoma kelib tushgan paytdan eʼtiboran savdolar boshlanguniga qadar tovarlar ishlab chiqaruvchilarining tegishli tovarlar boʻyicha ofertalari reja-jadvallarga biriktiriladi”;
(ii) quyidagi mazmundagi 561-band bilan toʻldirilsin:
“561. Budjet buyurtmachilari auksionning qoʻshimcha sahifasidan foydalangan holda tovarlarning davlat xaridlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida shartnoma qiymati bilan bogʻliq cheklovlarsiz amalga oshirishi mumkin.
Auksionning qoʻshimcha sahifasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
budjet buyurtmachisi auksionda “mahalliy auksion” yacheykasi orqali savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni kamida ikki ish kuniga joylashtiradi;
davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlar boʻyicha auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtirilgan paytda eʼlon maʼlumotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avtomatik ravishda elektron xabarnoma orqali yuboradi”.
Izoh: Mazkur ilova 4-bandining “a” kichik bandi 2026-yil 1-iyuldan, 11-bandi 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6119-son Farmoniga 4-ilovaning 7-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6168-son Farmoniga 6-ilovaning 4-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6280-son Farmoniga 1-ilovaning 13-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-26-son Farmoniga ilovaning 31-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-102-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-234-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-92-son Farmoniga 1-ilovaning 38-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-193-son Farmoniga 3-ilovaning 15-bandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-214-son Farmoniga 1-ilovaning 16-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisida”gi PF-74-son Farmoniga 7-ilovaning 7-bandi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi PF-75-son Farmoniga 1-ilovaning 6-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3953-son qarori.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4151-son qarorining 19-bandi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4300-son qarorining 16-bandi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi “Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4467-son qarorining 20-bandi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4544-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4629-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4678-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4755-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-son qarorining 19-bandi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4938-son qaroriga 8-ilovaning 9-bandi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5124-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5186-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qaroriga 9-ilovaning 3-bandi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qaroriga 8-ilovaning 1-bandi.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-257-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
Izoh: Mazkur ilova 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-son Farmoniga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini monitoring qilish
REJASI
T/r
Indikator (subindikator) nomi
Oʻlchov birligi
Joriy holat
(2025)
Maqsadli koʻrsatkichlar
Maʼlumot berishga masʼul idoralar
2026
2027
2028
2029
2030
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
MAQSAD: DAVLAT XARIDLARI SOHASIDA RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH VA TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XARIDLAR ULUSHINI QISQARTIRISH
I. Resurs koʻrsatkichlari
1.1.
Davlat buyurtmachilarining xaridlar uchun masʼul boʻlgan malakasi oshirilgan xodimlari ulushi
foiz
60
75
90
92
95
98
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
1.2.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish boʻyicha sahifalar soni
dona
1
2
2
3
3
4
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
II. Amaliyot koʻrsatkichlari
2.1.
Davlat xaridlarida raqobatli usullardan foydalanish darajasini oshirish koʻrsatkichi (bunda yagona yetkazib beruvchidan va monopol xaridlar inobatga olinmaydi)
foiz
58
70
72
74
78
80
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
2.2.
Davlat xaridlarida iqtisod qilingan mablagʻ miqdorini oshirib borish (boshlangʻich narx va shartnoma narxi oʻrtasidagi tafovut)
trln soʻm
14
18
21
22
23
25
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Hisob palatasi
III. Natijadorlik koʻrsatkichlari
3.1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xaridlar ulushi
foiz
26
18
15
12
10
8
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Hisob palatasi,
Bosh prokuratura,
manfaatdor vazirlik va idoralar
3.2.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi faolligini ikki karra oshirish
foiz
35
40
48
55
62
70
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
3.3.
Davlat buyurtmachilarining xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushi